Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti



Download 9,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet843/1014
Sana08.12.2021
Hajmi9,28 Mb.
#190035
1   ...   839   840   841   842   843   844   845   846   ...   1014
Bog'liq
август кенгаши конфиренсия

567

 

 

"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"  



xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari 

 

mashqlarda  chizma  asosida  gap  tuzish  topshirig‘i  berilgan.  Mana  shunda  o‘quvchi 

chizmaga mos keluvchi bir nechta so‘zlar topadi, so‘zlarni bir-biri bilan bog‘laydi. Rasm 

asosida  matn  tuzish  mashg‘ulotlarida  o‘quvchilar  mavzuga  oid  so‘zlardan  foydalanib 

hikoyalar  tuzadilar.  PIRLS  xalqaro  baholash  dasturida  keltirilgan  hikoyalarda  rasmlar 

ham  juda  katta  ahamiyatga  egadir.  O‘quvchi  hikoya  uchun  ishlangan  rasmga  beparvo 

bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Rasmlar voqealarni ko‘z oldimizga keltirish uchun 

asos bo‘lib ximat qiladi. 

PIRLS  xalqaro  baholash  dasturi  uchun  foydalanadigan  hikoyalar  hamma  davlat 

o‘quvchilar  uchun  bir  xil  bo‘ladi.  Unda  foydalanilgan  hikoyalarda  keltirilgan  shaxs, 

narsa,  voqea-hodisalar  va  hayvonlar  ham  asosiy  e’tiborni  tortadi.  Shaxs  va  narsalar 

haqida ona tili, o‘qish va matematika darslarida tushuncha ega bo‘lib boradilar. Voqea-

hodisalar  va  jonivorlar  haqida  esa  “Atrofimidagi  olam”  va  “Tabiatshunoslik”  darslari 

orqali yangi bilimlarni berib borishni talab qiladi. Atrofimizdagi olam darslarida atrof-

muhit haqida yangi bilimlar beramiz va bilimlarini mustahkamlaymiz. Tabiatshunoslik 

darslarida jonivorlarga to‘xtalib o‘tishimiz kerak. Uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlarni 

o‘rgatayotganda  faqat  darslikda  keltirib  o‘tilgan  jonivorlarga  to‘xtalmasdan  ko‘proq 

qo‘shimcha  ma’lumotlar  berishga  intilaylik.  Faqatgina  yurtimizda  uchradigan  qushlar, 

hayvonlar haqida emas, balki yovvoyi tabiat, bizda uchramaydigan qushlar haqida ham 

qo‘shimcha  bilimlar  berishimiz  kerak.  Chunki  PIRLS  xalqaro  baholash  dasturida 

keltirilgan hikoyalar barcha qatnashayotgan davlatlarning o‘quvchilari uchun tushinarli 

bo‘lishi  va  bir  xil  bo‘lishini  yuqorida  aytib  o‘tdik.  Ba’zi  hikoyalarda  bizning 

o‘quvchilarimiz  uchun  tushinarsiz  yoki  to‘liq  ma’lumotga  ega  bo‘lmagan  narsa  va 

hayvonlar  keltirilgan  bo‘lishi  mumkin.  Masalan,  Frans  Kafkaning  “G‘aroyib  tun” 

hikoyasida  timsoh  va  flomingo  qushlari  ishtirok  egan.  Timsoh  haqida  biz  ko‘p  marta 

ma’lumot berganmiz yoki o‘quvchilarning o‘zi ham bilishi mumkin. Ertaklar orqali uni 

yovvoyi, go‘shtxo‘r hayvon ekanligini biladi. Lekin flomingo esa ko‘pincha ham duch 

kelavermaydigan  qush  turi  hisoblanadi.  Ba’zan  rasmlarini  ko‘rib  uni  pushti  rangli, 

raqqosa qush  ekanligini bilib olishimiz  mumkin. Lekin hamma  o‘quvchilar  ham  biladi 

deb  bo‘lmaydi.  Mana  shunday  vaziyatlarda  o‘quvchilarga  vazifa  tariqasida  darslikdan 

tashqari  topshiriqlar  berib,  ularni  ko‘proq  ma’lumotlar  o‘rganib  kelishlariga 

qiziqtirishimiz  kerak.  Dars  davomida  o‘quvchilar  o‘rganib  kelgan  ma’lumotlarini 

o‘quvchilar bilan muhokama qilsa, faqat birgina o‘quvchi emas boshqa o‘quvchilar ham 

ma’lumotga  ega  bo‘ladilar.  Shunday  ekan  tabiatshunoslik  darslarini  keng,  atroflicha, 

qo‘shimcha  ma’lumotlarga  boy  tarzda  o‘tishimiz  kerak.  Bu  orqali  o‘quvchilarimizni 

boshqa davlatlardagi tengdoshlari qatorida bilimlar olishiga imkon yaratib beramiz.  

PIRLS  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarining  matnni  o‘qib  tushunish  darajasini 

baholash  bo‘yicha  xalqaro  tadqiqot  dasturi  orqali  o‘quvchilarimizning  boshqa 

davlatlardagi  tengdoshlari  bilan  bilimlarini  taqqoslash  imkoniyatini  yaratib  bermoqda. 

Tadqiqotga qatnashish bizdan juda katta ma’suliyatni talab qilmoqda. Bu dasturda o‘z-




 


Download 9,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   839   840   841   842   843   844   845   846   ...   1014




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish