Toshkent tuman davlat soliq inspektsiyasi


Har bir bo‘lim va sho‘balarida qo‘llaniladigan dasturiy mahsullar va interaktiv xizmatlar bilan tanishish



Download 0,76 Mb.
bet13/14
Sana14.07.2022
Hajmi0,76 Mb.
#799295
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Солик хисобот

Har bir bo‘lim va sho‘balarida qo‘llaniladigan dasturiy mahsullar va interaktiv xizmatlar bilan tanishish

Mustaqillik yillari mamlakatimiz iqtisodiyotining etakchi soha va tarmoqlari emin-erkin, samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. SHu asno kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga ham jiddiy e’tibor qaratildi. Bundan tashqari, davr talabidan kelib chiqib, kundalik hayotimizga, ta’lim va fan, ijtimoiy va ishlab chiqarish sohalariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng tatbiq etila boshlandi. Ana shunday ezgu sa’y-harakatlar sharofati o‘laroq, diyorimizda ishbilarmonlik muhiti tubdan yaxshilandi. Milliy iqtisodiyotimiz barqaror rivojlanish yo‘liga o‘tib, salmoqli yutuqlar qo‘lga kiritildi. Bunda soliq sohasidagi keng qamrovli islohotlar ham beqiyos ahamiyat kasb etdi.


2017−2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yo‘nalishning uchinchisi “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish” deb nomlangan. Unda boshqa vazifalar qatori soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag‘batlantiruvchi choralarni kengaytirish zarurligi alohida uqtirilgan. YUrtimizda olib borilayotgan byudjet-soliq siyosati va qo‘llanilayotgan iqtisodiy chora-tadbirlar esa byudjet daromadlarini optimal ravishda shakllantirishga, shuningdek, byudjet mablag‘larini oqilona va tejamkorona istifoda qilishga yo‘naltirilgan.
Tabiiyki, iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonida soliq sohasini ham isloh qilish, faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini aniq va qat’iy belgilab olish muhim o‘rin tutadi. Shu bois 2010 yil 8 yanvarda Birinchi Prezidentimiz tomonidan “Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror imzolandi. Mazkur hujjatda soliq organlari tizimini milliy va xorijiy tajribalarga tayangan holda tag‘in-da zamonaviylashtirish, respublika fiskal-moliya organlari tuzilmasida soliq idoralarining, avvalo, amaldagi soliq qonunchiligi talablarini, davlat byudjetining daromad qismini shakllantirishga doir topshiriqlarni bajarish borasidagi vakolatlarini kengaytirish va rolini oshirish, nazorat qiluvchi organlar funksiyalaridagi bir-birini takrorlashlarni bartaraf etish vazifalari belgilab berildi.
Bilasiz, joriy soliq hamda yig‘imlar o‘z vaqtida va belgilangan hajmda undirilishini ta’minlash, shu tariqa davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishga hissa qo‘shish soliq organlarining asosiy vazifasi hisoblanadi. Bu jarayonda ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan omilkorona foydalanish soha faoliyatini takomillashtirishga xizmat qiladi. Masalaga shu nuqtai nazardan yondashsak, mamlakatimiz rahbarining 2012 yil 21 martdagi “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari singari soliq idoralari faoliyati samaradorligini oshirishda dasturilamal vazifasini o‘tay boshladi. Chunki qaror ijrosini ta’minlash asnosi ular zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, jumladan, eng so‘nggi rusumdagi mukammal kompyuterlar bilan ta’minlandi. Bu vositalar endilikda tizim organlarining o‘zaro aloqalarini mustahkamlash, ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish jarayonlarini avtomatlashtirish imkonini bermoqda.
2013 yil 27 iyunda milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish maqsadida qabul qilingan qaror esa 2013–2020 yillarda mamlakatimizda telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga mosligi bilan ajralib turadi. Soliq tizimi xavfsizligini ta’minlash soha organlari faoliyatini ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida modernizatsiyalashni hamda ishlarni tashkillashtirishning zamonaviy shakl va usullaridan samarali foydalanishni rivojlantirish istiqbollariga daxldor muammolarni ilmiy jihatdan hal etishni ko‘zda tutadi.




Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish