Transfert bahosi
- bu firmaning ishlab chiqarish bo‘limidan boshqa
bo‘limlariga o‘tkazilayotgandagi tovar bahosi, masalan, tashqi savdo
xizmatiga yoki chet el savdo filialiga.
Harakatlanuvchi narx
- shartnoma tuzilayotgan paytda unda qayd
etilgan va ma’lum sharoitda o‘zgarishi mumkin bo‘lgan narx (shartnoma
kelishuviga ko‘ra).
Sirpanuvchi narx
- bu qoidaga ko‘ra uzoq muddatda tayyorla-
nadigan mahsulotga belgilangan narx (masalan, kema). Shartnoma
tuzilayotganda unda qayd etilgan narx ikkala tomonning kelishuviga
ko‘ra o‘zgarishi mumkin.
Vaqt omilini hisobga olgan holda doimiy va vaqtinchalik (mav-
sumiy) narxlar farqlanadi.
Doimiy narx
- bu amal qilish muddati kelishilmagan narx.
Do'stlaringiz bilan baham: |