1917-yil noyabrda Samarqand, Skobelev va boshqa
shaharlarda ham sovet hokimiyati o‘rnatildi.
1917-yil noyabrda Turkiston o‘lkasida bolsheviklarning
hokimiyat tepasiga kelishi natijasida sovet Rossiyasi bilan
Buxoro amirligi o‘rtasidagi siyosiy vaziyat keskinlashdi.
1917-yil 7-noyabrda Sharof Rashidov Jizzaxda tug‘ilgan.
1917-yil 12-15-noyabrda Toshkentda “turli musulmon
guruhlarining birlashgan kengashi” o‘tkazildi.
1917-yil 15-22-noyabrda Toshkentda Turkiston ishchi va
soldat deputatlari Sovetlarining III o‘lka syezdida so‘l
eserlar, bolsheviklar va maksimalistlardan iborat sovet
hukumati – Turkiston o‘lka Xalq Komissarlari Soveti
tuzildi.
1917-yil 26-28-noyabrda Qo‘qon shahrida Butunturkiston
o‘lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo‘lib
o‘tdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |