U. X. Xonqulov matematikaning stoxastika


SHOKIR QOSIMOVICH FARMONOV



Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/110
Sana29.12.2021
Hajmi1,93 Mb.
#76966
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   110
Bog'liq
kombinatika, ehtimol

SHOKIR QOSIMOVICH FARMONOV 
 
Taniqli matematik olim, f.m.f.d, professor, O„zbekiston 
Respublikasi  FA  akademigi,  Abu  Rayxon  Beruniy 
nomli 
O„zbekiston 
Davlat 
Mukofoti 
laureati. 
Sh.Q.Farmonov  –  O„zbekistonda  matematikaning  aso-
siy  yo„nalishlaridan  biri  bo„lgan  ehtimollar  nazariyasi 
va  matematik  statistika  sohasida  dunyo  miqyosida  tan 
olingan 
mutaxassis. 
Sh.Q.Farmonov 
akademik 
S.H.Sirojiddinovning shogirdlaridan  biri  bo„lib, hozirda ustozi tomoni-
dan  tashkil  etilgan  ehtimollar  nazariyasi  va  matematik  statistika  ilmiy 


 
23 
maktabining  rahbaridir.  Sh.Q.Farmonov  1941-yil  20-fevralda  Farg„ona 
viloyatining  Dang„ara  tumanida  tug„ildi.  1958-yilda  Farg„ona  davlat 
pedagogika  instituti  (hozirgi  Farg„ona  davlat  universiteti)ning  fizika-
matematika  fakultetiga  o„qishga  kirdi.  Ikkinchi  kurs  oxirida  Sh.Q.Far-
monov  o„zining  dastlabki  ilmiy  ishini  differensial  tenglamalar  bo„yicha 
professor  J.X.Karimov  (1909-1993)  rahbarligida  bajardi.  1961-yilning 
boshida  Farg„ona  davlat  pedagogika  institutiga  akademik  S.H.Sirojid-
dinov  tashrif buyuradi  va  fizika-matematika  fakultetining  eng  faol  tala-
balari  bilan  suhbat  o„tkazadi.  Bu  uchrashuvda  keyin  Sh.Q.Farmonov 
akademik  S.H.Sirojiddinov  tavsiyasi  va  ko„magi  bilan  Toshkent  Davlat 
universiteti  (hozirgi  Mirzo  Ulug„bek  nomli  O„zbekiston  Milliy  uni-
versiteti)  mexanika-matematika  fakultetining  II  kursiga  qabul  qilindi. 
1963-yilning aprel oyida V kurs talabasi Sh.Q.Farmonov Bishkek shah-
rida Xalqaro talabalar konferensiyasida qatnashdi va uning “Lokal limit 
teoremada  qoldiq  hadining  baholari”  nomli  ilmiy  ishi  I  darajali 
mukofotga  sazovor  bo„ldi.  Sh.Q.Farmonovga,  1963-yilda  ToshDU  ni 
bitirgach, O„zbekiston Fanlar Akademiyasining V.I.Romanovskiy nomli 
Matematika  ilmiy  tadqiqot  institutiga  yo„llanma  berildi.  Shu  davrdan 
boshlab  uning  ilmiy  va  pedagogik  faoliyati  shu  institut  va  Mirzo 
Ulug„bek  nomli  O„zMU  bilan  chambarchas  bog„liq.  1966-yilda 
Sh.Q.Farmonov  ustozi  akademik  S.H.Sirojiddinov  ilmiy  rahbarligida 
“Markov  zanjirlari  uchun  ba‟zi  limitik  teoremalar”  mavzusida  nom-
zodlik, 1973-yilda esa “Markovning bir jinsli zanjiriga bog„langan taso-
difiy vektorlar va miqdorlar yig„indilari uchun limitik teoremalar bo„yi-
cha  tadqiqotlar”  mavzusida  doktorlik  dissertatsiyasini  himoya  qildi. 
Sh.Q.Farmonovning  asosiy  ilmiy  izlanishlari  zamonaviy  ehtimollar 
nazariyasi va matematik statistikaning quyidagi yo„nalishlariga bag„ish-
langan: 
‒  bog„liqsiz  va  kuchsiz  bog„langan  tasodifiy  miqdorlar  va  vek-
torlarni qo„shish nazariyasi; 
‒ tarmoqlanuvchi tasodifiy jarayonlar
‒ tayyor mahsulotni statistik qabul nazoratining matematik usullari; 
‒  tasodifiy  joylashuvlar  (Diskret  matematikaning  ehtimollik  usul-
lari). 
XX  asrning  30‒40-yillarida  yetuk  matematiklar  P.Levi,  A.N.Kol-
mogorov,  A.Ya.Xinchin  va  B.V.Gnedenkolar  harakatlari  evaziga  bog„-
liqsiz  tasodifiy  miqdorlarni  qo„shish  nazariyasi  yaratildi.  Bu  nazariyani 
bog„liq  tasodifiy  miqdorlar  uchun  umumlashtirish  qiyin  matematik 
muammo  edi.  Sh.Q.Farmonovning  ilk  izlanishlari  obyekti  ‒  holatlar 


 
24 
to„plami  ixtiyoriy  (abstrakt)  bo„lgan  bir  jinsli  Markov  zanjiriga 
bog„langan  tasodifiy  miqdorlar  yig„indilarining  limit  taqsimotlarini 
o„rganishdan iborat bo„ldi. U markaziy limit teorema o„rinli bo„lishining 
sodda  yetarli  shartlarini  topdi.  Uning  yana  bir  salmoqli  natijasi  tekis 
ergodiklik (tekis qorishmalilik) shartini qanoatlantiruvchi Markov zanjiri 
uchun  Berri-Esseenning  klassik  tengsizligining  analogini  isbotlashdan 
iborat.  Shuni  ta‟kidlash  lozimki,  bu  natijalarning  olinishi  Sirojiddinov-
Nagaev  metodini  takomillashtirish  bilan  bog„liq.  Bu  takomillashtirish 
Sh.Q.Farmonov  tomonidan  xarakteristik  funksiyalarning  analitik  usuli 
va  chegaralangan  funksiyalarning  Banax  fazosida  aniqlangan  chiziqli 
operatorlar  spektral  nazariyasini  birlashtirish  natijasida  ishlab  chiqildi. 
Keyinchalik  olim  tomonidan,  birinchi  bo„lib,  holatlari  ixtiyoriy  to„p-
lamdan  iborat  bir  jinsli  Markov  zanjirlari  uchun  Donsker-Proxorovning 
invariantlik prinsipi va Shtrassen formasidagi (funksional limit teorema) 
takroriy  logarifm  qonuni  o„rinliligi  isbotlandi.  Mazkur  natijalar 
mutaxassislar  e‟tirofiga  sazovor  bo„ldi  va  ularni  o„z  ichiga  olgan 
maqolalar  A.N.Kolmogorov  va  Yu.V.Proxorov  kabi  akademiklar 
tomonidan nashrga tavsiya etildi. Akademik Sh.Q.Farmonov 1973-yilda 
“Ehtimollar  nazariyasining  limit  teoremalari  va  ularning  tatbiqlari” 
turkumidagi  ishlari  uchun  Abu  Rayxon  Beruniy  nomli  O„zbekiston 
Davlat  mukofotiga  sazovor  bo„ldi  (S.H.Sirojiddinov,  T.A.Azlarov, 
M.Mamatov  bilan  birgalikda).  Akademik  Sh.Q.Farmonovning  ilmiy 
izlanishlarida  “Tarmoqlanuvchi  tasodifiy  jarayonlar”  alohida  o„rin 
tutadi.  Uning  ishlarida  bunday  jarayonlarning  nisbatan  murakkab 
bo„lgan  modeli,  ya‟ni  migratsion  komponentalarga  ega  bo„lgan  modeli 
o„rganilgan.  Oddiy  tasodifiy  jarayonlardan,  ya‟ni  evolyutsiyasini  hosil 
qilish  funksiyasining  analitik usuli  yordamida  o„rganish  muammo  bo„l-
magan  jarayonlardan  farqli  o„laroq,  bunday  model  “bog„liqsiz  tarmoq-
lanish”  xossasiga  ega  bo„lmaydi.  Shuning  uchun  ushbu  jarayonlar 
holatlarining taqsimotlarini asimptotik tahlil qilish izlanishlarning yangi 
usullarini  qo„llashni  talab  etdi.  Sh.Q.Farmonov  o„zi  tomonidan  klassik 
“momentlar  usuli”  ning  takomillashtirilgan  variantidan  va  sanoqli 
Markov  zanjirlarining  umumiy  nazariyasidan  foydalanib,  holatga  bog„-
liq migratsiyali tarmoqlanuvchi tasodifiy jarayonlarning yetarli darajada 
keng  sinfi  uchun  limit  xossalarini  aniqladi.  Tayyor  mahsulotning 
statistik  qabul  nazorati  bilan  bog„liq  masalalar  amaliy  matematik 
statistikaning  aktual  yo„nalishlaridan  biri  hisoblanadi.  Statistik  qabul 
nazoratining  matematik  usullari  A.N.Kolmogorov,  S.H.Sirojiddinov  va 
gollandiyalik  matematiklar  F.Vander-Varden,  A.Xaldlar  tomonidan 


 
25 
ishlab  chiqilgan  (o„z  vaqtida    S.H.Sirojiddinov  Xalqaro  statistika 
instituti  (Gollandiya)  a‟zosi  va  birinchilar  qatorida,  bu  institut  qoshida 
tashkil etilgan Bernulli Jamiyatining a‟zosi bo„lgan). Sh.Q.Farmonov va 
uning  shogirdlari  ishlarida  “Risk”  funksiyasini  minimallashtirish 
ma‟nosida  optimallik  xossalariga  ega  bo„lgan  statistik  qabul  nazorati 
rejalarining yetarlicha keng sinfining tuzilishi o„rganildi. Bunda, boshqa 
mutaxassislardan farqli o„laroq, mos “Risk” funksiyalari ularga kiruvchi 
iqtisodiy  parametrga  nisbatan  chiziqli  bo„lmagan  hol  o„rganildi.  Bu 
izlanishlarda zamonaviy bog„liqsiz tasodifiy miqdorlarni qo„shish naza-
riyasining  usullari  va  natijalari  keng  qo„llanildi  (markaziy  limit  teore-
mada  yaqinlashish  tezligining  baholari,  bog„liqsiz  tasodifiy  miqdorlar 
yig„indilari  uchun  asimptotik  yoyilmalar).  “Tasodifiy  joylashuvlar” 
(Diskret  matematikaning  ehtimollik  usullari)    XX    asrning 60‒70-yilla-
rida  zamonaviy  ehtimollar  nazariyasi  va  matematik  statistikaning 
alohida yo„nalishi sifatida shakllandi. Bu yo„nalish masalalari va usullari 
mumkin  bo„lgan  natijalari  diskret  to„plamli  turli  stoxastik  modellarda 
paydo  bo„ladigan  tasodifiy  jarayonlarni  talqin  etishda  muhim 
ahamiyatga  ega.    Sh.Q.Farmonov  va  uning  shogirdlari  ishlarida  mos 
“tasodifiy joylashuvlar” chekli yoki sanoqli polinomial sxemani tashkil 
etgan  holda,  “bo„sh  qutilar”  klassik  statistik  kriteriysi  qo„llanilishini 
asoslash  bilan  bog„liq  muammolar  o„rganildi.  Bunda  diskret  bog„liq 
tasodifiy  miqdorlarni  qo„shish  nazariyasiga  qarashli  “shartli  lokal  limit 
teoremalar”dan  unumli  foydalanildi.  Ushbu  yo„nalish  bo„yicha  olib 
borilgan  izlanishlar  natijalari  va  usullari  diskret  matematikaning  ehti-
mollik  usullari  bo„yicha  Petrozavodskda  o„tkaziladigan  an‟anaviy 
konferensiyalarda  ma‟ruza  qilindi  (1982,  1996,  2004,  2008  yillar).  XX 
asr  oxiri  va  XXI  asr  boshlariga  kelib,  Sh.Q.Farmonovning  izlanishlari 
“noklassik  limit  teoremalar”  bilan  bog„liqdir.  Bu  teoremalar  “klassik” 
teoremalardan  bog„liqsiz  tasodifiy  miqdorlarni  qo„shish  nazariyasida 
muhim rol o„ynaydigan “yig„indilarning tekis cheksiz kichiklik sharti”ni 
qatnashmasligi  bilan  farq  qiladi.  Xususan,  Lindeberg-Feller  markaziy 
limit  teoremasining  noklassik  varianti  isbotlandi.  Ushbu  natijani  isbot-
lash jarayonida Sh.Q.Farmonov yaxshi ma‟lum bo„lgan Steyn usulining 
yangi  takomillashgan  variantini  taklif  etdi,  bu  usul  yordamida  kuchsiz 
bog„langan tasodifiy miqdorlar yig„indilarining taqsimoti o„rganildi. O„z 
ilmiy  izlanishlari  natijalari  haqida  Sh.Q.Farmonov  Rossiya,  AQSH, 
Yaponiya,  Ukraina,  Litva,  Vengriya,  Polsha,  Malayziya,  Mongoliya, 
JAR,  Kanada  ilmiy  markazlarida  va  Fransiya,  Shvetsiya,  Singapur  va 
boshqa  davlatlarda  bo„lib  o„tgan  xalqaro  konferensiyalarda  ma‟ruza 


 
26 
qildi.  Sh.Q.Farmonov  unumli  ilmiy  faoliyat  bilan  birgalikda,  doimo 
ilmiy  va  pedagogik  kadrlar  tayyorlash  masalasi  bilan  ham  shug„ullanib 
kelmoqda.  Hozirgi  vaqtga  kelib  u  tomonidan  o„ttizdan  ortiq  fan  nom-
zodlari va o„ndan ortiq fan doktorlari tayyorlandi. Milliy universitetdan, 
tashqari,  u  respublikamizning  ko„plab  oliy  o„quv  yurtlarida,  o„qituv-
chilar  malakasini  oshirish  institutlarida  ma‟ruzalar  o„qiydi,  shu  bilan 
birga, barcha darajadagi maktab matematika olimpiadalarini tashkil etish 
va o„tkazishda faol ishtirok etadi. Hozirgi vaqtda u O„zMU professori va 
O„zR  FA,  V.I.Romanovskiy  nomli  Matematika  ilmiy  tadqiqot  institu-
tining  “Ehtimollar  nazariyasi  va  matematik  statistika”  bo„limi  mudiri 
sifatida  O„zbekistonda  ehtimollar  nazariyasi  va  matematik  statistika 
maktabini  boshqarib  kelmoqda  va  xorij  davlatlari  mutaxassislari  bilan 
faol hamkorlik olib bormoqda. U ko„plab konferensiyalar va forumlarda 
ishtirok etib, yangi g„oyalar va usullarni yetkazib bermoqda, bu esa, o„z 
navbatida,  O„zbekistonda  ushbu  ilmiy  yo„nalishning  rivojlanishini  ta‟-
minlab  kelmoqda.  Hozirda  u  rahbarlik  qilayotgan  O„zbekiston  ehti-
molliklar nazariyasi va matematik statistika maktabida, jumladan: 
• tasodifiy va tarmoqlanuvchi jarayonlar nazariyasi; 
• tasodifiy miqdorlarni qo„shish nazariyasi va uning tatbiqlari
•  Markov  zanjirlari,  ommaviy  xizmat  ko„rsatish  nazariyasi  va 
boshqalar; 
•  taqsimotlarning  noma‟lum  bo„lgan  parametrlarini  statistik  baho-
lash nazariyasi; 
•  matematik  statistikaning  noparametrik  masalalari  yo„nalishida 
katta ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. 
 

Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish