Toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti «menejment va marketing» kafedrasi


II.Menejment madaniyatining asosiy unsurlari



Download 218,34 Kb.
bet3/9
Sana23.07.2021
Hajmi218,34 Kb.
#126380
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
oxiri asl MENEJMENT[1] (Автосохраненный)

II.Menejment madaniyatining asosiy unsurlari

III. Menejment madaniyatining asosiy elementlari

IV. Rivojlangan mamlakatlar menjment uslubi asosida milliy boshqaruv uslubini takomillashtirish

KIRISH

O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar bozor munosabatlarini shakllantirar ekan tashkilotlarning mavqesini ham tubdan o‘zgartirmoqda. Turli xil mulk, hajmi va faoliyati har xil bo‘lgan korxonalarning mavjud bo‘lishi yangi iqtisodiy, va huquqiy munosabatlar shakllanishiga olib kelmoqda. Bu holat insonlar o‘rtasidagi munosabatlarga ham o‘zini ta‘sirini ko‘rsatmokda, ularning mulkka, olinayotgan natija va uning samaradorligiga bo‘lgan qarashi tubdan o‘zgarib bormoqda. Menejmentning asosiy ob‘ekti xodimlar bo‘lganligi sababli, zamonaviy tashkilotni boshqaruv jarayonida asosiy, e‘tibor xodimlar faoliyati, ularning o‘zaro munosabatlari, manfaatlari, maqsadga intilish yo‘llari muhim o‘rin egallaydi. Respublikamizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish strategiyasini qabul qilinishi aholining, shu jumladan, korxonalar xodimlarining hayotini yaxshilash, yashash va ishlash sharoitini yuqori saviyaga ko‘tarishni asosiy maqsadlardan biri qilib belgiladi.



 1Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini saqlab qolish:

  • tarkibiy oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yana-da mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish;

  • paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, boʻshagan erlarga kartoshka, sabzavot, ozuqa va yogʻ olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek, yangi intensiv bogʻ va uzumzorlarni joylashtirish hisobiga ekin maydonlarini yana-da optimallashtirish;

  • fermer xoʻjaliklari, eng avvalo, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bir qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish, qurilish ishlari va xizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanayotgan koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini ragʻbatlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

  • qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor va tayyor oziq-ovqat hamda qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha eng zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan yangi qayta ishlash korxonalarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish;

  • qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash, tashish va sotish, agrokimyo, moliyaviy va boshqa zamonaviy bozor xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini yana-da kengaytirish;

  • sugʻoriladigan erlarning meliorativ holatini yana-da yaxshilash, melioratsiya va irrigatsiya obyektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori boʻlgan qishloq xoʻjaligi texnikasidan foydalanish;

  • kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy er-iqlim va ekologik sharoitlarga moslashgan qishloq xoʻjaligi ekinlarining yangi seleksiya navlarini hamda yuqori mahsuldorlikka ega hayvonot zotlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish;

  • global iqlim oʻzgarishlari va Orol dengizi qurishining qishloq xoʻjaligi rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar koʻrish.

Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeyini yana-da kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini ragʻbatlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish:

  • xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yoʻlidagi barcha toʻsiq va cheklovlarni bartaraf etish, unga toʻliq erkinlik berish, “Agar xalq boy boʻlsa, davlat ham boy va kuchli boʻladi” degan tamoyilni amalga oshirish;

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qatʼiy oldini olish;

  • davlat mulkini xususiylashtirishni yana-da kengaytirish va uning tartib-taomillarini soddalashtirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav jamgʻarmalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan obyektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

  • investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish;

  • korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish;

  • tadbirkorlik subyektlarining muhandislik tarmoqlariga ulanishi boʻyicha tartib-taomil va mexanizmlarni takomillashtirish va soddalashtirish;

  • mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga solishda davlat ishtirokini kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini markazlashtirishdan chiqarish va demokratlashtirish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat, jamoat tashkilotlari va joylardagi oʻzini oʻzi boshqarish organlarining rolini oshirish.

Korxona miqyosida, mulkning shakli va unga bo‘lgan munosabatdan qat‘iy nazar, xodimlar samarali faoliyat ko‘rsatishi va ularning jismoniy va aqliy salohiyatidan to‘laroq foydalanish hamda har bir tashkilot oldiga qo‘ygan maqsadga erishish uchun xodimlarning boshqaruv tizimini oqilona tashkil etish muhimdir. O‘zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy xo‘jalik tizimiga chambarchas bog‘lanayotganligi va bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tayotganligi natijasida xalq xo‘jaligi miqyosida yangi mulk shaklidagi korxonalar, kompaniyalar, firmalar, jamiyatlar shakllanayotganligi munosabati bilan boshqarishning mazmunan yangi turi bo‘lgan menejmentni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezident I. A. Karimov ta‘kidlaganidek ― "Bugungi kunning eng muhim vazifasi hayotimizning barcha sohalarida, ayniqsa, boshqaruvda, respublika miqyosida, viloyat, shahar, tuman, qishloq va mahallalarni boshqarishda, tarmoq bo‘g‘inlarini idora etishda, yangicha fikrlaydigan, qiyin damlarda ma‘suliyatni o‘z zimmasiga ola biladigan, hayot bilan hamqadam yurishga qodir, iymoni pok, bilimdon, ishbilarmon odamlarni topish, 3 ularga ishonch bildirishdan iboratdir »1 degan so‘zlari bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Darhaqiqat, hozirgi kunda yuqori malakali yuksak kasbiy mahoratga ega bo‘lgan boshqaruvchilargina mamlakatimiz taraqqiyotini jahonning eng rivojlangan davlatlari qatoriga iqtisodiy bo‘hronlarsiz olib chiqishi mumkin. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi Harakatlar startegiyasi barcha sohalarni deyarli qamrab olgan bo‘lib, buning natijasida ko‘pgina istiqbolli ishlar amalga oshirilmoqda.Jumladan 2018-yil ―Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash yili‖ Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi. Dastur loyihasi 237 banddan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22- dekabr kuni Oliy Majlisga taqdim etgan Murojatnomasida keltirilgan asosiy g‘oya va takliflar hamda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini Rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy vazifalardan kelib chiqqan holda ishlab chiqildi.2

Buning natijasida xususiy sektorda mablag‘lardan samarali foydalanilmoqda.Tarmoqlarda yuqori sifatli mahsulotlar tayyorlash, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirishni ta‘minlashga bo‘lgan qiziqish va intilish ancha kuchli bo‘lib, ishlab chiqarish tufayli imkon qadar ko‘p daromad olish kabi pirovard moliyaviy natijalarga erishilayotganini ta‘kidlash joiz. Shuni yana alohida ta‘kidlab o‘tish joizki, Bu Harakatlar strategiyasi bo‘yicha davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamalari natijalari tahlili va kelib tushgan takliflar asosida yanada takomillashtirildi. Bularning barchasi bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritayotgan xususiy korxonalarning asosiy maqsadidir. Korxonalarni korporativ boshqarish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish asosida aktsiyadorlik jamiyatlarining yangi namunaviy tuzilmasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Shu tariqa, zamonaviy korporativ boshqaruv tizimi barcha talablarini inobatga olgan holda, lavozim va kasblarning yangi klassifikatori ishlab chiqildi va tasdiqlandi, unga bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan ko‘plab yangi toifalar kiritildi‖. O‘zagroservis‖ aksionerlik jamiyati faoliyati va unda xodimlarni boshqarish usullarini qo‘llash holati. -Korxonalarda xodimlarni boshqarish tizimining nazariy jihatlarini o‘rganish ; -Korxonada xodimlarni boshqarish usullarning mazmun-mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish; -Korxonalarda samarali boshqarishda xorij tajribasini o‘rganib chiqish; -―O‘zagroservis‖AJda boshqaruv jarayoni tavsifi hamda uning ijtimoiy vazifalarini o‘rganish; -―O‘zagroservis‖AJda boshqaruv jarayonidagi ishtirokini izohlab beruvchi ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat tahlilini o‘rganish; -Korxonada samarali boshqarishni tashkil qilish va rivojlantirish usullarini o‘rganish. O‘zbekiston Respublikasi Prizedenti milliy iqtisodiyotni erkinlashtirish bo‘yicha ilgari surgan nazariy qarashlari, ilmiy risolalari, boshqaruv organlari faoliyatiga oid Prizedent farmonlari va qarorlari, shu jumladan, boshqaruv organlarining funksional vazifalarining o‘ziga xos xususiyatlari mavzusi yuzasidan bevosita va bilvosita shug‘ullanayotgan xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlarning ilmiy – nazariy qarashlari keltirilgan.




Download 218,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish