Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Fransiyadagi  keynschilik  xususiyatlari



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/233
Sana01.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#134878
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   233
Bog'liq
Ш.Ташматов. Иктисодий таълимотлар тарихи

Fransiyadagi  keynschilik  xususiyatlari.  XX  asrning  40-yillari 
Keyns  g‗oyalari  Fransiyada  ham  shuhrat  qozondi.  Keyns  g‗oyalarini 
to‗laligicha  (G.Ardan,  P.Mendes-Frans)  qabul  qilganlar  ham  bo‗ldi. 
Ba‘zilari  (F.Perru)  ssuda  foizini  tartibga  solishni  samarasiz,  deb 
hisobladilar, bundan ko‗ra iqtisodiyotni rejalashtirish taklif etildi. Bunda 
davlat  yo‗li  bilan  tartibga  solishni  monopolistik  kapitalning  xususiy 
manfaatlariga  moslashtirish  kerak,  deyiladi.  Fransuz  olimlari  imperativ 
va  indikativ  rejalashtirishni  ajratishadi.  Imperativ  rejalar  direktiv 
xarakterga ega (sotsialistik rejalashtirish).  Indikativ rejalashtirishda reja 
markazi  asosiy  maqsadlarni  belgilaydi  va  turli  uslublar  bilan 
tadbirkorlarni  ma‘lum  xatti-harakatlarga  yo‗naltiradi.  Ular  faqat  davlat 
sektoridagi korxonalar uchun zaruriy hisoblanadi (Hindiston, Malayziya 
va  boshqa  bir  qancha  kapitalistik  mamlakatlarda  shu  usul  qo‗llaniladi). 
Hozirda 
uzoq 
muddatli 
prognozlar 
va 
rejalar 
tuzish 
keng 
qo‗llanilmoqda.  
Keyns  uslubi  kapitalizmdagi  iqtisodiy  inqirozlarning  oldini  olishga 
qaratilgan  edi,  ammo  II  Jahon  urushidan  keyin  AQSh  va  boshqa 
mamlakatlarda  bu  inqirozlar  davom  etmoqda.  1948-1949,  1953-1954, 
1957-5198,  1960-1961,  1967,  1969-1971,  1974-1975  va  1981-1982-
yillardagi hamda boshqa inqirozlar bu fikrimizning dalilidir.  
Bular  Keyns  ta‘limotini  tanqid  qilish  uchun  asos  bo‗ldi.  Masalan, 
S.Harrisning  fikricha  Keyns  barcha  qiyinchiliklarni  hisobga  ola 
olmagan,  masalan,  to‗la  bandlikka  erishish  haqida  gap  boradi-yu, 
qanday  qilib  uni  doimo  ta‘minlash  haqida  taklif  yo‗q,  inflyatsiyaning 
eng katta darajasi noaniq, davlat qarzlarining chegarasi ham berilmagan.  
Keyinchalik  yangi  keynschilik  o‗rniga  postkeynschilik  vujudga 
keldi.  Ingliz  iqtisodchilari  J.Robinson,  N.Kaldor,  P.Sraffa,  amerikalik 
olimlar  A.Egner,  S.Vayntraub  mana  shu  postkeynschilar  guruhiga 
kiradilar.  Ular  kapitalistik  tizimning  ichki  turg‗unligi  konsepsiyasini 
tanqid  qiladilar,  Keyns  bo‗yicha  go‗yoki,  asosiy  g‗oya  kapitalistik 
iqtisodiyotning  noturg‗unligi  bo‗lgan.  Yangi  keynschilik  g‗oyalari  ham 


243 
tanqid ostiga olinar ekan,  agar boshqa olimlar  Keyns g‗oyalarini statik, 
ya‘ni  turg‗un  deb  qarasalar,  ular  bu  ta‘limotni  dinamik,  ya‘ni 
harakatchan nazariya, deb qaraydilar.  
Postkeynschilarning  avvalgi  davrda  paydo  bo‗lgan  «yuqori  naf», 
«ishlab  chiqarish  omillarining  eng  yuqori  unumi»  nazariyalarini  tanqid 
qilishi  xarakterlidir.  Ular  o‗z  g‗oyalarini  D.Rikardoning  qiymat 
qonuniga  asoslanib  ilgari  suradilar.  Ularga  polshalik  iqtisodchi 
M.Kaletskiyning taqsimot konsepsiyasi qo‗l keldi. Investitsiyalar o‗sishi 
bilan  ayrim  sinflar  iste‘molining  hissalari  o‗rtasidagi  bog‗lanish 
qonuniyati  qarab  chiqiladi.  Postkeynschilar  o‗z  tadqiqotlariga  ijtimoiy-
iqtisodiy institutlar,  masalan, kasaba  uyushmalari  rolini ham  kiritadilar. 
Bu  ta‘limotda  o‗sish  va  taqsimot  muammolari  markaziy  o‗rinni 
egallaydi.  Ishlab  chiqarishda  o‗sish  sur‘atlari  milliy  daromadning 
taqsimotiga  bog‗liq,  daromad  va  uning  o‗sishi  esa  jamg‗armaga, 
umumiy  jamg‗arma  esa  ish  haqi  va  foydadan  jamg‗arilgan  jami 
summaga  bog‗liq.  «Jamg‗arishga  moyillik»  har  kimda  har  xil  bo‗lgani 
sababli  taqsimotdagi  o‗zgarishlar  jamg‗armaning  umumiy  summasiga 
ta‘sir  etadi.  Demak,  milliy  daromadni  taqsimlash  uning  o‗sishiga  ta‘sir 
qiladi. Undan tashqari milliy daromadni taqsimlash kapital jamg‗arilishi 
funksiyasi hisoblanadi. Kapitalning jamg‗arilish sur‘ati foyda normasini 
belgilaydi va demak, milliy daromaddagi foyda normasini aniqlaydi. Ish 
haqi  hissasi  qoldiq  miqdor  sifatida  qaraladi,  ammo  ishchilar  kurashi  bu 
nisbatga  ma‘lum  o‗zgartirish  kiritishi  mumkin.  Bu  yo‗nalish 
tarafdorlarining fikri real haqiqatga ancha yaqin g‗oyalar hisoblanadi.  
Postkeynschilar  iqtisodiy  siyosatlarda  kapitalistik  iqtisodiyotni 
tartibga solish  mexanizmini yanada  takomillashtirish tarafdorlari edilar. 
Ko‗pchilik  «daromadlar  siyosati»ni  oqlaydi,  chunki  bu  yo‗l  bilan 
inflyatsiyaga qarshi kurashish mumkin.  
Keyns  g‗oyalarini  neoklassik  yo‗nalish  bilan  yaqinlashtirishga 
intiluvchilar  ko‗p  bo‗lgan.  Ular  orasida  A.Piguning  xizmatlari  katta. 
Uning  fikricha  inqirozlarning  asosiy  sababi  bu  ish  haqining  kam 


244 
egiluvchanligidir.  Bandlik  to‗la  bo‗lmagan  holda  makroitisodiy 
muvozanat faqat ish haqi va baholarning elastik (qayishqoq) bo‗lmagan 
holatida mumkin, deb qaraladi.  
Hozirgi 
davr 
keynschiligida 
ikkita 
tendensiya 
hukmron 
hisoblanadi:  1)  AQSHning  bir  qator  iqtisodchilari  nomi  bilan  bog‗liq 
amerika  keynschilari  va  2)  avvalo,  Fransuz  tadqiqotchilari  nomi  bilan 
bog‗liq Yevropa keynschilari.  

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish