AD = S + I + G + Xn. Baxolar darajasi va talab kilingan milliy maxsulot xajmi o‘rtasidagi bogliklikni ifoda
etuvchi chizik yalpi talab egri chizigi deb ataladi. Buni chizma ko‘rinishida tasvirlash mumkin
(9-chizma).
9-chizmadan ko‘rinib turibdiki, yalpi talab egri chizigi doimo pastga va o‘ngga suriladi.
Nima uchun?
Bunday surilishning sababi xar xil. Ma’lumki, aloxida olingan tovarlar bozorida talab egri
chizigining surilishiga asosan daromad samarasi va o‘rinbosar tovarlar sabab bo‘ladi. Ayrim
tovarlarning baxosi pasayganda, iste’molchilarning pul daromadlari ko‘prok maxsulot sotib olish
imkonini beradi (daromad samarasi). Shuningdek, baxo pasayganda iste’molchi ushbu tovarni
ko‘prok boshka sotib oladi, chunki u boshka tovarlarga nisbatan arzonrok bo‘ladi (o‘rnini
bosadigan tovarlar).