Chiqish bosqichi – Exit
– bu bosqichda investor biznesdan chiqib ketishi
mumkin, kompaniya esa hech kimning yordamisiz o’z faoliyatini davom ettirishi
mumkin.
Tashqi moliyaviy mablag’larni jalb qilishning keng tarqalgan usullaridan biri
moliyaviy royalty (
Royalty Financing
) hisoblanadi. Bunda investor ustav kapitalda
ulush emas, balki kelishilgan vaqt davomida daromaddan ma’lum bir qismini olish
bo’yicha shartnoma tuzadi. Bunday kelishuvlar odatda loyihaga investitsya
qilingan summa miqdoridan 3-6% ko‘proq pulni qaytarib olishni ko’zda tutgan
holda tuziladi. Ushbu moliyalashtirish usulida kichik biznes egalari biznesga
bolgan egalikni saqlab qoladilar. Bu usulda moliyalashtirishga erishishda
investorni kelajak mahsulotning foyda bera olishiga ishontirish kerak bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |