Turistik marshrutlarni ishlab chiqish


Turistik marshrutlarda hayot havfsizligini ta`minlash



Download 57,89 Kb.
bet11/14
Sana18.03.2022
Hajmi57,89 Kb.
#500088
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
192 guruh Matyakubova Nafisa

2.3.Turistik marshrutlarda hayot havfsizligini ta`minlash.
Turizmda turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash eng muhim, davlat ahamiyatiga molik masala hisoblanadi. Hozirgacha turizmning rivojla nishiga quyidagi omillar asosiy ta’sirlarni hosil qiladi. Mazkur asosiy omillarni 2 guruhga bo‘lishimiz mumkin;
I-guruh–«Statistik omillar»-bu omillar vaqt o‘tishi bilan o‘z ahamiya tini yo‘qotmaydi, saqlab turadi. Bu guruhga tabiiy iqlim omillari, geogra fik omillar, madaniy – tarixiy omillar kiradi.
II–guruh– «Dinamik omillar»-Bu guruhga quyidagi omillar kiritilgan;
1. Siyosiy omillar;
2. Ijtimoiy – demografik omillar;
3. Iqtisodiy – moliyaviy omillar;
4. Moddiy texnik omillar.
Turistik marshrutlarni ishlab chiqish, tashkil qilish, o‘tkazishni qayd qilingan omillar asosida turistlarning tur vaqtida (marshrut vaqtida) hayoti xavfsizligini ta’minlash, vatanimizga turistlar oqimini kuchaytirishdagi eng muhim va ma’sul vazifalardan hisoblanadi.
Turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash O‘zbekistonda turizmni tashkil qilish va rivojlantirish sohasidagi dastlabki qonunlarda alohida moddalar bilan belgilangan. Ana shunday dastlabki qonun–O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi qonuni hisoblanadi. Bu qonun 20-avgust 1999 yilda qabul qilingan bo‘lib qonundagi 18.19.20 moddalar turist larning hayoti xavfsizligini ta’minlashdagi chora–tadbirlar tizimini yaratishga asos bo‘ladi. Turizm ta’limidagi barcha mutaxassislar ushbu qonun moddalarini yaxshi o‘zlashtirishi, mukammal bilishi nuqtai-nazaridan qayd qilingan moddalarni keltirish o‘rinli bo‘ladi. «Turizm to‘g‘risida» qonun ning:
18–moddasi–«Turistlarning xavsizligi kafolati». O‘zbekiston Respub likasi hududida turistlarning hayoti xavfsizligi davlat tomonidan kafolat lanadi. Turizm sohasidagi vakolatli davlat organi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda turistlarning himoya qilinishini hamda xavfsizligini ta’minlash dasturini ishlab chiqadi va uning bajarilishini tashkil etadi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari turizm sohasida barcha turistik yo‘nalishlar bo‘yicha turistlarning himoya qilinishini va xavfsiz ligini ta’minlash mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqadilar va ularning bajarilishini tashkil etadilar.Turistik faoliyat sub’ektlari turistlarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ular jarohatlanganda, kasallanganda va boshqa hollarda tibbiy yordam ko‘rsatish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqadilar.
19–moddasi–Turistlarning xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari. Turistik faoliyat sub’ektlari turistlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida:
turistlarning safarda xavf–xatardan xoli bo‘lishlari uchun shart-sharoitni, safar, sayr, ekskursiya yo‘llari, musobaqalar o‘tkaziladigan joylarning ta’minlanishlari;
turistlarga jarohatlanish va baxtsiz hodisalardan saqlanish hamda ularning oldini olish usullarini o‘rgatishlari, birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish yuzasidan yo‘l-yo‘riq berishlari, shuningdek, belgi langan yo‘nalishning xususiyati va turistlarning hatti-harakatiga bog‘liq holda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf manbalari haqida ularning o‘zini xabardor qilishlari;
turistlarning sayohatlar, safarlar, musobaqalar, boshqa turistik tadbirlarga tayyorgarligi ustidan nazoratni amalga oshirishlari;
falokatga uchragan turistlarga tezkor yordam ko‘rsatishlari;
avtomobil, tog‘-chang‘i, velosiped, suv, mototsikl, piyoda safar, g‘or turizmi va turizmning boshqa maxsus turlarini tashkil etish va o‘tkazishda xavfsizlikning alohida talablarini ishlab chiqishlari va amalga oshirishlari shart;
20 moddasi– «Turistlarni sug‘urta qilish». Turistlarni sug‘urta qilish majburiydir va u turistik faoliyat sub’ektlari tomonidan sug‘urta faoliyati olib borish huquqiga ega bo‘lgan tegishli sug‘urta tashkilotlari bilan tuzila digan bitimlar asosida amalga oshiriladi.
Butunjahon turizm tashkiloti (VTO) talablari bo‘yicha har bir davlatda turistlarning ushbu davlatga kelib–ketishi bo‘yicha davlat nizomi bo‘lishi lozim. Bizning Respublikamizda ham xudi shunday nizom hukumatimizning maxsus vazirliklari tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. «Sayyohlar ning O‘zbekiston Respublikasiga kelishi va ketishi tartibi to‘g‘risida Nizom» ga muvofiq quyidagi moddalar sayyohlarning hayoti xavfsizligini ta’min lashga qaratilgan:
xavf-xatar manbalari bo‘lgan hududlarga chet ellik sayyohlarni olib chiqishlaridan oldin,O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli boshqarmalaridan baxtsiz hodisalar yoki xavf-xatarlar kelib chiqishi mumkin bo‘lishi yoki bo‘lmasligi yuzasidan tegishli ma’lumotlar olish;
ruxsat etilgan xavfsiz yo‘nalishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan holda belgilangan xavfsiz yo‘nalish bo‘yicha sayyohat qilishni ta’minlash;
belgilangan yo‘nalishning xususiyati va sayyohlarning hattiharakatiga bog‘liq holda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatar manbalari haqida ularning o‘zini xabardor qilish va xavfsizligini ta’minlash;
qabul qiluvchi turistik tashkilot chet el sayyohlari bilan xavfsizlik choralariga rioya etishlari,O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish tartibi, ekologik xavfsizlik talablari, milliy urf-odatlarga hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishlari to‘g‘risida tegishli tushuntirish ishlarini o‘tkazadi.
Turizmda xavfsizlik masalalari dolzarbligiga qaramasdan hozirgacha turizm mutaxassislarining e’tiboridan chetda hisoblanadi. Respublikamiz dagi turizm mutaxassislari va bakalavlari tayyorlaydigan kollej, institut va universitetlarda turizmda hayot xavfsizligini ta’minlash kursini o‘qitish vaqti keldi. Chunki, mamlakatimizga xalqaro turistik oqim yildan-yilga ortib bormoqda. Turizmda hayot xavfsizligi bo‘yicha hozirda yagona manbani, taniqli olim, professor N.Tuxliyev va T.Abdullayevalarning mukammal asari ni keltirishimiz mumkin.
Turizm marshrutlarida turistlarning hayoti xavfsizligini ta’min lashda kutiladigan va kutilmaydigan xavflarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Ekologik turizm marshrutlarini ishlab chiqish mavzusida–«Ekologik turizm marshrutlarida turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash» yuzasidan marshrut rahbari amalga oshiriladigan ishlar ro‘yxati keltirildi.Turistik marshrutlarning barchasida turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash chora tadbirlari ishlab chiqilishi va marshrutni o‘tkazadigan turistik tashkilot rahbarining imzosi va gerbli muhri bilan rasmiylashtirilishi lozim.
O‘zbekistonda «Turizm to‘g‘risida»gi qonunda turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlashdagi chora–tadbirlarni ishlab chiqish bir qator moddalarda qayd qilingan. Shunga qaramasdan, qayd qilish lozimki, turist larning hayotiga xavf soluvchi vaziyatlar, holatlar va omillar o‘ta sustkashlik bilan bir tomonlama, umumiy xulosalar tariqasida o‘rganilmoqda. Ayniqsa, turistik muhitda, turistik marshrutlardagi xizmatlarda turistlarning xayotiga xavf soluvchi xavf–xatarlar umuman tadqiq qilinmayapti.
Turistlarning xayotiga xavf soluvchi vaziyatlar, omillar bevosita xizmat lar ko‘rsatish jarayonlarida, har qanday turistik marshrutlarda, ekskursiya larda, ularni ovqatlantirishda, tub joy aholi bilan bo‘ladigan muloqotlarda va boshqa sharoitlarda kelib chiqishi, yuz berishini hisobga olsak, bu yo‘nalish da aniq ilmiy ishlanmalar ishlab chiqish ancha murakkb bo‘lib ko‘plab vaqt–muddatlarni talab qiladi. Shuning uchun ham mamlakatimizda turizmni rivojlantirish uchun bu yo‘nalishda aniq tavsiyalar ishlab chiqishni, ilmiy tadqiqotlarni dadil boshlashni turizm sohasining ijtimoiy–iqtisodiy muhiti qat’iy talab qilmoqda.
Turistlarning hayoti xavfsizligini o‘rganish va zaruriy chora-tadbirlar talab darajasidagi ilmiy–amaliy ishlanmalarni ishlab chiqishning juda murakkabligi shundan iboratki, turistlarning hayotiga xavf soluvchi vaziyatlar, omillar va manbalar har qadamda har bir soniyada yuz berishi mumkin. Ayniqsa, ekologik turizm rekreatsiya turizmi, arxeologik, g‘orshu noslik turizmlarida, ekskursiyalarda va bu turizm turlaridagi xizmatlar ko‘rsatish jarayonlarida, tabiiy iqlim sharoitlarida turistlarning hayotiga xavf soluvchi vaziyatlar va omillar juda qaltis, kutilmaganda ham kelib chiqishi mumkin.
Turizmda xavfsizlik tushunchasi - amaliy fanlardan bo‘lishi lozim va «Butunjaxon turizm tashkiloti»ning ishlab chiqgan ko‘rsatmalari bo‘yicha har bir davlat o‘zidagi turizm soxasi uchun «turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash» o‘quv dasturini ishlab chiqishi va turizm ta’limi yo‘nalishlarda barcha mutaxassisliklarda o‘qitilishi zarur. Mamlakatimizda turistlar bilan yuz beradigan qandaydir fojeani kutib turmasdan biz milliy turizmda xavfsizlik, turistlarning hayotiga xavf soluvchi vaziyatlar, omillar, bunday xavflarning kelib chiqishi va oldini olish chora–tadbirlarini ishlab chiqishni xozirdan o‘rganishimiz zarur bo‘ladi.
«Turizmdagi xavfsizlik»da turist va ekskursiyachilarga ko‘rsatiladigan xizmatlarda «xavfsizlik» masalalarini tadqiq qilib ularning hayoti xavfsiz liklarini ta’minlashning metodlarini ishlab chiqish va nazorat qilish uchun qo‘yidagi asosiy vazifalarni yechish lozim bo‘ladi: «Turizmda havfsizlik»ni turist ekskursiyachilarga ko‘rsatiladigan xizmatlarni tadqiq qilib ularning hayoti xavfsizligini ta’minlashning metodlarini ishlab chiqish va nazorat qilish uchun qo‘yidagi asosiy vazifalarni yechishi lozim bo‘ladi:
Turda joylashtirish, harakatlanish, ovqatlanish va boshqa faoliyat larda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirlarni aniqlaydi va baxolaydi;
Turda yuzaga keladigan salbiy ta’sirlarni yozish, ta’riflash va tav siflashni bir tizimga soladi;
Xavfli va zararli omillarning oldini olish va yo‘qotish usullarini, variantlarini ishlab chiqadi;
Turda komfort sharoitni yaratadi va xavfsizlik chora–tadbirlarini ishlab chiqadi.
Ko‘rsatiladigan turistik xizmatlar odatdagi tur sharoitlarida ham, kutilmagan, favqulodda hosil bo‘lgan (tabiiy iqlimiy hodisalar, harakat lar va boshqalar) vaziyatlarda ham turistlarning sog‘ligi va hayotiga xavfni pasaytirib xavfsizlik darajalariga tushiirishning uddasidan chiqishlari, xavfni bartaraf qilish imkoniyatlari bilan ta’minlanganliklari bo‘lishi kerak.Xavf–kutilmagan hodisa bo‘lib turistlarning hohish-e’tiboridan chetda, qo‘qisdan ularning sog‘ligi va hayotiga xavf soladi.
Turistik xavf tushunchasida turmahsulotni, hizmatlar ko‘rsatishni iste’mol qilayotgan turistlarning sog‘ligi va hayotiga rahna soluvchi xavflarni tushunamiz
Shunday qilib, turistik xavf faqat tushuncha emas balki, turistik faoliyatning xususiyatlari, belgilari va ko‘rinishi, hodisalari hisoblanadi.



Download 57,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish