Differensial narx tayinlash
(ingl. differential pricing)
— narx belgilash
uslubi bo‘lib, unga ko‘ra bitta va aynan shu mahsulot iste’molchilar turli
guruhlariga har xil narxlarda sotiladi.
Duopoliya
(ingl. duopology)
— 1) faqatgina ikkita sotuvchi mavjud
bo‘lgan bozor. 2) birja savdolarida ko‘p sonli xaridorlarga bir xildagi
tovarni taklif etayotgan ikki sotuvchi hukmronlik qiladigan vaziyat. Ular
o‘zaro bir-biri bilan raqobatlashishi yoki takliflar hajmi, sotuvlar
muddati va narxlarga nisbatan sinxron — uyg‘un tarzda ish ko‘rishi ham
mumkin; 3) o‘zaro shartlashib kelishish asosida yuqori sotuv narxlarini
saqlab turuvchi va bir-biri bilan o‘zaro narxdan tashqari raqobat olib
boruvchi ikki sotuvchining oligopoliyasi; mahsulotga xarajatlar taxminan
teng bo‘lgan sharoitda yuqori narxni hamjihatlik bilan saqlab turish
foydaliroq.
Do'stlaringiz bilan baham: |