Тузувчи : Файзуллаева Н


 Diskret va nodiskret fiskal’ siyosat. Byudjet taqchilligi va ortiqchaligi



Download 6,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet236/535
Sana25.01.2022
Hajmi6,61 Mb.
#409315
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   535
Bog'liq
Макроиқтисодиёт Янги УМК. 2021-2022 (1)

3. Diskret va nodiskret fiskal’ siyosat. Byudjet taqchilligi va ortiqchaligi. 
Hukumatning  bandlik  darajasi,  ishlab  chiqarish  hajmi,  inflyatsiya  sur’atlari  va  to’lov 
balansi  holatini  o’zgartirishga  yo’naltirilgan  maxsus  qarorlarni  qabul  qilishi  natijasida  davlat 
xarajatlari,  soliqlar  va  davlat  byudjeti  qoldig’ini  maqsadli  o’zgartirilishi  diskret  fiskal  siyosat 
deyiladi.  Diskret  fiskal’  siyosat  yuritilganda  iqtisodiy  pasayish  davrida  jami  talabni 
rag’batlantirish uchun davlat xarajatlarini oshirilishi va soliqlarni kamaytirilishi natijasida davlat 
byudjeti  kamomadi  yuzaga  keltiriladi.  O’z  navbatida  davriy  ko’tarilish  paytida  byudjet 
ortiqchaligi yuzaga keltiriladi. 
Diskret fiskal’ siyosat iqtisodiy tebranishlarni  yumshatishda muhim rol’ o’ynasada, uning 
ayrim kamchiliklari mavjud. Bu, avvalam bor, vaqt oraliqlari bilan bog’liq. YA’ni iqtisodiyotda 
pasayish  yoki  inflyatsion  zo’riqishning  paydo  bo’lishi,  bu  holatlarni  aniqlash  yuzaga  kelgan 
muammolarni hal etish uchun davlat xarajatlari va soliq tushumlarini o’zgartirish borasida qaror 
qabul  qilish,  bu  qaror  bajarilishini  ta’minlash  jarayonlarining  har  biri  o’rtasida  ma’lum  vaqt 
o’tadi. 
Bu  vaqt  davomida  iqtisodiy  vaziyat  o’zgaradi  va  ko’rilgan  chora-tadbirlar  ko’tilgan 
natijani bermasligi mumkin. Shu tufayli davriy tebranishlarni avtomatik tarzda yumshatib turish 
mexanizmini yaratish zarurati yuzaga keladi. 
Nodiskret  fiskal’  siyosat  –  davlat  xarajatlari,  soliqlar  va  davlat  byudjeti  qoldig’ini 
avtomatik 
o’zgartirishni 
ko’zda 
tutadi. 
Nodiskret 
fiskal’ 
siyosat 
o’rnatilgan 
barqarorlashtirgichlarga  asoslanadi.  Rivojlangan  davlatlarda  o’rnatilgan  barqarorlashtirgichlari 
rolini progressiv soliq tizimi, davlat transfertlari tizimi va foydada ishtirok etish tizimi o’ynaydi. 
Nodiskret  fiskal’  siyosat  davriy  tebranishlarni  yumshatish  uchun  hukumatning  bevosita 
aralashuvini  talab  etmaydi.  Davriy  pasayish  sharoitida  daromadlar  pasayishi  tufayli  soliq 
stavkalari pasayadi. Bu esa jami talabning oshishiga, ishlab chiqarishni kengaytirishga rag’batni 
yuzaga kelishiga olib keladi. Shuningdek pasayish davrida davlat transfertlari, jumladan ishsizlik 
nafaqasi  to’lovlari  miqdori  oshadi.  Bu  holat  ham  jami  talabni  oshirib,  jami  taklif  hajmini 
oshishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 
Iqtisodiy  yuksalish  davrida  ortiqcha  talab  iqtisodiyotga  inflyatsion  ta’sir  ko’rsatayotgan 
sharoitda  daromadlar  darajasi  oshishi  bilan  soliqlar  stavkalari  pasayadi  va  bu  jami  talabga 
cheklovchi  ta’sir  ko’rsatadi.  Ayni  paytda  davlat  xarajatlari  (ishsizlarga  nafaqalar,  davlat 
transfertlarining  bir  qancha  turlar)  ham  pasayadi.  Ammo  nodiskret  fiskal’  siyosat  vositalari 


120 
iqtisodiy tebranishlarni to’liq yumshatish imkonini bermaydi va u diskret fiskal siyosat yuritishni 
inkor etmaydi. 
Iqtisodiyotning  o’rnatilgan  barqarorligi  darajasi  davriy  byudjet  taqchilligi  va  ortiqchaligi 
miqdorlariga  bog’liq.  Davriy  taqchillik  (ortiqchalik)  iqtisodiy  faollik  pasayishi  (oshishi) 
sharoitida  soliq  tushumlarining  avtomatik  kamayishi  (oshishi)  va  davlat  xarajatlarining 
avtomatik  oshishi  (kamayishi)  natijasida  yuzaga  keladigan  davlat  byudjeti  taqchilligi 
(ortiqchaligi)dir. 
Davriy  pasayish  bosqichida  soliqlar  avtomatik  pasayishi,  davlat  transfertlarining  oshishi 
natijasida byudjet taqchilligi kelib chiqadi. 
Davriy  yuksalish  bosqichida  soliqlar  avtomatik  ko’payishi  va  davlat  xarajatlarining 
kamayishi  natijasida  byudjet  ortiqchaligi  paydo  bo’ladi.  Davlat  xarajatlari  o’zgarmas  bo’lgan 
sharoitda  ham  byudjet  taqchilligi  va  ortiqchaligi  mavjud  bo’lishi  mumkin.  Davriy  taqchillik  va 
ortiqchalik  miqdorlari  soliq  va  byudjet  funksiyalari  grafiklarining  «tikligiga»  bog’liq.  Soliq 
funksiyasi T ning egilish burchagi  chegaraviy soliq stavkasi t  ning miqdoriga bog’liq. t qancha 
yuqori  bo’lsa  T  chizig’i  shuncha  tik  bo’ladi.  Davlat  byudjetidan  beriladigan  transfertlar  hajmi 
o’zgarishining daromadlar o’zgarishiga bog’liqligini xarakterlovchi γ  koeffitsent qancha kichik 
bo’lsa,  G  chizig’i  ham  shuncha  tik  bo’ladi.    Demak  daromad  oshgani  sari    byudjetga  soliq 
to’lovlari oshaveradi, byudjetdan transfert to’lovlari esa kamayadi. 
 
           G,T                                                                 T’    
 
                                                                                        T=Ta+tY 
                                                               
Byudjetning  
davriy                                                                                      G=cont 
takchilligi                                                                              Byudjetning 
                                                                                        davriy profitsiti 
 
 
                                                                                  G=Ga-γY                                                                                                        
 
                  Y1                     Y0                      Y2 
                                                     

Download 6,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   535




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish