Darsning borishi:
i. Tashkiliy qism:
– salomlashish;
– o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish;
– navbatchi axborotini tinglash.
ii. o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
13-mashq nuqtalar o‘rniga a unlisi qo‘yib o‘qitiladi va yozdiriladi, so‘ng
tekshiriladi:
o‘ralgan, havosi musaffo, shamoli, tomosha.
«Teskari test» mashqi o‘tkaziladi. monitor orqali savol va javoblar
namoyish etiladi. o‘quvchilar noto‘g‘ri javobni belgilaydilar. So‘ng monitorda
to‘g‘ri javoblar ko‘rsatiladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun bir balldan beriladi.
Jami 5 ball to‘plagan o‘quvchi rag‘batlantiriladi. Ushbu «teskari test» tarqatma
topshiriq tarzida ham bajarilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |