Toshkent moliyainstituti n. Atayeva, F. Rasulova, M. Salayeva, S. Hasanov


 Rasulov F., Do‘stjonov T., Hasanov S.  Xorazm Ma’mun akademiyasi olis-yaqin yulduziari.  T.:  «Iqtisod-moliya»



Download 20,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/679
Sana31.12.2021
Hajmi20,47 Mb.
#271115
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   679
Bog'liq
umumiy pedagogika

1 Rasulov F., Do‘stjonov T., Hasanov S.  Xorazm Ma’mun akademiyasi olis-yaqin yulduziari.  T.:  «Iqtisod-moliya», 

2005,8-bet.

192


Ishoq  ibn  Ahmad  al-Buxoriy,  Abu  Abdulloh  ibn  Ibrohim  an-Natiliy, 

Sharofiddin  Abu  Abdulloh  ibn  Yusuf Ayloqiy,  Abu  Ali  al-Hasan  ibn 

Xoris  al-Hububiy  al-Xorazmiy,  Zayniddin  Jurjoniy,  Abulkarim  Zirg‘o- 

liy,  Abu  Abdulloh  al-Vazir,  Abdulhasan Ma’mun,  Abu Muhammad  al- 

Xorazmiy,  Abduawal  ibn  Abdusamadiy,  Abu  Azoq  ibn  Bahnom, 

Abusaid  Shabibiy,  al-Xarojiy,  al-Hamdiki,  Ahmad  Ma’suriy,  Abu 

Muhammad  Rakkoshiy,  Abu  Abdulloh  ibn  Hamid  al-Xorazmiy,  Abu 

Bakr  Muhammad  al-Xorazmiy,  Qamariy  kabi  yuzga  yaqin  olimlar 

matematika,  astronomiya,  falsafa,  pedagogika,  psixologiya,  mantiq, 

tibbiyot,  tarix,  tilshunoslik,  flqh,  geografiya,  geodeziya,  topografiya, 

mexanika  kabi  fanlar  bilan  shug‘ullanib,  ulaming  kelajakda  jahon 

miqyosida rivojlanishiga zamin yaratganlar.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, «Ma’mun Akademiyasi» olimlari 

hayoti  va  ijodlari  asosiy  yo‘nalishlari  bilan  tanishish  ulaming  diniy 

masalalarda  betaraflik  mavqesida  turganliklarini  ko‘rsatadi.  Masalan, 

Abu  Rayhon  Beruniyning  ustozi  Abu Nasr  ibn  Iroq  mutakallimlaming 

ja’diya  maktabiga  mansub  boigan.  Keyinchalik  Xorazm  xanafiylari 

orasida  mutakallimlarning  asosiy  maktabi  Mu’taliziya XI-XIV  asrlarda 

keng  tarqaldi.  Abu  Rayhon  Beruniy  o‘zi  yozgan  asarlarida 

abumuslumiylar,  al-Muqanna  tarafdorlari,  mubayyidlar,  qarmatiylarga 

ko‘p  e’tibor  bergan.  Ibn  Sino  esa  ismoiliylarga  xayrixohlik  bilan 

qaraganliklari  yaxshi  maium.  Bu  taiimot  va  harakatlarda  umumiy 

jihatlar  mavjud.  Birinchidan  ular  Abbosiylar  xalifaligiga  muxolifatda 

boiib, milliy mustaqillik uchun kurashayotgan sulolalami qoilar edilar. 

Ikkinchidan,  ular  din  asoslari,  ayniqsa,  uning  dunyoviy  hayot  bilan 

chambarchas  bogiiq  sohalarini  talqin  etishda  ratsionalistik  (aqliy) 

yondashuvga  katta  o‘rin  berardilar.  Bu  borada  ular  antik  falsafa  va 

mavjud  fanlar,  mahalliy  ilmu  fan  yutuqlaridan  keng  foydalanar  edilar. 

Shu  jihatdan 

bu 


yo‘nalish 

dindagi 


boshqa 

oqim-diniylikni 

dunyoviylikdan  ustun  qo‘yuvchi,  o‘zlaridan  awalgi  diniy  jamoa 

amaliyotiga so‘zsiz taqlid qiluvchi  («muqalladu»)  an’anachilaridan farq 

qilardi.

Mutafakkirlaming  firqa  ichidagi  mavqelari  ham  o‘ziga  xos  edi. 

Masalan,  Abu  Nasr al-Forobiy Ma’sum  imom boshchiligidagi jamiyat 

qurishda Platonning nfozil kishilar shahri» taiimotini asos qilib oldi va 

shu  nomda  asar  ham  yaratdi.  U  diniy  ilmlar  va  falsafaning  boshqa 

sohalarini shu taiimotga bo‘ysundirdi. Forobiyning bu tizimini ismoiliy- 

qarmatiy  an’anachilari  orasida  «Imomning  an 'anaviy  birinchi 

ta 'lim»idan farqli  «Ikkinchi  ta ’lim»  («at-Ta 'lim  as-soni»)  nomini  oldi.

193



Olimning  o‘zi  esa taiimoti  uchun  «Ikkinchi  muallim»  («al-Mu9allim 

as-soni») iaqabini  oldi.  Abu  Nasr  al-Forobiy  o‘z  taiimotini  amalga 

oshirish  uchuit  Buvayhiylar,  Hamadoniylar,  Fyatimiylaming  bir 

saroyidan  ikkinchi  saroyiga  samarasiz  ko6chib  yurdi.  Ibn  Sino  esa  al- 

Forobiy taiimotining alohida sohalarini  chuqurlashtirish,  batafsil bayon 

etish  yoiini  tanladi.  U  ideal  taiimotni  amalga  oshirishni  «Ma’mun 

Akademiyasi»da  boshladi.  Pirovard-natijada,  bu  ishda  ibn  Sino  al- 

Forobiydan  farqli  ravishda  ancha  yuksak  muvaffaqiyatlarga  erishdi.  U 

Buvayhiylar  saroyida bosh  vazir darajasiga  erishdi.  Shuning  uchun  ibn 

Sino  firqa  a’zolari  ichida  «ash-Shayx  ar-Ra ’is»  («Olimlar  raisi») 

laqabiga ega boidi.

Abu Rayhon Bemniy  ushbu masalalarda al-Forobiy va ibn  Sinoga 

qaraganda realizmga (haqqoniyatga) yaqinroq edi.  U  fan  bilan  bevosita 

shug4ullangan  kishigina  fan  haqida  fikr  yuritishi  mumkin,  deb 

hisoblagan.  Buning  uchun  u,  albatta,  faylasuf  boiishi  kerak,  ya’ni 

barcha mavjud fanlaming asosini  bilmogi  lozim.  Ularning tafsilotlarini 

bilish uchun inson hayoti yetarli emas. 0 ‘zi qiziqqan, o‘ziga kerak fanlar 

bilan  bevosita  shug4ullanishi  mumkin.  Bu  ilmiy  prinsiplar  «Ma’mun 

Akademiyasi»  barcha  olimlari  uchun  ustuvor  boidi.  Chunki  bu  ilmiy 

maktab  uchun  Abu  Rayhon  Beruniyning  roli  ulkan  edi.  998-1003 

yillarda  ibn  Sinoning  ustozlari  Abu  Sahl  al-Masihiy  va  Abu  ]s[asr  ibn 

Iroq  o‘zlarining  12  tadan  risolalarini  shaxsan  Abu  Rayhon  Beruniyga 

bagishladilar.  Ibn al-Ma’mun davrida Bemniyning siyosiy mavqei ham 

ancha  yuqori  boigan.  U  tashqi  siyosat  sohasida  haqqoniyat 

pozitsiyasida  turgan.  Jumladan,  Mahmud  G‘aznaviy  (998-1030) 

tomonidan  Xorazmshohlar  davlatiga tahdid  kuchayganda,  Abu  Rayhon 

Bemniy  Qoraxoniylar  (840-1212)  bilan  ittifoqchilikni  kuchaytirishni 

taklif etgan edi.

«Ma’mun  Akademiyasi»  olimlari  dunyoqarashlarining  shakllani- 

shiga  Qadimgi  Yunon,  Rim,  Xitoy,  Yaqin  va  0 6rta  Sharq,  Hindiston 

ilmu fan yutuqlari  asos boiganligini  so‘zsiz e’tirof etish darkor.  Bunga 

shu  davrda  Gurganchdagi  Ibn  al-Xammoming  yunon  va  suryoniy 

tilllardan  tarjimonlik  faoliyati  yorqin  misol  boia  oladi.  Lekin 

Akademiya  olimlarining  aksariyati  olim  sifatida  Markaziy  Osiyoda 

shakllandilar.  Ulaming ilmiy  faoliyati,  asarlari tufayli Qadimgi Xorazm 

badiiy  san’ati,  adabiyoti,  astronomiyasi  (falakiyot  ilmi),  matematikasi, 

irrigatsiyasi  yutuqlari  jahon  sivilizatsiyasi  xazinasiga  kirdi  va  butun 

insoniyat manfaatlariga xizmat qila boshladi.



194


«Ma’mun 

Akademiyasi» 

olimlari 

mahalliy 

ilmiy 

muhit 


vakillarining yutuqlaridan keng foydalanganlar. Ular o4z asarlarida X asr 

olimlari matematik Abu-l-Hasan Ozarxur ibn Jashnas,  astronom Ahmad 

al-Farg6oniy?  geograf  al-Jayhoniy,  astronom,  «Faxr  sekstanti»  asbobi 

kashfiyotchisi Abu Mahmud al-Xo‘jandiy, tabiyotchilar Abu-l-Hasan as- 

Samarqandiy,  Sulaymon  ibn  Isma  as-Samarqandiy,  Sa’id  ibn  Xafif as- 

Samarqandiy,  Ahmad  as-Sohoniy,  qomusiy  olim  Abu  Abdulloh  al- 

Xorazmiy,  «Ixvon  as-Safo»ning  samarqandlik  olimlari  chiqargan  ilmiy 

xulosalarga suyandilar.  «Ma’mun Akademiyasi»  an’analari  keyinchalik 

ham  ulaming  Markaziy  osiyolik  izdoshlari  tomonidan  davom  ettirildi. 

Markaziy  Osiyoda  ilm-fan  rivojidagi  uzilishlar  haqida  ba’zi 

tadqiqotchilaming  notri  fikrlari  yagona  bo‘lgan  o‘rta  asr  fanini 

tabiiy-falsafiy  va  sof  diniy  fanlar  guruhlariga  sun’iy  boiishdan  kelib 

chiqsa  kerak  va  bu  tadqiqotchilar  birinchi  gumh  fanlari  Markaziy 

Osiyoda  nazariy  ahamiyatga  ega  boiib,  amaliyot  bilan  bog‘lanmagan, 

degan  fikmi  asos  qilib  oladilar.  Bu  xulosani  «Ma’mun  Akademiyasi» 

olimlari  erishgan  mislsiz  yutuqlar  rad  etadi.  Ular  «Ilmu  fan  foydaliligi 

bular yordamida kishilar uchun zamr hojatlarga erishmakdir»  asoslariga 

suyanganlar.  Bu  olimlar  Xorazm  tabiatini,  uning  iqlimini,  suorish 

tizimini,  mineralogiyasini,  yer  osti  suvlarini,  Amudaryo  deltasining 

tarixini, korizlar qurish orqali tuproq tozalash yoilarini tadqiq etganlar.

Ular  ilm-fanning  boshqa  sohalari  bilan  ham  shuullandilar. 

Akademiya  a’zolaridan  olim  Abu  Bakr 




Download 20,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   679




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish