Korxonaning asosiy maqsadlari
Maqsadlar
iyeraxiyasi
Maqsadlar ko‘rsatkichlari
Bozorni egallash
Bozor ulushi, tovar aylanmasi, uning ahamiyati va roli,
yangi bozorlarni egallash (qamrash).
Rentabellik
Foyda, aylanmaning rentabelligi, o‘z kapitalining
rentabelligi, umumiy kapital rentabelligi
Moliyaviy
barqarorlik
Kredit qobiliyati, likvidlilik, o‘z-o‘zini moliyalash
darajasi, kapital tarkibi
Ijtimoiy
maqsadlar O‘z ishidan qoniqish, daromad va ijtimoiy himoya
darajasi, ijtimoiy integratsiya, shaxsning rivojlanishi
Bozordagi mavqeyi
Mustaqillik, imij, siyosiy muhitga munosabat, jamoa
e’tirofi
«Kompaniyaning ishi = mijozlarning kutishlariga»
Umumlashtirishning ancha past darajasida firmaning ancha aniqroq
miqdoriy va sifatga oid maqsadlari haqida gapirish mumkin. Sifatga oid
maqsadlar orasida firma nufuzining o‘sishiga olib keladigan, uning
ijtimoiy ta’sirini (vaznini ) kuchaytiradigan quyidagi maqsadlar muhim
hisoblanadi:
- iqtisodiy maqsadlar va o‘z mamlakatida ham, import qilinadigan
mamlakatlarda ham ularga erishuvi;
- bandlikka, mehnat bozoriga ijobiy ta’sir etish;
- ta’lim, madaniy, sport va boshqa aksiyalarni qo‘llab-quvvatlash.
Firmaning miqdoriy maqsadlari:
- foyda (daromad) hajmi;
- pul va natural ko‘rinishda ifodalanuvchi savdo hajmi;
- bitta ishlovchi hisobiga mehnat siyosati (MS);
-bozor ulushining o‘zgarishi, firma tovarlari bilan bozorni egallashi.
Marketingning asosiy deklaratsion maqsadi inson talablarining qon-
dirilishini hisobga olib, «Marketing tizimining haqiqiy maqsadi nima?»
40
degan savolga ehtimol tutilgan javobning to‘rt muqobil variantlarini
ko‘zda tutish mumkin:
- maksimal darajada yuqori iste’molga erishish;
- maksimal darajadagi iste’mol qimmatliklarini ko‘rsatish (iste’mol-
chi tovardan oladigan va unga sotib olishdagi xarajat orasidagi foydani
taqqoslash);
- maksimal darajada keng tanlov imkonini yaratish;
- hayot tarzi sifatini maksimal darajada oshirish.
Hayot tarzi sifati uchta tarkibiy qismdan tashkil topadi:
1. Tovarning miqdori, sifati, assortimenti (turi), qulayligi va
qiymati.
2. Inson yashaydigan tabiiy muhitning sifati, insonning madaniy
muhiti sifati unumdorligi.
3. Bozorning firma tovarlari bilan shug‘ullanuvchi ulushi o‘zgarishi.
Bozorni soddalashtirish va miqdoriy maqsadlar ahamiyatiga qarab,
tartibga solish uchun tijorat doiralarida «firma maqsadini tanlash – bu
bugungi foydaning yuqori ulushi bilan ertangi bozorning yuqori ulushi
orasidagi tanlovdir».
Marketingning funksional jihatdan ko‘p ma’noliligi uning tadbirkor-
lik faoliyatidagi ahamiyati bu masalalarni hal qilishni yanada murakkab-
lashtiradi.
Marketingning funksiyasi ishlab chiqarish, kadrlar, moddiy-texnik
ta’minlash va logistika, moliyaviy, buxgalteriya hisobi va boshqa
funksiyalar bilan bir qatorda tadbirkorlik funksiyasi sifatida ham
nomoyon bo‘ladi va o‘zida marketing faoliyati jarayonida amalga
oshiriladigan alohida yoki kompleks turdagi ixtisoslashtirilgan turlarni
aks ettiradi.
Marketing funksiyasining boshqa firmalar funksiyalaridan farqi
shundaki, uning funksiyasi firma va uning mijozlari, iste’molchilari
orasida almashuv jarayonlarini tashkil etishga mo‘ljallangan. Shu
munosabat bilan marketingning funksiyasi doimiy o‘zgarib turadigan
talabga mos holda talabni yaratish, shakllantirish va rivojlantirishga
mas’ul hisoblanadi.
Marketing funksiyasining klassik tushunchasida mahsulotni sotish
(o‘tkazish) va realizatsiya qilish jarayonlariga yordamlashish harakatlari
ham kiradi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan marketing konsepsiyalarini amalga
oshirish uchun marketingning bir qancha funksiyalari bajarilishi kerak.
41
Bu funksiyalar firmaning boshqa funksiyalari bilan bir qatorda bajarila-
di. Marketing funksiyasi ko‘proq tadbirkorlik funksiyasi sifatida
shakllanib, ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan vazifalarni bajarish
uchun tadbirlar majmuasidan iborat. Marketingning funksiyalari mar-
keting tizimidagi almashuv vositasida xaridorlarning talablarini
qondirish bilan bog‘liq faoliyat (tadbirlar)larning ma’lum turlaridir.
Marketingning analitik (informatsion) funksiyasi – uchta eng
muhim yo‘nalish bo‘yicha keng ko‘lamli marketing tadqiqotlari
o‘tkazish:
1) bozor konyunkturasini kompleks tadqiq etish va uni bashoratlash,
iste’molchilarni o‘rganish va segmentatsiya o‘tkazish, tovarning
iste’mol xossalarini tahlil qilish, raqobatchilar, ish bo‘yicha sheriklar
pozitsiyalarini tahlil qilish;
2) firmaning ishlab chiqarish – savdo (o‘tkazish) imkoniyatlari
tahlili – tovar assortimenti, ishlab chiqarish quvvati, moddiy-texnik
ta’minlash tizimi, kompaniyaning ilmiy-texnik va kadrlar potensiali,
uning moliyaviy imkoniyatlari, savdo va tovarning bozorda harakat-
lanishi tizimlari tahlili;
3) olingan informatsiyalar asosida SWOT – tahlil o‘tkazish –
korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlarini, imkoniyatlar va tahlillarini
va marketing maqsadlari shakllanishini va ularga erishish strategiya-
larini baholash.
Marketingning analitik funksiyasi informatsiyalarni yig‘ish va
ularga ishlov berishning keng va amalda harakatlanuvchi tizimi mavjud
bo‘lgandagina realizatsiya qilinishi mumkin. Odatda bozorni doimiy
kuzatish ba’zi-ba’zida o‘tkaziladigan maqsadga yo‘naltirilgan tadqiqot-
lar (masalan, reklamalarning sotish hajmiga ta’sirini aniqlash) bilan
qo‘shib olib boriladi. Ko‘pchilik firmalarda ushbu informatsion
ishlarning katta qismi maxsus bo‘limlar tomonidan o‘tkaziladi yoki
mustaqil tadqiqot institutlariga topshiriladi.
Rejalashtirish funksiyasi kompaniyaning mos keluvchi bo‘limlari
tomonidan tovar, narx, savdo, kommunikatsion va kadrlar siyosati
rejalarini ishlab chiqishi va marketing dasturlarini tuzishini bildiradi.
Marketingning ishlab chiqarish – savdo funksiyasi marketing
faoliyatini amaliy jihatdan amalga oshirilishni ko‘zda tutadi:
1) tovarlar siyosati (mahsulotning ma’lum turini ishlab chiqarish,
yangi tovarlar ishlab chiqarish, tovar sotilgandan keyingi xizmat
ko‘rsatish, uskunalarni yangilash va b.);
42
2) maqsadli siyosatlar (tovar birligi uchun narx darajasini va
tovarning hayot sikli davriga ko‘ra bog‘liq ravishda narxlar dinamikasini
belgilash, firma narxini bozorning har bir segmentidagi raqobatchilar
narxiga nisbatini aniqlash va b.);
3) savdo siyosatlari (savdo vositalarini yaratish, bozorga chiqish
vaqtini belgilash, tovarni harakatlanish tizimini belgilash va b.);
4) kommunikatsion siyosatlar (bozorda tovarning harakatlanishi
bo‘yicha choralarni amalga oshirish: reklama kompaniyalarini o‘tkazish,
vositachilar va iste’molchilarga mos keluvchi imtiyoz va chegirmalar
berish (ko‘rsatish), mahsulot sotish bilan shug‘ullanuvchi o‘z xodimlari-
ni rag‘batlantirish, ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish va b.);
5) kadrlar siyosati (kadrlar tanlash (yig‘ish), xodimlarni tayyorlash
va qayta tayyorlash, xodimlar motivatsiyasi bo‘yicha tadbirlarni amalga
oshirish va b.
Marketingning nazorat funksiyasi hamma marketing ishlari davo-
mida amalga oshiriladi: mablag‘larni asossiz sarflanishidan qochish
uchun marketing tadbirlarining ehtimoliy samaradorligini oldindan
baholash maqsadida – navbatdagi marketing dasturining boshlang‘ich
bosqichida, marketing dasturlarini realizatsiya qilish jarayonida –
rejalashtirilgan marketing chora-tadbirlari va ularning kompleksliligingi
amalga oshirish uchun joriy nazorat, bu maqsadga erishish uchun
marketing strategiyasi va taktikasiga ma’lum asoslangan tuzatishlar
kiritish imkonini beradi.
Shunday qilib, marketing funksiyasining tahlili marketingni boshqa-
rishning hamma jarayoni izchil amalga oshiriladigan bosqich
ko‘rinishda tasavvur qilish imkonini beradi.
Marketing funksiyalarini kim bajaradi
:
9
Ishlab chiqaruvchilar
9
Iste’molchilar
9
Marketing mutaxassislari
Marketing funksiyalarining firma funksiyalaridan farqi shundaki, u
asosan firma mahsulotini mijozlar bilan ayirboshlash vazifasiga yo‘nalti-
rilgan. Keng ma’noda marketing funksiyasi firma mahsulotiga bozorda
talabni shakllantirish va xaridorlarni ko‘proq o‘ziga jalb qilishdan iborat.
Potensial talabni o‘rganish va yangi taklif bilan bozorga chiqish
firmaning kundalik faoliyatining bir qismidir. Firmalarda marketing
funksiyasi bilan marketing faoliyatining funksiyalari chambarchas
bog‘liq. MARKETING funksiyasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi.
43
•
Marketing tadqiqotlari.
•
Rejalashtirish.
•
Narxni shakllantirish.
•
Tovarni taqsimlash.
•
Tovarni harakatga keltirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |