1924-yil 17-iyunda Junaidxon o‘zining 20 nafar hamrohi
bilan Afg‘onistondagi Hirot shahriga yetib keldi.
1924-yil iyulda Qalandar Odinayev o‘z vazifasidan olib
tashlandi.
1924-yil 15-iyulda RKP(b) MK O‘rta Osiyo byurosi yangi
tashkil etiladigan milliy respublikalar va oblastlarning
muvaqqat byurosini tashkil etdi.
1924-yil 26-iyulda Xorazm Kompartiyasining yangi
rahbarlari respublikaning chegaralanishiga kiritilishiga o‘z
roziligini bildirdi.
1924-yilyozi va kuzida Mulla Abdulqahhor yigitlari bilan
qizil askarlar o‘rtasida G‘ijduvon tumanining G‘ishti va
Kattag‘amxo‘r qishloqlarida, Nurota tog‘larida, Shofirkon
tumaniga
tutash
Qizilqumning
Jilvon
qumliklarida,
Bog‘iafzal va Vardonze qishloqlarida qattiq to‘qnashuvlar
bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |