Bog'liq TURKISTON MUXTORIYATI MILLIY DAVLATCHILIGIMIZNING DASTLABKI TAJRIBASI
“TURKISTON MUXTORIYATINING” TASHKIL ETILISHI.
1917 yil oktyabr-noyabr oylarida Toshkent va Qo‘qonda yuz bergan voqealar Turkistonda ijtimoiy-siyosiy harakatlarning kuchayishiga sabab bo‘ldi. Qo‘qon shahrida 1917 yil 26-28 noyabr kunlari Turkiston o‘lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Demokratik musulmon ziyolilar talabi bilan Turkiston aholisining yevropalik qismi vakillari ham qurultoyda teng huquqli bo‘lib ishtirok etdilar. Qurultoyning 27 noyabr kuni qabul qilingan qarorida shunday deyiladi: “Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi da’vat etgan xalqlarning o‘z huquqlarini o‘zlari belgilash xususidagi irodasini namoyon etib, Turkistonni Federativ Rossiya Respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb e’lon qiladi”.