3.2. Navoiy viloyati sanoat mahsulot sifatining oshib mamlakatdan
tashqariga chiqarilishi.
“Qizilqumsement” ochiq aksiyadorlik jamiyati ham yildan yilga taraqqiy
etib bormoqda. 2005 yili korxonaga ISO 9001 xalqaro sifat boshqaruvi joriy etildi.
Bugun korxonaning ishlab chiqarish quvvati ortdi, barcha sexlarda olib borilgan
rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari yuqori sifatli mahsulotlar ishlab
chiqarishni rejadan ortig‘i bilan bajarish imkonini yaratmoqda. Natijada mazkur
korxona respublikamizdagi sement mahsulotining qariyb teng yarmini ishlab
chiqarib, tarmoqda bayroqdor bo‘lishga erishdi. Yuqori markali sement
mahsulotlariga dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan xaridor topilayotir. Eksport
salohiyatining o‘sishi esa, yangi texnika va texnologiyalarni hayotga tatbiq etish
uchun sharoit yaratayapti. O‘tgan 2011 yilda korxona tomonidan 3 million 165
ming tonna sement ishlab chiqarilib, reja 101,1 foizga uddalandi. Mahsulot
Afg‘oniston, Turkmaniston, Qozog‘iston mamlakatlariga eksport qilinmoqda.
Ushbu raqamning o‘ziyoq korxonada ishning samarali tashkil etilganini ko‘rsatadi.
Shuningdek, korxonaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, asosiy ishlab
chiqarish uskunalarini yangilash va ishga tushirish maqsadida 10,5 milliard
so‘mlik yangi uskunalar sotib olindi.
Bugun dunyo iqtisodiyotida tabiiy boyliklar qatorida paxta xom ashyosiga
bo‘lgan talab ancha yuqori. Shu sabab, jahonning sanoqli davlatlarida
yetishtiriladigan paxta bejizga “oq oltin” deya e’tirof etilmagan. Mamlakatimizda
bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, paxta sanoatining rivoji yo‘lida olib
borilayotgan tadqiqotlar o‘zining ulkan samarasini berayotir. Shu boisdan
O‘zbekiston sanoatning bu tarmog‘ida dunyo hamjamiyatida munosib o‘ringa ega.
“Navoiypaxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi mazkur soha
rivojida samarali mehnat qilayotgan tashkilotlardan biridir. Chigitni yerga
qadashdan tortib, hosilni yig‘ib olgunga qadar bo‘lgan jarayonda birlashmaning
tashabbusi ko‘rinib turadi.
Hududiy
aksiyadorlik
birlashmasi
tizimidagi
paxta
tozalash
korxonalarining asosiy faoliyat turi viloyatimiz fermer xo‘jaliklari tomonidan
46
yetishtirilgan paxta hosilini sifatli qabul qilib, saqlash, paxta xom ashyosini qayta
ishlash, undan olingan yarim tayyor mahsulotlarni “Navoiy tola” mintaqaviy
terminaliga va yog‘-moy korxonalariga yetkazib berish texnologik jarayonlaridan
iborat.
Viloyat hududidagi uchta paxta tozalash korxonalari yetishtirilgan paxta
xom ashyosini qayta ishlab, mahsulotni eksportga tayyorlab beradi. Bugun
hududda yetishtirilgan xom ashyoning asosiy qismi ichki bozorda o‘z xaridorlariga
ega bo‘lmoqda. Bu albatta, mahalliy mahsulotning sifati yuqoriligi va undan
import hamda eksport o‘rinini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarish imkoniyatining
kengligidan dalolatdir.
Birlashma tomonidan tizimda servis sohasini rivojlantirish uchun
“Zarafshonpaxtaservis” mas’uliyati cheklangan jamiyat tashkil etilgan bo‘lib, bu
yerda paxta tozalash korxonalarining uzluksiz ishlashini ta’minlash va mavjud
texnika hamda dastgohlarni ta’mirlash ishlari olib boriladi. Viloyatdagi fermer
xo‘jaliklari uchun sifatli urug‘lik chigit tayyorlab berish maqsadida maxsus sex
tashkil etilgan. Shuningdek, g‘o‘zaning turli kasalliklarga chalinishining oldini
olish borasida biolaboratoriya fabrikasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib,
mavsumiy tarzda fermer xo‘jaliklariga zarur biomahsulotlar yetkazib beriladi.
Shu qatorda birlashmaga qarashli “Paxtatrans” mas’uliyati cheklangan
jamiyatida xom ashyoni paxta tozalash korxonalariga yetkazib berish uchun
texnikalar xizmat ko‘rsatib keladi.
“Texnika ta’mirlash va ta’minot” MChJ esa birlashma tizimidagi paxta
tozalash korxonalarida turli ta’mirlash ishlarini olib boradi hamda moddiy texnik
resurslar bilan ta’minlab turadi.
Eng e’tiborli jihatlardan biri bu birlashma tarkibida “Zarafshon ip yigiruv”
fabrikasining faoliyatiga keng yo‘l ochib berilganidir. Ip kalava shu yerning o‘zida
tayyorlanib
shartnoma
asosida
to‘qimachilik
korxonalariga
yetkazib
berilayotganligi birlashmaning puxta rejalar asosida ish olib borayotganligidan
darak. Bugun fabrikada 59 nafar yosh yigit-qizlar mehnat qilishmoqda. Navbahor,
Хatirchi hamda Qiziltepa tumanidagi yengilsanoatga ixtisoslashgan kasb-hunar
47
kollejlari bilan hamkorlikda uch tomonlama shartnomalar imzolanib bitiruvchilar
ish bilan ta’minlandi.
Shuningdek, tizimdagi “Noto‘qima” mas’uliyati cheklangan jamiyati paxta
tozalash korxonalari uchun tola va ikkilamchi mahsulotlarni o‘rash uchun maxsus
matolar ishlab chiqaradi.
Tinimsiz izlanishlar va olib borilgan izchil islohotlar natijasida
“Navoiypaxtasanoat” HAB tomonidan 2011 yilda 98645 tonna xom ashyo qayta
ishlanib, 34102 tonna tola, 51636 tonna chigit, 2990 tonna momiq mahsulotlar
ishlab chiqarildi. Birlashma belgilangan rejani 33,8 foiz o‘rniga 34,6 foiz, ya’ni 0,8
foizga ortig‘i bilan bajardi.
Birlashma tizimidagi korxonalarda 2010 yilda 83424861,0 ming so‘mlik
tovar mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2011 yilda bu ko‘rsatkich 87663315,0
ming so‘mni tashkil etdi. Ishlab chiqarishdagi yillik o‘sish sur’atlari 105,1 foizga
yetgan. E’tiborlisi, o‘tgan mavsumda chet davlatlarga tola eksporti hajmi 99,4
foizni tashkil etgan, qolgan 0,6 foizi ichki bozorda sotilgan. O‘tgan yilda birlashma
10026982,0 ming so‘mlik sof daromad olishga erishganligi astoydil qilingan
mehnatning samarasidir.
Paxta tozalash korxonalarida modernizatsiya va rekonstuksiya ishlarining
o‘z vaqtida amalga oshirilganligi esa bugunga kelib jahon standartlariga to‘la mos
keladigan sifatli tola mahsulotlariga talabning oshishiga sabab bo‘lmoqda.
Eng avvalo, hosilning sifati uning urug‘iga bog‘liq. Shu boisdan viloyat
Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi, G‘o‘za urug‘chilik boshqarmasi bilan
hamkorlikda viloyatimiz mintaqasiga mos, serhosil, tez pishar, turli kasalliklarga
chidamli Bux-102, Bux-108, Namangan-77, Sulton navlari sinalib ekilmoqda.
Hududiy aksiyadorlik birlashmasi tizimidagi mavjud paxtatozalash
korxonalarida parrandachilik fabrikalari tashkil etilib, har birida 10 ming boshdan
parranda parvarishlanmoqda. Jami, 30 ming bosh parrandadan iborat tovuqchilik
fermalari korxonalarga qo‘shimcha daromad manbai sifatida xizmat qilmoqda.
Shuningdek, parrandachilikni rivojlantirish maqsadida Nurota tumanida 30 ming
boshga mo‘ljallangan parrandachilik fabrikasi qurilib ishga tushirildi. Bundan
48
tashqari, birlashma bo‘yicha mahalliy hokimiyatlar tomonidan ajratilgan 18 gektar
yer maydoni hududida yangi bog‘lar tashkil qilindi. Shundan, Karmana tumani
hududida 3 gektarlik intensiv bog‘ barpo etildi. Yosh nihollar oralariga esa
sabzavot va poliz ekinlari ekilgan. Yetishtirilgan meva va poliz mahsulotlarini
saqlash uchun birlashmaga qarashli paxta tozalash korxonalarida 3 dona har biri
150 tonnaga mo‘ljallangan sovutkichlar qurib ishga tushirildi.
“Navoiypaxtasanoat” HAB faqat paxta sanoati bilan emas, balki qishloq
xo‘jaligi sohasida o‘zining samarali izlanishlarini amalga oshirib kelayapti. Bu
bilan korxona o‘ziga qo‘shimcha daromad manbaini yaratib, taraqqiyotining
bardavomliligini ta’minlamoqda.
Mamlakatimiz kimyo sanoati korxonalarida ishlab chiqarilayotgan jami
mahsulotlarning 30 foizdan ortig‘i “Navoiyazot” ochiq aksiyadorlik jamiyati
to‘g‘ri keladi. Bugungi kunda korxonada 100 xildan ortiq kimyoviy mahsulotlar
ishlab chiqarilib, ulardan qishloq xo‘jaligi, rangli metallar qazib olish sanoati,
yengil sanoat, mebelsozlik, elektronika, farmatsevtika va aviatsiya sohalarida keng
foydalanilmoqda. Doimiy sa’y-harakatlar va keng ko‘lamli amaliy ishlar natijasida
yakunlangan 2011 yilda 421, 4 milliard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi va bu
boradagi o‘sish sur’ati 104,2 foizni tashkil etdi.
Davlatimiz rahbarining 2010 yil 15 dekabrdagi “2011-2015 yillarda
O‘zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari
to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida korxonada 11 ta investitsion
loyihalarni amalga oshirish belgilangan. 2011 yilda 27,8 milliard so‘mlik
sarmoyaviy qo‘yilmalar o‘zlashtirildi. Korxona tomonidan amalga oshirilgan yirik
loyihalardan biri yangi mahsulot azot-fosforli murakkab o‘g‘itlar ishlab chiqarish
bo‘linmasi hisoblanadi.
Agrar tarmoqda ekinlarning unuvchanligi, kasalliklarga bardoshliligi va
hosildorligini oshirishda azot-fosforli murakkab o‘g‘itlar nihoyada zarur,
hayotbaxsh vosita ekanligi allaqachon o‘z isbotini topgan. Oldingi davrda
ekinlarga quvvat ulashuvchi ushbu kimyoviy ozuqa tarkibiy jihatdan alohida holda
ishlab chiqarilgan bo‘lsa, innovatsion yechimlar, ilmiy izlanishlar, tahliliy
49
o‘rganishlar natijasida 2010 yildan boshlab, sanoat miqyosida yaxlit holda
tayyorlashga muvaffaq bo‘lindi. Bu esa tejamkorlik va tannarxning pasayishini
ta’minlaydi. Qishloq xo‘jaligi uchun 2011 yilning o‘zida 70 ming tonnadan ziyod
azot-fosforli o‘g‘itlar yetkazib berildi.
Yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish ko‘rsatkichi o‘tgan yilga nisbatan
21,8 foizni tashkil etdi. Joriy yilda tarkibida azot, fosfor va kaliy elementlari
bo‘lgan murakkab o‘g‘it ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Hozirgacha bu
boradagi sinov ishlari olib borilib, laboratoriya ishlari nihoyasiga yetkazildi.
Aksiyadorlik
jamiyatida
mahalliylashtirish
dasturida
belgilangan
vazifalarni uddalashga ham jiddiy e’tibor qaratilyapti. O‘tgan davrda to‘qqiz
turdagi akril emulsiyasi, texnik atseton, nitrat kaliy, natriy sianidi, “A” markali
metanol rektifikati, kimyoviy tozalangan natriy xlorid tuzlari va kaustik soda
ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi. Yakunlangan yilda rejadagi 90,9 milliard
so‘mlik o‘rniga 99,3 milliard so‘mlik shunday mahsulotlar tayyorlandi. Shu tufayli
katta miqdordagi valyuta mablag‘larini tejash imkoniyati yaratildi.
Joriy yilda korxonada texnik kremniy ishlab chiqarishga ixtisoslashgan
yana bir zamonaviy quvvat o‘z faoliyatini boshlaydi. Janubiy Koreyaning
“Neoplant” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ushbu loyiha
qiymati 20,4 million AQSh dollariga teng bo‘lib, ayni paytda bo‘lajak ob’ektda
qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda.
Yangi korxonaning yillik quvvati 12 ming tonna texnik kremniy va 6 ming
tonna mikrokremnezyom ishlab chiqarish uchun yetarli, - deydi aksiyadorlik
jamiyati bosh muhandisi o‘rinbosari Farhod Bahranov. – Bu mahsulotlar
to‘lig‘icha eksportga yo‘naltiriladi va uning hajmi yiliga 32 million AQSh
dollariga tengdir. Loyiha ishga tushirilishi bilan korxonada yangidan 347 ta ishchi
o‘rni vujudga keltiriladi va asosan mahalliy yosh kadrlar ishlashi ko‘zda tutilgan.
Ma’lumki, texnik kremniydan po‘latning karroziyaga chidamliligini va
mustahkamligini oshirishda qo‘shimcha element sifatida foydalaniladi. Bunday
metall asosan aviatsiya va kosmik sanoatda juda zarur material hisoblanadi. Kimyo
sanoatida ham texnik kremniy yemirilishdan saqlovchi va shovqindan himoya
50
qiluvchi mahsulotlar tayyorlashda ishlatiladi. Uchta yarim o‘tkazgichning eng
asosiysi hisoblangan bu mahsulot shuningdek, quyosh fotoelektr stansiyalarining
plastinkalarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Respublikamizda
texnik
kremniy
tayyorlashda
zarur
bo‘ladigan
xomashyoning boy zahirasi mavjud bo‘lib, bu esa sanoatni yuksaltirishda muhim
omil bo‘lmoqda. Galdagi vazifalar, taraqqiyot rejalari esa yanada zalvorli.
Do'stlaringiz bilan baham: |