Bog'liq TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK
Tashxis ob'ektlari modellari. Tashxis qo‘yish jarayonida bevosita ob’ekt tadqiq etilmasdan, balki uning ideallashtirilgan modeli tadqiq etiladi. Real texnik tizim birorta model bilan almashtiriladi. Tashxis jarayonlari va ob’ektlarning matematik modellarini qurish quyidagi asosiy vazifalarning tahlili bilan birga olib boriladi:
buzilgan elementlarni topishda diagnostik testlar qurish usullarini ishlab chiqish;
tashxisning eng maqbul dasturini ishlab chiqish.
Tashxis ob’ektlari modellarining quyidagi turlari mavjud: strukturaviy model - bu modelni qurishda tashxis tizimi bir-biri bilan bog‘langan va chegaralangan elementlardan iborat deb hisoblanadi.
Tashxisning biror usuli yoki texnologiyasini ishlab chiqish uchun mexanizm va uzellarning texnik holati o‘zgarishlari qonuniyatlarini bilish etarl i emas. Buning uchun tashxis ob’ektining umumlashtirilgan mantiqiy yoki tahliliy tavsifi kerak. Bu tavsif (model) transport vositasi (uzel, mexanizm, detal)ning tez ishdan chiqadigan elementlari ro‘yhatini va ularga tug‘ri keladigan strukturaviy va tashxis parametrlarini, ular orasidagi bog‘liqliklarni o‘z ichiga olishi kerak.
rasm. Tashxis ob’ektining strukturaviy modeli (dvigatelning silindr porshen guruxi misolida)
SHakldan (82-rasm) ko‘rish mumkinki, V pog‘ona-ya’ni diagnostik parametrlar (yoki fizik miqdorlar) yordamida tashxis qo‘yish ob’ektining ishchi yoki hamrox jarayonlarini o‘lchash mumkin va shuning bilan ob’ekt texnik holatini uni bulaklarga ajratmasdan aniqlash mumkin. Bunday model ob’ektining muhandislik o‘rganishi va ishlashi, ishonchlilik ko‘rsatkichlarining statistik tahlili va diagnostik para-metrlarning baholanishi asosida tuziladi. Model ob’ektining eng nozik va eng muhim elementlari to‘g‘risida, uning strukturaviy va diagnostik parametrlari va ular orasidagi bog‘lanishlar to‘g‘risida ma’lumot beradi. Bu model yordamida eng muhim diagnostik parametrlarni, demak, diagnostika usullari va vositalarini tanlash mumkin. Bularga yonilg‘i sarfi, gazlar zichligi, quvvatning pasayishi, karterga o‘tgan gazlar miqdori, qisilgan havoning sirqib chiqib ketishi, qisilish bosimi, yog‘-moy materiallari sarfi, tebranishlar kirishi mumkin. Bu model tashxis ob’ektining eng sodda mantiqiy tavsifidir. pog‘onada - tez ishdan chiqadigan, nozik mexanizm va qismlar joylashgan;
pog‘onada - ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlar yoki strukturaviy parametrlar j oylashgan;
pog‘onada - strukturaviy parametrlarning chegaraviy qiymatla-ridan chiqib ketadigan miqdorlari, ya’ni harakterli nosozliklari keltirilgan;
pog‘onada - strukturaviy parametrlarga mos keladigan diagnostik belgilar j oylashgan;
pog‘onada - tashxis parametrlari j oylashgan. funksional model- bu modelni qurishda tashxis ob’ekti sifatida qaraladigan tizimni bir -biri bilan bog‘langan funksional elementlarga bo‘lish mumkin deb hisoblanadi va bu model tashxisning maqbul texnologik jarayonini aniqlashga imkon beradi.
Nazorat savollari: Mashinalarni chiniqtirishning vazifasini ayting.
Texnik xizmat ko‘rsatishning turlarini ayting.
Tartibli yoki reglamentli texnik xizmat ko‘rsatishlar tarkibini va ularni bajarish muddatlarini tushuntiring.
Texnik xizmat ko‘rsatishning preverantiv (o‘zuvchan) usulining afzalligini ayting.
Texnik tashxislashning maqsadi va vazifasini ayting.
Tashxislashning innovatsion usullarini ayting va ularni mohiyatini tushintiring.
Tashxislashda foydalaniladigan fizik jarayonlarga ko‘ra tashxislash usullarini ayting.§. Texnik servis korxonalari. Texnik servisni tashkil etishda