Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


 Zahiriddin Muhammad Bobur va Boburiylar davri



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/233
Sana01.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#134878
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   233
Bog'liq
Ш.Ташматов. Иктисодий таълимотлар тарихи

 
5.4. Zahiriddin Muhammad Bobur va Boburiylar davri 
 
Davlat arbobi va qomusiy olim Zahiriddin 
Muhammad  Bobur  (1483-1530)  va  uning 
avlodlari  tomonidan  ijtimoiy,  iqtisodiy  va 
huquqiy  masalalarda  katta  ishlar  amalga 
oshirilganligi bizga tarixiy bitiklardan ma‘lum. 
Xususan,  Boburning  «Boburnoma»  asarida, 
«Mubayyin»  kabi  to‗plamlarida  iqtisodiyotga 
oid  ma‘lumotlarga,  shu  jumladan,  soliq 
  
 
Zahiriddin Muhammad 
Bobur (1483-1530)
 


73 
siyosatiga  katta  o‗rin  berilgan.  «Zakot  to‗g‗risidagi  katta  kitob»  da  esa 
o‗sha davrdagi soliq, uning turlari to‗g‗risida qimmatli fikrlar bildiriladi. 
Bu asarlarni mutaola qilar ekanmiz, ulardan mamlakatimizning bugungi 
hayotida  ro‗y  berayotgan  iqtisodiy  islohotlarni,  o‗zgarishlarni  tahlil 
qilish, qisqacha xulosalarlar  chiqarish va amaliyotda foydalanish uchun 
yangi  fikrlar,  maslahatlar  topamiz.  Ayniqsa,  iqtisodiyotga  oid,  uning 
umumiy  asoslari  bo‗lmish  ishlab  chiqarish,  shuningdek,  savdo  va 
tijoratga oid, soliq va boj to‗lovlari bilan bog‗liq bo‗lgan qarashlari bizni 
to‗lqinlantiradi.  E‘tirof  etish  kerakki,  garchi  bizning  hayotimizda 
Boburning davlatni boshqarish, ishlab chiqarish va savdoni tashkil etish 
masalalariga  doir  alohida  asari  yoki  uning  o‗z  hukmronligi  davrida 
yurgizgan  iqtisodiy  siyosatiga  oid  birlamchi  manbalar  bo‗lmasa  ham 
ilmiy  bilish  va  idrok  etish  kuchiga  suyangan  holda  shunday  qisqacha 
xulosalarga  kelamizki,  u  buyuk  mutafakkir,  qomusiy  olim  sifatida 
iqtisodiy  qonunlarning  mohiyatini,  iqtisodiyotning  jamiyat  va  davlat 
hayotidagi  belgilovchi  ahamiyatini  chuqur  tushungan.  Shuning  uchun 
ham u dolzarb va adolatli farmonlar va hukmlar chiqarib, ilmiy jihatdan 
asoslangan  iqtisodiy  siyosat  yurgizgan,  buning  oqibati  o‗laroq  u 
hukmronlik qilgan davrda davlatda osoyishtalik, milliy totuvlik, siyosiy-
ijtimoiy  taraqqiyot  qaror  topgan.  Shu  bois  ham  Bobur  asos  solgan 
saltanat bir necha asr davomida yashadi va tarixda o‗chmas iz qoldirdi. 
Bobur  va  uning  vorislari  davrida  soliq  masalalari  muhim  o‗rinni 
egallagan. 
Boburning  «Mubayyin»  asari  to‗la  ravishda  qonunlar  va  iqtisodiy 
masalalarga  bag‗ishlangan.  Asarning  nomi  ham  «qonunlar  izohi» 
ma‘nosiga  ega.  Butun  islom  mamlakatlaridek,  Movarounnahr  va 
Xurosonda ham «zakot» ma‘lum miqdorda va muayan shart-sharoitlarda 
olinadigan  soliq  ma‘nosida  qo‗llaniladi  hamda  naqd  pul  va  savdo 
yig‗imi  shaklida  to‗planadi.  Soliqni  hisoblash  uchun  soliq  olish 
obyektining  «nisobi»,  ya‘ni  mol-mulkning  zakot  berishga  layoqatli 
bo‗lish  uchun  belgilangan    miqdori  aniqlanadi,  hisobdan  kam  mulkdan 


74 
soliq olinmaydi. «Agar yerdan ikki hosil olsang, xirojni ham ikki marta 
to‗la», deb yozadi Bobur. Xiroj, ya‘ni yer solig‗i ikki toifaga bo‗lingan: 
muqassam va muvazzar. Birinchisi, olingan hosilning miqdoriga bog‗liq 
bo‗lib,  uchdan  birdan-yarimgacha  teng  bo‗lgan,  ikkinchi  esa,  soliq 
solinadigan  yerning  maydoniga  bog‗liq  ravishda  olingan.  Yerni 
sug‗orish masalalari Sharqda o‗ta muhim edi, chunki ob-havo nihoyatda 
quruq  va  issiq,  yer-tuproq  sharoiti  sun‘iy  sug‗orishni  talab  etganligidan 
sug‗oriladigan yerlar, tabiiyki, lalmikor yerlardan ko‗p hosil bergan. Shu 
sababli suv solig‗i ham bo‗lgan. Suv solig‗i quyidagicha olingan: «agar 
sug‗orish  davrida  chig‗ir  qursang,  olgan  hosilning  o‗ndan  birining 
yarmini  (5%)  soliq  uchun  to‗lashing  kerak»,  ya‘ni  sug‗oriladigan 
yerlarga  sarf-xarajat  hisobga  olingan  va  bu  mantiqan  to‗g‗ridir. 
Umuman  olganda,  bu  davrda  soliq  va  boshqa  yig‗imlar  tamomila 
islomiy shariatga to‗la rioya qilingan holda olingan.  
Nisobga  yetgan  miqdordagi  mol-mulkdan  Qur‘oni  Karim, 
Muxtasar, Hidoya va boshqa manbalarda qat‘iy belgilab qo‗yilgan qismi 
ixtiyoriy  ravishda  miskinlarga  berilgan,  masalan,  boqiladigan  mollar, 
ya‘ni  echki,  tuya,  sigir,  otlardan,  xususan,  qo‗ylardan  soliq  (zakot) 
quyidagicha  olingan:  40  qo‗ydan  bitta  (2,5%),  120  tasidan  ikkita,  201 
dan  boshlab  uchta,  400  dan  ortiq  bo‗lsa  har  100  qo‗ydan  bittasi  zakot 
qilib  berilgan.  Shuningdek,  «Boburnoma»da  bir  yurt  tovarining  boshqa 
yurtlarga  olib  borilishi,  almashuvi,  aholi  ehtiyojlarining  qondirlishi  va 
ularning  iqtisodiyot  ravnaqidagi  ahamiyati  to‗la  bayon  qilinadi.  Bobur 
savdo-sotiqning  xalqlar  o‗rtasidagi  bebaho  ahamiyatini  juda  chuqur 
tushunar edi.  
Shuning  uchun  ham  u  savdo  karvonlarini  yo‗llarda  talash, 
bosqinchilik  qilish,  mol-mulkiga  ziyon  yetkazish  kabi  salbiy  illatlarga 
ayovsiz  munosabatda  bo‗lgan.  Bu  siyosat  Amir  Temur,  Ulug‗bek  va 
boshqa  temuriylar  siyosati  bilan  ma‘lum.  O‗sha  davrda  Bobur 
savdogarlardan  olinadigan  savdo  yig‗imining  ham  adolatli  va  xolisona 
tashkil  qilinishiga  katta  ahamiyat  bergan.  Musulmon  savdogarlarining 


75 
savdo  aylanmasidan  savdo  yig‗imi  20  misqol  (4,5  gramm)  oltindan  1 
misqoli  shaklida  olingan,  eng  muhimi  soliq  hissasi  daromad  hissasiga 
nisbatan  kamayib  borgan,  ya‘ni  daromad  ko‗payishi  bilan  soliq 
kamaygan  va  boylik  jamg‗aruvchilar  uchun  o‗ta  manfaatli  bo‗lgan. 
Hozirgi  davrda  ham  mana  shu  siyosatni  qo‗llash  foydadan  xoli  emas. 
Chet  ellik  savdogarlardan  olinadigan  yig‗im  esa  ularning  qaysi 
yurtlardan 
kelganligiga 
bog‗liq 
bo‗lgan. 
Agar 
ular 
islom 
mamlakatlaridan  kelgan  bo‗lsalar,  barcha  daromadlarining  yigirmadan 
bir  qismi  (5%)  miqdorida  soliq  olingan.  Musulmon  bo‗lmagan 
mamlakatlardan  kelgan  savdogarlardan  olinadigan  soliq  miqdori  shu 
mamlakatlarda  musulmon  savdogarlaridan  olinadigan  soliq  miqdoriga 
tenglashtirilgan.  Naqadar  adolatli  va  foydali  soliq  tizimi.  Bobur  ishlab 
chiqqan  soliq  siyosati  uzoq  yillar  davomida  qo‗llanib  kelindi  va 
mamlakatning  iqtisodiy  taraqqiyotiga  ijobiy  ta‘sir  etdi.  Bu  esa  Bobur 
iqtisodiy  g‗oyalarining  juda  chuqur  ilmiy  asosga  suyanganligi,  uzoqni 
ko‗zlovchi  salohiyatga  ega  ekanligidan  dalolat  beradi.  Bunday  ilmiy 
salohiyat  uning  vorislari,  hamyurtlari  bo‗lgan-bizlarda  unga  nisbatan 
yanada chuqur hurmat va faxrlanish hissini uyg‗otadi.  
Ulug‗  bobokalonimiz,  vatandoshimiz  qoldirgan  iqtisodiy  g‗oyalar 
va  iqtisodiy  tafakkur  merosi,  u  yurgizgan  iqtisodiy  siyosat  tizimi 
mustaqilligimizni  mustahkamlashda,  bugungi  kurashimizda  qudratli 
ma‘naviy  tayanch  bo‗lishga  xizmat  qiladi.  Mirzo  Bobur  iqtisodiy 
dunyoqarashini  o‗rganish,  uning  iqtisodiyotga  oid  qarashlarini  tadqiq 
etish  hamda  imkon  darajasida  bugungi  hayotimizga  tatbiq  qilish 
foydadan  xoli  emas.  Shunisi  diqqatga  sazovorki,  Bobur  podshohligi 
davrida  mamlakatga  vino  keltirish  taqiqlangan,  ya‘ni  iqtisodiyotda 
proteksionizm  siyosati  qo‗llanilgan.  Boburdan  keyin  uning  o‗g‗li 
Xumoyun,  keyinchalik  nevarasi  Akbarshoh  Jaloliddin  (1542-1605) 
1556-1605-yillari  Hindistonda  muvaffaqiyatli  podshohlik  qilgan. 
Akbarshoh  tomonidan  1574-yildan  boshlab  islohotlar  o‗tkazdi, 
dehqonlarga  yagona  soliq  kiritdi,  yagona  uzunlik  va  og‗irlik 


76 
o‗lchovlarini  joriy  qildi.  Bu  shoh  to‗g‗risida  1601-yil  «Akbarnoma» 
kitobi chop etildi, unda mamlakatdagi soliq tartibi o‗z aksini topgan.  
1994-yilda  Toshkentda  bosilgan  «Shoh  Akbar  va  Dono  Birbal» 
nomli  to‗plamda  ko‗rsatilishicha  XVI  asrning  ikkinchi  yarmi  va  XVII 
asrning  boshlarida  Hindistonda  hukmronlik  qilgan  Akbarshoh  bobosi 
Bobur  an‘analarini  izchil  davom  ettirib,  hindlar  bilan  musulmonlar 
o‗rtasida  birodarlik  munosabatlarini  o‗rnatish  yo‗lida  jonbozlik 
ko‗rsatgan. Akbarshoh boshqargan davlatda Birbal nufuzli amaldor edi. 
Akbar bu dono va zukko hind amaldoriga alohida mehr bilan qarab, uni 
har tomonlama e‘zozlagan.  
Birbal  ham  Akbarshohning  odilona  siyosatini  amalga  oshirish 
sohasida  sidqidillik  bilan  xizmat  qilgan.  Akbar  va  Birbalning  o‗zaro 
suhbatlarida izhor etilgan har ikki tarixiy shaxsning iqtisodiy qarashlari 
alohida  diqqatga  sazovordir.  Unda  insonlardagi  halollik  va  insof  bilan 
birga  ayrim  amaldorlarning  vijdonsizliklari  iqtisodiy  tomondan  tahlil 
qilinadi,  feodalizm  sharoitida  murakkab  iqtisodiy  muammolarning 
yechimini  topishga  harakat  qilinadi.  «Podshohning  besh  savoli» 
hikoyasida  Birbalning  chuqur  iqtisodiy  tafakkurga  ega  ekanligi 
namoyon bo‗ladi. «Ulug‗ ma‘bud Indiradir»,- deb so‗z boshlaydi u.  
Uning amri bilan  yomg‗ir  yerni sug‗oradi, bug‗doy unadi, odamlar 
to‗kin va to‗q yashaydilar. Buzoqlar qadr-qimmatlidir, u odamlarga ko‗p 
foyda  keltiradi.  Eng  qimmatli  gul  -paxtaning  guli.  Undan  mato 
to‗qiydilar.  U  butun  olam  odamlarini  kiyintiradi.  Omochning  tishidan 
ulug‗  tish  yo‗q.  Chunki  u  yer  bag‗rini  yoradi,  shundan  keyin  don  va 
sabzavot ekiladi, odamlarni to‗ydiradi. Ulug‗ fazilat esa jasoratdir.  
Agar  inson  jasoratsiz  bo‗lsa,  uning  fazilatlaridan  foyda  yo‗qdir. 
Jasorat bu mehnat. Inson hayotida faqat ziroat ekinlarini yetishtirishdagi 
mehnatgina emas, balki hunarmandlar mehnati ham alohida ahamiyatga 
ega.  Bu  borada  «Inson  qo‗li  gul»  hikoyasi  yanada  qiziqarlidir.  Birbal 
bog‗bonni chaqirtiribdi va buyuribdi: -ertaga bog‗ va  gulzorlardagi eng 


77 
chiroyli  va  yaxshi  gul  bilan  o‗zing  yetishtirgan  mevalardan  olib, 
shohning huzuriga borasan.  
Shoh  bog‗bondan  meva  va  gullarning  narxini  so‗raganda,  u:  -
Olampanoh!  Biz  bu  mo‗jizalarni  bunyod  qilish  uchun  ko‗p  vaqt 
sarfladik.  Xullas,  bu  noyob  narsalar  uchun  ming  rupiy  so‗raymiz. 
Podsho  ming  rupiy  beribdi.  Bu  bahoga  yakun  yasab,  Birbal 
quyidagilarni  aytibdi:  «Siz  yaqinda  tabiat  yaratgan  narsalarning  inson 
qo‗li  bilan  yaratilganidan  yaxshi  va  qimmatli  ekanini  aytgan  edingiz, 
men sizga insonning qo‗li gul ekanini, uning iqtidori yaratgan mo‗jizalar 
tabiatnikidan  go‗zal  bo‗lishi  mumkinligini  isbotlashga  va‘da  bergan 
edim.  Bugun  mening  niyatim  amalga  oshdi:  Siz  mirishkor  bog‗bon 
yaratgan  mevalar  va  gullar  uchun  ming  rupiy  to‗ladingiz,  ammo 
tabiiylariga  atigi  yigirma  besh  rupiy  berdingiz».  «Mehnatni  qadrlash 
hayotni  saqlar»  hikoyasida  insho  etilishicha,  shoh  Akbar  bilan  Birbal 
yoshlik  davrlarni  eslab,  eski  uylariga  borishibdi.  Yaxshi  niyat  bilan  bir 
paytlar  sada  daraxtining  tagiga  xazina  yashirishgan  ekan.  Kavlashsa, 
yerga  ko‗milgan  oltin  qanday  bo‗lsa  shundayligicha  turganmish. 
Boylikni  olishib,  yo‗llarida  davom  etisharkan,  ko‗zlari  eski  uylariga 
tutash  bir  kulbada  o‗sha  paytlarda  yashagan  munkillagan  bir  kampirga 
tushibdi.  Kampir  shu  kungacha  kunni  kun  demay  odamlarga  qo‗l 
tegirmonida  donni  yanchib  berarkan.  Ko‗rinishi  ham  o‗zgarmabdi. 
Avvalgidek qo‗l tegirmonni aylantirib yotganmish. So‗ng ular kampirga 
rahmi kelib, bundan keyin rohatda yashang deb, ko‗mgan boyliklarining 
hammasini in‘om  qilishibdi. Kampirning qarilik yillari rohat-farog‗otda 
o‗tadigan bo‗libdi. Keyinchalik ma‘lum bo‗lishicha, shoh Akbar yoshlik 
davrida  kampir  160  yoshda  ekan,  shu  davrdan  beri  50  yil  o‗tibdi. 
Shundan keyin Birbal mehnatni ardoqlash uzoq umr ko‗rish shartlaridan 
biri  ekanligi  haqidagi  qisqacha  xulosalarga  kelibdi.  Hikoyalarning 
ba‘zilari 
o‗sha  davrdagi  tovar-pul  munosabatlari  masalalariga 
bag‗ishlangan.  «Firibgar  kema  egasi»  hikoyasiga  ko‗ra  Birbal 
Hindistonning Bengal viloyatidan kemada mol olib kelgan savdogarning 


78 
shikoyatini  eshitib,  kema  egasi  besh  ming  rupiylik  molni  o‗ziniki  qilib 
olmoqchi  bo‗lganini  tekshiradi  va  unga  quyidagi  savollarni  beradi. 
«Agar  mevalar,  ziravorlar  haqiqatan  seniki  bo‗lsa,  ularni  zarariga 
sotishga  rozi  bo‗larmiding?»  Kema  egasi  dengizchilarni  ham  yo‗ldan 
urganligini  isbotlaydi.  Savdogarga  pul  qaytarib  beriladi  va  adolat 
tiklanadi.  
«Tentaklar  ro‗yxati»  hikosida  shoh  Akbarning  zotli  otlarni  sotib 
olgani,  otlar  unga  juda  yoqib  qolgani,  yana  shunday  otlar  keltirishni 
buyurib,  1000  rupiy  garov  puli  bergani  hikoya  qilinadi.  Lekin  shoh 
Akbar  shuncha  pul  berib,  savdogarni  qaysi  yurtdan,  qaysi  shahardan 
ekanligini  so‗ramagan,  savdoda  xatoga  yo‗l  qo‗ygan  edi.  Savdogar  esa 
muttahamlik  qilib,  qaytib  kelmagan.  Shunda  Birbal  tovar-pul 
munosabatlaridagi  bu  kamchilikni  aytib  o‗tadi.  Savdolashganda  xorij 
savdogar  sotib  olgan  mol  qaysi  yurtdan,  qaysi  shahardan  ekanini, 
savdogarning  nomini  so‗rash  lozimligini  ta‘kidlaydi.  «Hozir  nima 
harakatda»  hikoyasida  ayonlardan  biri  quyosh,  ikkinchisi  er,  yana  biri 
oy,  deb  javob  bergani  bayon  etiladi.  Lekin  shoh  Akbar  javoblarga 
qanoatlanmaydi.  
Birbal  quyidagi  javobni  beradi:  «Hozir,  -  deydi  Birbal,  sudxo‗r 
qarzga bergan pullarning foydasi harakatda. Axir bu pullar hech qachon 
tinch yotmaydi. Aksincha, kundan kunga tezligi oshib boradi». Bu javob 
shoh Akbarga ma‘qul tushadi, chunki Hindistonda qarzga olingan pullar 
qanchalik  qo‗shimcha  foyda  bilan  qaytarilib,  dehqonlarni  xonavayron 
qilishi  hammaga  ma‘lum  edi.  Bu  yerda  gap  kapital  aylanishi  va  foiz 
stavkasi  bilan  bog‗liq  voqea  haqida  borayapti.  Dehqonlar  olgan 
qarzlarini  yuqori  foizlarda  qaytarishi  salbiy  hodisa  sifatida  qoralanadi. 
Demak,  hozirgi  davrdagi  adolatli  kredit  masalalari  yoritiladi.  Birbal 
yashagan davrda hali statistika fani vujudga kelmagan  edi. Lekin hayot 
statistik  jumboqlarni  keltirib  chiqarar  edi.  Kunlardan  bir  kun  podshoh 
saroy yig‗inida har bir mulozimidan: - Dehlida nechta qarg‗a bor? - deb 
so‗rab  qoladi.  Hech  kim  javob  bera  olmaydi.  Birbal  shunday  javob 


79 
beribdi: -O‗tgan yili  men hisob-kitob qilib, Dehlida uch  ming besh yuz 
sakson beshta qarg‗a borligini aniqlagan edim. Shoh Akbar shubhalanib, 
o‗tgan yili qaysi oyda hisob qilgan eding? - deb savol beribdi va qo‗shib 
qo‗yibdi:  -  agar  Dehlidagi  qarg‗alarning  soni  bittaga  ko‗p  yoki  kam 
chiqsa uch  ming besh yuz sakson besh rupiy jarima to‗laysan. Shuning 
uchun  kechgacha  o‗ylab,  menga  aniq  javob  ber,  -  debdi  shoh.  -Mening 
hisobim  to‗ppa-to‗g‗ri,  qat‘iyat  bilan  gapiribdi  Birbal,  -  «qayta 
sanaganda  ham  shu  sonning  chiqishiga  aminman,  faqat  ayrim 
qarg‗alarning  qayergadir  mehmonga  uchib  ketishi  va  boshqalarning  bu 
yerga uchib kelishi mumkin ekanligini nazarda tutsak bas». Bu javobda 
Birbal  birinchidan,  Dehlidagi  barcha  qarg‗alarni  sanab  bo‗lmasligini 
ko‗zda tutgan, shu bilan birga qarg‗alar ko‗payib, yozda sovuq joylarga 
uchib  ketishini  esdan  chiqarmagan.  Bu  misol  Birbalda  statistikaning 
dastlabki kurtaklari mavjudligidan dalolat beradi.  
«Haqiqat  qo‗ng‗irog‗i»  hikoyasida  shoh  Akbarning  juda  adolatli 
hukmdor ekanligi o‗z ifodasini topgan. Xalqning mushkulini oson qilish 
maqsadida, u shahardagi maydonga bitta ustun o‗rnatib, qo‗ng‗iroq osib 
qo‗yishni  buyuribdi.  Saroygacha  uzun  arqon  torttirib,  bu  yerga  ham 
qo‗ng‗iroq  ostiribdi.  Maydondagi  arqon  tortilsa,  saroydagi  qo‗ng‗iroq 
ham  jaranglar  ekan.  Saratonning  jazirama  kunlaridan  birida  qo‗ng‗iroq 
jaranglab  qolibdi.  Ho‗kiz  qo‗ng‗iroq  ipini  tortgan  ekan.  Ho‗kiz-
ho‗kizda.  U  gapirarmidi,  shoh  qarshisida  mo‗ltillab  turganmish,  xolos. 
Shoh  Birbalga  «Ho‗kizning  arzi  bor,  dardini  bilib,  menga  xabar  ber», 
debdi.  Birbal  ho‗kizning  yelkasini  silab,  uning  ko‗zlariga  tikilibdi. 
Keyin  shohga  xo‗kizning  dilidagi  qarzini  quyidagicha  tarjima  qilib 
beribdi:  «Men  qaridim,  ish  qilishga  kuchim  yetmay  qoldi.  Quvvatim 
borligida xo‗jayinim meni erkalardi, yem bilan siylardi.  
Endi  bo‗lsa  ko‗chaga  haydadi,  qarib  holdan  toygan  bir  paytda 
qayerdan  ham  panoh  topaman,-deyapti»,  debdi.  «Ho‗kizning  egasi 
topilganidan  keyin  Birbal  savol  beribdi:  -Nega  bog‗lab  qo‗ymadingiz? 
Savdogar  javob  beribdi:  -Janob  vazir,  u  menga  endi  kerak  emas. 


80 
Shuncha  yil  davomida  qilgan  xizmati  bilan  to‗lagan  haqini  tiyin-
tiyinigacha oqladi. -Vaqti-soati kelib sen ham qariysan va ishga yaramay 
qolasan. Farzandlaring seni uydan haydab chiqaradi. Aytchi, ularning bu 
ishi adolatdan bo‗ladimi?-deb so‗rabdi Birbal. -O‗z otasini qanday qilib 
haydashsin? - ajablanibdi savdogar.  
Bir  eslab  ko‗rchi,  bu  jonivor  senga  qanchalar  xizmat  qildi.  Nahot 
qilgan  andishasizligingdan  vijdoning  azoblanmasa.  Bu  tilsiz  maxluq 
butun  quvvatini  senga  sadoqat  bilan  xizmat  qilishga  sarflasayu,  sen 
uning  yaxshiligiga  shunday  javob  qaytarsang.  Unga  hozir  ham 
achinmayapsan.  Xullas,  bu  ho‗kizni  shoh  molxonasiga  qo‗yib 
yuboramiz.  Uni  boqish  uchun  sen  har  oyda  besh  rupiy  haq  to‗laysan. 
Savdogar  pulni  to‗laydigan  bo‗libdi.  Bu  hikoya  o‗z  davrida  va  undan 
keyin  ham  katta  tarbiyaviy  ahamiyatga  ega  bo‗lgan.  Xizmatkorlarni 
ishlatib,  haqini  to‗lamaganlarga  tegishli  fikr  ilgari  suriladi  va  ularga 
insofli bo‗lish kerakligi to‗g‗risida qisqacha xulosalar chiqariladi.  
 

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish