Toshkent moliya instituti moliya fakulteti "davlatiy moliya" kafedrasi utanov asrorbek zokir o


Davlat qarzini boshqarish samaradorligini oshirish yo’llari



Download 400,93 Kb.
bet24/28
Sana29.12.2021
Hajmi400,93 Kb.
#85809
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
Utanov DIPLOM ready 9.06.2020

Davlat qarzini boshqarish samaradorligini oshirish yo’llari

Davlatning tashqi qarzlarini boshqarishning maqsadi bo’lib:



  • iqtisodiy;

  • siyosiy;

  • ijtimoiy;

  • milliy xavfsizlikni ta’minlash hisoblanadi.

Iqtisodiy maqsad bo’lib jalb qilinadigan tashqi zayom larning qiymatini minimallashtirish, ularni qayta moliyalashtirish yoki qarzlarni qayta rasmiylashtirish, tashqi qarzlarga xizmat ko’rsatish bo’yicha umumiy xarajatlarni kamaytirish va jalb qilinadigan resurslardan foydalanishning samaraliyligini oshirish hisoblanadi.

Siyosiy maqsad bo’lib mamlakatdagi siyosiy tizimning barqaror ishlab turishini ta’minlashdir.

Ijtimoiy maqsad bo’lib ijtimoiy dasturlarni o’z vaqtida mablag’ bilan ta’minlash va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdir.

Milliy xavfsizlikni ta’minlash bo’lib tashqi qarzning ortiqcha yuqori yuki, qarzlar bo’yicha to’lovlarni o’z vaqtida amalga oshirilmaslik milliy iqtisodiyotning ishlab turishida jiddiy qiyinchilarga olib kelishi, mustaqil iqtisodiy siyosat yuritish imkoniyatiga putur yetkazilishi va natijada mamlakatning iqtisodiy xavfsizligiga juda jiddiy ravishda ta’sir qiluvchi omil bo’lishligi xavfini oldini olishdir.

Xorijiy mamlakatlarda davlat qarzlarini samarali boshqarishning o’ziga xos xususiyatlari mavjud, jumladan, Yaponiya xalqaro instituti (International University of Japan)ning professori Koomin Kim AQSHda davlat qarzlarini boshqarishda uning o’ziga xos xususiyatlarini o’zining maqolasida quyidagicha ta’kidlaydi: “Umuman olganda, davlat va mahalliy boshqaruv organlarida davlat qarzlarini moliyalashtirishning asosiy maqsadi iqtisodiy rivojlanish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan kapital loyihalarini yoki davlat infratuzilmasini moliyalashtirishdir.”45

Davlat qarzini boshqarishning davriyligi uch bosqichni, ya’ni, jalb qilish, joylashtirish va qaytarish bosqichlarini o’z ichiga oladi. Davlat qarzlarini boshqarishning to’g’ridan to’g’ri davlat boshqaruviga asoslangan bo’lishi hamda davlat kafolatlarini berish va xususiy firmalar tomonidan kafolatlanmagan kreditlarni jalb qilishning me’yoriy-ma’muriy tartibga solish kabi bilvosita metodlarga asoslangan bo’lishi mumkin. Jalb qilingan qarzlarni to’g’ridan-to’g’ri boshqarishni byudjet jarayoni kontekstida amalga oshirilishi joriy byudjet yiliga davlat tomonidan mablag’larni jalb qilish va davlat kafolatlarining eng yuqori hajmini belgilash yo’li bilan amalga oshiriladi. Davlat qarzlarining joylashtirilishini boshqarish qarzlarni boshqarish tizimida eng muhim aktiv element sifatida tavsiflanadi.






45 Koomin Kim. The Social Science Journal 55 (2018) 359–368. https://www.sciencedirect.com/search?qs=state%20debt&show=25&sortBy=relevance

Jalb qilinadigan resurslarni ishlatishning usullarini moliyaviy joylashtirish, byudjetda foydalanish va aralash (byudjet-moliyaviy) joylashtirishlarga ajratish mumkin.

Tashqi manbalardan investitsiya dasturlarini va iqtisodiyotni rivojlantirishni moliyalashtirilishi jalb qilingan resurslarni moliyaviy joylashtirish usuli deb ataladi. Tashqi qarzlardan bunday foydalanish jalb qilingan resurslarni ishlatishning eng progressiv usuli hisoblanadi. Bunda eng samarali raqobatbardosh investitsiya dasturlarini tanlab olib, shu dasturlarga tashqaridan jalb qilingan resurslarni yo’naltirilishi olingan resurslarni qaytarilishini ta’minlaydi. Xorijdan jalb qilingan resurslar joriy byudjet xarajatlarini, shu jumladan, tashqi qarzga xizmat ko’rsatishni moliyalashtirishga yo’naltirilishi jalb qilingan resurslardan byudjetda foydalanish usuli deb ataladi. Bu usul xalqaro resurslar bozoridan jalb qilingan resurslardan foydalanishning amaldagi usullaridan eng kam samarali usuli hisoblanadi. Chetdan jalb qilingan resurslar joriy byudjet ehtiyojlariga hamda iqtisodiyotni umuman rivojlantirishga foydalanish jalb qilingan resurslardan foydalanishning aralash usuli deb ataladi.

Davlat qarzlarini qaytarish 3 ta asosiy manbalardan, ya’ni, byudjet hisobidan, mol-mulk hisobidan va yangidan mablag’ jalb qilish hisobidan amalga oshiriladi.

Davlat qarzlarini boshqarish doirasida davlat qarzi hisobi bo’yicha ikkita kitob yuritiladi. Davlatning tashqi qarzlari bo’yicha davlatning tashqi qarzlari kitobi va davlatning ichki qarzlari bo’yicha davlatning ichki qarzlar kitobi olib boriladi.

Davlat kreditlarini samarali boshqarish jarayonida:



  • qarz oluvchi uchun qarz qiymatini minimallashtirish;

  • bozorni davlatning zayomlar bo’yicha majburiyatlari bilan to’lib ketishiga va kursning keskin o’zgarib ketishiga yo’l qo’ymaslik;

  • jalb qilingan mablag’lardan samarali foydalanish va ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanishi ustidan nazorat;

  • kreditlarni o’z vaqtida qaytarilishini ta’minlash;

  • moliyaviy siyosat bilan belgilangan tadbirlarni imkon boricha yechish masalalari hal qilinadi.

Qarz oluvchi o’zi tuzgan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishi, xorijdan mablag’ jalb qilish to’g’risida tuzilgan shartnomalar hamda ular yuzasidan operatsiyalar haqida O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga, kafolatlangan qarzlar bo’yicha esa O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirli giga ham hisobotlar taqdim etishi hamda har bir alohida tashqi qarz bo’yicha qarzning to’liq to’langanligi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga xabar berishi shart hisoblanadi. Qarz oluvchi – bu xorijdan mablag’ jalb qilgan yoxud xorijdan mablag’ jalb qilish niyatini hujjat bilan tasdiqlagan O’zbekiston Respublikasi nomidan ish ko’ruvchi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki rezidentdir.

O’zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustdagi “Xorijdan mablag’ jalb qilish to’g’risida”gi qonuniga muvofiq qarz oluvchi rezident xorijdan mablag’ jalb qilish to’g’risidagi shartnomaga binoan o’z to’lov majburiyatlarini bajarmagan taqdirda uning qarzini to’lash haqida olingan majburiyat O’zbekiston Respublikasining kafolati hisoblanadi. Kafolatlarni berish tartibini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. O’zbekiston Respublikasi nomidan kafolatni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakil qilgan boshqa organ qarz oluvchi bilan tuzilgan shartnoma shartlari asosida beradi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o’zi bergan kafolatlar bilan bog’liq to’lovlarni amalga oshirgach, ana shu to’lovlar summasi hamda u bilan bog’liq xarajatlarni qarz oluvchidan so’zsiz undirib olish huquqiga ega.

Qarz oluvchi kafil oldidagi o’z shartnoma majburiyatlarini bajarmasa, u kafil bilan kelishmasdan foydani taqsimlashga hamda boshqa qarzlar bo’yicha to’lovlarni amalga oshirishga haqli emas.46 Davlatning tashqi qarzi bo’yicha qarz majburiyatlari yuzasidan to’lovlarni bajarish uchun kafolat fondi tuziladi. Kafolat fondini tashkil etish va uning mablag’laridan foydalanish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining o’zi kafolatlagan tashqi qarz bo’yicha majburiyatlari bilan bog’liq




46 M.Ostonaqulov. G’aznachilikka o’tish sharoitida davlat qarzlarini boshqarish. Iqtisod va moliya jurnali. №1 2011. 41-bet.

barcha to’lovlar kafolat fondi mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi. Kafolat fondining mablag’lari etishmagan taqdirda, etishmayotgan summa davlat byudjeti hisobidan to’ldiriladi.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasining davlat kafolati ham borki qarz oluvchi-rezident o’zidan undiriladigan summani qarz (kredit) berish kelishuvlarida belgilangan muddatda to’lamagan taqdirda O’zbekiston Respublikasining qarz beruvchi oldidagi qarzni to’liq yoki qisman to’lash majburiyati tushuniladi.

Davlat kafolatlari qarz beruvchilarga qarz oluvchi-rezidentlar o’zlari olgan kreditlar (qarzlar) bo’yicha majburiyatlarni bajarishining ta’minoti sifatida beriladi. Jismoniy shaxslarning majburiyatlari bo’yicha davlat kafolatlari berilmaydi.

Agarda ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi subyekt qilayotgan ishi davlat ahamiyatiga ega bo’lsa olingan mablag’ga davlat kafolati beriladi.

Kreditlar (qarzlar) bo’yicha davlat kafolatlari qarz oluvchi bilan tuzilgan shartnoma shartlari asosida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko’ra beriladi.

Kafil oldidagi shartnoma majburiyatlari qarz oluvchi tomonidan bajarilmagan taqdirda, u kafil bilan kelishmay turib foydani taqsimlashga hamda boshqa qarzlar bo’yicha to’lovlarni amalga oshirishga haqli emas.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat kafolatlarini rasmiylashtirish bo’yicha vakolatli organ hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi berilgan davlat kafolatlari bilan shart qilib qo’yilgan to’lovlarni amalga oshirgach, amalga oshirilgan to’lovlar va ular bilan bog’liq xarajatlar summasini qarz oluvchi-rezidentdan so’zsiz undirib olish huquqiga ega.

Davlat kafolatlarini rasmiylashtirish, berish, ro’yxatdan o’tkazish va ular bo’yicha majburiyatlarni bajarish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Agar rezidentlarning qarz majburiyatlari kafolatlanmagan bo’lsa, O’zbekiston Respublikasi ular yuzasidan javobgar bo’lmaydi.

Qarz oluvchi quyidagilarni bajarishi kerak, ya’ni:


  • o’zi tuzgan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishi;

  • xorijdan mablag’ jalb qilish to’g’risida tuzilgan shartnomalar hamda ular yuzasidan operatsiyalar haqida O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga, kafolatlangan qarzlar bo’yicha esa O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga ham hisobotlar taqdim etishi;

  • har bir alohida tashqi qarz bo’yicha qarzning to’liq to’langanligi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga xabar berishi shart.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki xalqaro moliya tashkilotlariga O’zbekiston Respublikasining tuzilgan shartnomalarga muvofiq xorijdan mablag’ jalb qilishi to’g’risida axborot taqdim yetadi. Shuningdek, xorijdan mablag’ jalb qilish to’g’risidagi shartnomalar bilan bog’liq masalalar yuzasidan qarz beruvchi bilan qarz oluvchi o’rtasida chiqqan bahslar, agar xalqaro shartnomalarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, sud tartibida yoki taraflarning kelishuviga ko’ra - xolislar tekshiruvi tartibida hal etiladi.

Umuman olganda davlat qarzlarini boshqarish samaradorligini oshirish orqali davlatning ijtimoiy, iqtisodiy va hattoki siyosiy masalalarda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolarni oldini olishga sabab bo’ladi.

Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg’armasi bilan hamkorlikda “2020-2022-yillar uchun O’zbekiston Respublikasining davlat qarzini boshqarish strategiyasi” loyihasi ishlab chiqildi. Strategiya mohiyatidan kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasi davlat qarzini boshqarishda quyidagi ustuvor maqsadlarga qatʼiy rioya qilishni nazarda tutadi:


  • Hukumatning jami qarzga bo’lgan ehtiyojini eng maqbul narxlarda moliyalashtirish;

  • davlat qarzini jalb qilishda xarajat va xatarlar mutanosibligini taʼminlash hamda davlat qarzi portfelini diversifikatsiya qilish.

Strategiyani ishlab chiqishda:

  • 2020-2022-yillar uchun O’zbekiston Respublikasi Hukumatining qarzga bo’lgan ehtiyoji aniqlangan;

  • Hukumatning qarzga bo’lgan ehtiyojini moliyalashtirishning muqobil strategiyalari tahlil qilingan;

Jahon bankining taʼkidlashicha, O’zbekiston Respublikasi 2030-yilga qadar yuqori o’rta daromadli (upper middle-income) mamlakatlar qatoriga qo’shiladi47. Bu, o’z navbatida, mamlakatning imtiyozli kreditlar olish imkoniyatini cheklab, uning qarzga bo’lgan ehtiyojini tijorat shartlarida moliyalashtirishni taqozo etadi.

Shunday ekan, barcha muqobil strategiyalarda mahalliy instrumentlarning jami moliyalashtirish manbalaridagi ulushini oshirish, asta-sekinlik bilan tijorat shartlarida davlat qarzini jalb qilish hamda mahalliy qarz bozorini faollashtirish ustuvor maqsad etib tanlandi. O’rta muddat uchun ishlab chiqilgan mazkur strategiya har yili respublikaning makroiqtisodiy rivojlanishi hamda davlat byudjeti parametrlaridan kelib chiqib qayta ko’rilishi nazarda tutilgan.

Davlat moliyasi tizimini yana-da mustahkamlash, soliq-byudjet tizimining shaffofligini oshirish, mahalliy davlat hokimiyati organlarining byudjet daromadlari prognoz ko’rsatkichlari bajarilishida manfaatdorligini kuchaytirish maqsadida 2020- 2024 - yillarni o’z ichiga oluvchi davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi ishlab chiqish ko’zda tutilmoqda. Strategiyaning asosiy yo’nalishlari:


  • soliq-byudjet siyosatiga strategik yondashuvni tatbiq etish maqsadida o’rta muddatli byudjet asoslarini ishlab chiqish hamda yillik byudjetni shakllantirishning yangi «natijaga yo’naltirilgan byudjet» tizimini joriy etish;

  • makrofiskal prognozlar ishonchliligini taʼminlash bo’yicha institutsional salohiyatni va byudjet jarayoni ishtirokchilarining masʼuliyatini oshirish;

  • byudjet mablag’larini taqsimlovchilar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining byudjet sohasidagi vakolatlarini va hisobdorligini oshirish hamda ularning masʼuliyatini kuchaytirish;

  • fiskal tavakkalchiliklarni baholash, moliyaviy aktivlar va majburiyatlar hisobini yuritish hamda ularni samarali boshqarish tizimini joriy etish;







47 http://projects-beta.worldbank.org/en/results/2016/04/13/uzbekistan-on-the-path-to-high-middle-income-status-by-2050

  • byudjet hisobi standartlarini unifikatsiya qilish, ichki nazorat va audit tizimini takomillashtirish orqali moliyaviy intizomni mustahkamlash;

  • byudjet maʼlumotlarining ochiqligi, to’liqligi va xalqaro standartlarga mosligini taʼminlash;

  • byudjet jarayoni ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish. Jahon miqyosida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda, shu jumladan, insonlarning harakatlanishiga cheklovlar kiritish va korxonalar faoliyatini

toʻxtatish orqali misli koʻrilmagan choralar koʻrilmoqda.

Bu esa eng yirik iqtisodiyotga ega mamlakatlarda ishlab chiqarish va isteʼmol hajmlarining keskin qisqarishi, global ishlab chiqarish zanjirlari va savdo aloqalarining izdan chiqishi, dunyo moliya bozorlarida xomashyo tovarlari narxining pasayishi va konyunkturaning yomonlashuvini keltirib chiqardi.

Global iqtisodiyot tizimining bir qismi boʻlgan Oʻzbekiston iqtisodiyotiga ham mazkur omillar taʼsir qilmoqda, bu esa oʻz navbatida ushbu holatning salbiy taʼsirlarini yumshatish boʻyicha samarali oldini oluvchi choralar koʻrishni talab qiladi. Bunda turizm, transport, farmatsevtika va toʻqimachilik sanoati kabi respublika iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan tarmoqlarini qoʻllab-quvvatlash va ularning barqarorligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratish zarur.

2020-yilning 19-mart kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5969 sonli “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora- tadbirlar toʻgʻrisidagi”48 Farmoni qabul qilindi. Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va boshqa global xavf-xatarlar davrida makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining uzluksiz ishlashini taʼminlash, tashqi iqtisodiy faoliyatni ragʻbatlantirish, aholini samarali ijtimoiy qoʻllab- quvvatlash, mamlakat aholisi daromadlari keskin pasayib ketishining oldini olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda, 10 trln soʻm miqdoridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi tashkil etilish topshiriq etib belgilandi. Albatta bu fonddan davlat


48 2020-yilning 19-mart kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5969 sonli farmoni

byudjetidan moliyalashtiriladi. Davlat byudjetiga esa mablag’lar tashqi qarzlarni jalb etish orqali ko’payadi.

Farmonda, O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasini moliyalashtirishni taʼminlash maqsadida 2020-yilda byudjetni qoʻllab-quvvatlash uchun xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari va boshqa manbalar hisobidan 1 mlrd AQSH dollari miqdorigacha tashqi qarz mablagʻlarini, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari, eksport qiluvchilar va tijorat banklarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun qoʻshimcha mablagʻlarni jalb qilish choralarini koʻrish topshiriq etib belgilangan.

Pandemiya davrida, iqtisodiyot to’xtab qolganligi, korxonalarda daromad oldingi kabi emasligini hisobga olib, qarzlar bo’yicha imtiyozlar berish, 2020-yil 1- oktabrga qadar qarz to’lamaganlik uchun jarima undirmaslik topshiriq etib belgilandi.



Pandemiya sharoitlaridan kelib chiqib, davlat byudjetini to’ldirish va tibbiy uskuna va jihozlarni sotib olish maqsadida 2020-yil 1-iyun holatiga 2975 mln. AQSH dollari (umumiy hisobda 2020-yil uchun 3515 mln AQSH dollari) miqdorida tashqi qarz jalb qilindi. Bu holat pandemiya davri uchun tabiiy, lekin O’zbekiston Respublikasining suveren kredit reytingiga salbiy ta’sir qilishi va uni pasaytirishi mumkin. Shu tufayli, kredit reytingini saqlab turish uchun ham maqsadli kreditlarni jalb qilish lozim.

Download 400,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish