U jo'Rayev, R. F a r m o n o V, s h. E r g a s h e V



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/230
Sana15.05.2021
Hajmi1,61 Mb.
#64303
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   230
Bog'liq
jahon tarixi 8 uzb 001

1848- yil inqilobi. 1845- va 1847- yillarda Fransiyada  q u r g ' o q -
chilik  r o ' y berdi. Natijada oziq-ovqat  m a h s u l o t l a r i n i n g ,  b i r i n c h i 
n a v b a t d a  n o n n i n g narxi oshib ketdi.  B u  h a m  y e t m a g a n i d e k , 1847-
yilda Yevropa davlatlari iqtisodiyotini inqiroz qamrab oldi. Bu esa ishlab 
chiqarishning keskin kamayishiga, pulning qadrsizlanishiga olib keldi. 
K o r x o n a l a r n i n g yopilishi  y o k i ishchi  o ' r i n l a r i n i n g qisqartirilishi 
natijasida ishsizlik oshib bordi. Bularning barchasi inqilobning yuzaga 
kelishiga sharoit yaratdi.  S h u n d a y vaziyatda burjuaziya inqilobning 
oldini olish uchun hukumat oldiga islohotlar о'tkazish talabini qo'ydi. 
Uning asosini saylov huquqini kengaytirish to 'g'risidagi masala tashkil 
etardi. Burjuaziya shu  y o ' l bilan Iyul  m o n a r x i y a s i n i yon  b e r i s h g a 
undamoqchi bo'ldi. Ishchilar esa respublika tuzumining eng qat'iyatli 
tarafdori  b o ' l d i l a r . Ayni  p a y t d a ,  u l a r  b o ' l a j a k  r e s p u b l i k a n i n g 
101 


mamlakatdagi ishsizlikni tugatadigan, barcha fuqarolar uchun mehnat qilish 
huquqini kafolatlovchi qonun qabul qiladigan, ish kunini qisqartiradigan va 
mehnat sharoitini yaxshilaydigan respublika bo 'lishi talabini ham qo 'ydilar. 
Bu talab yirik muldkorlar tabaqasini cho 'chitib yubordi. 
Iqtisodiy inqiroz tobora chuqurlashib bordi. Oqibatda  o m m a v i y 
ishsizlik vujudga keldi. Ishchilarning ish haqi ikki barobardan ortiqqa 
k a m a y d i .  O ' z navbatida,  b u  h o d i s a l a r inqilobiy vaziyatni vujudga 
keltirdi. Aholi qurollana boshladi. Nihoyat, 1848- yilning 23- fevralida 
Fransiya tarixida yana bir inqilob boshlandi. 
Qisqa vaqt ichida Parij shahridagi barcha muhim joylar, muassasalar 
qo 'zg 'olonchilar qo 'liga о 'tdi. Shunday sharoitda Lui Filipp taxtdan voz 
kechishga va Angliyaga qochib ketishga majbur bo 'ldi. Qo 'zg 'olonchilar 
qirol saroyini egallab, uning taxtini yoqib yubordilar. 
Shu tariqa 1848- yil fevral inqilobi natijasida Iyul  m o n a r x i y a s i 
quladi.  2 5 - fevral  k u n i esa  F r a n s i y a  R e s p u b l i k a deb  e ' l o n qilindi. 
F r a n s i y a  p a r l a m e n t i  v a q t i n c h a l i k  h u k u m a t tuzdi. Yangi  h u k u m a t 
matbuot, namoyishlar o'tkazish erkinligini e'lon qildi. Shuningdek, 21 
yoshga  t o ' l g a n barcha erkaklarga saylov huquqi berildi. 
B a r c h a fuqarolarni ish bilan  t a ' m i n l a s h  t o ' g ' r i s i d a dekret qabul 
qilindi. Ishsizlar uchun «Milliy ustaxona» deb ataluvchi jamoatchilik 
ishlari tashkil etildi. Ish vaqti 10-11 soat bilan cheklab qo'yildi. Biroq 
yangi  h u k u m a t  m a b l a g ' yo'qligi uchun tez orada milliy ustaxonalarni 
yopib tashladi. Ularda ishlayotgan 115 mingga yaqin ishchi ishsiz qoldi. 
B u n g a  j a v o b a n ishchilar 1848- yilning  i y u n i d a  y a n a  q o ' z g ' o l o n 
ко 'tardilar. Biroq hukumat qo 'zg 'olonni 
shafqatsizlik bilan bostirdi. 
I k k i n c h i  i m p e r i y a .  M a m l a k a t g a 
tartib o'matishga qodir hokimiyat zarur 
edi. Shu tufayli hukmron tabaqalar qirol 
hokimiyati о 'rniga katta vakolatlarga ega 
prezidentlik lavozimini joriy etishga qaror 
qildilar.  U n g a  h u k u m a t tuzish va uni 
iste'foga chiqarish huquqi  h a m beriladigan 
bo'ldi. 
1848- yilning dekabr oyida hukmron 
tabaqalar Napoleon I Bonapartning jiyani 
25- rasm. Napoleon III. Lui  N a p o l e o n  B o n a p a r t n i n g Fransiya 
102 


Prezidenti etib saylanishiga erishdilar. Uning asl maqsadi, Fransiya im-
periyasini tiklash edi.  U o ' z niyatini amalga oshirishga zimdan tayyorgarlik 
ko'rdi. Nihoyat, 1851- yil 2- dekabrda davlat to'ntarishi o'tkazdi va 
о 'zi uchun xavfli bo 'lgan kishilarning barchasini qamoqqa tashladi. Endi 
unga о 'zini imperator deb e'lon qilishga barcha yo 'liar ochiq edi. Nihoyat, 
1852- yilning 2- dekabrida u о'zini Napoleon III nomi bilan Fransiya 
imperatori deb e'lon qildi. Shu tariqa Fransiyada Ikkinchi imperiya о 'r-
natildi. 

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish