1919-yil mart oyida Turkiston Kommunistik Partiyasining
II konferensiyasida RKP (b) o‘lka Musulmonlar byurosi
(Musbyuro) tashkil qilindi.
1919-yil 9-aprelda Xiva yaqinidagi Taxta qishlog‘ida
Junaidxon bilan sovet hokimiyati vakillari o‘rtasida
shartnoma imzolandi. Taxta shartnomasi sifatida tarixga
kirgan bu bitimda Xiva xonligi mustaqilligi sovet
hokimiyati tomonidan tan olindi.
1919-yil yozining oxiri va kuzida Farg‘ona vodiysidagi
istiqlolchilik harakati o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga
chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |