Raqobatchilarga yo‘naltirilganlik
. Joriy narxlar darajasi asosida
narxlarni belgilayotganda korxona asosan raqobatchilar narxidan kelib
chiqadi va o‘z xarajatlari yoki talab ko‘rsatkichlariga kamroq e’tibor
beradi. Bunday yondashuv ancha keng tarqalgan.
«Yetakchi orqasidan quvish» usuli
. Bu holda tovar narxini
belgilash bozordagi yetakchi raqobatli muhitning narxi asosida, tovar va
uning sifati, differensiatsiyasi asosida amalga oshiriladi. Mohiyatiga
ko‘ra bu usul yetakchi narxga yo‘naltirilgan holda o‘z narx siyosatidan
voz kechishni ko‘zda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |