Toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti «audit» kafedrasi


 Auditorlik hisoboti va xulosasi bo’yicha javobgarlikni mustahkamlash



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/22
Sana04.04.2022
Hajmi0,56 Mb.
#527887
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
auditorlik tashkilotlarida auditorlik xulosasi va hisobotini tuzish tartibi

3.2. Auditorlik hisoboti va xulosasi bo’yicha javobgarlikni mustahkamlash 
masalalari 
 
Auditorning mas’uliyati va vazifalari amal qilayotgan muvaqqat qoidalar
auditni faqat umumiy jihatlarini tartibga soladi, uning ko’pgina juda muhim 
jihatlarini tushuntirib bermaydi. Shu o’rinda g’arb tajribasiga moslashish ham 
muhimdir. Chunonchi, «Jonson Higins» konsalting firmasi 500 ta auditorlik 
firmasi o’rtasida o’tkazgan tadqiqot natijalariga ko’ra bir qancha muhim vaziyat 
aniqlangan. Bu firmalarning 79 foizida xatar yuqori darajada bo’lgan mijozlarga 
xizmat hajmi sud ta’qibidan xavfsirash sababli kamayib ketgan. 
Har qanday professional kabi auditor ham o’z faoliyatining hamma jihatlari 
uchun javobgar bo’lishi lozim. Masalan, auditorlik tashkiloti amalga oshirilgan 
tekshirish natijasi yuzasidan standart ijobiy xulosa berib, o’z mijozi - aktsiyadorlik 
tijorat bankining yaqin oylarda bankrot bo’lishini oldindan ko’ra olmadi yoki 
boshqa bir misol, auditorlik-buxgalteriya tashkiloti mijoz bilan kelishilgan ma’lum 
muddatda yilning so’nggi ikki oyi hisob registrlari yuritilishini tugallash, hisobot 
tayyorlash va bu soliqlarni o’tkazishda mijoziga yordam berishga kirishdi, lekin 
beparvoligi tufayli kelishilgan muddatda mijozga bunday xizmat ko’rsata olmadi. 
Ikkala holda ham auditorlik-buxgalteriya tashkiloti yo’l qo’ygan beparvoligi uchun 
javobgar bo’lishi mumkin. 
Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda auditorlar mijozlar oldidagi o’z 
burchlarini tegishlicha puxta bajargani uchun tez-tez javobgarlikka tortadilar. 
Yuqorida keltirilgan dalillarga muvofiq soliqlar va byudjetdan tashqari fondlarga 
to’lovlar bo’yicha o’z vaqtida va to’g’ri hisob-kitob qilinganini tasdiqlashni 
auditor xulosasining yakunlovchi qismiga kiritish to’g’risidagi mijozlar iltimosi 
hamisha ham asosli emas; bunday tasdiqlash soliq xizmati uchun ham, boshqa 
nazorat organlari uchun ham hech qanday yuridik kuchga ega bo’lmaydi. Ammo 
byudjet va byudjetdan tashqari fondlarga to’lovlarning o’z vaqtida to’g’ri 
o’tkazilganini tekshirish uchun auditor bilan mijoz o’rtasidagi yangi shartnoma 
tuzilishi mumkin. Masalan, soliq qonuniga muvofiqlik bo’yicha auditga yoki 
maslahat bilan xizmat ko’rsatishga shartnoma bo’lishi mumkin. Umuman aytish 


54 
mumkinki, 90-yillarning oxirida auditor (auditorlik tashkiloti) ning mas’uliyati 
quyidagicha bo’lishi mumkin: 

intizomiy mas’uliyat; 

mijozlar oldidagi tadbirkorlik mas’uliyati; 

uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik mas’uliyati; 

jinoiy javobgarlik. 
Bu halqaro tajribaga to’la mos kelishini ta’kidlash kerak. Mamlakatimizda 
hozirdayoq nazorat organlari mavjud. Faqat ularning shu yo’nalishda samaraliroq 
ishlashiga erishish kerak. Chunonchi, hozirgi audit xizmati bozorida ahloq kodeksi 
talablarini intizomiy buzish vaziyatlari tez-tez sodir bo’ladi. Ammo O’zbekistonda
aybdor auditorlar tegishli jazoni olmaydi, ayrim tashkilotlarning rahbarlari esa 
o’zlarini muayyan ahloqiy qoidalarni bajarishga majbur emas deb hisoblaydilar. 
Auditor va uning mijozi ish yuzasidan hamkorlik qilib, tadbirkor sifatida 
harakat qiladilar. Shu ma’noda ularning iqtisodiy huquqiy maydoni bitta, 
ikkalasiga ham umumiydir, shu sababli tomonlardan biri o’z burchini bajarmasa 
ikkala tomon javob berishi kerak. 
Auditorning 
mijoz 
oldidagi 
mas’uliyati (javobgarligi), bizningcha, 
quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak: 

tekshirishni malakasiz o’tkazgani uchun javobgarlik, tekshirish 
o’tkazishga ketgan xarajatlarni to’lash bilan ifodalanadi. Biroq tekshirish va qayta 
tekshirishning asosiy xulosalari o’xshasa, mijoz tomonidan asossiz harakatlarga 
yo’l qo’ymaslik uchun qayta tekshirish harajatlari mijoz zimmasiga yoziladi; 

auditor tomonidan berilgan qonunga zid tavsiyalarning mijozga 
keltirilgan noqulay oqibatlari uchun javobgarlik; 

shartnomada tekshirishning aniq muddati ko’rsatilgan bo’lsa, tekshirish 
o’z vaqtida o’tkazilmagani va bu buzilish hisobot topshirish muddati o’tib 
ketishiga hamda soliq organlari tomonidan tegishli jazo chorasi qo’llanganligi 
uchun javobgarlik; 

agar auditor tegishli sharnoma asosida mijoz buxgalteriya hisobini o’zi 
yuritayotgan bo’lsa, mijoz ma’muriyati tomonidan orqaga qaytib da’vo qilingan 


55 
taqdirda buxgalteriya hisobi va hisobotning holati uchun javobgarlik; 

tekshirish o’tkazish yoki maslahat berish chog’ida auditorga ma’lum 
bo’lgan maxfiy axborotni ruxsatsiz oshkora qilishi oqibatida mijozga etkazilgan 
zarar uchun javobgarlik. 
Auditorning mas’uliyati to’g’risidagi asosiy masala talab qilinadigan puxtalik 
darajasiga oiddir. Gap bozor tariqasida (audit tariqasida emas) tekshirish yoki 
buxgalteriya hisobotini tuzish to’g’risida borganda bu muammo yanada 
keskinlashadi. Bu sohalarda hatto halqaro tajribada ham bajarilgan ish sifati 
darajasini baholash uchun barcha tomondan e’tirof etilgan standartlar yo’q. 
Auditor mas’uliyatining muhim jihati - uni mehnat to’g’risidagi qonunlar kodeksi 
bilan bog’lashdir. AFMSda ko’zda tutilgan auditor mas’uliyati bilan auditorlik 
tashkilotining a’zosi bo’lgan auditorning mas’uliyati o’rtasidagi muayyan 
ziddiyatlar tugatilmas ekan, har qanday qarama-qarshiliklar auditorni mehnat 
qonunlariga muvofiq javobgarlikka olib kelishi mumkin. 
Auditorlar ham, soliq inspektsiyasi va boshqa tekshiruvchi organlarning 
vakillari bu xatarning mavjudligiga, uning katta-kichikligiga ta’sir qilishga majbur 
emas, bunga qodir ham emas, bu xatar darajasi ko’p omillar bilan belgilanadi. 
Tekshirilayotgan iqtisodiy sub’ekt ma’muriyati tekshirilayotgan yilda yaxshi 
asoslanmagan yoki noto’g’ri iqtisodiy (xo’jalik) qaror qabul qilgan bo’lsa, bu 
qarorlar uchun o’tgan yilgi natijalarga dalolat beruvchi auditor qanday javob 
bersin? Bundan tashqari, soliq inspektsiyasining auditor tavsiyasi natijasida oldi 
olingan jazo jarimasi miqdorini auditorlik tekshirishiga to’lagan haqiga 
qiyoslashga, solishtirishga auditorlar nima uchun majbur bo’lishlari kerak? 
Auditorlarning ko’pchiligi audit chog’ida muhim noaniqliklar aniqlanmagan 
bo’lsa va shu tufayli xatoli auditorlik xulosasi berilgan bo’lsa, audit yaroqsiz 
bo’lgan degan fikrga qo’shiladi. Bunday hollarda nazorat organlarining 
auditorlardan dalolat berish vazifasi bajarilgani, tekshirish sifatli o’tkazilganini 
isbotlovchi dalillarni ko’rsatishni talab qilishlari o’rinlidir. Auditorning mijozga 
nisbatan professional mas’uliyati, demak, muayyan shart-sharoit mavjud 
bo’lsagina paydo bo’ladi: 


56 
-auditning ishonchsizligi, uning sifatsiz o’tkazilgani, auditor o’z vazifalarini 
bajarmagani yoki tegishlicha bajarmagani; 
-mijozga qonunga xilof yoki etarli asoslanmagan tavsiya berilishi va bu 
tavsiyaning zarar keltirgani, jiddiy ta’qibga sabab bo’lgani va shu kabilar; 
-tekshirish chog’ida olingan maxfiy ma’lumotlarning uchinchi shaxslarga 
(jumladan raqobat qiluvchi iqtisodiy sub’ekt vakillari orasidagi ekspertlarga) 
berish; 
-mijoz tekshirish bilan bevosita bog’liq qo’shimcha zarar ko’rgani (audit 
sifatsiz o’tkazilganiga asos bo’lsa, qayta tekshirishga ketgan harajatlar, auditorlik 
xulosasidagi noto’g’ri fikr bilan mijozning tadbirkorlik nufuziga etkazilgan zarar 
tufayli mijoz mahrum bo’lib qolgan foyda va boshqalar); 
-belgilab qo’yilgan qoidalarni buzgan holda audit o’tkazish (masalan, 
mustaqillik tamoyilini yashirincha buzgan holda); 
- auditor tavsiyasi bilan mijoz ko’rgan zarar o’rtasidagi uzviy bog’liqlik. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 sentyabrdagi 
365-sonli Qarorida «Auditorlik xulosalarini soliq organlari va boshqa nazorat 
organlari tomonidan hisobga olish tartibi to’g’risida»gi Nizomning 8-bandida 
auditorning javobgarligi quyidagicha belgilangan: 
Soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan belgilangan tartibda 
o’tkazilgan tekshirishda auditorlik xulosasining xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliya-
xo’jalik faoliyatining natijalariga muvofiq emasligi aniqlangan taqdirda, ushbu 
auditorlik tashkiloti, shuningdek, bunda aybdor bo’lgan shaxslar qonunda nazarda 
tutilgan javobgarlikka tortiladi. Bunda soliq organlari va boshqa nazorat organlari 
tegishli auditorlik tashkilotlari tomonidan amaldagi qonun hujjatlari qoidalarining 
buzilishi holatlari aniqlanganligi to’g’risida o’n kun muddatda O’zbekiston 
Respublikasi Moliya Vazirligini xabardor qilishlari shart. Lekin buning natijasi 
amaliyotda o’ziga xos qiyinchiliklarga va pala-partishliklarga olib kelmoqda. 
Auditorlik tekshiruvidan o’tkazilgan xo’jalik sub’ektlarida 2 yil ichida 1 marotaba 
Soliq organlari tomonidan soliq to’lovlari yuzasidan tekshiriladi. Tekshirish 
natijalari bo’yicha amaldagi qonun hujjatlarining buzilish holatlari, ya’ni 


57 
soliqlarning noto’g’ri hisoblanganligi uchun Moliya Vazirligiga bildirishnoma 
yozilib ayrim auditorlik tashkilotlarining litsenziyalari bekor qilinish holatlari 
amaliyotda uchrab turibdi. Bu holatlar har doim ham to’g’ri deyish ancha 
murakkab. Bunday vaziyatni auditorlik tashkilotlari Moliya Vazirligiga kelib isbot-
dalillar bilan tushuntirishga harakat qiladilar va buning uchun ko’p vaqtlarini 
sarflaydilar (chunki, soliq organlarining tekshiruvlari ham har doim real 
bo’lavermaydi). Natijada auditorlik tashkiloti ko’p zarar ko’rishi yoki tugatilib 
ketishi ham mumkin. Shunday qilib, javobgarlik masalasi Vazirlar Mahkamasining 
365-son Qarorining 8-bandida ko’rsatilishi bo’yicha bir tomonlama hal 
qilinmoqda. 
Bizning fikrimizga ko’ra, bu masala ikki tomonlama hal etilishi maqsadga 
muvofiq deb hisoblaymiz. Ya’ni, «auditorlik tashkilotlari tomonidan amaldagi 
qonun hujjatlari qoidalarining buzilish holatlari belgilangan qonun doirasida
xo’jalik sudining Qarori bilan hal etiladi» deb o’zgartirish kiritishni taklif qilamiz. 
Natijada javobgarlik masalasi hal etilgan bo’ladi. 
Audit tadbirkorlik faoliyatining bir turi bo’lgani sababli yuqorida keltirilgan 
gaplarni unga nisbatan qo’llanishi mumkin. Ammo biz audit o’tkazish uchun 
tuzilgan shartnoma pudrat shartnomasidan keskin farq qiladi, degan xulosaga 
kelgan ekanmiz, noto’g’ri auditorlik xulosasi berishga olib keladigan sabablarni 
ham tadqiq etish mantiqdandir. Bu sabablardan ba’zilarini sanab o’tamiz va 
tasniflaymiz: 
1.
Auditorning ehtiyotsizligi, beparvoligi, sovuqqonligi (tekshirish chog’ida 
hisob yuritishdagi hisobot natijalariga muhim ta’sir o’tkazadigan nuqsonlar, hatto, 
vijdonli ishlaydigan auditorning ham e’tiboridan chetda qolishi mumkin); 
a) tekshiruvchilar malakasi etarli darajada emasligi tufayli jiddiy xatolar yoki 
buzilishlarni ko’rmay o’tkazib yuborishi (jumladan, taqdim etilgan axborotni 
noto’g’ri talqin qilish); 
b) tekshirish uchun tanlangan ish hajmining kamligi, tekshirishni tashkil etish 
usullaridagi xatolar, natijalarning faoliyat majmuiga mos emasligi-noreprezantligi 
sababli noto’g’ri xulosa chiqarish. 


58 
2.
Auditorlarning suiste’moli, ataylab qilgan aybi (masalan, tekshirish 
natijalarini ataylab buzib ko’rsatish, ataylab noto’g’ri auditorlik xulosasi berish). 
3.
Mijozning noto’g’ri (aybli) harakatlari. Masalan: 
a) mijozning auditor tekshirishi uchun noto’g’ri, buzib ko’rsatilgan axborotni 
berishi; 
b) tushumni, moliyaviy natijalarni hujjatlarda yashirish, mijozning boshqa 
axborotlarni yashirish. 
4.
Mijozning ehtiyotsizlik aybi, beparvoligi, sovuqqonligi, buning 
natijasida, masalan, auditorning tavsiyalari to’la hisobga olinmagani va bu katta 
zarar keltirgani. 
Auditorning harakatlari natijasida zarar ko’rgan tomonlar unga mulkiy da’vo 
qilishga haqlidir.
Auditor va u tekshirayotgan mijoz-iqtisodiy sub’ektning o’zaro tadbirkorlik 
mas’uliyati muammosini tadqiq etish shunday xulosaga olib keladiki, shunday 
xatarlar mavjudki, ular noqulay vaziyatda salbiy natijaga-tadbirkorlik nochor 
ahvolga tushishiga olib keladi. Bunda quyidagilarni farqlash mumkin: 
1.
Tadbirkorlikning o’ziga xos bo’lgan xatarlar. Ular maxsus adabiyotda, 
masalan sug’urtaga doir adabiyotda to’la-to’kis o’rganiladi.
2.
Iqtisodiy 
sub’ektlarning tadbirkorlik qurbi yo’qligi. Mijozning 
ma’muriyati boshqaruv borasida etarli asoslanmagan qaror qilishi, uning faoliyati 
tarmog’ida raqobat kurashi avj olishi mumkinligi va shu kabilar. 
3.
Auditorning tadbirkorlik qurbining yo’qligi. Agar auditor tekshirish 
chog’ida tegishlicha puxta ishlamagan bo’lsa va to’g’ri kelmaydigan xulosa bersa, 
u holda audit ishonchsiz hisoblanadi. 
Mijozlarning iqtisodiy qurbi yo’qligi auditning ishonchsizligi bilan 
bog’lanishi mumkin bo’lgan va mumkin bo’lmagan vaziyatlarga batafsil 
to’xtalaylik. Agar bunday qo’shilish (moslik) hech qanday shubha uyg’otmasa, 
bunda mijozning ham, auditorning ham aybi bor. Mijozning tadbirkorlik qurbi 
yo’q bo’lsa, (masalan, auditor navbatda tekshirgan bank bankrot bo’lsa, ammo 
auditor xulosasida yil boshida uning hisoboti ishonchliligi to’g’risida so’zsiz ijobiy 


59 
fikr bildirilgan bo’lsa) yanada murakab vaziyat vujudga keladi. Bunday xulosa 
ishlarning haqiqiy ahvoliga va audit natijalariga mos bo’lishi ham mumkin, lekin 
vaziyatning o’zgarishi, ma’muriyat va undan xodimlarning balans chiqarilgan 
paytdan keyingi kamchiliklari bankni bankrotlikka olib kelgan. 
Umuman mijozning auditor bilan o’zaro munosabatlari mas’uliyati 
quyidagilardan iborat: 

muqarrar auditorlik tekshirishidan bo’yin tovlash uchun javobgarlik - bu 
iqtisodiy subektning rahbariga nisbatan ham, subektning o’ziga nisbatan ham amal 
qiladigan, lekin kam qo’llaniladigan javobgarlikning bir jihatidir;

aktsiyadorlik 
jamiyati 
ma’muriyatining 
aktsiyadorlar 
umumiy 
yig’ilishining tekshirish uchun aniq bir auditorni tasdiqlangan qarorini 
bajarmaganligi uchun javobgarligi; 

tekshirish o’tkazish uchun zarur shart-sharoit yaratib berish uchun 
javobgarlik (xujjatlarni, hisob-kitoblarni o’z vaqtida to’lab berish, xodimlardan 
tushuntirish olishga imkon berish va boshqalar); 

tekshirish uchun taqdim etilgan axborotning (shu jumladan, realizatsiya 
qilingan mahsulot, olingan daromad xajmiga doir axborotning) to’laligi va 
ishonchliligi uchun javobgarlik; 

soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlarni yashirgani, 
kamaytirgani, o’z vaqtida hisoblamagani va o’tkazmagani uchun javobgarlik; 

tekshiriladigan tashkilot rahbarining buxgalteriya hisobi va hisobotning 
holati uchun javobgarligi va boshqalar. 
Auditning ichki xususiyatiga xos bo’lgan xatar mijoz buxgalteriyasi bajargan 
ish hajmiga mos keladigan yoki undan ko’proq hajmda tekshirish o’tkazish 
orqaligina iloji boricha kamaytirilishi mumkin. Lekin tekshiruvchilar tomonidan 
qaytadan tiklangan yangi ma’lumotlarga qiyoslashni ko’zda tutuvchi bunday 
tekshirish hajmi harajatlar va natijalar nisbatiga qaraganda aqlga sig’maydi. 
Noto’g’ri xulosa berishning doimiy xatari mavjudligi auditor tekshirishiga 
shartnoma tuzib, yuridik jihatdan rasmiylashtirishga alohida talablar qo’yadi. Unda 
tomonlarning professional javobgarligi vujudga keladigan yoki bekor qilinadigan 


60 
sharoitlarni aniq tafsilotlarini ko’rsatish tomonlardan har birining burchlari va 
mas’uliyatini aniqlab chegaralab va qayd etib qo’yish muhimdir. Keyinchalik 
nizoli vaziyat vujudga kelganda ikkala tomon o’z manfatlarini ishonchli himoya 
qilishi muhimdir. Biroq tadbir sifatida auditor ham u tekshirayotgan iqtisodiy 
sub’ekt ham shartnoma shartlarini bajarmagani yoki etarli darajada bajarmagani 
uchun javobgarlikdan ozod qilinmaydi. 
Shu tariqa auditorlik xizmati ko’rsatishga shartnomani auditorlik tekshirishi 
o’tkazishga shartnomadan aniq farqlash lozim.
Auditorlarning uchinchi shaxslar oldidagi mas’uliyati masalalari ba’zan faqat 
mijozlar emas, uchinchi shaxslar xulosada aks ettirilgan korxona moliyaviy xolati 
xususidagi adashishlar natijasida o’zlariga o’tkazilgan zararni qoplash to’g’risidagi 
talab bilan auditorga mulkiy da’vo qilishi mumkin. Auditorning dalolat berish 
vazifasida foydalanuvchilar doirasi kengligi birinchi bobda ko’rsatilgan. Ularning 
orasida uchinchi shaxslar ham bor. Binobarin auditorlik xulosasi ularni yillik 
buxgalteriya hisobotidagi axborotga munosabatini o’zgartirishi ularning o’ziga 
o’zi jiddiy zarar keltiradigan harakatga undashi mumkin. Lekin Mamlakatimizda 
hozircha amal qilayotgan «Xo’jalik shartnomalarini buzish natijasida etkazilgan 
zarar miqdorining aniqlashning muvaqqat usuli» auditorning o’ziga xos 
xususiyatlarini shu jumladan auditorlarning uchinchi shaxslar oldidagi 
mas’uliyatiga doir xususiyatlarini hisobga olmaydi. Lekin bozor rivojlangan sari 
auditorlarning mas’uliyati jumladan uchinchi shaxslar oldidagi mas’uliyati 
masalalari katta ahamiyatga ega bo’ladi.
Shunday qilib, uchinchi shaxslar sonining ko’paytirilishi, shuningdek 
auditorlik tashkilotlari ularga etkazgan zararni qoplash haqida sud chiqargan ajrim 
adolatlidir. Buning sabablar bor: 
Auditor tekshirayotgan iqtisodiy sub’ekt mas’uliyatini gaplariga asosan 
ko’proq asoslanadi va o’zaro beparvolik hollari muqarrardir. Shunday qilib, 
bunday vaziyatlarda ma’muriyat mas’uliyati auditor zimmasiga yuklanadi. 
Auditorlarga to’langan haq uchinchi shaxslar oldidagi hech qanday qarzni aks 
ettirmaydi, Ko’pincha bu haq auditorlik tashkiloti mutaxasislari sarflagan vaqtga, 


61 
ularning malakasi va shu kabi omillarga qarab hisoblanadi. 
Bundan tashqari xalqaro auditorlik standartlarida faqat auditorlik xulosasini 
topshirish vaqtida (undan keyin emas) mulk egasi bo’lmaganlargina mulkka da’vo 
qilish huquqi berilishi ta’kidlangan. Ya’ni auditorlik xulosasi berilgandan keyin 
(hatto iqtisodiy sub’ektning yangi egalari bo’lsa ham) benifis egasi bo’lgan 
uchinchi shaxslar e’tiroz uchun o’z huquqlarini aniq asoslab berishlari lozim 
bo’ladi. Shu tarzda xalqaro me’yor auditorga mulkiy da’vo qilish huquqiga ega 
bo’lgan uchinchi shaxslar doirasini ancha cheklaydi. Bu shartnoma «Auditorlik 
faoliyati to’g’risida»gi qonunda u qabul qilgunga qadar esa auditorlik tekshirishi 
uchun tuziladigan shartnomalarda aks etishi mumkin va lozim. 
Auditor auditorlik tashkiloti mijozning maxfiy malumotlarini boshqalarga 
bersa ham jinoiy javobgar bo’ladi. Ularga yuqoridagi o’zaro munosabatlar belgilab 
berilgan. Ularga asoslanib dalolat(guvohlik) berish to’g’risidagi kontseptsial 
yondashuvimizda bir necha jihatlar ko’proq diqqatga sazovordir: 
1.
O’zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksi bo’yicha notariusda va auditor 
bir xil dalolat berish vazifasini bajarishi bilvosita tan olingan (ularga O’zbekiston 
Respublikasi jinoyat kodeksining bitta moddasi bag’ishlangan). 
2.
Mazkur huquqiy munosabatlar, yani jinoiy javobgarlikka tortish xususiy 
notariusga ham xususiy auditorga ham taalluqlidir. Bizningcha, bu to’g’ri, chunki 
ma’muriyat bilan xususiy tarzda ishlaydigan auditorlar o’rtasidagi munosabatlar 
juda murakkab (ularni aldash, sotib olish, qo’rqitish oson). 
3.
Boshqa ko’p iqtisodiy subektlar bunday “mustaqil” auditor orqali bu 
auditorni o’qishiga homiylik qilgan va uning tekshirish materiallaridan jinoiy 
maqsadlarda foydalanadigan nazorat ostiga tushib qolishi mumkin.
4.
O’z faoliyati vazifalariga zid ravishda vakolatlaridan foydalanish (ya’ni, 
auditorning mijozni yoki uchinchi shaxslarni ongli ravishda aldashi, masalan, 
noxolis buxgalteriya hisoboti yoki uning ishonchliligi to’g’risidagi noxolis 
auditorlik xulosasi yordamida ongli ravishda aldash) jinoyat belgisidir. 
5.
Bunday huquq buzarlikning oqibati naf ko’rish va o’zi uchun afzallik 
olish yoxud boshqa shaxslarga zarar etkazishdan iborat bo’lishi kerak. Ammo, 


62 
O’zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksida bu xususda yana bir muhim pisanda 
bor: agar bu harakat fuqoralarning yoki tashkilotlarning huquqlari va qonuniy 
manfatlariga yoxud jamiyat yoki davlatning qonun bilan muhofaza qilinadigan 
manfaatlarga jiddiy putur etkazsa - bu jinoiy javobgarlikka olib keladi. 
6.
Agar yuridik shaxs tashkil etmay ishlayotgan auditor aniq bir vaziyatda 
jinoyatchilar toifasiga qo’shilib qolsa, uning ishi sudga oshirilishi mumkin, u 
yuqorida sanab o’tilgan jinoyatlar uchun ish haqining besh yuz baravaridan sakkiz 
yuz baravarigacha miqdordagi jarima bilan yoki uch oydan olti oygacha 
ozodlikdan mahrum qilish, yoxud uch yilgacha ma’lum faoliyat bilan shug’ullanish 
huquqidan mahrum qilish bilan jazolanadi. 
Ko’rinib turibdiki, qonunda xususiy auditorning o’z vakolatidan boshqa 
maqsadlarda foydalanish imkoniyati etarlicha jiddiy ravishda (chamasi, bu 
asoslidir) ko’rib chiqilgan. Ravshanki, O’zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksiga 
muvofiq auditorlarni sud javobgarligiga tortish kasbimizning jamoatchilik 
orasidagi obro’siga putur etkazgan bo’lur edi. Ma’lum miqdordagi auditorlik 
tashkilotlarining fuqarolik javobgarligiga (yoki bu tashkilotlar raxbarlarining jinoiy 
javobgarlikka) tortilishiga mamlakatimizda auditning rivojlanishga salbiy ta’sir 
qilgan bo’lur edi. Shu bilan bir vaqtda auditorlar bu yangilikni ijobiy baholashlari 
lozim. Jinoiy javobgarlikka tortish extimoli auditorlarimiz g’arb auditorlari kabi 
puxta va halol ishlashlariga, shu maqsadda barcha mavjud imkoniyatlardan 
foydalanishlariga ko’maklashmog’i kerak. 
O’zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi muqarrar ravishda 
auditorlarni sud javobgarligiga (jumladan asosiy ravishda) tortish vaziyatiga olib 
keladi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning tajribasi shuni ko’rsatadiki, 
auditorlarni sud ta’qibiga tortishning Ko’pchilik xollari iqtisodiy sub’ektdagi 
tekshiruvchilar aniqlay olmagan su’iste’mollar va kamomadlar bilan bog’liq. 
Auditorlar va auditorlik tashkilotlarining dalillar bilan asoslangan 
printsiplaridan farq qiladigan fikri bo’lishi mumkin. Bunday hollarda 
auditorlarning tavsiyalari soliq xizmati xulosalaridan farq qilsa-yu, lekin, qonunga 


63 
zid bo’lmasa, ularni sud javobgarligiga tortish kerakmi, degan savol tug’iladi. 
Mijozlarda va uchinchi shaxslarda ko’pincha auditorlik xulosasi berilgandan so’ng 
har qanday mas’uliyat mijozdan auditor elkasiga o’tadi degan xato fikr tug’iladi. 
Bu to’g’ri emas, mijozning o’zi javobgardir. 
O’zbekistondagi milliy auditorlik standartlar barcha auditorlik tashkilotlari 
uchun bir xil bo’lish lozimligi ravshan, ammo yirik, auditorlik tashkilotlarida o’z 
uslubiy tavsiya (standart)larini ishlab chiqishni tavsiya qilamiz va uni qo’llash 
muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Bunday uslubiyatni yo’qligi auditorlik 
tashkilotining mustaqilligini pasaytiradigan omil deb hisoblash mumkin. Ayni shu 
vaziyatlar birgalikda tekshirishning malakaviy yoki malakasiz o’tkazilganini 
aniqlangan mezon bo’lishi lozim. 

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish