Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/233
Sana01.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#134878
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   233
Bog'liq
Ш.Ташматов. Иктисодий таълимотлар тарихи

 
16.4. Raqobat ustunligi nazariyasi 
 
Hozirgi  davrda  xalqaro  savdo  nazariyasida  raqobatda  ustunlikka 
erishish,  uni  ushlab  turish  muammosi  birinchi  o‗rinda  turadi.  Jahon 
bozorida  peshqadamlikni  qo‗ldan  bermaslik  uchun  yuqori  sifatli 
mahsulotlarni  taklif  qilish  va  baholi  raqobatga  bardosh  berish  qurbiga 
ega  bo‗lish  kerak.  Shu  narsa  ayonki,  hech  bir  mamlakat  tovar  va 
xizmatlarning  barcha  turlari  bo‗yicha  raqobatbardosh  bo‗lishi  mumkin 
emas.  Hech  bir  mamlakat  o‗zi  uchun  mumkin  bo‗lgan  raqobatdagi 
ustunlikni  doimo  saqlab  turishga  kafolat  bera  olmaydi.  Raqobatdagi 
ustunlikka  erishish  ilm-fan,  texnika,  texnologik  yangiliklar  asosida 
qo‗lga kiritiladi va keskinlashib boradi.  
Alohida firmalar qo‗lga kiritilgan ustunlikni yangi texnologiyalardan 
foydala-nish,  yangi  ishlab  chiqarish  jarayonlarini  tashkil  etish,  ishni 
samarali olib borish yo‗li bilan ushlab turadi. 
Davlatning  raqobat  ustunligini  yaratishdagi  qo‗llab-quvvatlashi, 
o‗zgaruv-chan va samarali tashqi siyosatning roli katta. Bunday siyosat 
korxonalar  faoliya-tini  muvofiqlashtirish  va  rag‗batlantirishga,  qulay 
shart-sharoitlarni  yaratishga  qaratilgan.  Chet  el  raqobatchilari  oldida 
ustunlikni  qo‗lga  kiritish  va  ushlab  turishni  korxonalar  o‗zlari  amalga 
oshirishi kerak. 


306 
Ishlab  chiqarish  omillariga  suyangan  holda  jahon  bozorida  u  yoki 
bu mamlakatning ustunlikni qo‗lga kiritishi o‗ziga xos xususiyatga ega. 
Ishlab  chiqarish  omillarining  o‗zi  borgan  sari  o‗zgaruvchan,  ko‗chib 
yuruvchan  bo‗lib  boradi.  Kapital  investitsiya  qilinadi  va  boshqa 
mamlakatlarga  oqib  o‗tadi;  ishchi  kuchi  ish  haqi  ancha  yuqori,  mehnat 
sharoiti  ancha  yaxshi  mamlakatlarga  ko‗chib  o‗tadi;  fan-texnika 
yangiliklari  ham  eksport,  ham  import  qilinadi.  Ishlab  chiqarish 
omillarining  xalqaro  harakati  nazariyasi  o‗zining  maxsus  xususiyatga 
ega.  Shu  bilan  birga  bu  yerda  ham  xalqaro  tovar  va  xizmatlar  savdosi 
sohasidagi rag‗batlan-tirish va qonuniyatlar deyarli bir xil amal qiladi. 
Tashqi savdo munosabatlari va ishlab chiqarish omillarining xalqaro 
harakati  konsepsiyalarida  va  olib  borayotgan  siyosatida  asosiy  qoidalar 
hisobga  olinadi.  Odatda,  mamlakat  iqtisodiyoti  eksport  kvotasi 
miqdoriga  bog‗likligi  nazarda  tutiladi.  Kichkina  mamlakatlarda  odatda, 
bunday  kvota  yuqori,  negaki  bu  mamlakatlarning  iqtisodiyoti  tashqi 
savdoga ancha katta darajada bog‗liq bo‗ladi. Shu narsa ham ayonki, har 
qanday  mamlakat  milliy  xo‗jaligining  holati  tashqi  savdo  va  to‗lov 
balansini  aniqlab  beradi.  Agar  eksport  importdan  ancha  ortib  ketsa 
mamlakatning  to‗lov  balansi  tanqisligi  kuchayadi,  bu  uni  tashqaridan 
qarz  olishga  majbur  etadi.  Natijada  bunday  mamlakatning  qarzlari 
hamda, har xil salbiy oqibatlar kuchayadi.  
Shu  narsani  qayd  qilib  o‗tish  kerakki,  tashqi  savdo  va  tashqi 
iqtisodiy  aloqalar  samaradorligini  bir  xil  baholab  bo‗lmaydi.  Bu  yerda 
universal  mezon  amal  qilmaydi.  Samaradorlik  va  foydalilik  nafaqat 
tashqi  valyuta  tushumlariga  bog‗liq,  balki  jahon  va  ichki  narxlar 
dinamikasiga, savdo operatsiyalari miqyosiga, hisob-kitob tizimiga ham 
bog‗liq.  Tashqi  savdo  nazariyalari  va  siyosati  ildizi  odatda,  to‗lov 
balansi  holatiga  borib  taqaladi.  To‗lov  balansi  milliy  valyutaning 
ishonchli  va  barqarorligini,  mamlakatning  moliyaviy  majburiyatlari  va 
qarzlari  bo‗yicha  hisob-kitob  qilish  qurbiga  ega  ekanligini,  iqtisodiy 


307 
siyosat samaradorligini baholashni, tashqi iqtisodiy aloqalarning amaliy 
ahamiyatini ko‗rsatib beradi.  
Hozirgi  davrda  jahon  savdosining  xalqaro  kapital  harakatiga 
bog‗liqligi  kuchayib  bormoqda.  Jahon  kapitali  oqimi  tovarlar  oqimidan 
oshib  borayapti.  Xalqaro  kapital  oqimining  kuchayishi  yevrovalyuta 
bozori  va  xalqaro  obligatsiyalar  bozorida  namoyon  bo‗lmoqda,  bu 
bozorlarning ko‗lami ancha kengaymoqda. 
Yuqoridagilardan  kelib  chiqqan  holda  xulosa  qilib  shuni  aytish 
mumkinki,  samarali  tashqi  savdoga,  uning  dinamikasi  va  tuzilishiga 
ta‘sir  etuvchi  turli-tuman  omillarning  barchasini  hisobga  oladigan 
amaliyotda  bironta  ta‘limot  amal  qilmay-di.  Iqtisodiy  nazariyalarda 
tajribalar  umumlashtiriladi,  prinsiplar  shakllantiriladi,  kerakli  xulosalar 
chiqariladi,  lekin  tayyor  andozalar  yo‗q.  Hamma  qabul  qilgan,  yagona 
xalqaro ayirboshlash nazariyasi amal qilmaydi. 
 

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish