Umum ped na amal-O`um 13-14



Download 3,16 Mb.
bet31/186
Sana11.03.2022
Hajmi3,16 Mb.
#489268
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   186
Bog'liq
Umumiy pedagogika ma\'ruza

Savol va topshiriqlar

  1. “Didaktika” tushunchasini ta’riflab bering.

  2. Didaktikaning predmeti va ob’ekti nimalardan iborat?

  3. Didaktikaning asosiy vazifalari nimalardan iborat?

  4. Didaktikaning asosiy kategoriyalari qaysilar?

  5. Didaktik konsepsiyalardan qaysilari bilan tanishsiz?

  6. Rivojlantiruvchi ta’limnig asosiy tamoyillari qaysilar?

  7. Muammoli ta’limning mohiyati nimadan iborat?

  8. “Ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyatlari” tushunchasini Siz qanday tushunasiz?

  9. Zamonaviy didaktik tizimning o’ziga xos belgilari nimalardan iborat?

  10. Pedagogik paradigma nima? Ta’limning asosiy paradigmalarini aytib bering.

5-mavzu: TA`LIM MAZMUNI.
Reja:
1.Ta’lim to’g’risidagi qonunda ta’lim mazmuniga qo’yilgan talablar.
2.Ta’lim mazmunini belgilash va uning tarixiy xarakteri.
3.Umumiy o’rta ta’lim davlat standartlari asosida ta’lim mazmunining ifodalanishi.
4.Ta’lim mazmunini aks ettiruvchi normativ hujjatlar:
A) O’quv rejalari,
B) dasturlar,
S) darsliklar va ularning tuzilishiga qo’yilgan talablar.
Tayanch so`z va iboralar:
Ta’lim qonuni, ta’lim ustivorligi, ta’lim mazmuni, ta’lim mazmunining tarixiy va sinfiy xususiyati, «formal ma’lumot», «moddiy ma’lumot» nazariyalari, umumiy o’rta ta’lim davlat standartlari, mutaxasislik, soxalar, fanlar, bloklar, o’quv rejasi, o’quv dasturi, darslik, o’quv qo’llanmalar, o’quv adabiyotlari konsepsiyasi, dastur va darslikni tuzishga qo’yilgan talablar.


2020 yil 20 sentyabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi "Ta’lim to’g’risida"gi qonunining 4- bobi. Ta’lim faoliyatini tashkil etish va uning nazoratini amalga oshirish deb nomlanib, uning 34-moddasi “Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari” deb nomlangan.
Davlat ta’lim standartlari umumiy o’rta, o’rta maxsus, professional hamda oliy ta’lim mazmuni va sifatiga oid talablarni belgilaydi.
Davlat ta’lim talablari:
maktabdan tashqari ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek kadrlarni kayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini;
ta’lim tuzilmasini va ta’limni amalga oshirish shartlarini;
ta’lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy va kasbga oid sifatlari to’g’risidagi normalarni belgilaydi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarta qo’llaniladi.
Davlat ta’lim standartlarini va (yoki) davlat ta’lim talablarini bajarish barcha ta’lim tashkilotlari uchun majburiydir, bundan ushbu moddaning beshinchi kismida nazarda tutilgan xollar mustasno.
Nodavlat ta’lim tashkilotlari mustaqil ishlab chiqilgan va litsenziyada ko’rsatilgan o’quv dasturlari asosida ta’lim faoliyatini amalga oshirishlari mumkin.
35-modda. Ta’lim jarayoniga o’quv rejalari va o’quv dasturlarini joriy etish
O’quv rejalari va o’quv dasturlari tegishli ta’lim bosqichlarining maqsad hamda vazifalari asosida ishlab chiqiladi.
Ta’limning asosiy mazmuni uning vazifalarida oydinlashtiriladi. Asosiy vazifalarga aqliy tarbiya bilan bog’liq bo’lgan vazifalar kiradi.
Yangi demokratik jamiyat qurishda ta’limning mazmuni bu jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqib quyidagilarga amal qilgan holda belgilanadi:

  • ilmiy bilimlarni yetakchi roli to’g’risidagi qoidaga;

  • insoniyatning madaniy - ma’rifiy merosiy boyliklarini umuminsoniy qadriyatlarni egallab olish haqidagi "Milliy dasturi" ko’rsatmalariga;

  • tarbiyalanuvchi shaxsni barkamol qilib rivojlantirish, iymon - e’tiqodini, ilmiy dunyoqarashini tarkib toptirish;

  • ilmiy hayot bilan yangi demokratik jamiyat qurilishi tajribasi bog’liqligi haqidagi qoidaga;

  • ta’limning bir maqsadga qaratilganligi;

  • ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplariga va didaktik prinsiplariga muvofiqligiga amal qilinadi.

So`nggi yillаrdа, tа’limni insоnpаrvаrlаshtirish yo`lidа, tа’lim mаzmunini аniqlаshdа shахsgа-yo`nаltirilgаn yondаshuv аsоsiy o`rinni egаllаy bоshlаdi. Bundаy yondоshish V.V.Krаеvskiy, I.YA.Lеrnеr, M.N.Skаtkin (Rоssiya); M.Оchilоvа, N.N.Аzizхo`jаеvа, N.Sаyidаhmеdоv, F.R.YUzlikаеv (O`zbеkistоn)lаrning ishlаridа o`z аksini tоpdi.
Mаsаlаn, V.V.Krаеvskiy, I.YA.Lеrnеrlаr tа’lim mаzmuni dеgаndа shахsni hаr tоmоnlаmа rivоjlаntirishni tа’minlоvchi pеdаgоgik bilim, ko`nikmа vа mаlаkаlаr to`plаmi, ijоdiy fаоliyat tаjribаsi hаmdа emоsiоnаl-irоdаviy munоsаbаt tаjribаsini tushunаdilаr.
Dеmаk, shахsgа yo`nаltirilgаn yondоshishgа muvоfiq tа’lim mаzmuni mоhiyatini аniqlаshdа аsоsiy qаdriyat bilim emаs, bаlki оdаmning o`zi hisоblаnаdi. Bundаy yondоshuv shахsning tа’lim оlish, mа’nаviy, mаdаniy vа hаyotiy tаlаb-ehtiyojlаrini qоndirish, rivоjlаnаyotgаn shахsgа nisbаtаn sаmimiy munоsаbаtidа bo`lishi tа’lim mаzmunini erkin tаnlаsh imkоnini bеrаdi.
Аn’аnаviy pеdаgоgikа dеyarli fаqаt оdаmning ijtimоiy mоhiyatini tаn оlgаnligi bоis, tа’limning mаqsаdi insоnning jаmiyat а’zоsi sifаtidа rivоjlаnishi, undа ijtimоiy аhаmiyatli sifаtlаrining shаkllаnishi hisоblаnаdi.
Mustаqillik yillаridа, O`zbеkistоn Rеspublikаsidа tа’lim jаmiyat vа dаvlаtning mа’nаviy, ijtimоiy, iqtisоdiy, mаdаniy rivоjlаnishi аsоsi dеb e’lоn qilindi. Tа’limning mаqsаdi mustаqil fikrlаydigаn, mа’nаviy-ахlоqiy jihаtdаn еtuk, hаr tоmоnlаmа rivоjlаngаn shахsni tаrbiyalаshdаn ibоrаt.

12.chizma


Ta’lim mazmuni boyib, rivojlanib boradimi? O’zbekistonda uni qanday yo’llar bilan takomillashtirilib borilyapti?
"Yangi demokratik jamiyat qurayotgan bizning mamlakatimizda ta’limning mazmunini quyidagi yo’llar bilan takomillashtirishni nazarda tutiladi:

  • fan va tajribadagi eng yangi muvaffaqiyatlarni aks ettirish;

  • ikkinchi darajali va ortiqcha murakkablashtirilgan materiallardan qutilish;

  • o’rganilayotgan fanlar ro’yxatini va materiallar hajmini aniqlash hamda o’quvchi yoshlar, albatta, o’zlashtirib olishi kerak bo’lgan malaka va ko’nikmalarning optimal hajmini belgilash;

  • o’quv fanlariga oid asosiy tushunchalarni va yetakchi g’oyalarni juda ham aniq bayon qilish;

  • o’quvchilarni pedagogik texnologiyalar: kompyuter, kserks, elektron pochta va shu kabi boshqa bilimlar bilan qurollantirish hamda ularda shu texnologiyalardan foydalanish ko’nikmalarini hosil qilish.

Umumiy ta’lim - bu o’quvchilarning har tomonlama umumiy tayyorgarligini va rivojlanishini ta’minlovich fan asoslarini egallab olishdir.
Kasbiy ta’lim - insonning o’zi tanlagan, nisbatan tor yo’nalishdagi mehnat faoliyatiga xizmat qiladi.
Politexnika ta’limi - o’quvchilarning hozirgi zamon ishlab chiqarish asoslari, uning energetikasi haqidagi bilimlar sistemasi bilan ta’minlaydi hamda inson faoliyatining turli sohalaridagi ish operatsiyalarini o’zlashtirib olish uchun baza ahamiyatiga ega bo’lgan bir qator mehnat ko’nikma va malakalarini egallash nazarda tutiladi.

Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish