654
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Ayni paytda o‘qituvchi oldida mas’uliyatli va mashaqqatli vazifa – o‘quvchilarni
erkin fikrlashga o‘rgatish hamda ijodiy fikrlashni shakllantirish turibdi.
Ta’lim jarayonida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar o‘sib kelayotgan yosh
avlodni tarbiyalash, ularga ta’lim berish jarayonini sifat jihatidan takomillashtirishni talab
qilmoqda. Ilmiy-texnik taraqqiyot jadallik bilan rivojlanayotgan hozirgi davrda mehnat
bozorida raqobatbardosh, mustaqil fikrlaydigan kadrlar tayyorlash uchun o‘quvchilarning
ijodiy qobiliyatini o‘stirish muhim ahamiyatga ega va rivojlangan mamlakatlar tajribasida
isbotlangan.
O‘zbekistonning to‘la mustaqil bo‘lishida fuqarolarning ruhiy va fikriy
mustaqilligi muhim kasb etadi. Shuning uchun ham jamiyat a’zolarini, ayniqsa yoshlarni
mastaqil fikrlay olishga o‘rgatish bugungi kunda o‘ta dolzarb masala bo‘lib turibti.
Yoshlarni tashabbuskor kishilar sifatida tarbiyalash, ularni nostandart fikrlashga
odatlantirishda ta’lim tizimi alohida o‘rin tutadi.
Hozirgi paytda milliy pedagogikaning asosiy diqqati tarbiyalanuvchi shaxs
ma’naviyatini kamol toptirishga, uning o‘ziga xos tarzda fikrlaydigan, mustaqil
xulosalarga kela oladigan, ijodkor, tashabbuskor, mas’uliyatni zimmasiga olishdan
cho‘chimaydigan faol inson qilib shakllantirishga qaratilgan.
Insonning tuyg‘ular olami, hissiyotlar dunyosi erkin bo‘lmas ekan, o‘qituvchi yoki
o‘zga kishining tazyiqlaridan, zo‘ravonliklaridan hayiqib turar ekan, u hech qachon
mustaqil fikr aytolmaydi.
Hissiyotlariga daxl qilinmagan odamdan erkin fikrlay oladi, o‘z fikrini asoslay
biladi, uni himoya qila oladi.
Erkin fikrlashga o‘rgatish zarurati, qolaversa mustaqillikni mustahkamlash
ehtiyojini ko‘zlab, xalq ruhiga singib qolgan mute’lik, jur’atsizlik kabi illatlarni tugatish,
shuningdek serandishalik, kattalarga ko‘r-ko‘rona itoat qilish, sabr-toqatlilik kabi
fazilatlarni ongidan chiqarish lozim edi. Mustaqillik sharofati ila erkinlik, Vatan, millat,
davlat oldida mas’ullik, ma’naviyatga intilish, shaxsiy fikrga ega bo‘lish singari
bobokalonlarimizdan o‘tib kelayotgan fazilatlar qayta junbushga kela boshladi.
Bu holatni ta’lim-tarbiyada bevosita aloqador muassasalar, shaxslar hisobga olib,
tarbiyalanuvchiga bo‘lgan munosabatni o‘zgartira boshladilar va ta’lim jarayonining
pirovard maqsadi – erkin fikrlash va ma’naviyat ekanini tushunib yetdilar. Eng muhimi,
mustaqil fikrlaydigan o‘quvchi shunday sifatga ega bo‘lmagan sinfdoshidan farqli o‘laroq
barcha narsani bilishga qiziqdi, ta’lim jarayonidan zavqlandi.
Shuni ta’kidlash lozimki, o‘quvchi erkin va mustaqil fikrlashning usul va yo‘llarini
egallaganda o‘quv materialini tez idrok etadi, puxta o‘zlashtiradi. Dars mashg‘uloti bilan
qanoatlanmay qoladi. Sinfdoshining fikrlashiga xalal beruvchi nojo‘ya xatti-
harakatlaridan ranjiydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |