Toshkent tibbiyot akademiyasi


Yumshoq to‘qimalar jaroxatlarining fizioterapiyasi



Download 1,29 Mb.
bet19/30
Sana29.01.2017
Hajmi1,29 Mb.
#1365
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30

Yumshoq to‘qimalar jaroxatlarining fizioterapiyasi

Travmatik chiqish. Bo‘g‘im oxirlarining siljib ketishi ko‘pincha bo‘g‘im kapsulasining yorilishi bilan birga fiziologik chegaradan chiquvchi harakatlanuvchi bo‘g‘im,to‘g‘ri bo‘lmagan jaroxat ta'sirida sodir bo‘ladi.Ba'zida bo‘g‘im atrofidagi to‘qimalar jaroxatlanadi( mushaklar,payoar,tomirlar,nerv tolari)Jaroxat paytida bemor to‘satdan bo‘g‘imda og‘riqni xis qiladi,qisirlash eshitiladi,bo‘g‘imda harakatsizlik paydo bo‘ladi,bo‘g‘im shakli va konturlari o‘zgaradi,qo‘l va oyoqlar majburiy holatga tushadi.Rentgenogrammada chiqish diagnozi aniqlanadi. Chiqishni qaytargandan birinchi kundan fizioterapevtik usullar bilan davolash boshlanadi.Fizioterapiyaning vazifasi-og‘riqni qoldirish ,yallig‘lanish asoratlarini oldini olish ,qon qo‘yilishining so‘rilishini tezlashtirish ,bo‘g‘im funksiyalarini to‘liq holda tiklash,shuningdek bo‘g‘imning mushak va boylam xalta apparatini mustaxkamlash va rivojini ta'minlashdan iborat. Davolashning fizioterapevtik usullaridan quyidagilar tavsiya etiladi:diadinamoterapiya ,elektrofarez ,yuqori sifatli terapiya ,magnitoterapiya ,ultratovush ,elektromashq issiqlik va yorug‘lik bilan davolash ,shuningdek suv osti dush massaji va davolash mashqi. Bo‘g‘im soxasining diadinamoterapiyasi chiqish qaytgandan keyin (og‘riqni qoldirish maqsadida )qilinadi.Og‘riq nuqtalarida toni 2 kantaktli bo‘lgan kichik yoki o‘rta maxalliy elektrodlar o‘rnatilib ,2-3 minutdan keyin maksimal tok kuchining o‘tkazuvchanligi sharoitida qisqa jarayonlar 5-6 minutdan kun ora 5-7 kun davomida qilinadi.52-55 0 S li parafin-ozokeritli dumaloq applikatsiyalar bo‘g‘im soxasiga birinchi yordam sifatida 4-8 soatga qo‘yiladi(tizzali ,boldir-tovonli va bilak panja)Dumaloq applikatsiya qo‘yish va kompress qilib bo‘lmaydigan soxadagi parafin applikatsiyalar 3-4 kunga tavsiya etiladi;bu vaqtda loy applikatsiyalar (42-44 0S)20-30 minutdan qilinadi.Bir kursga 15-25 muolaja. Bo‘g‘im soxasini ketma-ket yoki tangensial xolda UVCh-terapiya qilish ,dozasi kam issiqli ,10-12 minutdan har kuni.Ikkinchi kundan tavsiya etilib 5-7 kun davom ettiriladi .Bo‘g‘im soxasini mikroto‘lqin terapiya qilish :dozasi kam issiqli (30-40 Vt)10-12 minutdan har kuni. Bo‘g‘im soxasining induktotermiyasi gipsli langeta yoki tutor bo‘ylab kichik disk (yelka va son-chanoq bo‘g‘imlarida )yoki kabel induktori (tirsak,tizzali ,boldir-tovonga )bilan qilish ;anodli tok kuchi 150-200 mA ,15-20 minutdan har kuni,jami 10 muolaja. Jaroxatdan keyin 3-4 kunda tavsiya etiladi. Bo‘g‘im soxasini magnitoterapiya qilishda induktorlar ichki tomondan o‘rnatiladi.Dozasi 30 mTl ,davomiyligi 10-20 minutdan har kuni yoki kun ora .Bir kursga 10-20 muolaja. Bo‘g‘im soxasini ultratovushli terapiya qilish (jaroxatdan keyin 8-10 kunda).Uzluksiz tartibot ,vibrator kantakti to‘g‘ri bo‘lib,yelka ,son-chanoq ,tizza bo‘g‘imlariga ta'sir etadi,o‘zgaruvchan uslub.Dozasi 0.4-0.6 Vt/sm 2 ,5-10 minutdan har kuni yoki kun ora 10-20 muolaja. Segmentar zona –kurak orasi yoki belbog‘(300-400 sm2) ning UB-nurlantirish 3 biodoza bilan 2-3 kundan keyin amalga oshiriladi.Jami 2-3 nurlantirish Bo‘g‘im soxasiga sollyuks ,infraruj yoki yorug‘lik vanna 10-15 minutdan har kuni qilinadi yoki yengil so‘ruvchi qo‘l massaji qilinadi.Dastlabki 2-3 kunlarda bo‘g‘imning yuqori yuqori qismida og‘riqni kuchayishiga yul qo‘ymasdan 5-10 minutdan kuniga 1-2 marta massaj qilinadi.To‘rtinchi ,beshinchi kunlardan boshlab reaktiv asoratlar bo‘lmasa u xolda bo‘g‘im soxasini massaj qilishga o‘tiladi.Dastlab silash va uqalash,keyin mashq bilan muolajani 15 minut davom ettiriladi.Davolash mashqi 15 kun davomida ikkinchi bosqich bo‘yicha (ehtiyotkorlik bilan faol harakatlar asta-sekin kuniga 10 dan 50 gacha ko‘paytiriladi),1-1.5 oy uchunchi bosqich bo‘yicha olib boriladi. Gemartroz-bu bo‘g‘im bo‘shlig‘iga qon quyilishi bo‘lib ,jaroxat vaqtida tomirlarning shikastlanishi ,sinovial pardaning shikastlanishi bilan bo‘g‘imning jaroxatlanishi ,bo‘g‘im xalta apparatining buzilishi oqibatida yuzaga keladi.Ko‘pincha gemartroz tizza bo‘g‘imida kuzatiladi.Uning alomatlari:bo‘g‘im konturlarining buzili ,og‘riq,bo‘g‘im xajmining kattalashishi ,harakat qila olmaslik yoki harakat qilganda og‘riq ,tizza ostining muntazam qimirlab turishida ko‘rinadi.Bir sutkadan keyin reaktiv terlash ovibatida suyuqlik miqdori ortadi. Birinchi yordam tizza osti atrofida “ teshik kulchali” paxta-dokali boylam bog‘lash bilan yakunlanadi va u orka gipsli langetening terlashini oldini oladi. Fizioterapevtik usullar bilan davolashni jaroxatdan keyin tezlik bilan boshlash lozim(sinish bundan mustasno).Bunda birinchi vazifa bo‘lib og‘riq sindrominidan qutilish va qon quyilishini oldini olishdan iborat. Bo‘g‘im punksiyasi (gemartrozning ikkinchi bosqichida) va sinovial pardaning ikkilamchi o‘zgarishidan keyingi kunda davolashning fizioterapevtik usullari tavsiya etiladi.Bunda yuqori chastatoli terapiya ,ultratovush ,azotli vannalar ,davolash mashqi va masaj tavsiya etiladi. Traimatik chiqishlarni davolash uchun tavsiya etilgan fizioterapevtik usullar ma'lum bosqichlarda va uslubiyot bo‘yicha ma'lum tartibda qo‘laniladi.Diadinamoterapiya va elektrofarez parafin applikatsiyalar bilan har kuni 10 kungacha qilinadi. Yuqori chastotali terapiya uchunchi,to‘rtinchi kundan boshlanadi va u parafin applikatsiyalap bilan birga kun ora xafta davomida qo‘llaniladi.Ushbu jarayonda davolash mashqi ham qo‘llaniladi.Ultratovush jaroxatdan keyin ikkinchi,uchunchi kunlarda tavsiya etilib,dastlabki 5 kunda diadinamoterapiya va parafin applikatsiyalar bilan birgalikda olib boriladi.Jami 12-15 muolaja. Bo‘g‘im shishida magnitoterapiya yuqori samarali usul bo‘lib xisoblanadi.U jaroxatdan keyin uchunchi,to‘rtinchi kundan shish va yallig‘lanish maksimumga yetgandan keyin qo‘llaniladi.Dozasi 20 mTl ,15 minutdan har kuni.Bir kursga 10-15 muolaja. O‘n birinchi kundan boshlab bo‘g‘im soxasiga loy applikatsiyalar (42-44 0 S dan 20-30 minut)tavsiya etilib,ular kun ora azotli vannalar bilan birga 20 kun davomida qo‘llaniladi. Gematoma. To‘qimada qonning quyilishi va to‘planishi(mushak ,teri osti ,klechatkalarda,pareximatoz organlarda),tomirlarning shikastlanishida yuzaga keladi.Yopiq jaroxat o‘chog‘idagi gematoma atrofdagi to‘qimalarning ezilishi va buzilish shishi bilan qorishgan xolda rangli aylanma yoki tekis og‘riqli shishni keltirib chiqaradi.Ko‘pincha gematomalar teri va fassiyalarda to‘mtoq narsa bilan urgandan keyin kelib chiqadi.Gematomalarning ko‘pchiligi so‘riladi ,lekin chandiq shakllanishi bilan periferiya bo‘lab biriktiruvchi to‘qimaning o‘sishi evaziga toshkil topishi mumkin. Fizioterapiyaning vazifasi:og‘riqni qoldirish va yallig‘lanish ni qaytarish ,quyilgan qon va shakllangan shishning so‘rilishini tezlashtirish ,gematomaning yiringlashini oldini olish va jaroxatlangan soxa yoki organning funksiyalarini tiklash .Jaroxatdan so‘ng dastlabki 4-6 soatda yumshoq parafin applikatsiyalar qo‘llash ko‘proq samara beradi. Jaroxatdan keyingi ikkinchi kunda gematoma unchalik katta bo‘lmasa sollyuks,infraruj va yorug‘lik vannasi 15-20 minutdan,kuniga 1-2 marta.Uchinchi beshinchi kundan boshlab kichik disk yoki kabel induktori bilan induktotermiya qilish tavsiya etiladi,anod tok kuchi 150-200 mA ,15-20 minutdan,shu vaqtning o‘zida gematoma soxasini yod yoki diogen –elektrofarez qilish ham tavsiya etiladi. Og‘ir gematomalarda dastlab issiqlik bilan davolash ,”teri zarrachalari”tarkibi so‘rilgach va punksiyadan so‘ng uchunchi,beshinchi kundan boshlab gemtoma soxasini UB-nurlantirish 3-5 biodozani kun ora induktotermiya bilan birga qo‘llash tavsiya etiladi. Termik kuyish kasalligi. Kuyishlar yuqori harorat yoki elektr toki bilan to‘g‘ridan –to‘g‘ri ta'sir etish natijasida yuzaga keladi.Kuyishlar chegaralangan va umumiylarga ajratiladi.

Kuyish kasalligining 3 ta darajasi ajratiladi:

1)Ikki sutka davomida retseptorlarning katta miqdorining ta'sirlanishiga bilan bog‘liq shokli holat

2)oqsillarning yo‘qolishi va maxsulotlar so‘rilishi bilan bog‘langan ikkilamchi autointoksikatsiya

3)Umumiy infeksiya (septik holatlarda)

Kuyishlarning tasniflanishi ularni quyidagi darajalarga bo‘lishni taqozo etadi:

1-darajali kuyish terida e'tiborli neyrotsirkulyator o‘zgarishlar bo‘lishi ,qizarish hamda shishning paydo bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi .

2-darajali kuyish epidermis ustki qatlamining shikastlanishi bilan bog‘liq bo‘lib,pufaklar paydo bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi

3-darjali kuyish ustki qatlamlar (3A) yoki terining qalin nekrozi bilan namoyon bo‘ladi.

4-darajali kuyishlar chuqur joylashgan to‘qimalarning nobud bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi.



Alomatlari kuchli og‘riq ,ko‘zg‘alish,titrash tana harorati va arterial bosimning pasayishi ,impuls va nafas olishning sekinlashishi kuzatiladi.Yopiq jaroxatni davolash asosan yopiq usulda kompleks xolda olib boriladi.Bunda davolashning fizioterapevtik usullari muxim rol o‘ynaydi.Fizioterapiyaning umumiy ta'sir etishdagi vazifasi :og‘riqni qoldirish va tinchlantirish ,kuyish kasalligi kechishini yengillashtirish ,bosh miya po‘stloqg‘ida asosiy jarayonlarni funksional normallashtirish ,umumtoksik va antinomik harakat va organizmni umumiy xolda isitishdan iborat. Maxalliy ta'sir etishning vazifasi bokterotsidli ,yallig‘lanishga qarshi ,dezodarirlovchi qurutuvchi va og‘riqni qoldiruvchi harakatlar ,chirigan to‘qimalarni ko‘chishi va granulyasiyani yetilishini tezlashtirish ,kuyish ustida ikkilamchi infeksiyaning rivojlanishini oldini olish ,keloidli chandiqlarni shakllanishini amalga oshirishdan iborat. Kuyish kasalligining darajasi va joylashishi,kuygan joyning umumiy holatiga qarab fizioterapiya tavsiya etiladi. 1-darajali kuyishlar.Agar kuyish kichik maydonda bo‘lsa fizioterapiya qilish shart emas.Katta kuyishlarda birinchi 1-2 soatda jaroxat soxasini 5-7 biodoza bilan UB-nurlantirish 3 kun davomida ,so‘ngra 2 biodozadan kun ora qilinadi.UB-nurlarning katta dozasi nafaqat zararli bo‘lmasdan ,samarali hamdir ya'ni yallig‘lanish soxasini bitishiga yordam beradi,og‘riqni tez qoldiradi va bitishini tezlatadi. 2-darajali kuyishlarda bemor kuyish holatidan olib chiqilishi va bakterotsid hamda og‘riqni qoldirish ,epiteliyning o‘sishini ta'minlash maqsadida birlamchi jarroxlik tozalashdan keyin 3-4 biodoza bilan jaroxat o‘chog‘i UB-nurlantiriladi va 8-10 kungacha yog‘ –balzamli boylam bog‘lanadi yoki bo‘lmasa nurlanishdan so‘ng bemor toza choyshabga yotqizilib karkas bilan elektr lampa ostida ochiq usulda yuz,oraliq va jinsiy a'zolarning kuyishlari davolanadi. Segmentar zonada(oyoqda kuyishlar bo‘lsa tizzali ,tanada kuyishlar bo‘lsa kuraklararo )300- 400 sm 2 ni UB-nurlantirish uchun 3-4 biodoza ,3-4 kundan keyin ,jami 3-4 nurlantirish lozim bo‘ladi.Katta bo‘lmagan kuyishnig 1-darajasi bilan kelgan bemorlarga birinchi kundanoq quyidagilar tavsiya etiladi:UVCh-terapiya ,diadinamoterapiya ,elektrofarez va infraqizil nurlar . Kuyish kasaligining ikkinchi va uchinchi darajasida bemor umumiy holatini yaxshilash organizmda kechayotgan immunobiologik jarayonlarni muvofiqlashtirish ,kuygan terini ustini olib tashlash va epitelizatsiyani yaxshilash maqsadida aeroinobilizatsiya qilinadi. 3-darajali kuyishlar.chirigan to‘qimadan xalos etish ,biriktiruvchi to‘qimaning rivojlanishi va kuyish jaroxatini birlamchi tozalashdan so‘ng terini iloji boricha ilgariroq kuchirish maqsadida birnchi kundan 4-6 biodozagacha kuyish yarasi soxasini UB-nurlantirish va undan keyin boylash tavsiya etiladi..Shuningdek kun ora UB-nurlantirilgan qonni autokafuziya qilish tavsiya etiladi. Kuyish yarasi soxasida granulyaqsiyani yetilishini tezlashtirish maqsadida har kuni iliq dozada yara granulyasiya bilan qoplangunga qadar UVCh maydon bilan 10-12 minutdan jami 7-8 muolaja qilinadi.5-7 kun o‘tgach yara ochilib tozalanganidan so‘ng pushti rangli granulyasiya va atrofdagi teriga 3-4 kun interval bilan UB-nur ta'sir ettiriladi,jami 2-3 nurlantirish.Granulyasiya yetilgach terini operativ usul bilan o‘tqazishga kirishiladi. Uncha katta bo‘lmagan kuyishlarning 3-4 darajalarida uning tozalanishidan keyin UB-nurlari bilan kuyish atrofidagi teri maydoni nurlantiriladi,so‘ng birlamchi jarroxlik ishlovdan foydalaniladi.Yaraning bitishini tezlashtirish maqsadida UVCh-terapiya qo‘llaniladi. Kuyishlarni davolashda kuyish ustiga qo‘yiladigan parafin boylam bilan davolash qimmatli va prinsipial yangi hisoblanadi.Keloidli chandiqlarning shakkllanishini tezlashtirish maqsadida kuyish yarasi soxasiga magnitoterapiya qo‘lash tavsiya etiladi.Har kuni 20 mTl gacha. Kuyishning 2-3-darajasida fizioterapiya bilan ta'sir etishda quyidagilar ko‘rsatilgan: induktotermiya ,elektr uyqu ,yorug‘lik vannalari va davolash mashqlari . Yaralar.Teri qoplamalari va shilliq qavatlarning yaxlitligini buzilishi,to‘qimagamexanik ta'sir etish natijasida kelib chiqadi.To‘qima shikastlanishining darajasi va xususiyatiga qarab yaralar :yuzaki va chuqur, tarqalgan va teshib chiqadigan bo‘ladi.Yaralar yiringli va yangi turlarga ajratilib ,yangi yaralar esa o‘z navbatida steril(operatsion) va tasodifiy –infitsirlangan bo‘ladi. I.G. Rufanov bo‘yicha murakkab bitish jarayoni 2 fazaga ajratiladi:1 faza-gidratatsiya ,2-degidratatsiya .Jaroxatning har bir fazasi o‘zining fizik-ximiyaviy va biologik xususiyatlariga ega .Fizioterapiyaning vazifasi va uning usullarini tanlash yara bitishining fazasiga bog‘liq.. Gidratatsiya fazasi yarada qator o‘zgarishlarni muvafiqlashtirsh bilan ifodalanadi.Faol giperemiya, ekssudatsiya, yarada qonning xujayra elementlari shuningdek leykotsitlarning paydo bo‘lishi bilan bir qatorda keloidlarning shishishi,kalsiy va vadarod ionlari miqdorining oshishi ,maxalli y atsidoz ham o‘rin olgan.1-faza davomida yarada raspad autoliz destruksiya jarayoni kuzatiladi.Ulik va jonsiz yaralar maydoni qisqarib,ko‘chib,yo‘qoladi;yaralar granulyasiyalar bilan qoplanadi,degidratatsiya va regeneratsiya yara kislatoligi va almashinuvida kaliy tarkibining kamayishi va kalsiy tarkibining oshishi,giperemiya va shishning kamayishi ,maxalliy haroratning pasayishi bilan harakterlanadi. Granulyasiyali to‘qima suyak tolali substansiyaga ,so‘ng zich biriktiruvchi to‘qimaga o‘tadi,bir vaqtning o‘zida epiteliyning faol o‘sishi ,ya'ni chandiq shakllangan xolda yara ikkilamchi torayish bilan bitadi. Yara gidratatsiya fazasidagi fizioterapiyaning vazifasi :yallig‘lanishga qarshi ,degidratlovchi,og‘riqni qoldiruvchi ,dissensibilizatsiyalovchi bakterotsidli va qurutuvchi harakatlarni amalaga oshirish ,yarala qon almashinishni yaxshilash ,yaraga nerv-reflektor ta'sir etish va muxitning immunobiologik reaksiyasini oshirish ;degidratatsiya fazasida granulyasiya va epitelizatsiya jarayonini muvofiqlashtirish ,fibroz biriktiruvchi to‘qimaning takomilashishiga ko‘maklashish,vitamin yetishmovchiligini tezlashtirishdan( Dva S vitaminlar) iborat. Yarani fizioterapiya qilishning asosiy usullariga quyidagilar kiradi;yorug‘lik bilan davolash ,UVCh-terapiya va elektrofarez . Tizimli yumshoq to‘qimalarning yuzaki va chuqur jaroxatlari ajratiladi.terining yuzaki jaroxati va yaraning ifloslanishiga xech qanday omil bo‘lmaganda jaroxatni bitishida yara atrofi benzin yoki efir bilan ,yara esa vadarod bilan tozalanadi,keyin 3.5 sm dan kam bo‘lmagan jaroxatlangan teri atrofi (4-5 biodoza )va yara soxasi UB-nurlantiriladi,keyinroq steril boylam bilan boylanadi.Yiring asorati bo‘lgan vaqtda katta doza bilan bir necha marotaba takroriy nurlantirshdan keyin yara joyiga penitsilin mazli boylam bog‘lanadi,u orqali ketma-ket yoki tangensial UVCh maydon bilan ta'sir ettiriladi.Boylamni keyingi almashtirishda yara va teri atrofi nurlantiriladi.Jaroxatdan keyin dastlab yara soxasini UB-nurlantirish natijasida faol giperemiyaning rivojlanishi va leykotsitlar miqdorining ko‘payishining tezlashishi yiringlash miqdorini pasaytiradi. Yuzaki jaroxat va plastik operatsiyaga tayyorlanishda jaroxat soxasini penitsilin-elektrofarez qilish tavsiya etiladi.Bunda tayyorlov muddatining qisqarishi kuzatilib ,yiring qaytishining yaxshilanishi ro‘y beradi.Penitsilin-elektrofarez jaroxatni UB-nurlantirsh bilan birga olib boriladi.Ko‘chirib o‘tqazish operatsiyasidan so‘ng 2 kun davomida sollyuks bilan bevosita yoki boylam orqali transplantat soxasini nurlantirish qo‘llaniladi.Teri qoplamasiga chuqur kirib boruvchi endi infetsirlangan jaroxatlar ezilgan va jonsiz to‘qimalar birlamchi xirurgik ishlov bilan tozalanadi. Jaroxatning tiqilgan soxasi va atrofdagi teri bitgandan keyin UB-nurlar bilan profilaktika tarzda nurlantiriladi.So‘ngra dokali yoki gipsli boylamlar boylanib yuqorida ko‘rsatilgan usul bo‘yicha UVCh-terapiya tavsiya etiladi. Og‘riqni qoldirish va jaroxat bitishini tezlashtirish maqsadida diadinamoterapiya qilish tavsiya etiladi.maxalliy kichik elektrodlar jaroxat atrofida o‘rnatiladi.Har kuni yoki kun ora 12-15 minutdae davomiyligi qisqa bo‘lgan modulyasiyalangan tokda qilinadi. Oxirgi yillarda operatsiyadan keyingi yarani davolashda muntazam magnit maydondan muvoffqiyatli qo‘lanilmoqda.35 mMl quvvatli elastik magnitafonlar operatsiyadan keyin jaroxat bo‘ylab boylam ustiga qo‘yiladi va 30-40 minutna bint bilan qayd etilib,har kuni qilinib bir kursga 10-20 muolajagacha bo‘ladi. Agar jaroxatt atrofida zich kasalik infiltrati bo‘lsa jaroxat soxasini terramitsin-elektrofarez qilish tavsiya etiladi.8*12 yoki 10*15 smli bir qistirma ga 4-5 ml fiziologik qorishmaga aralashtirilgan 2 ampula (2000 ming birlik) olinadi.Muolaja davomiyligi 20 minutdan har kuni yoki kun ora ,agar yara devorlari va osti chirigan to‘qimalar bilan qoplangan bo‘lsa ,u xolda ularning tez tushishi va granulyasiyani rivojlanishi uchun kam issiqli dozirovkada UVCh-terapiya terramitsin-elektrofarez bilan kun ora tavsiya etiladi,jami 8-10 muolaja. Pushti bug‘doyrang granulyasiyalar bilan qoplangan jaroxat epitelizatsiyasini boshlanishi bilan 3-4 kun interval bilan kichik dozada (2-3 biodoza) jaroxat va atrofdagi terini UB-nurlantirish tavsiya etiladi. Granulyasiyaning o‘sishi va jaroxat epitelizatsiyasini muvofiqlashtirish maqsadida jaroxat joyiga 52-55 0 S li parafin –ozokeritli applikatsiyalar 40-60 minut qo‘llaniladi. Parafin bilan davolash natijasida sog‘lom granulyasiyalar rivojlanadi ,shishlar zichlashadi,chet epitelizatsiya jarayoni intensiv tarzda kechadi.Uzoq vaqt davomida bitmagan yaralar ,sust granullanayotgan yaralarda S.S Lenskiy (1952) bo‘yicha 55-60 0S li parafin –yog‘li qorishma applikatsiyasi yaxshi davolash samarasini beradi.Yaraga ushbu qorishma bilan shimdirilgan steril doka salfetkalari qo‘yiladiva 2-4 kun qoldiriladi.

Parafin-yog‘li qorishma bilan davolash natijasida og‘riq qoladi,limfa va qon aylanishi tezlashadi va yara bitishi ham tezlashadi.Parafinli applikatsiyalar katta jaroxatlar,limfangit ,limfadenit va yirigli yaralar bo‘lgan vaqtda qo‘llanilmaydi. Yiringli sust granulyasiyalanovchi jaroxatdarda ,ayniqsa operatsiyadan keyingi nekroz bo‘lgan bemorlarda glitserin va kanamitsin elektrofarez qilish yaxshi natija beradi. O‘sish va granulyasiyani muvofiqlashtirish ,yarani yiringdan tozalash va epitelizatsiyani tezlashtirish uchun kanamitsin-elektrofarez ni UB-nurlantirilgan qonning autotransfuziyasi bilan bilan birga olib borish lozim. Tovon,tizza ,panja yoki yelkaoldi soxasida yiringli yarani lokalizatsiya qilishda 34-40 0S li qo‘l va oyoqlar margansovkali vannalar 15-20 minut davomida jaroxatni boylash kunlarida qilinadi. Qayta tiklovchi davolash kompleksida yumshoq to‘qimalarnig shikastlanishining dastlabki kunlaridayoq umummustahkamlovchi davolash mashqi muhim o‘rign egallaydi.Fizioterapiya muolajalari faqat bog‘lov xonasida va bemorning palatasida jaroxatni doim ochiq turishini talab etmaydigan muolajalari qilinadi. Bo‘g‘im xaltasining tortilishi ko‘pincha bo‘g‘imda passiv ,tezroq ,qo‘pol harakatlar qilganda ,undagi harakatning fiziologik amplitudadan oshishi yoki tizza bo‘g‘imida abduksiya singari o‘zgacha harakatlar qilinishi oqibatida yuzaga keladi.Har ikkkala holatda ham qo‘yilgan kuch aoxida nisbatan qisqa bo‘lgan kallogen tolalarning uzilishi ,kapsula va tugunlarning tortilib qolishi hamda ularning suyakka maxkamlangan qismida uzilishlarni keltirib chiqaradi.Ko‘pincha kompleksli va tizza tovon bo‘g‘imlarida kuzatiladi. Tortilish alomatlari:bo‘g‘imda konturlarning yig‘ilganligi va shishib qolishi (qon aylanish va navbatdagi shish natijasida),faol harakat qilganda og‘riqni sezish va bo‘g‘im jaroxatlangan joyda palpatsiya ,ko‘pincha kapsula va tugunlarning mustaxkamlanib qo‘yilgan joylarida bo‘ladi,bo‘g‘im funksiyalari buziladi. Birinchi tibbiy yordam sifatida shikastlangan joyga muz bilan sovuq kampress qilish yoki dokali bog‘lam bilan siqib bog‘lab qo‘yishdan iborat. Jaroxat bo‘lgan vaqtanoq qo‘llanilayotgan fizioterapiyaning vazifasi :og‘riqni qoldirish va qon quyilishini to‘xtatish ,shish va qon quyilishlarni tezlik bilan so‘rilishini hamda bo‘g‘im funksiyaisni tiklashdan iborat.Fizoterapiya usullaridan quyidagilar keng qo‘llaniladi:elektr bilan davolash,ultratovush ,issiqlik bilan davolash ,massaj ,davolash mashqi. Bo‘g‘im distorziyasi klinik kechishida ikki bosqich ajratiladi. Birinchisi jaroxatning uchinchi,to‘rtinchi kunidan ,ikkinchisi beshinchi ,oltinchi kunidan boshlab,ularda qo‘llaniladigan fizioterapiya usullari birmuncha bir-biridan farq qiladi. 1-bosqichda: 1% li 10 ml novakain qorishmasi og‘riq eng kuchli joyga qilinib,diadinamoterapiya ,parafin aplikatsiyalar ,novakain-elektrofarez tavsiya etiladi. Bo‘g‘im soxasining diadinamoterapiyasi :Og‘riq nuqtalarga lokal elektrodlar o‘rnatiladi.Tok qisqa yurish bilan modulyasiyalangan bo‘lib,4-6 minutdan har bir nuqtaga qilinadi.Jaim 4- 6 muolaja. Diadinamoterapiya usuli bo‘yicha bo‘g‘im soxasini SMT terapiya qilish:Tok PN (3 rod) va tok PN (4rod) 5 minutdan ,chastotasi 100 Gs ,modulyasiya chuqurligi 25-50 %. Bo‘g‘im soxasini ketma-ket novakain-elektrofarez qilish 15 minutdan kun ora ,ikkinchi kundan elektr bilan davolash parafin applikatsiyalardan so‘ng olib boriladi. Bo‘g‘im soxasiga 52-55 0S li parafin-ozokeritli applikatsiyalar 40-60 minutdan va undan ortiq har kuni diadinamoterapiya bilan birga olib boriladi.Parafin bilan davolash mumkin bo‘lmagan xollarda bo‘g‘im soxasiga sollyuks,infraruj yoki yorug‘lik vannasi 15-20 minutdan kuniga 1-2 marta tavisya etiladi.Ikinchi kundan davolash mashqlari proksimal va distal joylashgan bo‘0im hamda shikastlangan bo‘g‘imga og‘gan mushaklarning tortilishini oldini olish uchun qo‘llaniladi. Oyoqlar proksimal segmentlarining “ so‘ruvchmi“ massaji 5-6 –kundan kuniga 1-2 martadan qilinadi.Beshinchi,oltinchi kundan shikastlangan bo‘g‘imlar ehtiyotkorlik bilan siypalash va uqalash maasaji olib boriladi.Jaroxatdan 5-6 kundan keyin induktotermiya ,ultratovushli terapiya, yodli elektrofarez va suvdagi dush massaji qilinadi. Bo‘g‘im soxasini kabel va disk bilan induktotermiya qilishda anod tokining kuchi 200 mA dan oshmasligi kerak.Bilak soxasiga esa zo‘rg‘a xis qilinadigan issiqlik bilan 15-20 minutdan har kuni tavsiya etiladi. Bo‘g‘im soxasini ultratovush terapiya bilan davolash :uzluksiz tartibot ,kantakt tirsak boldir tovon bo‘g‘im uchun –suv osti yoki tizza ,yelka uchun to‘g‘ri ,o‘zgarmas usul bilan bo‘ladi.Dozasi o‘rtacha 0.4-0.6 Vt/sm 2, 5-7 minutdan,har kuni,jami 10-12 muolaja. Gipsli boylamni ochgandan keyin bo‘g‘im soxasiga suv bilan dush-massaj qilish har kuni 5-10 minutdan 35-37 0S li vibratsion vannalar tavsiya etiladi. Tugunlarning butunlay uzulishida tikish,so‘ng kam issiqli dozada har kuni 10-12 minutdan gipsli boylam ustidan UVCh-maydon bilan ta'sir etish tavsiya etiladi,jami 10-15 muolaja. Ezilishlar. To‘qimaning teri qoplami buzilmasdan jaroxatni keltirib chiqaruvchi mexanik kuchning to‘qimaga to‘g‘ri ta'sir etishi bilan yuzaga keladigan jaroxat.Ezilshga xos xususiyat bu kapillyalarning uzilishi bilan to‘qimalarning ezilishi va qo‘pol ravishda silkinish xisoblanadi,aqniqsa bunda yaqin joylashgan suyakka yopishadigan yumshoq to‘qimalar jabrlanadi.Ezilishning umumiy belgilari,shishi,teri rangining o‘zgarishi (qon to‘planib qolishi oqibatida),og‘riq ,a'zo funksiyasining buzilishidan iborat. Ezilish bo‘lganda birinchi tibbiy yordam sifatida og‘riqni qoldirish va qon quyilishini kamaytirish maqsadida o‘sha joyga sovuq paxta-dokali boylam boylash lozim. Fizioterapiyaning vazifasi og‘riq ni qoldirish va teri osti qon quyilishini oldini olish ,shikastlangan joyda qon va limfa aylanishini yaxshilash ,qon quyilish so‘rilishini tezlashtirish va jaroxatlangan joyni funksiyasini tiklashdan iborat. Turli joylardagi ezilishlarda mushaklar,nerv tugunlari,bo‘g‘imlar ,suyak usti va boshqa to‘qimalar jaroxatlanib tibbiy yordamga muxtoj bo‘ladi. Mushak ezilishi jaroxatdan keyin darxol davolashnig fizioterapevtik usularidan:diadinamoterapiya ,parafin applikatsiyalar ,elektrofarez ,UB-nurlantirish ,masaj va davolash mashqlari tavsiya etiladi. Ezilish soxasining diadinamoterapiyasi ;lokal elektrodlar jaroxat joyida o‘rnatiladi,jami 4-6 muolaja bo‘lib,tok har kuni 6-8 minutdan “qisqa “modulyasiya bilan beriladi. Mushak ezilish soxasini novakain-elektrofarezi ketma –ket kuniga 1-2 martadan 20 minut qilinadi.Jami 4-6 muolaja. Teri yaxlitligini buzilishini oldini olishda qo‘llaniladi.52-55 0S li parafin-ozokeritli applikatsiyalar 30-40 minutdan keyin elektrofarez qilinadi. Ezilish soxasini 3-4 biodoza bilan og‘riqni qoldirish va qon quyilishini oldini olish maqsadida UB-nurlantirish qilinadi. Ezilish soxasiga kuniga 1-2 marta 15-20 minutdan yorug‘lik vannasi qilish.Mushaklarning shishida tavsiya etiladi.Oyoqlarning proksimal segmenti yokiregional limfatik tugunlarga yaqin joylashgan soxani “so‘ruvchi “massaj qilish hamma bo‘g‘imlarda faol harakatlar bilan davolash mashqlari qilish jaroxatdan 1 kundan keyin boshlanadi. Nervlarning ezilishlari ko‘pincha atrofdagi mushaklarning ezilishi oqibatida sodir bo‘ladi.Bu xolda birinchi kundanoq diadinamoterapiya ,UB-nurlantish,elektrofarez va massaj tavsiya etiladi. Suyak usti ezilishlari.Unda quyidagi alomatlar ;chegaralangan shishi,yengil tegish bilan og‘riqni xis qilish bo‘lib,birinchi kundanoq diadinama va amplipuls terapiya bilan birga UB-nurlantirish va UVCh-terapiya tavsiya etiladi. Mushak ezilishlari.Kam ximoyalangan mushaklarda, kupincha tizza mushagida bo‘ladi.Haqiqiy mushak ezilishi bo‘lgan paytda mushak yaqinidagi to‘qimalar bilan birga mushak xaltasi ham shikastlanadi.Bunda mushak harakatida og‘riqni paydo bo‘lishi va jaroxatning chegaralanganligi ,mushak konturlarining tartiblanishi,ba'zida meyoriy gemartroz va kantraktura kuzatiladi. Davolashning fizioterapevtik usullarida quyidagilar tavsiya etiladi;kursatilgan usullar bo‘yicha diadinamoterapiya ,52- 55 0 S li parafin-ozokeritli applikatsiyalar 30-40 minut qilinib ,so‘ng ko‘ndalang usul bo‘yicha novakain-elektrofarez qilinadi. Suyaklarning sinishi. Suyak yaxlitligining buzilishi suyakning uz kuchidan katta bo‘lgan jismoniy kuch bilan mexanik ta'siri natijasida(ezilish,zarb, siqilish, bosilish va boshkalar) yuzaga keladi.Sinishning belgilari;maxalliy va umumiy asoratlar ko‘rinadi.U joyda og‘riq ,deformatsiya va shishi,funksiyaning buzilishi ,oyoq va qo‘llarning qisqarishi va qismlarining propitatsiyasi kuzatiladi.Ko‘pgina bemorlarda umumiy asoratlardan funksional holatda ma'lum o‘zgarishlarning bo‘lishi ,MNS,arterial puls bosimining o‘zgarishi ,qon va siydikda o‘zgarishlar bo‘lishi kuzatiladi.Sinishlar ochiq va yopiq bo‘ladi. Davolashning asosiy usuli (skeletli tortish ,gipsli boylam bilag birga operativ ostiosintez)ni tanlash rentgen asosida tanlanadi. Fizioterapiyaning vazifasi; 0g‘riqni qoldirish, antispazmli va degidratsiyalanovchi harakatlarni amalga oshirish ,mushaklar gipertoniyasini pasaytirish ,qon aylanishini tezlashtirish ,asoratlarni oldini olish ,mushaklar atrofiyasi va qo‘shni bo‘g‘imlarda harakatni kuchaytirish,shikastlangan oyoq va qo‘llarning to‘la xolda funksiyalarini tiklash va bemor umumiy holatini yaxshilash. Davolashning kompleksida fizioterapevtik usullardan UVCh-maydon ,elektrofarez ,magnitoterapiya ,ultratovush ,UB-nurlantirish va infraqizil nurlar ,elektr mashqlar ,vanna pielodoterapiyasi ,massaj va davolash mashqlari nisbatan keng qo‘llaniladi.

Suyak to‘qimasining regeneratsiyasi 3 faza kurinishida bo‘ladi.

1-faza.Jaroxatli yallig‘lanish (operatsiyadan keyingi erta bosqich)

2-faza.Birlamchi qadoqni shakllanishi (shikastlangan to‘qimada yosh xujayralarning o‘sish bosqichi)

3-faza.Suyak qadog‘ini shakklanishi.

Jaroxatli yallig‘lanish va dekalsinatsiya jarayoni fazasida sinishlarning repazitsiyasi va ularning qayd etilishidan keyin 2-3- kunidan boshlab og‘riq sindromidan xallos etish maqsadida narkotik va antibiotiklar bilan bir qatorda sinish soxasini ketma-ket yoki tangensial xolda diadinamoterapiya 6-8 minutdan kuniga 1-2 martadan 6-10 kun davomida qo‘llaniladi.Bir vaqtning o‘zida sinish soxasini kam issiqli dozada har kuni 8-10 minutdan UVCh-terapiya bilan davolash tavsiya etiladi.jami 4-6 muolaja. Skeletli tortish va Ilizarov apparati bilan davolashda UVCh-terapiya sog‘lom oyoq va qo‘llarda simmetrik soxalarda issiq dozada qo‘llaniladi. Vqrojenniy yoki stoykiy jaroxatli shishlarda magnitoterapiya ijobiy samara beradi. UVCh-terapiya jaroxatdan uch,to‘rt kundan keyin shish maksimumga yetganda tavsiya etiladi;20-30 mTl gacha 10-20 minutdan kun ora ,jami 10-12 muolaja. Oyoq uchun sollyuks ,infraruj yoki yorug‘lik vannasi 20-30 minutdan kuniga 2-3 marta har kuni yokikun ora qilinadi.5-10 kungacha. Sinishdan keyin kontrakturalarda 3-5 kundan ultratovushli terapiya tavsiya etiladi.Ayniqsa tirsak bo‘g‘iminig ichki sinishida ultratovush tavsiya etiladi. Sog‘lom qo‘l vaoyoqlarning simmetrik soxada UB-nurlantirish (yelka yoki son )xajmi 15 sm 2 bo‘lgan 2 ko‘ndalang maydon nurlantiriladi,3 biadoza ko‘payib boruvchi dozada kun ora bir maydondan ;jami 8-10 nurlantirish . Ushbu kunlarda o‘zini yomon xis qilishi ,uyqusizlik,bosh og‘rig‘i paydo bo‘lsa varotnikli zonada 15-20 minutdan har kuni yokikun ora brom-elektrofarez tavsiya etiladi. Jaroxatdan 12-15 kundan keyin vaskularizatsiya jarayoni yakunlanadi va dekalsinatsiya jarayoni boshlanadi.Suyak balok va suyak qadog‘i shakllana boshlaydi. Ushbu bosqichda organizmga kalsiyning kelishi suyakda regeneratsiya jarayonini tez rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan zaxirani yaratib,aynan shu vaqtdan kalsiy –elektrofarez boshlanishi lozim.Bunda issiqlik muolajalari tavsiya etilmaydi. Kalsiy elektrofarezi tezkor sxema bo‘yicha umumiy UB-nurlantirish bilan birga qo‘llaniladi. 24-30- kunlarga kelib mustaxkamlangan xolsiz suyak qadog‘i aniqlanadi.Birlamchi suyak qadog‘i o‘rtacha 4-5 xafta davomida shakllanadi ,ammo bu qadoq yumshoq bo‘lib,sinishlarning siljishi ham mavjud bo‘ladi.Keyinchalik osteoid to‘qimaga tuz kelishi kuchayib ,ikkilamchi suyak qadog‘i xosil bo‘la boshlaydi.O‘rtacha 5-6 xafta shakklanadi.Ushbu bosqichda reaktiv yallig‘lanishning qaytishi ,tomirlarning to‘g‘ri xolga kelishi namoyon bo‘ladi. Bunda davolash mashqlarini qo‘lla shbilan bir qatorda 2-bosqichda quyidagilar tavsiya etiladi;parafin yoki loy applikatsiyalar ,diadinamoterapiya va ultratovush . Keyinchalik bemorning umumiy tonusini ko‘tarish,qon va limfa aylanishni yaxshilash ,suyak sinishlarnig konsolidatsiyasini kuchaytirish ,almashinuv jarayonlarini yaxshilash va oyoq va qo‘llarning funksiyalarini tiklash uchun quyidagi umumiy vannalar tavsiya etiladi;azotli 35-36 0S li 12-15minutdan ,radonli 36-38 0Sli 10-15 minutdan,tuzli 37 0Sli 10 minutdan har kuni.



Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish