Umurtqalilar



Download 15,32 Mb.
bet101/111
Sana30.04.2022
Hajmi15,32 Mb.
#598081
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   111
Bog'liq
26umurtqalilarzoologiyasi laboratoriya mashg\'uloti

Oraliq miyaning hajmi nisbatan kichkina bo'lib, uni oldin­ gi miya yarim sharlari to‘liq qoplagani uchun yuqoridan ko‘rinmaydi. Oraliq miyada unchalik katta bo'lmagan epifiz va gipofiz bezlari bo'ladi. O'rta miyaning hajmi ham unchalik katta emas. O'rta miya to'rtta do'nglikdan iborat bo'lib, bu bo'limda ko'rish va eshitish organlarining markazi joylashgan.


108-rasm. Quyonning bosh miyasi:
A - ustki tom ondan ko‘rinishi, В - ostki tom ondan ko'rinishi:
1-oldingi miya katta yarim sharlari, 2-oraliq miya, 3-o‘rta miya, 4-m iyacha, 5- uzunchoq miya, 6-yarim sharlar, 7-hidlov b o ‘lagi, 8-yangi qadoqsim on tana, 9- gipofiz, 10-epifiz, 11-varoliev ko‘prigi, 12-miyacha yarim sharlari, 13-miyacha
chuvalchangchasi, 14-piramidalar, II, III, V—VII bosh miya nervlari.


Sutemizuvchilarning miyachasi ham juda katta va yaxshi rivojlangan bo'lib, uch qismdan tashkil topgan: markaziy, ya’ni chuvalchangcha va ikkita yon yarim sharlardan, bu holat sut emizuvchilaming nihoyatda murakkab harakatlariga bog'liq. Miyachaning tagida uzunchoq miya joylashgan va uzunchoq miya orqa miyaga ulanadi. Uzunchoq miyada rombsimon egatcha ko'rinadi.


Topshiriqlar:
Quyon yoki kalamushning ichki organlari joylashishi bilan ta­ nishib, har bir organ tuzilishini o'rgangach, quyidagi rasmlami albomga chizib oling:
1. Ichki organlaming umumiy joylanishi;
2. Qon aylanish sistemasining sxemasi;
3. Siydik-tanosil organlari;
4. Bosh miya tuzilishi.


21-mashg'ulot. SUTEMIZUVCHILAR SKELETI
O b ’e k tn in g s i s t e m a t i k h o la t i Tip. Xordalilar Chordata
K enja tip. Umurtqalilar - Vertebrata yoki
B o sh skeletlila r — Craniata
K atta sinf. To‘rt oyoqlilar - Tetrapoda
S in f. Sutemizuvchilar — Mammalia
Turkum . Tovushqonsimonlar — Lagomorpha
Vakil. Tolay tovushqoni — Lepus tolai Pall.
Kerakli materiallar va jihozlar: quyon, kalamush yoki mushuk skeletlari, umurtqa pog'onasining turli bo'limlari umurtqalari, oldingi va orqa oyoq skeletlari hamda kamarlari, ayrim sutemizuvchilarning bosh skeletlari; preparoval ninalar, lupalar. Shuningdek, sutemizuvchilar skeleti, tanasining turli bo'limlaridagi umurtqalarning hamda bosh skeleti, oldingi va orqa oyoqlar skeleti kamarlarining tuzilishi aks ettirilgan jad- vallar.
Mashg'ulotning maqsadi: quyon yoki kalamush misoli­
da sutemizuvchilar sinfi vakillari skeletining tuzilishini o'rganish.


Ishning mazmuni: sut emizuvchilar skeleti tuzilishini o'rganish.
1. Sutemizuvchilar skeleti bo'limlari: bosh skeleti, umurtqa pog'onasi, oldingi va orqa oyoqlar skeleti va ularning kamar­ lari bilan tanishib chiqing.
2. Umurtqa pog'onasini ko'zdan kechiring. Umurtqa pog'onasining bo'yin, ko'krak, bel, dumg'aza va dum bo'lim- larini aniqlang. Umurtqa pog'onasining har bir bo'limidagi umurtqalarning tuzilishini solishtirib, ulaming farqlarini aniq­ lang.
3. Ko'krak qafasi skeleti suyaklarini ko'zdan kechiring.


4. Bosh skeleti suyaklari bilan tanishib, miya qutisining kattaligiga e’tibor bering. Jag‘ suyaklarining tuzilishi va tishla- rining jag‘larda joylashishi bilan tanishib chiqing.
5. Yelka kamari suyaklari hamda oldingi oyoq uyaklarini aniqlang.
6. Chanoq kamari suyaklari hamda son, boldir, tovon, oyoq kafti va barmoqlari suyaklarini toping.
Quyida sutemizuvchilar skeleti tuzilish; lo'g'i’sida to'liq ma’lumotlar keltirilgan.
Sutemizuvchilar skeleti ham quruqlikda yashaydigan boshqa to‘rtoyoqli umurtqali hayvonlar skeletiga o‘xshash bosh ske­ leti, umurtqa pog'onasi, ko'krak qafasi, oldingi va orqa oyoq­ lari hamda ular kamarlari skeletidan iborat (109-rasm).


109-rasm. Quyon skeleti:
1-bo‘yin um urtqalari, 2-ko‘krak um urtqalari, 3-bel um urtqalari, 4-dum g‘aza um urtqalari, 5-dum um urtqalari, 6-qovurg‘alar, 7-to‘sh suyagi dastasi, 8-kurak, 9- kurakning akromial o ‘simtasi, 10-kurakning korakoid o'sim tasi, 11-nomsiz suyakn­ ing yonbosh bo ‘limi, 12-nomsiz suyakning quymich bo ‘limi, 13-nomsiz suyakning qov bo‘limi, 14-berkituvchi teshik, 15-yelka, 16-tirsak suyagi, 17-bilak suyagi, 18- bilaguzuk suyaklari, 19-kaft suyaklari, 20-son suyagi, 21-tizza qopqog‘i, 22-katta boldir suyagi, 23-kichik boldir suyagi, 24-tovon suyagi, 25-to‘piq suyagi, 26-oyoq kaft suyaklari.



Download 15,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish