Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti "tasdiqlayman"


 Mamlakatimiz tijorat banklari kredit bahosining nazariy-huquqiy



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana12.12.2019
Hajmi0,77 Mb.
#29626
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kredit bahosining shakllanish mexanizmi va uni takomillashtirish


1.2 Mamlakatimiz tijorat banklari kredit bahosining nazariy-huquqiy 

asoslari 

                                                                 

12

I.Y.Qulliyev  Tijorat  banklarida  kredit  bahosining  shakllanish  amaliyoti  va  uni  takomillashtirish.  Monografiya.T., 



“Iqtisod-Moliya”. 2013.  14  b. 

 

 

16 



 

 

Banklar  faoliyatining  xuquqiy  asosi  deganda,  odatda  banklar  faoliyatini 



huquqiy 

jihatdan 

tartibga 

soluvchi 

amaldagi 

O`zbekiston 

Respublikasi 

Prezdentining  Farmonlari,  Qarorlari,  Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari  va 

Markaziy  bank  Boshqaruvi  tamonidan  tasdiqlangan  hamda  belgilangan  tartibda 

Adliya  vazirligidan  davlat  ro`yxatidan  o`tgan  Markaziybankning  me`yoriy 

hujjatlari  tushuniladi. 

Tijorat  banklarida  bank  operatsiyalari  va  xizmatlarini  ko`rsatish  hamda  ularni 

amalga  oshirish  bo`yicha  huquqiy  manbani  tashkil  etuvchi  qonunlarni  qabul 

qilishda  O`zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi  yuridik  asos  hisoblanadi. 

Respublikamizda  kredit  munosabatlarini  huquqiy  jihatdan  tartibga  solishda  bank 

sohasiga  oid  qonunlar  muhim  ahamiyatga  ega.  Tijorat  banklarida  kreditlashni 

tashkil  etishning  o`ziga  xos  xususiyatlaridan  biri  tomonlar  o`rtasida  kredit 

bitimining  shartnomaviy  ahamiyatga  ega  ekanligi.  Kredit  munosabatlarida  ikki 

tamon,  qarz  oluvchi  va  kreditor  ishtirok  etib,  ular  o`rtasida  yuzaga  keladigan 

o`zaro  talablar  va  majburiyatlar  shartnoma  asosida  mustahkamlanishi  ko`rsatib 

o`tilgan.  Qarzdor  va  kreditor  o`rtasida  kredit  shartnomasi  yozma  ravishda  tuzilib, 

tomonlar  o`rtasida  imzolanib  huquqiy  kuchga  kiritiladi.  Fuqarolik  kodeksining 

744-moddasida,  kredit  shartnomasida  bir  tamon  –  tijorat  banki  yoki boshqa kredit 

tashkiloti  ikkinchi  subyektga  shartnomada  ko`rsatilgan  miqdorda  va  belgilangan 

shartlarda  pul  mablag`larni  berish,  qarz  oluvchi  esa  olingan  pul  mablag`larini  va 

undan foydalanganlik  uchun foizlarni  qaytarish majburiyatini  oladi

13



Kredit 



summasiga 

hisoblanadigan 

foizlar 

bu 


kredit 

shartnomadan 

kelibchiqqan  holda  kredit  muddati  va  qarz  oluvchining  shartnomada  qayd  etilgan 

shartlarda  va  tartiblarda  to`lanadigan  to`lov  hisoblanadi.  Huquqiy  tasnif  nuqtai 

nazardan  kredit  summasi  uchun  foiz  kreditor  bankga  ko`rsatilgan  xizmatlar  uchun 

to`lanadigan  “pul  mukofoti”  (kredit  berganlik  uchun  to`lov)  hisoblanadi.  Bunday 

                                                                 

13

O`zbekiston  Respublikasi Fuqorolik  kodeksi.  – T.:  “Adolat“. 1996.  291  b. 



 

 

17 



 

 

mukofotni  pul  mablag`larini    vaqtinchalik  foydalanishga  berish  natijasida 



olinadigan  bank  daromadlarining  bir  turi  sifatida  qaraymiz.  Foizlar  darajasi  (foiz 

stavkasi)  to`g`risidagi  shart  kredit  shartnomasida  tomonlar  o`rtasidagi  kelishilgan 

foiz  stavka  sifatida  ifodalanadi.  Bunda  foiz  stavkasi  darajasi  tomonlar  manfaatiga 

mos  bo`lishi  lozim,  yani  foiz  stavkasi  miqdori  nolga  teng  bo`lmasligi  va  juda 

yuqori bo`lmasligi  lozim.   

Bank  kreditini  foizsiz  berganda,  qarz  oluvchidan  boshqa  manfaat qo`shimcha 

daromad  olishni  rejalashtiradi.  Ushbu  amaliyot  ayrim  mamlakatlar  bank 

amaliyotida  mavjud  bo`lib,  foizsiz  kreditlar  taqdim  etish  orqali  bank  mijozlaridan 

turli  daromadlar  turli  daromadlar  olish  ko`zlanadi.  Kredit  shartnomasining  muhim 

elementlaridan  biri  kredit  foiz  stavkalarining  belgilanishidir.  Bank  kreditidan 

foydalanganlik  uchun  to`lov  miqdori  shartnomada  ko`rsatib  o`tiladi.  Bank  va  qarz 

oluvchi  o`rtasidagi  shartnomaga  muoviq,  bank  kreditidan    foydalanganlik  uchun 

foiz  to`lovlarini  o`z  vaqtida  qarzdordan  talab  qilish  huquqiga  ega  bo`ladi.  Bundan 

tashqari,  kredit  shartnomasida  bir  martalik  vositachilik  va  komission  haq  to`lash 

belgilanishi  mumkin.  Ushbu  shartlar  kredit  shartnomasining  tegishli  bo`limida  aks 

ettirilishi  lozim.  Demak,  kreditning  foiz  stavkasi  qarz  oluvchi  va  kreditor  o`rtasida 

tuziladigan  kredit  shartnomada  ko`rsatib  o`tiladi.  Endi  kredit  shartnomasida  kredit 

foizi  miqdorini  o`rnatishning  qonunlarda qayd etilgan  jihatlarini  ko`rib chiqamiz. 

“Banklar  va    bank  faoliyati  to`g`risida”  gi  qonunning  3-bobi    31-moddasida, 

banklar    o`z  mijozlari  bilan  o`zaro  munosabatlarni  shartnomalar    asosida  amalga 

oshiradi.  Kreditor    va  qarz  oluvchi o`rtasida  tuzilgan kredit  shartnomasi huquqiy-

iqtisodiy    shartlarni,  tomonlarning    huquq    va  majburiyatlarini    aniqlaydi. 

Respublikamiz  tijorat  banklari  chakana    xizmatlarning    rivojlanishini,  aholi    va 

banklar  o`rtasidagi  o`zaro  munosabatlarni    takomillashtirishni    talab  etadi. 

O`zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  tamonidan    qabul  qilingan  “Iste`mol  krediti  

to`g`risida”  gi,  “Ipoteka  to`g`risida”  gi  va  “Mikromoliyalash    to`g`risida”  gi  



 

 

18 



 

 

qonunlarga  muofiq,    bank    va    qarzdor  o`rtasidagi  kredit    munosabatlari  qonuniy 



jihatdan  tartibga  solinadi.  Xususan,  ularda  bank  kredit  xizmatlarini  ko`rsatish 

shartlari,  tartibi  va  ular  bo`yicha  belgilanadigan    foiz  stavkalari  shakllanishining 

huquqiy asosi belgilab  berilgan. 

Tijorat  banklari  operatsiyalari    bo`yicha  foiz  stavkalari,xizmat  haqi  va 

komission  to`lovlar  Qonun  va  qonun  osti  hujjatlariga  muoviq  banklar  tamonidan 

mustaqil  belgilanadi.  Jumladan,  “Banklar  va    bank  faoliyati  to`g`risida”  gi 

qonunning    28-moddasi    birinchi  bandiga  muofiq,  bank  kredit  operatisyalari 

bo`yicha  foiz  stavkalari  va  vositachilik  haqi  miqdorini  mustaqil  belgilaydilar

14



Kredit    foiz  stavkasi  va  boshqa    to`lovlarni  belgilash  tartibi  bank    siyosatida  o`z  



aksini   topadi. 

O`zbekiston  Respublikasi  “Iste`mol  krediti    to`g`risida”  gi  2006-yil  24-

fevralda  qabul  qilingan  qonunning  7-moddasi  4-bandiga  saosan  iste`mol  krediti 

berish  qoidalari,  kredit  miqdori  va  muddati,  foiz  stavkasi  to`g`risidagi  ma`lumotlar 

hamma  uchun  ochiq  bo`lishi  ko`rsatilgan.  Ushbu    qonunning  10-moddasida,  bank  

va  mijoz  shartnomasi  asosida  kredit  munosabatlari  kuchga  kirishi,  shartnomada 

foiz  stavkasi  ko`rsatilishi  va  u  tomonlar  kelishuvi  asosida  o`rnatilishi  belgilab 

qo`yilgan.    

  O`zbekiston  Respublikasi  “Mikromoliyalash    to`g`risida”  gi    qonunning  8-

moddasiga  muofiq,  kredit  tashkilotlari  qarz  oluvchilarga  mikromoliyaviy  xizmatlar 

ko`rsatish  qoidalarining  ochiq  bo`lishini  ta`minlashi  lozim.  Kredit  tashkilotlari 

mikromoliyaviy  xizmatlarni  ko`rsatishda  mijozlarga  moliyaviy  xizmat  miqdori 

(summasi),  muddati  va  undan  foydalaniladigan  to`lanadigan  haq  to`g`risidagi 

ma`lumotlarni  taqdim  qilishi  lozim.  Ushbu    qonunning  14-moddasida,  tomonlar 

o`rtasidagi  munosabatlar  shartnoma  tuzilishi  orqali  amalga  oshirilishi  va  unda 

                                                                 

14

Ozbekiston  Respublikasi  “Banklar  va  bank faoliyati to`g`risida”gi qonuni // O`zbekiston bank tizimini isloh qilish 



va erkinlashtirish  bo`yicha qonunchilik hujjatlari  to`plami.  To`ldirilgan  2-nashri. T.:  “O`zbekiston”.2003.  42  b. 

 

 

19 



 

 

foizlar  yoki  lizing  to`lovlari  miqdorini  aniq  belgilash  lozimligi  ko`rsatilgan. 



Shuningdek,  shartnomada  ko`rsatilgan  mikromoliyaviy  xizmatlar  bo`yicha  asosiy 

qarzlarni  qaytarish  tartibi  va  unga  hisoblangan  foiz  to`lovlarini  to`lash  tartibi  va 

muddatlari  o`z  aksini  toppish  lozim.  Bankdan  olingan mablag`lar  muddatidan oldin 

qaytarilishi  va  mijozlar  haqiqatdan  ham  foydalanilgan  muddat    uchun    foiz 

to`lovlarini 

to`lash 


qonunning 

19-moddasida 

aks 

ettirilgan. 



Haqiqatda 

foydalanilgan  davr    uchun  foizlarni  to`lanish  sharti  kredit  shartnomasida  ham 

ko`rsatilish  shart. 

  Kreditlash  bilan  bog1iq  me`yoriy  hujjatlada  imtiyozli  foiz  stavkalari  va 

ularni  qo`llash  borasidagi  tartiblar  ham  o`z  aksini  topgan.  Imtiyozli  foizlarni 

o`rnatishning  birlamchi  qonuniy  asosi  “Banklar  va    bank  faoliyati  to`g`risida”  gi 

qonunning  28-moddasi  hisoblanadi.  Unga  ko`ra  tijorat  banklarining  davlat 

dasturlarini  kreditladh  uchun  Markaziy  bank,  byudjet  va  byujeetdab  tashqari 

fondler  kredit  liniyalari  va  boshqa  manbalardan  beriladigan  kreditlar  bo`yicha 

foizlarni  o`rnatishda  yuqori  chegarasini  Markaziy  bank  belgilashi  qayd  etilgan. 

Bunda  tijorat  banklari  orqali  berilayotgan  markazlashtirilgan  resurslar  uchun  to`lov 

va  eng  asosiysi  tijorat  banklarining  kreditlash  amaliyoti  bilan  bog`liq  harajatlarning 

qoplanishi  e`tiborga  olinadi.  Tijorat  banklari  tomonidan  berilgan  imtiyozli  kreditlar 

banklarga  minimal  daromad olishini  ta`minlashi  lozim. 

  O`zbekistonda  qishloq  xo`jaligini  moliyalashtirish  va  kreditlash  maxsus 

yo`nalish  asosida  tashkil  qilingan.  Ularni  tashkil  qilish  “Qishaloq  xo`jaligini 

korxonalarini  davlat  ehtiyojlari  uchun  xarid  qilinadigan  paxta  va  g`alla  yetishtirish 

xarajatlarni  tijorat  banklari  tomonidan  kreditlash    tartibi  tog`risida”  gi  1675-sonli 

nizomga  muofiq  belgilanadi.  Nizomga  asosan  tijorat  banklari  qishloq  xo`jaligi 

korxonalarini  imtiyozli  foizlar  asosida  kreditlashni  tashkil  qiladi.  Qishloq  xo`jaligi 

korxonalarini  imtiyozli  shartlar  asosida  kreditlash  bilan  ularning  aylanma 

mablag`larine  to`ldirish  va  ishlab  chiqarish  uzluksizligini  ta`milash  ko`zda  tutilgan. 



 

 

20 



 

 

Bugungu  kunda  qishloq  xo`jaligi  korxonalariga    beriladigan  kreditlar  foiz  stavkasi 



yillik  3  foizni  tashkil  etib,  shundan  tijorat  banki  marjasi  2  foizni  tashkil  etadi. 

Qishloq  xo`jaligi  korxonasi  berilgan  kredit  sug`rtalanadigan  holatda  0,75  foizi 

“O`zagrosug`urta”  ga  o`tkazilib,  bankning  foiz  marjasi  1,25  foizni  tashkil  etadi.

15

 



Bu  esa  bazi  hollarda  tijorat  banklarining  kreditlash  amaliyoti  bilan  bog`liq 

xarajatlarni  bank  ixtiyorida  qoladigan  marja  hisobiga  qoplamaslik  hollariga  olib 

keladi.  Shunday  ekan,  bunday  kreditlash  amaliyoti  tijorat  banklarining  kreditlash 

faoliyatiga  salbiy  ta`sir  ko`rsatadi.  Natijada  kredit  portfeli  sifatini  pasaytirib, 

bankda muommoli  kreditlarning  ko`payishiga  olib keladi.   

  O`zbekiston 

Respublikasi 

 

Prezidentining 



2006-yil 

5-maydagi 

“Mikrokreditbank    aksiyadorlik  tijorat  bankini  tashkil  etish  to`g`risida”  gi 

farmoniga  asosan  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  subyektlariga  imtiyozli 

mikromoliyaviy 

xizmatlar 

ko`rsatish 

tarmog`i 

yanada 

kengaytirildi. 



“Mikrokreditbank”  aksiyadorlik  tijorat  banki  kredit  liniyalari  orqali  boshlang`ich 

sarmoyani  shakllantirish,    biznesni  rivojlantirishga  va  mikrolizing  xizmatlari  uchun 

imtiyozli  kreditlar  berila  boshlandi.  Prezidentimizning2008-yil  10-noyabrdagi 

4051-sonli“Mikrokreditbank 

aksiyadorlik 

tijorat 


bankining 

tadvirkorlik 

subyektlarini  qo`llab-quvvatlash  borasidagi  faoliyatini  yanada  kengaytirish  chora  – 

tadbirlari  to`g`risida”  gi  farmoniga  asosan  kichik  biznes  va  tadbirkorlik 

subyektlariga  ko`rsatiladigan  mikromoliyaviy  xizmatlar  foiz  stavkalari  pasaytirilib, 

inqiroz  sharoitida ularning  barqaror rivojlanishining  manbai yaratildi. 

  Bozor  iqtisodiyotida  sharoitida  bank  kreditlarining  bahosi  o`ziga  xos 

funksiyalarni  bajaradi.  Kredit  kategoroyasi  kabi  kredit  bahosi  ham  bir  qator 

funksiyalarni  bajaradi.  Kredit    bahosi  funksiyalarini  iqtisodiyotdagi    vazifalaridan  

                                                                 

15

Qishloq  xo`jaligini  korxonalarini  davlat  ehtiyojlari  uchun  xarid  qilinadigan  paxta  va  g`alla  yetishtirish  xarajatlarni 



tijorat banklari  tomonidan kreditlash  tartibi tog`risidagi nizom,  2007y.  16-son, 168-modda. 

 

 

21 



 

 

kelib  chiqib  talqin  qilamiz  va  uni  tasniflaymiz.  Kredit  bahosining  funksiyalari 



quyidagi  rasm orqali ifodalsh mumkin. 

 

 

   

  1-rasmKredit bahosining funksiyalari



16

  Kredit  bahosining  taqsimlash  funksiyasi  orqali  jismoniy  va  yuridik  shaxslar 

ixtiyoridagi  vaqtincha  bo`sh  turgan  mablag`larni  yig`adi  va  ular  resurslarga  talabi 

bo`lgan  subyektlar  foydasiga  taqsimlanadi.  Bunda  moliyaviy  vositachilar  past  foiz 

stavkada  jalb  qilingan  mablag`larni  yuqori  foiz  stavkada  daromad  keltiruvchi  aktiv 

operatisyalarga  joylashtiradi.   

  Kredit  bahosining  rag`batlantish  funksiyasi  kreditor  yoki  qarz  oluvchi  nuqtai 

nazaridan  ikki  xil  izohlanishi  mumkin. 

  Bo`sh  turgan  mablag`  egasi  o`z  mablag`ini  daromad  olishga yo`naltiradi, 

ya`ni  vaqtincha  bo`sh  turgan  mablag`larine  bankga  yoki  boshqa  bir  sohaga 

yo`naltirish  orqali foyda olishga rag`bat beradi; 

  Qarz  oluvchi  olinadigan  kreditni  foyda  olish  maqsadida  ma`lum 

muddatga  olib,  uni  tadbirkorlik  faoliyatiga  yo‟naltirish  va  yuqori  daromad  olishga 

harakat 


qiladi. 

Ushbu 


funksiya 

asosida 


ishlab 

chiqarishni 

va 

ishlab 


                                                                 

16

 Kiduell  D.S.,  Peterson P.L.,  Blekuell  D.U.  „Finasobie instituti, rinki  i dengi“.  – C –Pb.:<


>.  2000. 

Rivojlantirish  

Taqsimlash  

Tartibga solish 

Himoyalash 


 

 

22 



 

 

chiqaruvchilarni  rag`batlantirish  maqsadida  maxsus  davlat  dasturlari  asosida 



imtiyozli  foiz stavkalarini  qo`lllash  orqali amalga  oshirish kerak bo`ladi. 

  1-jadval. 

  Ssuda foizining turkumlanishi

17

 

№ 

Tasniflash   

Belgilari 

Ssuda foizi  turlari 

1. 


 

Kredit  shakllari 



bo„yicha 

Tijorat  krediti  bo„yicha  foiz 

Bank  foizi   

Iste‟mol  krediti  bo„yicha  foiz 

Lizing  shartnomalari  bo„yicha  foiz 

Davlat  krediti  bo„yicha  foiz 

2. 



Kredit  tashkilotlari  bo„yicha  Markaziy  bank hisobiga  foiz 



Lombard  krediti  bo„yicha  foiz 

Bank  foizi 

3. 



Investitsiyalar  turi  bo„yicha 



Aylanma  mablag„lar  uchun  berilgan  kredit  bo„yicha  foiz   

Asosiy  fondlar  uchun  berilgan  kredit  bo„yicha  foiz 

Qimmatli  qog„ozlarga  investitsiyalash  uchun  berilgan 

kredit  bo„yicha  foiz 

4. 



Kreditlash  muddatlari 



bo„yicha 

Qisqa muddatli  ssuda  foizi   

Uzoq  muddatli  ssuda foizi 

5. 


Kredit  tashkilotlarining 

operatsiyalari  turlari 

bo„yicha 

Depozit  foizi 

Ssuda foizi 

Banklararo  kredit  foizi  va boshq. 

Tartibga  solish  funksiyasi  orqali  butun  iqtisodiy  munosabatlar  tartibga 

solinadi.  Kredit  bahosining  bozor  tamoillari  asosida  shakllanishiga  qaramasdan 

qator 


omillar 

(valyutani 

tartibga 

solish 


xususiyatlari, 

davlatning 

ayrim 

tarmoqlardagi  ulushuning  yuqori  ekanligi)  kredit  foiz  stavkasining  tartibga  solish 



funksiyasini  amal  qilishiga  to`sqinlik  qiladi.  Kredit  bahosining  tartibga  solish 

funksiyasi  xo`jalik  yurutuvchi  subyektlarning  o`z  va  qarz  mablag`laridan  samarali 

va oqilona foydalanishga  yordam beradi.  

Bank  tizimi  sektorida  kreditga  bo`lgan  talabning  o`sishi  bank  depozitlari 

salmog‟ining  osishiga  mutanosib  bo`lishi  zarur.  Bu  esa,  o`z  navbatida,  banklar 

tomonidan  depozitlarga  bo`lgan  talab  va  taklif  muvozanatigacha  kelguncha  davom 

                                                                 

17

Malumotlar   asosida muallif  tomonidan tuzildi. 



 

 

23 



 

 

etadi.  Aksincha,  iqtisodiyotda  kreditga  bo`lgan  talabning  pasayishi  oqibatida 



banklarning  kredit  qo`yilmalari  hajmi  qisqaradi  va  natijada  kredit  operatsiyalaridan 

olinadigan  daromadlar  hajmi  qisqaradi.  Kredit    foiz  stavkasining  ahamiyatining 

oshishi    uning  tartibga  solish  funksiyasi  nechog`li  zarur  ekanligini  anglatadi.  Kredit 

foiz  stavkasining  o`zgarishi  butun  iqtisodiyotga  o`z  ta`sirini  ko`rsatadi.    Foiz 

stavka  orqali  banklar  tomonidan  jalb  qilingan  depozitlar  hajmini  tartibga  solish 

mumkin.  Iqtisodiyotda  kreditga  bo`lgan  talabning  o`sishi  kredit  operatsiyalari 

manbasi sifatida  bank depozitlarining  o`sishiga muofiq kelishi  juda muhim.   

Kreditning  yana  bir  funksiyasi  borki,  bu  funksiya  orqali  kreditning  foizi  

tijorat  banki  mablag`larini  inflatsiya  yoki  boshqa  salbiy    ta`sirlardan  himoyalaydi. 

Bunday  sharoitda  bank  operatsiyalari  bo`yicha  foizlar  va  uning  darajasi  unga ta`sir 

qiluvchi  iqtisodiy  omillar  ta`siridan  kelib  chiqib  aniqlanadi.  Himoyalash  funksiyasi 

kredit bahosining  qadrsizlanishining  oldini  oladi. 

Iqtisodiyotni 

modernizatsiyash  sharoitida  barqaror  iqtisodiy  o`sishni 

ta`minlash  iqtisodiy  siyosatning  strategik  yo`nalishlarida  hisoblanadi.  Bu  esa 

xo`jalik  yurituvchi  subyektlar  faoliyatida  qo`shimcha  resusrslarga  muhtoj  bo`lgan 

sharoitda  kreditga  bo`lgan  talabni  va  ularning  samarali  faoliyat  yuritishini  talab 

qiladi. 


  Respublikada    amalga    oshirilgan    islohotlar  natijasida  tijorat  banklari 

tamonidan  ajratilgan  kreditlar  bo`yicha  barqarorfoiz  stavkalar  dinamikasiga 

erishildi.    Respublikamizdagi  barqaror  iqtisodiy  holat  va    yuritilayotgan  qa`tiy  pul-

kredit  siyosati  pul  va  moliya    bozoridagi  foiz  stavkalari,  jumladan    tijorat 

banklarining  kreditlari  va  depozitlari  bo`yicha  foiz  stavkalari  dinamikasida  ijobiy 

o`zgarishlarga  olib  kelmoqda.Bu  esa  bank  kreditlarining  o`z  vaqtida  qaytishiga 

imkon  berib,  bankning  moliyaviy  natijalari  samaradorligini  oshirishga  xizmat 

qiladi. 


   

 

 

24 



 

 

  II bob. Kredit bahosi mexanizmiga ta`sir etuvchi omillar tahlili 



  2.1 Tijorat banklari kredit bahosi mexanizmiga  ta`sir etuvchi omillar 

va uning tahlili 

  Iqtisodiyotda  kredit  bahosining    shakllanishini o`rganishda, eng avvalo, unga 

ta`sir  qiluvchi  omillarni  aniqlash  muhimdir.  Chunki    har  qanday  mahsulot  va  

xizmatlar  bahosi  ma`lum  bir  omillar  ta`sirida    shakllanadi.  Tadqiqot  ishida  kredit 

bahosiga  ta`sir  qiluvchi  omillarni  ikki  guruhga  bo`lib  o`rgandik.  Bank  amaliyotida 

kredit  bahosining  shakllanishini  o`rganishda,  unga  ta`sir  qiluvchi  omillarni  bilish 

kerak bo`ladi.  

 

   


   

   


   

   


   

   


   

   


   

 

2-rasm.Kredit bahosiga ta`sir etuvchi omillar tasnifi



18

 

  Tijorat  banklarida  kredit  bahosini  kredit  riskini  hisobga  olgan  holda 



shakllantirish  kerak.  Kredit  bahosi  shakllanishida  risk  darajasi  yuqori  bo`lgan 

sohalar,  tarmoqlardagi  muammoli  kreditlarning  ulushi,  kutilayotgan  foyda  darajasi, 

bir tarmoqdagi kreditlar  salmog`i  kabi ko`rsatkichlarni  hisobga olish zarur.  

                                                                 

18

  I.Y.Qulliyev  Tijorat  banklarida  kredit  bahosining  shakllanish  amaliyoti  va  uni  takomillashtirish.  Monografiya.T., 



“Iqtisod-Moliya”. 2013.  62  b. 

Kredit bahosiga ta`sir etuvchi omillar 

Tashqi omillar 

Ichki omillar 

MB pul-kredit  siyosati 

Inflatsiya darajasi 

Barqaror  raqobatning darajasi 

Pul bozorining  rivoji 

Byudjet taqchilligi 

Dunyo siyosiy-iqtisodiy holati 

Soliq-byudjet  siyosati 

Valyuta siyosati 

Bank jalb  qilgan resurslari  

Mijozning kredit tarixi 

Mijozning to`lovga qobilligi 

Kredit ta`minoti 

Kredit maqsadi va yo`nalishi  

Kredit riski darajasi 

Kredit muddati 

Kredit valyutasi va miqdori 


 

 

25 



 

 

  Moliyaviy  –  iqtisodiy  inqirozning  milliy  iqtisodiyotga  ta`sirining  oldini 



olishga  qaratilgan  islohotlar  tijorat  banklarining  xo`jalik    subyektlarini  uzoq 

muddatli  kreditlash  bo`yicha  resurs  bazasini  oshirish  va  aholi  qo`lidagi  bo`sh  pul 

mablag`larini  bank  depozitlariga  jalb    etishni  kengaytirish    chora  –  tadbirlari 

banklarning 

foiz 

siyosatiga 



o`z 

ta`sirini 

ko`rsatdi. 

Jumladan, 

tijorat 

banklariningkredit  portfelida  uzoq  muddatli  kreditlar  ulushining  oshishini 

rag`batlantirishga  qaratilgan  foiz  siyosatining  olib  borish  natijasida  uzoq  muddatli 

kreditlar  bo`yicha  o`rtacha  tortilgan  foiz  stavkasi  13,5  foizdan  12,2  foizga 

pasaydi

19

.  



  Ssuda  foizida  foydalanish  mexanizmidagi asosiy unsurlaridan biri  - bu ssuda 

foizi  darajasini  shakllanish  usuli  hisoblanadi.  Bozor  munosabatlarining  rivojlanish 

sharoitida,  kredit  to„lovlarining  erkinligida,  makroiqtisodiyot  darajasida  foiz  uchun 

o„rtacha  foyda  me‟yoriga  erishish  ustuvor  vazifa    hisoblanadi.  Foizning  o„rtacha 

foyda  me‟yoridan  u  yoki  bu  tomonga  og„ishiga  bir  qator  omillar  ta‟sir  qiladi. 

Ularni  ikki  guruhga,  ya‟ni umumiy  va xususiy omillarga  bo„lish mumkin.   

  Umumiy  omillarga  quyidagilar  kiradi: 

- zayomlarga  bo„lgan talab va taklif  nisbati; 

 -    Markaziy  bankning  muvofiqlashtiruvchi  siyosati; 

- qadrsizlanayotgan  pulning  ta‟minot darajasi. 

  Xususiyomillartabiatitijoratbanklariningfaoliyatko„rsatishsharoitlari, 

shuningdek, 

mijozlarbilantuziladiganbitimlarningxususiyatibilanbelgilanadi. 

Bulardantashqari, 

buomillarssudafoiziningayrimturlaribo„yichaturlichabo„lishimumkin. 

  Masalan, 

depozitfoizidarajasiyuqoridagiomillardantashqariquyidagiomillarta‟siridabo„ladi: 

  bankningaktivoperatsiyalaribo„yichafoizdarajasi; 

                                                                 

19

 Ozbekiston Respublikasi  Markaziy  banki hisobot ma`lumotlari  www.cbu.uz. 



 

 

26 



 

 

  jalb  qilinadigan  depozitning  muddati va summasi; 



  bankning  ishonchliligi.   

  Banklararopulbozoridafoizdarajasi, 

boshqasharoitlarnihisobgaolmaganda, 

odatda, 


depozitfoizime‟yoridanoshadi. 

Chunkissudaberilayotgandakreditmuassasasiningxarajatlarivamanfaatihisobgaolina

di. 

  Bankaktivlaribo„yichafoizdarajasigaquyidagixususiyomillarta‟sirqiladi: 



  ssuda summasi va uni to„lash (qaytarish) muddati; 

  ssuda summasining  ta‟minlanganlik  darajasi; 

  bank ssuda kapitalining  tannarxi; 

  mijozning  kreditga  layoqatliligi  va uning  bank bilan  bo„lgan o„zaro 

munosabatining  mustahkamligi.   

  Bank  ssuda  kapitalining  tannarxi  jami  qilingan  xarajatlar  summasini 

maqsadli  joylashtirilgan  mablag„lar  (ishlayotgan  aktivlar)  summasiga  bo„lish 

yordamida aniqlanadi: 

   

   


  Bu yerda:   

 

т



BSК

– bank ssuda kapitalining  tannarxi; 

 

 – bank xarajatlari.  Bu xarajatlar  barcha ssuda kapitaliga  ta‟luqli  bo„lmay 

faqat maqsadli joylashtirilgan  qismiga qilingan  xarajatlardir.  Maqsadli 

joylashtirilmagan  ssuda kapitali  qismi xarajat  sifatida  qayd qilinadi. 

 

 – ishlayotgan  aktivlar

20



  Bank xarajatlari  quyidagi  ikki  turdagi  xarajatlardan  tashkil  topadi: 



 

bank resurslarini  shakllantirish  bo„yicha xarajatlar; 

                                                                 

20

Y.Abduullayev,  T.Qoraliyev,  SH.Toshmurodov,S.Abdullayeva.  Bank  ishi.  O`quv  qo`llanma.  -  T.,  “Iqtisod-



Moliya”. 2010.  447  b. 





BSК

т

 


 

 

27 



 

 

 



bank faoliyatini  ta‟minlash  bo„yicha xarajatlar.   

  Birinchi  guruhga:bankka  jalb  qilingan  bank  va  boshqa  mijozlar  mablag„lari 

bo„yicha  foiz  to„lovlari,  zayomlar  va  depozitlar,  shuningdek,  chiqarilgan  qimmatli 

qog„ozlar majburiyatlari  bo„yicha foizlar kiradi. 

Mavjud  tasniflash  tartibiga  binoan  ikkinchi  guruh  xarajatlariga  quyidagilar 

kiradi: 


- ma‟muriy  boshqaruv va ijtimoiy-maishiy  xizmatlar  uchun qilingan  sarflar;   

- chet el valuta  operatsiyalari  bilan  bog„liq xarajatlar; 

- qimmatli  qog„ozlar operatsiyalari  bilan  bog„liq xarajatlar; 

- kassa,  hisob  raqamlari  operatsiyalari,  olingan  grantlar  bilan  bog„liq 

xarajatlar; 

- boshqa  operatsion  xarajatlar,  shu  jumladan,  texnikaga  ko„rsatilgan  qarov, 

axborotlashtirish  xizmatlari,  blankalarni  tayyorlash,  ularni  pochta-telegraf  orqali 

jo„natish,  amortizatsiya,  bino-inshootlar,  transport  vositalarni  saqlash  bo„yicha 

xarajatlar; 

- ijara  to„lovlari,  nodir  metallar  bilan  bog„liq  operatsiyalar  bo„yicha  xarajatlar, 

valuta,  faktoring,  lizing  operatsiyalari  bilan  bog„liq xarajatlar  va boshqalar; 

- jarima,  penya va to„langan qarzlar.   

 

Ssuda  kapitalining  tannarxi  amaliyotda  aktiv  operatsiyalar  bo„yicha  foiz 



darajasini  aniqlash  uchun  asos hisoblanadi. Ssuda foizining yuqori chegarasi bozor 

sharoitlari  ta‟siri  ostida  shakllanadi.  Ssuda  foizining  quyi  chegarasi  bankka  jalb 

qilingan  mablag„lar  bo„yicha  xarajatlar  va  mazkur  kredit  muassasasi  faoliyatini 

tashkil  qilish  bo„yicha  sarflar  ta‟siri  ostida  shakllanadi.  Bular  esa,  o„z  navbatida, 

kredit  resurslarining  tarkibiy  tuzilishi  sifatiga  bog„liq  bo„ladi.  Masalan,  mablag„ 

uchun  to„lov  salmog„ining  oshishi  foiz  darajasining  quyi  darajasini  ko„taradi  va 

aksincha. 


 

 

28 



 

 

  Tijorat  banklarida  kredit  bahosini  shakllantirishga  qator  omillar  o‟z  ta`sirini 



ko‟rsatadi.  Banklarda  kredit  bahosi  darajasiga  jalb  qilingan  mablag‟lar  bahosi, 

kredit  amaliyoti  bo`yicha  bankning  operatsion  xarajatlari,  kredit  riski  bo‟yicha 

ustama  va  bankning  marjasi  ta‟sir  ko‟satadi.  Shuningdek,  kredit  bahosi  kredit 

xizmatlarini  ko`rsatishda  bank  va  mijoz  o‟rtasida  tuzildan  kredit  shartnomasiga 

muofiq bank tamonidan belgilangan  qo‟shimcha to`lovlarni  ham o`z ichiga  oladi. 

   


   

  Bu yerda:   

  R – bank kredit bahosi; 

  Dr – bankning  jalb qilingan  resurslari  bahosi; 

  Do – tijorat  banki operatsion xarajatlar  qismi; 

  P – kredit riski  bo`yicha ustama; 

  S – bank marjasi; 

  A – bank tamonidan  belgilanadigan  qo‟shimcha to`lovlar. 

  Tijorat  banklarida  kredit  bahosi  shakllanishiga  bankning  jalb  qilingan 

resurslari  bahosi,  operatsion  xarajatlari,  jumladan,  xodimlarning  ish  haqi 

xarajatlari,  kreditni  hujjatlashtirish,  hisobvaraq  ochish,  kredit  monitoringi,  kreditlar 

bo`yicha  tashkil  qilinishi  mumkin  bo`lgan  maxsus  zaxiralar    bilan  bog‟liq  boshqa 

xarajatlar  sezilarli  ta`sir etadi.   

  Tijorat  banklarida  kredit  bahosini  kredit  riskini  hisobga  olgan  holda 

shakllantirish  kerak.  Kredit  bahosi  shakllanishida  risk  darajasi  yuqori  bo`lgan 

sohalar,  tarmoqlardagi  muammoli  kreditlarning  ulushi,  kutilayotgan  foyda  darajasi, 

bir  tarmoqdagi  kreditlar  salmog`i  kabi kao`rsatkichlarni hisobga olish zarur. Bu esa 

bank  kreditlarining  o`z  vaqtida  qaytishiga  imkon  berib,  bankning  moliyaviy 

natijalari  samaradorligini  oshiradi. 

   

R=Dr+Do+P+S+A. 

 


 

 

29 



 

 

  2-jadval. 



  Foiz stavkasiga ta’sir etuvchi omillar


Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish