Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/233
Sana01.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#134878
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   233
Bog'liq
Ш.Ташматов. Иктисодий таълимотлар тарихи

d) sinflar va daromadlar 
A.Smit  qarashlarida  jamiyat  uch  sinfga  ajratib  ko‗rsatiladi:  yer 
egalari, tadbirkorlar, yollanma ishchilar


137 
–  yer  egalari  qo‗lida  asosiy  ishlab  chiqarish  vositasi  yer  bo‗ladi. 
Ular  ijaraga  bergan  yeri  uchun  ijara  to‗lovlari  sifatida  ushbu  yerdan 
olingan daromadning bir qismini renta ko‗rinishida oladi; 
–  tadbirkorlar  ishlab  chiqarish  vositalarining  ikkinchi  bir-turiga 
(imorat-inshootlar,  asbob-uskunalar,  fermalar,  xomashyo  zaxiralariga) 
egalik qiladi, ishchilarni yollaydi va daromad ko‗rinishida foyda oladi; 
–  yollanma  ishchilar  –  eng  ko‗p  kambag‗al  sinf  hisoblanadi,  ular 
mulk egasi emas va ular mehnatini sotib, daromad ko‗rinishida ish haqi 
oladi. 
  A.Smit  bo‗yicha  jamiyat  uch  sinfdan  tashqari  har  xil  guruh  va 
qatlamlarni  ham  o‗z  ichiga  oladi.  Asosiy  sinflar  daromadlari  birlamchi 
hisoblanishi bilan ajralib turadi. Boshqa guruhlarning daromadlari esa – 
ikkilamchi, ya‘ni qayta taqsimlash natijasida shakllanadi. 
  A.Smit  daromadning  har  uchala  asosiy  shaklini  alohida  ko‗rib 
chiqdi. 
  Ish haqi nazariyasi. Ishchining daromad sifatidagi ish haqi, A.Smit 
bo‗yicha  mamlakatning  milliy  boyligi  darajasiga  bevosita  bog‗liq. 
A.Smitning  ish  haqi  nazariyasining  e‘tiborga  molik  joyi  shundan 
iboratki, u U.Petti, fiziokratlar va keyingi D.Rikardodan farqli ravishda 
mehnatga  haq  to‗lash  miqdori  yashash  minimumi  darajasigacha 
pasayadi,  deb  atalmish  qonuniyatni  inkor  etgan.  Buning  ustiga,  A.Smit 
mehnatga bo‗lgan qiziqishni kuchaytirish maqsadida ish haqini oshirish 
tarafdori bo‗lgan. Uningcha past ish haqidan ko‗ra yuqori ish haqi amal 
qilib  turgan  paytda  faol  faoliyat  yurituvchi  ishchilarni  doimo  topish, 
ishga jalb etish mumkin bo‗ladi. 
Foyda nazariyasi. A.Smit bo‗yicha tovar qiymatining  bir qismi ish 
haqi  sifatida  ishchiga  tegadi,  qo‗shimcha  mehnat  bilan  yaratilgan 
qiymatning  qolgan  qismi  tadbirkorning  daromadi  ko‗rinishida  uning 
foydasini  tashkil  etadi.  A.Smit  foydani  tadbirkorlik  tavakkalchiligi 
uchun,  ishchiga  yashash  vositalarini  avanslagani  uchun  tadbirkorga 
to‗lanadigan  haq,  deb  hisobladi,  undan  keyinchalik  tadbirkorlik 
daromadining  adolatli  ekanligini  isbotlashda  keng  foydalanildi.  Foyda 
miqdori, A.Smit bo‗yicha ―kapital qiymati bilan aniqlanadi va foydaning 


138 
ko‗p yoki kam bo‗lishi ushbu kapital miqdoriga bog‗liq bo‗ladi‖. Foyda 
me‘yorining  pasayish  moyilligi  qayd  qilib  o‗tiladi,  bunday  moyillik 
iqtisodiy  rivojlanish  bilan  bog‗lab  tushuntiriladi,  chunki  ancha 
rivojlangan mamlakatlarda foyda me‘yori hamisha past bo‗ladi. 
U foyda miqdoriga 3 ta omil ta‘sir ko‗rsatishi mumkin, deb taxmin 
qiladi: 
1.  Mehnat  bozorlaridagi  raqobat.  Buning  natijasida  maoshlar 
ko‗tariladi. 
2.  Mahsulot  bozori  o‗rtasidagi  raqobat.  Ishlab  chiqaruvchilar 
o‗rtasida raqobat ortadi, mahsulot narxlari tushadi, foyda ham kamayadi. 
3.  Investitsiya  bozorlarida  raqobat,  investitsiya  imkoniyatlari  soni 
cheklangan, kapital miqdori oshganda foyda kamayadi. 
U  ba‘zi  hududlar  (masalan,  Shimoliy  Amerika)da  maosh  va  foyda 
har ikkisi yuqori darajada oshganini ham e‘tirof etib o‗tadi. 
Renta  nazariyasi.  A.Smit  nazariyasiga  ko‗ra  renta  ishchining  haq 
to‗lanmagan  mehnati  bilan  yaratiladi,  uning  mehnati  mahsulotning  bir 
qismi  hisoblanadi.  U  rentada  yerga  bo‗lgan  xususiy  mulkchilik 
monopoliyasi  unsurlarini  ko‗rgan,  lekin  absolyut  va  differensial  renta 
tushunchalarini  ajratib  ko‗rsatib  bermagan.  Yer  uchastkalari  ham 
unumdorligi,  ham  joylashishi  bo‗yicha  farq  qilishi,  bu  farqlarning 
ikkalasi  ham  turli  tavsif  va  miqdordagi  rentaning  shakllanishiga  sabab 
bo‗lishi mumkinligini qayd qilib o‗tgan.  
Smit rentaning eng kamida 4 ta nazariyasini taklif etadi. Rentaning 
kelib chiqishi: 
1) 
yer egalari tomonidan talab; 
2) 
monopoliya; 
3) 
turli xil afzalliklari; 
4) 
tabiat saxiyligi bilan belgilanadi. 
Nominal narx. Adam Smit garchi nominal narx taklif yoki faqatgina 
mahsulot narxlari kabi belgilanadi, deb izohlagan bo‗lsa ham u talabning 
rolini  butunlay  rad  etmagan.  U  bozordagi  narx  talab  va  taklifning  har 
ikkisi  tomonidan  belgilanadi,  deb  ishongan.  U  ba‘zida  tabiiy  narxlar 
ham  aynan  talab  va  taklifga  bog‗liqligini  ta‘kidlagan.  Shuningdek,  u 


139 
iqtisodning turli sektorlari orasida resurslar nazoratida va tabiiy narxlar 
tuzilmasida  talabning  o‗rni  haqida  qayd  etib  o‗tgan.  Nominal  narxni 
belgilashda ba‘zi faktorlar chalg‗ituvchi bo‗lgani sabab Smit 3 ta alohida 
nazariyani  ishlab  chiqdi:  1)  mehnat  qiymati;  2)  mehnat  buyrug‗i 
nazariyasi  va  mahsulot  narxi  nazariyalari.  Smitning  fikricha  narxlar 
talab va taklif bilan bog‗liq holda shakllanadi. 
Taqsimot  nazariyasi.  Daromadning  shaxsiy  taqsimoti  alohida 
sotilgan mahsulot miqdori va narxiga bog‗liq bo‗ladi. Mehnat ko‗pchilik 
oila  va  ro‗zg‗or  tomonidan  egalik  qilinadigan  mahsulot  omilidir, 
shuning  uchun  daromad  maosh  darajasi  va  ish  vaqtiga  bog‗liq  bo‗lgan 
holda shakllanadi, deydi.  
Smitning  iqtisodiy  nazariyaga  qo‗shgan  ulkan  hissasi  nihoyatda 
ulkan.  Boshqa  o‗sha  davrdagi  mutafakkirlarga  qaraganda  Smit  bozor 
iqtisodiyotini  boshqarishning  asosiy  g‗oya  va  kuchlarini  ko‗ra  oldi. 
Biroq  uning  ishlari  xatolardan  xoli  emas.  U  bazi  jabhalarda,  ya‘ni 
narxlarning  umumiy  darajasi,  nisbiy  narxlarda  chalkashliklarga  yo‗l 
qo‗ydi.  Biroq  uning  g‗oyalari  iqtisodiy  siyosat  va  bozor  o‗rtasidagi 
munosabatlarga aniqlik kiritdi, tartibga soldi. 
Umuman  olganda  raqobatbardosh  bozorlar  faoliyati  ustida 
tadqiqotlar olib borgan holda iqtisodiy nazariyaga sezilarli darajada o‗z 
hissasini  qo‗shgan  Rikardo,  J.S.Mill  va  Alfred  Marshall  kabi 
nazariyotchilar Adam Smitning tahlillarini o‗rganishgan. 

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish