a) boylikni ko„paytirish: mehnat taqsimoti,
pul, kapital
A.Smit o‗z kitobida jamiyatning iqtisodiy rivojlanishini va uning
farovonligini oshirishni markaziy o‗ringa qo‗yadi. Asarning boshida
A.Smit boylikni chinakam yaratuvchi bu ―har bir xalqning yillik
mehnati‖ deb ko‗rsatib o‗tadi. Demak, boylikning manbayi – mehnat.
A.Smit bu fikrni rivojlantirib, mehnat taqsimoti boylikni yaratishda
asosiy omil hisoblanadi, degan xulosaga keladi. Chunki mehnat
taqsimoti asosida uning unumdorligi oshadi. Muallif bu tezisni
17
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 260-b.
129
to‗g‗nog‗ich ishlab chiqarish ustaxonasi misoli yordamida asoslab
beradi. Ustaxonada o‗n kishi ishlaydi. Ular o‗rtasida mehnat
taqsimlangan: biri simni tortadi, ikkinchisi uni to‗g‗rilaydi, uchinchisi
kesadi, to‗rtinchisi uchini o‗tkirlaydi va h.k. Bir kunda bu o‗n kishi
48000 to„g„nog„ich, ya‘ni har bir kishi 4800 donadan to‗g‗nog‗ich
ishlab chiqaradi. Agar ular bir – birlariga bog‗liq bo‗lmagan holda
ishlaganlarida, ularning hech qaysisi bir kunda 20 dan ko‗p to‗g‗nog‗ich
tayyorlay olmagan bo‗lar edi. Demak, ixtisoslashuv tufayli mehnat
unumdorligi 240 baravardan ko‗proq oshgan.
A.Smitning fikri bo‗yicha mehnat taqsimoti milliy mahsulot
yaratish jarayonida odamlar o‗rtasida hamkorlikni amalga oshirishning
juda qulay shakli hisoblanadi. Ixtisoslashuv tufayli mehnat jarayonini
amalga oshirishda kishilarning chaqqonligi ortadi; ular vaqtni tejaydilar,
chunki doimo bir ish turidan boshqasiga o‗tishga hojat bo‗lmaydi; ular
o‗z faoliyatlarini takomillashtirish, ixtiro qilish uchun katta
imkoniyatlarga ega bo‗ladilar. Taraqqiyot va jamiyat farovonligining
haqiqiy manbayi «tabiat in‘omi» emas (fiziokratlar hisoblaganlaridek),
balki aynan mehnat taqsimotidir. Shu bilan birga ixtisoslashuvni
chuqurlashtirish imkoniyatlari cheklangan bo‗ladi, negaki birinchidan,
agar yaratilgan qo‗shimcha mahsulot xarid qilinmasa, undagi mehnatni
yanada taqsimlashga zarurat bo‗lmaydi, ikkinchidan, korxonalarning
ko‗lami qancha kichik bo‗lsa, mehnat taqsimoti uchun imkoniyatlar
shuncha kam bo‗ladi (foydalanayotgan kapital miqdoriga qarab).
Ushbu nazariyadan milliy boylikning ko‗payishi jamiyatdagi ayrim
sinflar faoliyati natijasi emas (merkantilistlarda – savdogarlar,
fiziokratlarda – yer egalari), balki mehnat taqsimotida qatnashayotgan
barcha kishilar faoliyatining natijasidir, degan xulosa kelib chiqadi.
Boshqacha aytganda, foyda yaratuvchi har qanday mehnat unumli
mehnatdir. Ammo bu masala bo‗yicha A.Smitda izchillik bo‗lmagan.
Birinchidan, u faqat moddiy narsalarni yaratish va o‗zgartirish bilan
bog‗liq bo‗lgan mehnatni unumli mehnat hisoblangan. O‗qituvchilar,
huquqshunoslar, harbiylar, ma‘muriyat, yozuvchilar va shu kabilarning
mehnati esa unumli hisoblanmagan. Ikkinchidan, A.Smit iqtisodiyotda
130
qishloq xo‗jaligi sohasining ustunligi g‗oyasidan qutula olmagan. U
hunarmandlar va savdogarlar mehnatini yer egalari mehnatiga nisbatan
kam unumli bo‗ladi, deb tasdiqlaydi. Negaki, yer egalariga tabiat
«yordam» beradi va «dehqonchilikka qo‗yilgan kapital haqiqiy boylikka
va daromadga ancha ko‗p qiymat qo‗shadi». Bunda A.Smitning
ta‘kidlashicha iqtisodiyotning rivojlanib borishi bilan sanoat tovarlari
bahosi pasayib borish moyilligiga, qishloq xo‗jaligi mahsulotlari bahosi
esa o‗sish moyilligiga ega. Shuning uchun uning fikricha qishloq
xo‗jaligiga qo‗yilgan kapital ancha foydali hisoblanadi.
Agar o‗sha davrda Angliyada manufaktura sanoati rivojlana
boshlaganini va hatto birinchi yuqori unumli fabrikalarning paydo
bo‗lganligini hisobga oladigan bo‗lsak, A.Smitning bu xatosini
tushunish yana ham qiyinlashadi. Uning unumli mehnat konsepsiyasida
izchillikning yo‗qligi, ishlab chiqarish jarayonidagi kapital mavqeyini
yetarlicha tushunmaganligi natijasidir. A.Smitning fiziokratik bid‘atlari
jamiyat o‗z resurslarini birinchi navbatda, qishloq xo‗jaligiga, ikkinchi
navbatda, sanoatga va faqat, uchinchi navbatda, savdoga yo‗naltirishi
kerakligini tasdiqlashida o‗z ifodasini topadi. Bundan A.Smit sanoat
to‗ntarilishining dastlabki uchqunlarini va kelajakda yirik sanoat ishlab
chiqarishining hal qiluvchi ahamiyatini ko‗ra olmagan, degan xulosa
kelib chiqadi.
A.Smit boylikni ko‗paytirishda pulning o‗rniga alohida urg‗u berib
o‗tadi. Uning tasdiqlashicha qimmatli metallarning, pulning maxsus
ahamiyati to‗g‗risidagi merkantilistlarning fikri noto‗g‗ri. Agar pulni
jamg‗arish asosiy maqsad bo‗lsa, unda pul harakatsiz qolib ketadi, bu
esa ushbu pulga ishlab chiqarish yoki sotib olish mumkin bo‗lgan
mahsulotlarning kamayib ketishiga olib keladi. Pul jamiyat boyligini
ko‗paytirishda muhim omil bo‗lib xizmat qiladi.
A.Smit kapitalni tahlil qilgach, ishlab chiqarishning o‗sishi,
manufaktura sanoatining yaratilishi kapital faoliyati natijasi ekanligini
ko‗rsatib beradi. U kapital, deganda maxsus ishlab chiqarish fondlarini,
ishlab chiqarish vositalari, ishlab chiqarishning moddiy omillarini
tushungan. A.Smit kapitalni asosiy va aylanma kapital turlariga ajratib
131
ko‗rsatadi. Muomalada bo‗ladigan kapital aylanma kapital, muomalada
amal qilmaydigan kapital asosiy kapital nomini olgan. A.Smit bo‗yicha
asosiy kapital ham, aylanma kapital ham boylik yaratadi. Kapitalning
o‗sishi – millat boyligini ko‗paytirishning uchinchi (mehnat taqsimoti va
puldan foydalanish bilan birga) asosiy omili. Kapital qancha ko‗p bo‗lsa,
ishchilarni boqish va ularni ixtisoslashtirish imkoniyati shuncha ko‗p
bo‗ladi. Buning ustiga, kapitalning o‗sishi ayrim vaziyatlarda boylikni
ko‗paytirishning yagona vositasi bo‗lishi mumkin. Shuning uchun
A.Smit tejamkorlikni qo‗llab-quvvatlaydi. Uning yozishicha «har bir
isrofgar – jamiyat boyligining dushmani, har qanday tejamkor odam –
jamiyatga muruvvat ko‗rsatuvchidir»;
Do'stlaringiz bilan baham: |