Bog'liq TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK
Traktorga o‘zgacha sharoitda texnik xizmat ko ‘rsatish. Traktordan o‘zgacha sharoitlar (qumli, toshli va balchiq tuproqli joylarda, cho‘llar, past haroratli va baland tog‘li joylarda)da texnik xizmat qator qo‘shimcha talablarni bajarishni talab etadi. Bu talablar quyidagidan iborat:
CHo‘l va qumli tuproq sharoitda traktorlarga texnik xizmat ko‘rsatishda; dizel yoqilg‘i va moy bilan yopiq usulda to‘diriladi;
Har uch smenada havotozalagich tagligidagi moy almashtiriladi, havotozalagichning markaziy quvuri tekshitiladi va zaruriyat bo‘lsa har bir birinchi texnik xizmatda tozalanadi;
Har uch smenadan keyin elektrolitning sathi tekshiriladi va zarur bo‘lsa akkumulyatorlarga distirlangan suv quyiladi;
TXK-1 ni o‘tkazishda dizelning moyi sifati tekshiriladi va zaruriyat bo‘lsa almashtiriladi;
TXK-2 ni o‘tkazishda yoqilg‘i sig‘imi (bak) ning qopqog‘i yuviladi;
Traktorlarga past haroratda texnik xizmat ko‘rsatishda:
atrof muhitning temperaturasi -30 oS dan past bo‘lganda dizellarda arktik yoqilg‘isi A (GOST305-85 bo‘yicha) va ishlab chiqaruvchi korxona tavsifiga muvofiq maxsus moylar qo‘llaniladi;
smena oxirida sig‘imlar yoqilg‘i bilan to‘ldiriladi;
dizellar sovitish tizimi muzlamayligan suyuqliklar bilan to‘ldiriladi.
Traktorlardan toshli joylarda foydalanganda: har kuni traktorning yurish qismi, himoyalash qurilmalari, oldingi va orqa ko‘priklarining, yon tomondagi reduktorlarning moyni to‘kish qopqoqlari holati tekshirilib turiladi; namoyon bo‘lgan nosozliklar tuzatiladi. Traktorlarni baland tog‘li joylarda ishlatganda texnik xizmat bo‘yicha quyidagilar bajariladi; ya’ni dizelning bir siklda yoqilg‘i sarfi va nasosning unumdorligi dengiz sathidan o‘rtacha balandligiga muvofiq o‘tkaziladi. §. Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkillashtirish
Avtomobillarga ko‘rsatiladigan texnik xizmat turlari va davriyligi. Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan avtomobillarga texnik xizmat tegishli xujjatlarga muvofiq o‘tkaziladi. Avtomobillarga texnik xizmatlar xo‘jalikda yoki maxsus stansiya (TXKS) larda o‘tkaziladi 10-jadval Avtomobillarga ko‘rsatiladigan texnik xizmatlar, ularning turlari va davriyligi
Texnik xizmat turlari
Texnik xizmat davriyligi, bosib o‘tilgan yo‘l, km
Har kungi texnik xizmat KTXK Birinchi texnik xizmat TXK-1: yuk avtomobillarigna Ikkinchi texnik xizmat TXK-2: yuk avtomobillariga Mavsumiy texnik xizmat MTX
Har smenada 1 maratoba (ish tugashi bilan yoki boshlanishi oldidan) 2500 10000 Yiliga ikki marotaba (bhorgi-yozgi va kuzgi qishgi foydalanish davrida
Har kungi texnik xizmat (KTXK) har 10 soatdan keyin traktorning yoki mashinaning har bir smenasida o‘tkaziladi. Traktorlarga bahorgi-yozgi foydalanishga o‘tishdagi mavsumiy texnik xizmat havoning turg‘un issiqlik darajasi +5o S dan yuqori bo‘lgan vaqtda o‘tkaziladi, kuzgi-qishgi foydalanishga o‘tishda esa +5o S dan past bo‘lgan issiqlik darajasida o‘tkaziladi. Avtoxo‘jalikning texnikalar va remont vositalari bilan ta’minlanganligiga qarab texnik xizmat ko‘rsatish va remont qilishning 3 ta shaklini qabul qilish mumkin:
Yirik yaxshi jixozlangan avtoxo‘jaliklar TKX va remont ishlarini o‘zlarining ustaxonasida o‘tkazadi.
TXK va murakkab bo‘lmagan remontlarni o‘zlarini ustaxonasida, murakab remontlarni markaziy TXK va remont qilish tashkilotlariga olib borib remont qilish.
Barcha TXK va remont ishlari markazlashgan holda markaziy ustaxonalarda va remont tashkilotlarda amalga oshiriladi.
Texnik xizmatni tashkil etish asosan avtoxo‘jalikning bajaradigan vazifalari va avtomobillarining soniga, foydalanish sharoiti, xizmat ko‘rsatish ob’ektlarining joylashuviga bog‘liq bo‘ladi. Avtomobillar bajaradigan texnologik jarayonlar xizmat zonalari va bajaradigan ishlar turlari bilan har xil bo‘lishi mumkin. Lekin ularga texnik xizmat ko‘rsati sh barcha turdagi xizmatlardan va ish hajmidan, avtomobillar soni va garajlarning katta va kichikligidan qat’iy nazar bir xil o‘tkaziladi. Ko‘p avtoxo‘jaliklarda TXK uchun maxsus remont brigadalari tashkil etilgan. Avtomobillarning aloxida agregatlariga texnik xizmat ko‘rsatish jarayonida na faqat mayda nosozliklar va kamchiliklar balki rachoqlangan joylar, detallarning kuchli eyilishi va boshqa kamchiliklar aniqlanishi mumkin. Bunday kamchiliklar asosan 1 va 2 TXK da ko‘zda tutilmagan va albatta joriy remontga tegishli bo‘ladi. Bu remontlarga aloxida naryad ish xaqqi joriy remont uchun rasmiylashtiriladi. Avtomobillarga TXK texnologik jarayonining sxemasi quyida keltirilgan. Barcha avtomobillar reysdan qaytgandan so‘ng texnik ko‘rikdan o‘tishlari shart. Navbatki mexanik avtomobilning fakticheski probegi (bosib o‘tgan yo‘li), tashqi ko‘rinishi, komplektligini tekshiradi va xaydovchidan mashinaning ish jarayonida aniqlangan kamchiliklari va otkazlarini so‘rab oladi. Agar avtomobil texnik soz bo‘lsa, u holda navbatchi mexanik uni tozalash va yuvish zonasiga yuboradi va parkni stoyankasiga qo‘yadi. Agar avtomobilga rejali TXK yoki zayavkali remont talab etiladigan bo‘lsa, u holda tozalash va yuvishdan so‘ng kamchiliklarni bartaraf etish zonasiga olib boriladi. Avtoparkdan ishga chiqishda xaydovchi putevka va zapravka qilish xujjatini oladi. Nazorat punktida navbotchi mexanik avtomobilning tashqi ko‘rinishi va sozligini tekshiradi. Avtomobillarga xizmat ko‘rsatish va remont qilish zonasida postlarning joylashuvining 3 ta usuli bo‘lishi mumkin. tupikovoe (berk)
pryamotochniye (ochiq)
smeshannoye (aralash).
Birinchi usulda tozalash va yuvishdan boshqa barcha ishlar bir joy da amalga oshiriladi. Bu usul ko‘proq kichik garajlarda va ustaxonalarda amalga oshirildi. Ikkinchi usulda ish jaxmi ish postlari bo‘yicha bo‘lingan bo‘lib bir postning ishi ikiknchi postning ishi bilan bog‘lik bo‘ladi. YA’ni bir postdan keyin ish ikkinchi postda bajariladi. Bunday usul odatda xo‘jalikning katta ustaxonalarida amalga oshiriladi. (remont zavodlarida, remont korxonalarida va b.) Uchinchi aralash usulda berk usul xar hil va uzoq muddat bajariladigan TXK va remont ishlari uchun, ochiq usul esa mashinalarga TXK va remont ishlari uchun bir xil vaqt sarf qilinadigan ishlar uchun qo‘llaniladi. TXK stansiyalarida TXK-1 va TXK-2 smenali dastur bo‘yicha potochnbiy liniya bilan TXK-1 da 20-25 ta, TXK-2 da 10-12 va TXK-2 oldidan diagnostika qilishda 14-18 avtomobillarga xizmat ko‘rsatish tashkil etilishi mumkin. Potok usul bilan TXK va remontni amalga oshirishda smenali dasturning ish hajmi bo‘yicha bir hilligi asosiy rol o‘ynaydi. Bu asosan avtomobillarni regulyar TXK va remontga kelib turishga bog‘liq. Tashkiliy ishlardan eng murakkabi avtomobillargan TXK-2 hisoblanadi. GOSNITI tavsiyasiga binoan xizmat ko‘rsatish operatsiyalarini 5 guruxga bo‘lish maqsadga muvofiq bo‘ladi: Asosiy agregat va uzellar ishi resursini va texnik holatini aniqlovchi nazorat-diagnostik operatsiyalar.
Dvigatelni yurgizish bilan bog‘liq bo‘lgan ta’minlash tizimi va elektr jixozlariga xizmat ko‘rsatish operatsiyalari.
Qolgan agregat, uzel va tizimlarga xizmat ko‘rsatish operatsiyalari.
Moylash, tozalash va ta’minlash operatsiyalari.
TXK-2 o‘tkazishda nazorat va rostlash operatsiyalari.
Ta’kidlash kerakki, TXK-2 bilan birga ko‘p takrorlanadigan JTga tegishli ishlarni ham bajarish mumkin bo‘ladi. Bu qo‘shimcha JT bilan bog‘liq ishlar har bir TXK turi bo‘yicha olib boriladigan ishlar hajmining 15.20 % dan oshib ketmasligi kerak. TXKni ixtisoslashtirish xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning malakasini oshishiga katta imkon yaratib beradi. Bu yuqori unumli jixozlarni qo‘llash, ulardan samarali foydalanish, ish unumini oshirish imkonini beradi. Avtomobillarga agregatli-uchastkalar bo‘yicha TXK va ta’mir ishlarini tashkil etish ancha qulay va samarali bo‘lganligi iuchun ko‘proq amaliyotda qo‘llniladi. Bunda uchastka asosiy ishlab chiqarish zveno hisoblanib barcha kompleks ishlarni amalga oshiradi. YA’ni TXK va ta’mir qilish bo‘yicha avtomobillarning barcha agregat va uzellari bo‘yicha ishlar bajariladi (11-jadval). 11-jadval Avtomobillarga TXK va remont turlari bo‘yicha ishlarning chastkalarda taqsimlanishi
Oldingi va ketingi ko‘prik, rul boshqaruvi, tormoz tizimi, podveska
7
7
18
32
4
Elektr jixozlari va ta’minlash tizimlari
6
6
5
17
5
Rama, kuzov, kabina, oblitsovka, tirkagichlar
2
2
15
19
6
SHinalar
1
1
4
6
7
Slesar-mexanik
Avtoxo‘jalik ish tajribasi bo‘yicha aniqlanadi
8
Tozalash-yuvish
Avtoxo‘jalik ish tajribasi bo‘yicha aniqlanadi
12-jadval Agregatlarida nuqson bo‘lgan avtomobillarni joriy ta’mirlashda sarf bo‘ladigan vaqtning taqsimlanishi % da
Agregat, (tizim)
Katta yuk ko‘taruvchi yuk avtomobili
Dvigatel
19,5
Uzatmalar qutisi
15,5
Tishlashish muftasi
10,1
Orqa ko‘prik
9,9
Kardan uzatmasi
3,3
Osish qurilmasi
8.7
Tormoz tizimi
6,4
Boshqaruv mexanizmi
4,8
Kabina, kuzov, rama,
4,5
Elektr jixozlari
4,1
Boshqalar
13,2
§. Texnik xizmat ko‘rsatishning turlari, vaqti va mazmuni
Barcha yangi va ta’mirlangan mashinalar chiniqtiriladi. Chiniqtirishning vazifasi detallarni eyilishiga, kam vaqt va energiya sarflanishini ta’minlangan holda ishqalanuvchi yuzalarning sifatli bo‘lishiga erishishdan iborat. CHiniqtirilmagan ishqalanuvchi yuzalarda yo‘nalishlari har xil bo‘lgan notekisliklar uchraydi. CHiniqtirishda notekisliklar o‘zgaradi va sirtlari siliqlanadi, shunda mikronotekisliklar ishqalanuvchi yuzalarning harakat yo‘nalishiga moslashadi. CHiniqtirish natijalari uchta omilga: solishtirma bosim, yuzalarning nisbiy siljish tezliklari va ushbu yuklama hamda tezlikda chiniqtirishning davom etish vaqtiga bog‘liq. Bu omillarning majmui chiniqtirish rejimi deb ataladi. Solishtirma bosim qanchalik katta bo‘lsa, ishqalanuvchi yuzalar bir-biriga urilganda va ishqalanganda shuncha katta metall qirindilari ajralib chiqadi, metallning plastik siljishi ham shuncha katta bo‘ladi. SHuning uchun chiniqtirishni mumkin qadar eng kam solishtirma bosimlardan boshlash kerak. Notekisliklar silliqlana borgan sari va ularning yo‘nalishi o‘zgarganda solishtirma bosim kattalashtiriladi, lekin bunda yuzalar edirilmasligi lozim. Har bir turdagi mashinalar (traktor, kombaynlar va boshqalar) ni ishlatishga oid yo‘riqnomalarda ularni chiniqtirish rejimi ko‘rsatiladi. Mashinalar ishlab chiqarilgan korxanada va ulardan foydalanish jarayonidan oldin chiniqtirish jarayonini o‘tkazish zarur. Mavjud qishloq xo‘jaligi texnikalari, jahon standartlari talabiga moslashtirilayotgan zavodlarimizda ishlab chiqarilayogganligi hamda rivojlangan davlatlardan import qilinayotgani bois ulardan foydalanishni tashkil etish na boshqa texnikalarni import kilayotgan xorij zavodlari tartiblari asosida olib boriladi. Texnik xizmat ko‘rsatish ishlari majburiy xarakterga ega bo‘lib, texnikadan foydalanish davri davomida vaqti-vaqti bilan bajariladi va ularning kuyidagi turlari mavjud (80-rasm):
har smenada texnik xizmat ko‘rsatish (STXK), ya’ni kundalik texnik karov (KTQ);
tartibli (1-texnik xizmat ko‘rsatish (TXK-1), 2-texnik xizmat ko‘rsatish (TXK-2); 3- texnik xizmat ko‘rsatish (TXK- 3) yoki reglamentli (50, 250, 500, 2000 moto-soat) texnik xizmat ko‘rsatish;
mavsumiy texnik xizmat ko‘rsatish (MTXK);
uzoq muddatli saklashga tayyorlashda, saklash davrida va saklashdan chiqarishdagi texnik xizmat ko‘rsatishlar;
yaigi texnikani chiniktirish davridagi texnik xizmat ko‘rsatish;
maxsus sharoitlarda foydalanilganda texnik xizmat ko‘rsatish (MSHTXK).