Toshkent tibbiyot akademiyasi urganch filiali fakultet va gospital terapiya kafedrasi tibbiyot kasbiga kirish fanining


Igna sanchish ta’sir mexanizmi haqida zamonaviy tasavvurlar



Download 10,74 Mb.
bet27/139
Sana20.04.2022
Hajmi10,74 Mb.
#566450
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   139
Bog'liq
Мажмуа ТКК 2020 lat

Igna sanchish ta’sir mexanizmi haqida zamonaviy tasavvurlar.
Igna sanchish bilan davolash ya’ni akupunktura (lotincha asiya – igna va ripstit sanchish) xitoy xalq tibbiyotida keng qo‘llanilardi. Bu ularda maxsus po‘lat ignalar bilan tananing aniq nuqtalariga, uning anatomik joylashishiga asoslanib igna sanchiladi.
Xitoy tibbiyot konunlariga asosan 695ta nuqtalar bor. Igna qo‘yishdan oldin igna sanchish joyi dezinfeksiya qilinadi. Ignani sanchishda tanaga igna aylanma xarakatlar qilib ma’lum chuqurlikka kiritiladi. Igna sanchilgan joy sal achishadi, jimirlaydi. Ignani 5 daqiqadan 30 daqiqagacha qo‘yiladi.
Igna to‘qimaga qanchalik chuqur kirsa, differensirlangan retseptorlar umumiy ta’siri kam bo‘ladi. Igna sanchishning o‘ziga xosligi, uning barcha boshqa reflektor usullardan farqi va, xususan, organizmga teri yoki shilliq qavat orqali davo ta’siri beruvchi jismoniy terapiya hisoblanadi, birinchidan, igna sanchishda ta’sir kichik zonaga tushadi – bu esa nuqtali ta’sirdir.
Ikkinchidan (igna sanchish ta’sirining o‘ziga xosligini tushunish uchun, ayniqsa muhim bo‘lgan) nafaqat va terida joylashgan birmuncha sezuvchanlik (eksteroretseptorlar) uchi ta’sirlanadi, balki bevosita teri osti hujayralari, mushaklar, boylamlar, perinevral va perivaskulyar chigallarda igna yuli bo‘yicha uchraydigan proprio-baro-xemo-va angioretseptorlarning mexanik ta’siri o‘ringa ega. To‘qimaga igna kirgizishda organizm tomonidan mahalliy, segmentar va umumiy ta’sir kelib chiqadi (1 rasm)
Turli nerv elementlarining chuqur ta’sirlanishi proprioretseptiv sezuvchanligi ma’lumki, faol nuqtaga ma’lum chuqurlikka tormozlash usuli bilan ignani kiritishda kelib chiqadigan belgilarning paydo bo‘lishi har xil sezgilar (uvishish, jizillash, bosim, «elektr toki yurishi», shishish, iliqlik) bilan tushuntiriladi.
Bu sezgilar ukol natijasida kelib chiqadigan og‘riqning paydo bo‘lish sezgisi bilan , yoki teridan ignaning o‘tishi vaqtida asosan sodir bo‘ladigan sezuvchan nerv uchlarining ta’sirlanishidan ko‘ra, tomir ta’sirlanishida o‘zining a’lo darajadagi xarakteri bo‘yicha ob’ektiv aksini topadi.
Mahalliy ta’sir, bunda kelib chiqadigan implulslar oqimi afferent yo‘li asab ustuni va perivaskulyar bog‘lamlar ichidan o‘tuvchi somatik va vegetativ tolalar bo‘yicha markazga intiladi, tegishli joyga ta’sir ko‘rsatilganda, orqa miya segmentlari va asab tizimi bo‘limlarida (miya o‘qi, retikulyar formatsiya, bosh miya qobig‘i sohasi va qobig‘i) ham umumiy ta’sirini rivojlantirib, segmentar ta’sir keltirib chiqaradi. Umumiy ta’sir markaziy asab tizimining birmuncha yuqori bo‘limlari – gipotalamus, limbiko-retikulyar tizimini jarayonga jalb etish bilan xarakterlanadi. G.N. Kassil (1975) ta’kidlaydiki, ya’ni bunda qonda ba’zi gormonlar, mediatorlar va metabolitlar tarkibi ko‘paya boradi va boshqalari esa kamayadi. Katexolaminlar, atsetilxolin, gistamin, serotonin, kortikosteroidlar, kininlarning o‘zaro munosabati o‘zgaradi.
Hozirgi vaqtda ko‘pincha dumaloq, o‘lchovi 1,5 sm. dan 15 sm. gacha bo‘lgan, uchi 1,5-2 mm uzunlikda va 0,35 mm qalinlikdagi (rasm 20) ignalar ishlatiladi. Akupunktura uchun ignalarni sterilizatsiya qilish oddiy usulda, ya’ni qaynatish (distillangan suvda 45 daqiqa), avtoklavirlash (1,5 atm. bosimida 30 daqiqa) yoki quruq issiqda (160oS haroratda 20 daqiqa) o‘tkaziladi. Ishlatilmagan sterillangan ignalar 75% etil spirtida saqlanadi.
Ignalar quyidagi tarkibli qotishmalardan tayyorlanadi:

  1. Oltin igna: toza tilla – 75%, kumush – 13%, qizil mis – 12%;

  2. Kumush igna: toza kumush – 80%, qizil mis – 17%, tozalangan mis – 3%;

  3. Oddiy ingichka ignalar: zanglamaydigan po‘lat iplardan yoki tozalangan misdan №28-№32.

Hamma mutaxassislar ham farqlay olmaydigan fikr bo‘yicha, oltin igna o‘z o‘zidan quvvatni oshiruvchi, kumush esa – tinchlantiruvchi xususiyatga ega.
Ko‘pincha qo‘llanadigan igna 0,3-0,35 mm; 0,4-0,45 mm diametrga ega; uning turli qismlarida bir xil.
Ignalarni kiritish texnikasi
Ignalarni dastasidan uchta barmoq bilan ushlash uslubiy jihatdan to‘g‘ri hisoblanadi: I barmoq bir tomondan, II va III barmoq esa – boshqa tomondan. Hozirgi vaqtda ayniqsa, ko‘pincha ignalar aylantirib kiritiladi. Igna zarur nuqta markazida perpendikulyar yoki teri burchak ostiga o‘rnatiladi (rasm. 21) va oldinga – orqaga aylanma harakat ham bir vaqtning o‘zida ignani engil bosish bilan kiritiladi.
Igna bilan davolashdagi asoratlar va ularni oldini olish.
Igna bilan davolashda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlar: ko‘p terlash, yuzning oqarishi, qo‘l-oyoq muzlashi, arterial bosimning pasayishi ko‘rinishidagi vegetativ ta’sirlar. Agar o‘z vaqtida yordam ko‘rsatilmasa, xushsizlik holati kelib chiqishi mumkin.
Profilaktika: seansni gorizontal holatda o‘tkazish.
Yordam: zudlik bilan ignalardan holi qilish, bemorni yotqizish va shoshilinch yordam ko‘rsatish (nashatir spirti, kordiamin yuborish, nuqtali uqalash yoki «tez yordam» - E36 szu-san-li nuqtasiga igna sanchiladi: katta boldir suyagi qirrasidan 3 sm tashqariga; tizza ko‘zi pastki chekkasidan 3 s pastga (katta boldir old muskullari va barmoqlarni uzun yozuvchi muskullar orasida), GI4 xe-chu – I va II qo‘l kafti suyaklari orasi, II qo‘l kafti suyagi o‘rtasiga yaqin chuqurchada; T26 jen-chjun – burun uchi ostida, yuqori lab usti uchinchi egatchasida va boshqalar.
Meridianlar xaqida. YApon olimi fiziolog Soulie de Morant o‘zining fantastik nazariyasiga asoslanib, odam tanasini tuzilishiga “meridian” atamasini kiritgan va u meridianlar tomir – nerv ustunlari, nerv tolalari oxirlaridagi joylarda bo‘lishini aytgan.
Doimiy meridianlar tavsif va tasnifi quidagilardan iborat.
SHunday qilib refleksoterapiya usul kasallikini oldini olishga, engillashtirishga va davolashga qaratilgan. Tez yordam ko‘rsatish usullari ichida igna qo‘yib tez yordam ko‘rsatish usuli sharq tabobatida eng samarali usullardan biridir. Bu terapevtik usul kasallar shok xolatida bo‘lganlarida, yurak xurujida, branxial astmaning xurujida, oshqozon ichak kasalliklarida, bel – but radikulitida, uch shoxli nerv nevralogiyasida, buyrak xuruji dispepsik xolatlarida keng qo‘llaniladi.

Download 10,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish