Shaxsga yo`naltirilgan ta’lim. Ta’lim jarayonini tuzishda va amalga oshirishda shaxsga maqsad, sub’ekt ustunligi, natija va uning samaradorligini asosiy mezondek yo`naltirish ta’lim jarayoninig barcha ishtirokchilarining to`laqonlik rivojlanishi: ta’lim berish jarayonini shaxsparvarlashtirish va tabaqalashtirish: kasbiy tayyorgarlik yo`nalishlari bo`yicha Davlat ta’lim standartlari talablariga rioya qilgan holda ta’lim oluvchi shaxsni rivojlanish yo`liga yo`naltirish:
Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnalogiyasi tizimning barcha belgilarini o`zida mujassam etmog`i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo`g`inlarini o`zaro bog`langanligi, yaxlitligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |