1. Birikish reaksiyalari.
a) Vodorodning birikishi. Alkenlarga yuqori temperatura (150— 200°C) da nikel yoki platina katalizatorlari ishtirokida ikki atom vodorod birikib, alkanlar hosil qilishini fransuz kimyogari Sabatye kashf etdi.
CH3–CH=CH2 + H2 → CH3–CH2–CH3
Propen propan
b) Galogenlarning birikishi. Molekuladagi qo'shbog' hisobiga Cl2 va Br2 lar oson birikib, digaloid birikmalar hosil qiladi:
Reaksiyaning tezligi olefinning tuzilishiga va galogenning turiga bog’liq. Qo’shbog’ tutgan uglerod atomida o’rinbosarlar soni qanchalik ko’p bo’lsa birikish shuncha osonlashadi. Galogenlarning birikish aktivligi esa quyidagicha ortib boradi:
J → Br → Cl → F
Masalan ftor alkenlarga juda tez, ba’zan alangalanib birikadi. Yod esa boshqa galogenlarga nisbatan sekinroq birikadi.
Alkenlar bromli suvni rangsizlantiradi:
CH3–CH=CH2 + Br2 → CH3–CHBr–CH2Br
Bu reaksiya alkenlar va barcha qo’shbog’ tutuvchi birikmalar uchun sifat reaksiyasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |