Intellektual mulk
–
buintellektual faoliyat natijalari va xo‘jalik
aloqalari ishtirokchilarining individuallashtirish vositalaridir. Intellektualmulk
obyektlariga ixtirolar, foydali modellar, sanoatnamunalari, tovar belgilari,
hizmat ko‘rsatish belgilari, firma nomlari, tijorat nomlari va belgilari kiradi.
Bundan tashqari, bu ro‘yxatga adabiy, badiiy va ilmiy asarlarni,
xonandalarning ijro faoliyatini, fonogramma va radioeshtirishlarni kiritish
qabul qilingan). Intellektual mulk “adabiy va badiiy mulk” va “sanoat mulki”
tushunchalariga nisbatan umumlashtiruvchi tushuncha hisoblanadi.
Internet do‘kon
– bu internet-biznes tuzilmasi bo‘lib, B2C (business to
customer), ya’ni «biznes-iste’molchi» yondashuvini amalga oshiradi. Internet-
kompaniyalarning biznes-strategiyasi reklama va elektron tijoratdan daromad
olishga qaratilgan bo‘ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |