Umum ped na amal-O`um 13-14



Download 3,16 Mb.
bet42/186
Sana11.03.2022
Hajmi3,16 Mb.
#489268
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   186
Bog'liq
Umumiy pedagogika ma\'ruza

Savol va topshiriqlar
1. Ta’lim metodlari deb nimaga aytiladi?
2. «Ta’lim usuli», «pedagogik texnologiya», «metodika»
tushunchalariga izoh bering.
3. Ta’lim metodlari tasnifini izohlang.
4. Ta’lim metodlarining mazmun-mohiyatini bayon eting.
5. Ta’lim vositalari deganda nima tushuniladi?
6. Ta’lim vositalari tasnifini izohlang.
7. Ta’limning texnik vositalariga nimalar kiradi?


7-mavzu:
TA`LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI VA TURLARI. (NOAN`ANAVIY TA`LIM SHAKLLARI).
REJA:

1.Ta’lim shakllarining tarixan paydo bo’lishi.


2.Ta’limning asosiy shakli-dars va unga qo’yilgan talablar.
3.Darsning xil (tip)lari va ularning tuzilish shakllari.
4.Seminar va amaliy tajriba ishlari shaklidagi mashg’ulotlar.
5.Ta’limning samaradorligini ta’minlovchi noan’anaviy shakllar.
Tayanch so`z va iboralar
Ta’lim shakl, dars, ta’limning asosiy shakli-dars, darsga qo’yilgan talablar, darsning xil (tip)lari, sinf-dars tizimi, Yan Amos Komenskiyning “Buyuk didaktika” asari, seminar va amaliy tajriba ishlari, noan’anaviy shakllar, noan’anaviy dars.
Ta’lim shakllarining tarixan paydo bo’lishi.
Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz ta’limni tashkil etish shakllari ijtimoiy tuzum manfaatlariga mos holda paydo bo’lgan va rivojlangan. Dastlabki davrlarda ta’lim berish ishlarini odamlarning mehnat faoliyati, turmush tarzi bilan uzviy bog’langan hamda bilim berish, o’rgatish ishlari yakka tartibda olib borilgan.
Davr o’tishi bilan ko’pchilikka bilim berish ehtiyoji paydo bo’ladi, ta’lim tizimi mazmuni, bilimlarni murakkablashuvi bolalarni guruh - guruh qilib, to’plab o’qitishni taqazo qilgan hamda ta’lim bilan shug’ullangan mutaxassislar - o’qituvchi tayyorlash zaruriyati kelib chiqadi.
Shu davrda dars va sinf - dars tizimi paydo bo’la boshlaydi. Xalq orasida hayotiy tajribaga, bilim va tarbiyaga ega bo’lgan kishilar murabbiy, o’qituvchi bo’lib faoliyat ko’rsatadi.
Xalqimiz tarixiga nazar tashlar ekanmiz, maktab va madrasalarda yoshlarga bilim berish bilan shug’ullanganligi "Avesto" va boshqa tarixiy manbalardan ma’lum. Ammo qadim davrlardan ta’limni qat’iy chegaralangan vaqtda bir xil yoshdagi bolalar bilan olib borish, ta’lim mazmunini bosqichma - bosqich berish masalalariga aniqlik kiritilmagan edi.
Forobiyning "Fan va aql zakovat" asarida o’quv fanlarini guruhlarga bo’lib o’qitish, ularning tarbiyaviy mohiyatini ochish masalalariga e’tibor berilgan.
Sinf-dars tizimini didaktik talablar asosida yaratishda buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiyning xizmatlari katta, uni sinf - dars tizimining asoschisi sifatida butun dunyo tan olgan.
A.Ya.Komenskiy "Buyuk didaktika" asarida o’quv mashg’ulotlarini guruh shaklida tashkil etish, o’quv yili va o’quv kunini bir vaqtda boshlash, mashg’ulotlar orasida tanaffuslar berilishi, guruhdagi bolalarning yoshi va soni bir xil bo’lishiga alohida e’tibor berdi. Dars davomida o’quvchilar diqqatini to’plash, materialni batafsil tushuntirish, o’quvchiga savollar berish, o’zlashtirish jarayonini nazorat qilish zarurligini ta’kidlaydi.
«Ta’limni tashkiliy shakllari» mavzusiga klaster tuzamiz. (Uning qoidalari oldingi mavzularda tushuntirilgan)
“Ta’lim to`g`risida”gi Qonunning (2020y) 2-bob. Ta’lim tizimi, turlari va shakllari deb nomlanib, uning 15-22 moddalari ta’lim shakllariga bag`ishlangan.
15-modda. Ta’lim olish shakllari
Ta’lim olish shakllari quyidagilardan iborat: ishlab chiqarishdan ajralgan xolda ta’lim olish (kunduzgi); ishlab chiqarishdan ajralmagan xolda ta’lim olish (sirtki, kechki, masofaviy);
dual ta’lim;
oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish; katta yoshdagilarni o’qitish va ularga ta’lim berish; inklyuziv ta’lim; eksternat tartibidagi ta’lim;
mudofaa, xavfsizlik va huquqni muxofaza kilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash.
16-modda. Masofaviy ta’lim
Masofaviy ta’lim o’quv rejalari va o’quv dasturlariga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko’nikmalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda Internet jaxon axborot tarmogidan foydalangan xolda masofadan turib olishga qaratilgan.
Masofaviy ta’limni tashkil etish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadi.
17-modda. Dual ta’lim
Dual ta’lim ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko’nikmalarni olishga qaratilgan bulib, ularning nazariy kismi ta’lim tashkiloti negizida, amaliy kismi esa ta’lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi.
Dual ta’limni tashkil etish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadi.
18-modda. Oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish
19-modda. Katta yoshdagilarni o’qitish va ularga ta’lim berish
20-modda. Inklyuziv ta’lim
Inklyuziv ta’lim aloxida ta’lim extiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan xolda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bulgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan.
Jismoniy, akliy, sensor (sezgi) yoki ruxiy nuksonlari bulgan bolalar (shaxslar) uchun ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim tashkil etiladi.
Inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadi.
21-modda. Eksternat tartibidagi ta’lim
Eksternat tartibidagi ta’lim olish o’quv dasturlarini mustaqil ravishda uzlashtirishni uz ichiga olib, uning yakunlari buyicha ta’lim oluvchilardan davlat ta’lim muassasalarida yakuniy va davlat attestatsiyalaridan utishni talab etadi.
Eksternat tartibidagi ta’lim olishni tashkil etish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadi.
Biz hammamiz sinf-dars tizimida o’qiganmiz. Xo’sh, bu tizimning mohiyati nimadan iborat va u qanday tuzilishga ega?
Ta’limning maqsadi - mustaqil jamiyatimizning ravnaqiga nazariy va amaliy hissa qo’sha oladigan "barkamol avlod"ni tarbiyalash.
Ta’limning vazifasi - yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko’nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirish.
Darsning maqsadi - o’qituvchining rejalashtirgan aniq bir mavzusini o’quvchilarga bildirishi va o’quvchilar o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalarni tekshirib ko’rish hamda yangi mavzuga zamin yaratish.
Darsning mazmuni - uni o’qituvchi tomonidan rejalashtirilgan tugal ma’noga ega matn tashkil etadi. Uni o’quvchilar ongiga singdirish jarayonida manba, xulosa va hikoyalardan foydalanadi.
Sinf - deganda, yoshi va bilim darajasi bir xil bo’lgan o’quvchilar guruhi tushuniladi.
Dars - aniq maqsadni ko’zlab belgilangan vaqtda bir xil yoshdagi o’quvchi, yoshlar bilan o’qituvchi rahbarligida olib boriladigan mashg’ulotlardir. Dars - o’z oldiga qo’yilgan aniq maqsad va tugal mazmundan iborat.
Darsning maqsadi, mazmuni, hajmi ta’lim standartlari asosida belgilanadi. Dars o’quv ishlarining asosiy tashkiliy shakli ekan, bu jarayonda quyidagilarga amal qilinishi lozim:
- Har bir sinfda o’quvchilarni yoshi va bilim darajasi bir xil bo’lishi lozim.
- Dars qat’iy jadval bo’yicha belgilangan muddatda olib borilishi kerak.
- Dars o’qituvchi rahbarligida butun sinf bilan va alohida o’quvchilar bilan ishlash shaklida olib boriladi.
- Dars, o’quv fanining xarakteri, o’qitilayotgan materialning mazmuniga qarab turli usullar va vositalarda olib boriladi hamda ta’lim tizimining bir qismi sifatida tugallangan bilim beradi, navbatdagi bilimlarni o’zlashtirmoq uchun zamin yaratadi.
Shuni unutmaslik kerakki, ta’lim ishlari darsdan tashqari ham to’garak, ekskursiyalar shaklida olib boriladi.
Dars oldiga qanday talablar qo’yiladi? Ularning mohiyati nimadan iborat?
Har bir dars oldiga quyidagi talablar qo’yiladi: a) tarbiyaviy talab, b) didaktik talab, v) tashkiliy talab.
Darsga qo’yilgan didaktik talablar sirasiga quyidagilar kiradi:
1.Har bir dars aniq maqsadni ko’zlagan holda puxta rejalashtirilmog’i lozim. Bu jarayonda o’qituvchi darsning ta’limiy va tarbiyaviy maqsadini belgilaydi. Dars bosqichlarini, ya’ni qanday tamomlash, ko’rgazmali materiallardan foydalanish kabilarni oldindan hal qilib oladi.
2.Har bir dars aniq g’oyaviy mafkurafiy izlanishga ega bo’lishi lozim. O’qituvchi esa ulardan tarbiyaviy maqsadda foydalanmog’i lozim.
3.Har bir dars maktabning, ijtimoiy muhitning imkoniyatini hisobga olgan holda amaliyot bilan bog’lanmog’i, ko’rsatmali vositalar bilan jihozlanmog’i lozim.
4.Har bir dars xarakteriga mos usul, uslub va vositalardan samarali foydalangan holda tashkil etilishi lozim.
5.Dars uchun ajratilgan soat va daqiqalarni tejash va unumli foydalanish darkor.
6.Dars jarayonida o’qituvchi va o’quvchi faol munosabatda bo’lishi lozim, o’quvchi-talaba passiv tinglovchiga aylanmasligi lozim.
7.Mashg’ulotlar butun sinf bilan va har bir o’quvchi bilan, ularning shaxsiy xususiyatlarini e’tiborga olgan holda olib borilishi kerak.
8.O’qitilayotgan mavzuni mazmuniga bog’liq holda mustaqil yurtimizdagi o’zgarishlardan talabalarni xabardor qilish.
9.Darsda prezidentimizning ta’lim sohasidagi fikrlari, yurtimiz kelajagi bo’lgan yoshlarimizga, farzandlarimizga qarata qilgan murojaatlaridan o’z o’rnida foydalanish.
Dars bilim va ko’nikma, malakalar bilan o’quvchilarni qurollantirishda asosiy rol o’ynaydi. Shu sababli o’quv mashg’ulotlariga ajratilgan vaqtning asosiy qismi dars o’tish uchun sarflanadi.


15.chizma


Darsga qo’yilgan tashkiliy talablar:

  1. Dars uchun puxta o’ylangan konspekt yoki reja tuzish;

  2. Darsning logikasiga (dars etaplarining o’zaro bog’liqligi, darsda amalga oshiriladigan ishlar; o’quv topshiriqlarining o’zaro aloqadorligiga) rioya qilish;

  3. Dars tempini o’quvchilarning tayyorgarligiga moslashtirish;

  4. Dars uchun ajratilgan vaqtdan ratsional foydalanish;

  5. Darsda ongli intizomni tashkil etish.


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish