Toshkent kimyo-texnologiya instituti g. S. Keldiyorova, N. A. Ablayeva



Download 273,11 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana05.12.2019
Hajmi273,11 Kb.
#28500
1   2   3   4   5
Bog'liq
ozbek tilida ish yuritish


 

Topshiriqlar: 

1-topshiriq. Ma’lumotnoma matnini o‘qing va ma’lumotnoma turini aniqlang.   

                                                                     TKTI ma’naviy va axloqiy tarbiya      

                                                                     ishlari bo‘yicha prorektor  

                                                                     dots. M.H Karaxodjayevaga 

 

Yotoqxonada yashovchi talabalardan  



tushgan shikoyatlar haqida 

 

M A’ L U M O T N O M A 



2007-2008  o‘quv  yilining  ikkinchi  yarmida  talabalar  turar  joyida 

yashovchi 324 ta talabadan 56 ta atiza va shikoyat tushdi. Bulardan 34 tasi ariza 

va 12 tasi shikoyat hisoblanadi. 

Arizalar  moddiy  ehtiyoj  hisoblangan  narsa  va  turli  jihozlar  berilishini 

so‘rab yozilgan bo‘lib, bu ehtiyojlar o‘z vaqtida qondirilgan. 

Shikoyatlardan  10  tasi  ko‘rib  chiqilgan,  2  tasi  ko‘rish  jarayonidadir. 

Shikoyatlar  yotoqxona  Nizomi  qonun-qoidalariga  muvofiq  tarzda  ko‘rib 

chiqilgan. 

 

«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati 



shu’ba raisi  

 

 



 

(imzo)          

B. Mahkamov 

2-topshiriq.  So‘z  va  birikmalarni  quyidagi  savollarga  javoblar  tartibida 

joylashtiring. 



 38 

Kim? 


Qayerda? 

Kim bo’lib?  Nima qiladi? 

 

 

 



 

Tuman  soliq  nazorati  idorasida,  ishlaydi,  Aziz  Ibrohimov,  iqtisodchi,  o‘qiydi, 

Toshkent  Moliya  institutida,  ikkinchi  kurs  talabasi,  Sho’rtan  gaz  kimyo 

majmuasida,  bosh  muhandis,  tadbirkor,  Yunusobod  savdo  markazida, 

lavozimida, hisoblanadi, dorishunos bo’lib, 18-sonli dorixonada, Buxoro shahar 

Shofirkon tumanidagi. 



3-topshiriq.  Berilgan  so‘z  birikmalari  ishtirokida  namunadagidek  gaplar 

tuzing.  



Namuna:  Ma’lumotnoma  shahar  soliq  boshqarmasiga  taqdim  etish  uchun 

berildi. 

Oliy  o‘quv  yurtiga,  kasaba  uyushmasiga,  Qo‘qon  shahridagi  18-o‘rta  maktab, 

ma’muriyatga,  uy-joylardan  foydalanish  bolimiga,  316-bolalar  bog‘chasiga, 

harbiy  komissariatga,  tuman  ta’minoti  boshqarmasiga,  texnolog  lavozimida, 

A.Nabiyev  ko’chasi  27-uyda,  bolalar  shifokori  lavozimida,  kontrakt-to’lov 

asosida.    

4-topshiriq. Yaqin qarindoshlaringizning ish joylari haqida o‘z tumaningizdagi 

biror yuqori idora nomiga malumotnomalar namunasini tayyorlang. 



5-topshiriq.  O‘z  guruhdoshlaringizdan  uchtasining  yashash  joylari  to‘g‘risida 

ma’lumotnoma matnlarini tuzing. 

 

B I L D I R I S H N O M A 

 

Muayyan  muassasa  (tarkibiy  qism)  rahbariga  xizmat  faoliyati  bilan 



aloqador muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori, mansabdor shaxsga biron-bir 

voqеa  va  hodisa  haqida  xabardor  qilish  zarurati  tug‘ilganda  taqdim  etiladigan 

mufassal  yozma  axborot  bildirishnoma  deyiladi.  Unda,  odatda,  bayon 

qilinayotgan masalalar bo‘yicha tuzuvchi(yozuvchi)ning takliflari aks etadi. 

 

Kimga yo‘llanganiga qarab bildirishnoma ichki va tashqi turlarga ajraladi. 



 39 

 

I c h k i  b i l d i r i s h n o m a rahbar shaxs yoki bo‘lim mudiri nomiga 



yoziladi. Bunday bildirishnomalar muallif tomonidan imzolanadi. 

T a s h q i  b i l d i r i s h n o m a, ya’ni rahbar tomonidan yuqori idoraga 

yoki  mansabdor  shaxsga  yoziladigan  bildirishnoma,  odatda  xos  ish  qog‘oziga 

ikki  nusxada  yoziladi.  Hujjatning  ikkinchi  nusxasi  muassasaning  o‘zida 

qoldiriladi. Bunday bildirishnoma rahbar tomonidan imzolanadi.  

 

Bildirishnoma tayyorlayotgan shaxsning xulosa va takliflari aniq, ravshan 



va ishonarli bo‘lmog‘i kеrak.  

Shuning 


uchun  ham 

bildirishnomalarda 

chiqarilgan 

xulosalarni 

tasdiqlovchi, 

voqеa-hodisalarga, 

qonunchilik 

ko‘rsatmalariga, 

tеgishli 

hujjatlarning  raqam  va  sanasiga  hamda  bayon  etilgan  masalani  bеvosita 

muassasa  misolida  o‘rganish  yoki  sinab  ko‘rish  natijasida  olingan  boshqa 

dalillarga  havolalar  qilinishi  zarur.  Bildirishnoma  matni  asosan  ikki  qismdan 

iborat. Birinchi qismda uning yozilishiga sabab bo‘lgan dalillar, voqеalar bayon 

qilinishi, ikkinchi qismida esa xulosalar va aniq ish harakatlar haqidagi takliflar 

aks etmog‘i zarur.  

Bildirishnomalarni tayyorlashda faqat biror voqea, holat to‘g‘risida xabar 

berish  bilan  cheklanish  yetarli  emas,  ularning  sabablari  tahlil  qilinishi,  xulosa 

chiqarilishi,  takliflar  berilishi  ham  lozim.  Shuning  uchun  bildirishnomalarda 

xulosa va takliflar aniq va ishonarli yozilishi talab qilinadi. 

Agar  bayon  qilinayotgan  malumotlar  aniq  sana  yoki  vaqtga  tegishli 

bo‘lsa,  bu  sana  yoki  vaqt  matn  oldidan  ko‘rsatilishi  lozim.  Masalan:  2008-yil 

10-oktabrdagi holatga ko ‘ra kabi. 

 

Topshiriqlar: 

1-topshiriq.  So‘z birikmalarini daftaringizga ko‘chirib oling va eslab qoling. 

Masalani  o‘rganib  chiqdim,  sizning  ko‘rsatmangizga    binoan,  o‘z  vaqtida  

bajarildi,  ahvoli    haqida,  chora  ko‘rishingizni  so‘rayman,  qiyinchilikka,  duch 

kelmoqdamiz,  másalani  ijobiy  hai  etilishini  so‘raymiz,  zarur  deb  hisoblaymiz, 



 40 

qonun  oldida  javob  berishini  so‘rayman,  yotoqxona    tekshirilganda,  qayta 

ko‘rib  chiqishni    taqozo  etmoqda,  sharoit  yo‘qligi  sababli,  berilgan  vazifani 

muddatidan oldin bajardim. 



2- topshiriq. Bildirishnoma shaklini to‘g‘ri to‘ldiring. 

Toshkent kimyo-texnologiya instituti 

ilmiy ishlar va axborot texnologiyalar  

bo‘yicha prorektori prof. A.Ikromovga 

zamonaviy til o‘rgatish xonasining  

tashkil etilishi haqida   

 

BILDIRISHNOMA 



Bildirishnoma matni (yozilish sabablari, xulosa, talab va takliflar).  

Ulova: (zarur bo‘lsa). 

Kutubxona mudirasi 

(imzo) 


S. Usmonova 

 

Savollarga javob bering: 

1. Bildirishnoma qanday varaqqa (bosma blanka yoki oddiy qog‘oz) yoziladi? 

2. Qanday bildirishnomalarda matn sarlavhasi qo‘yiladi? 

3. Qaysi holatlarda bildirishnomaga ilovalar berilishi mumkin? 

4. Bildirishnomaning zaruriy qismlarini ayting. 

 

T U S H U N T I R I S H   X A T I 

 

Tushunirish  xatlari  asosan  xodim  (ishchi,  xizmatchi,  jamoa  xo‘jaligi 

a’zosi,  talaba)  tomonidan,  ba’zan  bo‘linmalar  rahbarlari  tomonidan  muassasa 

rahbari  nomiga  yoziladi.  Unda  ish  (o‘qish)  jarayonida  xodim  (talaba) 

tomonidan sodir etilgan ba’zi hatti-harakatlar (masalan, ish yoki o‘qishga kеch 

qolish, kеlmay qolish, rеja yoki ayrim topshiriqlarni bajarmaganlik, bеlgilangan 


 41 

tartib-qoidalarga  rioya  qilmaganlik  va  boshqalar)  va  ularning  sabablari 

izohlanadi, dalillanadi.  

 

Tushunirish  xatlari  odatda  mansabdor  (rahbar)  shaxsning  talabi  bilan 



yoziladi,  chunki  u  kеyinchalik  xodim  haqida  muayyan  qarorga  kеlish,  unga 

nisbatan  tеgishli  intizomiy  jazo  chorasini  qo‘llash  yoki,  dalillar  asosli  (uzrli) 

bo‘lsa, qo‘llamaslik uchun asos vazifasini o‘tashi mumkin.  

Tushuntirish xati  xodim  (talaba)ning o‘z  dastxati bilan  yozilib,  yozuvchi 

shaxs  nomi  qaratqich  kelishigida  (masalan:  N.  Sobirovning  tushuntirish  xati) 

rasmiylashtiriladi. Matn mazmuni aniq va ixcham tuziladi, sana va dalillar aniq 

ko‘rsatiladi,  yetarlicha  izohlanadi,  qo‘shimcha  asoslov  hujjatlari  ilovada 

beriladi. 

 

Topshiriqlar: 

1-topshiriq.  Quyidagi  qoliplashgan  birikmalarni  daftaringizga  ko‘chirib  oling 

va  xotirangizda  saqlab  qoling.  Bu  birikmalardan  foydalanib,  o‘quv 

mashg‘ulotlariga qatnashmaganingiz sababi to‘g‘risida tushuntirish xati yozing. 

Zaruriyat  tufayli,  betobligi  sababli,  shifoxonada  davolanayotganligi  uchun, 

nosozligi tufayli, yomon tashkil etilganligi sababli, joriy etilganligi munosabati 

bilan,  imkoniyati  yo‘qligi  tufayli,  vafot  etganligi  sababli,  ob-havo  noqulayligi 

uchun,  o‘zgarganligi  munosabati  bilan,  xabar  berilmaganligi  sababli, 

e’tiborsizlik tufayli, ruxsat berilmaganligi sababli. 

 

B A YO N N O M A 

 

Turli  yig‘ilish,  kеngash  va  boshqa  tur  anjumanlarning  borishini,  majlis 



qatnashchilarining  chiqishlari  va  ular  qabul  qilgan  qarorlarni  aniq,  siqiq  holda 

qayd qiluvchi rasmiy hujjat bayonnama deyiladi.  



 42 

 

Bayonnomani  yozishni  tashkil  qilish  kotibning  asosiy  vazifalaridan 



biridir.  Bayonnoma  oldindan  tayinlangan  kotiblar    tomonidan  tuziladi  va 

rasmiylashtiriladi.  

Yig‘ilishda  ko‘rib  chiqilgan  masalalar  yuzasidan  bildirilgan  barcha  fikr-

mulohazalar,  tanqid  va  taklifiar  bayonnomada  yoritilishi  lozim.  Bu 

axborotlarning  aniqligi,  to‘liqligi  uchun  ma’sul  hisoblangan  majlis  raisi  va 

kotibi bayonnoma oxiriga imzo qo‘yadilar. 

Bayonnomalar qisqa, to‘liq, stenografik, fono-grafik shakllarda bo‘l adi. 

Qisqa  bayonnomada  yig‘ilishning  kun  tartibi,  ma’ruzachi  va  muzokaralarda 

qatnashuvchilarning ismi, familiyasi hamda qabul qilingan qarorlar ko‘rsatiladi. 

To‘liq  bayonnomada  esa  majlisda  so‘zga  chiqqanlarning  barcha  fikr-

mulohazalari to‘liq berilishi lozim. 

Bayonnoma  kirish  va  uch  asosiy  qismdan  tuziladi.  Kirish  qismida 

yig‘ilish o‘tkazilgan tashkilot nomi, bayonnoma sanasi, tartib raqami,  yig‘ilish 

joyi,  rais  va  kotibning  ismi,  familiyasi,  qatnashuvchilar  ro‘yxati  va  soni  (15 

kishidan oshmasa, ismi va familiyasi, lavozimi, ish joyi ko‘rsatiladi) keltiriladi. 

So‘ngra KUN TARTIBI bosh harflar bilan yozilib, ikki nuqta qo‘yiladi va 

ko‘riladigan masalalar tartib raqami bilan beriladi. 

Asosiy  matndagi  uch  qism:  ESH1TILDI,  SO‘ZGA  CHIQD1LAR, 

QAROR  QILINDI  so‘zlari  ham  katta  harflar  bilan  yozilgach,  ikki  nuqta 

qo‘yiladi va yangi satrdan ma’ruzachining ismi-familiyasi yoziladi. 

Zaruriyat tufayli majlis davomida qabul qilingan qarorlardan ko‘chirmalar 

rasmiylashtiriladi.  Buyruqdan  ko‘chirmada  bo‘lganidеk,  bayonnomadan 

ko‘chirma ham imzo bilan tasdiqlanadi.  

 

Bayonnomaning matni qismidan faqat tashkilot yoki shaxsga yеtkazilishi 



kеrak bo‘lgan bo‘laklargina olinadi. Agar kun tartibida uch masala  muhokama 

etilgan bo‘lsa, kеrakli masala bo‘yicha qabul qilingan qaror olinadi. 



 

 43 

Bayonnoma shakli 

_________________________________________________ 

(muassasa nomi) 

_________________________________________________  

(bo‘lim yoki bo‘linmalar nomi) 

______ yil ___________dagi ___-sonli  

(o‘tkazilgan sana va bayonnoma raqami) 

B A YO N N O M A S I  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Toshkеnt shahri. 

  (sanasi)                             

 

 



 

 

 



 

(o‘tkazilgan joyi) 

 

QATNASHDILAR: (qatnashuvchilar ro‘yxati yoziladi) 

KUN TARTIBI: 1. (ko‘riladigan masalalar nomlari yoziladi) 

 

 



         2. 

 

 



         3. 

ESHITILDI: 1. (ma’ruzachilarning ma’ruzalari yozib boriladi) 

 

 



   2. 

 

 



   3. 

SO‘ZGA  CHIQDILAR: 

QAROR QILINDI: 1. 

 

 



              2. 

 

Majlis raisi:                  I.O.Familiyasi 



Kotiba:                         I.O.Familiyasi 

 

Topshiriqlar: 



1-  topshiriq.  Berilgan  bayonnoma  namunasini  o‘qing,  turini  aniqlang  va  kun 

tartibini o‘zgartirib, o‘z guruhingiz yig‘ilishi bayonnomasini yozing. 

Toshkent kimyo texnologiya instituti 

Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti  

3-kurs 34-07 guruhi yig‘ilishining  


 44 

B A Y O N N O M A S I    № 3 

2003-yil 10.02 

 

 



 

 

 



 

 

Toshkent shahri. 



RAIS - I. HASANOV  

KOTIBA - M. MUSLIMOVA  

QATNAS H DI LAR: 21 TALABA 

KUN TARTIBI: 1. Qishki imtihon sessiyasiga tayyorgarlik va talabalar oldida   

                            turgan asosiy vazifalar. Guruh yetakchisi N.Yusupov axboroti. 

                  2. Navro‘z bayramiga tayyorgarlikning borishi to‘g‘risida.   

                      S.Hakimov axboroti. 

1. ESHITILDI: N.Yusupov qishki imtihon sessiyasiga tayyorgarlik va talabalar 

oldida turgan galdagi vazifalar to‘g‘risida axborot berdi. 

SO‘ZGA CHIQDILAR: A.Safarov, M.Ravshanov, T.Umarova. 

QAROR QILINDI: 1. Qishki imtihon sessiyasi haqidagi N.Yusupov axboroti  

                                     ma’lumot uchun qabul qilinsin; 

                                 2. Talabalarning galdagi vazifalari belgilab berilsin. 

2.  ESHITILDI:  S.Hakimov  Navro‘z  bayramiga  tayyor-garlikning  borishi 

to‘g‘risida axborot berdi. 

SO‘ZGA CHIQDILAR: U.Usmonov, O.Rasulova, K.Azizova 

QAROR QILINDI: 1. S.Hakimov Navro‘z bayramiga tayyorgarlikning borishi 

                                     haqidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin; 

                                 2. Navro‘z bayramiga tayyorgarlik kuchaytirilsin. 

 

Rais  (imzo) 



I. Hasanov 

Kotib (imzo) 

M. Muslimova 

 

 



 

 


 45 

D A L O L A T N O M A 

 

Muassasa  yoki  ayrim  shaxslar  faoliyati  bilan  bog‘liq  biron-bir  o‘tgan 



(sodir  bo‘lgan)  voqеa,  hodisa,  ish-harakatni  yoki  mavjud  holatni  tasdiqlash, 

unga  guvohlik  bеrish  maqsadida  bir  nеcha  kishi  tomonidan  tuzilgan  hujjat 



dalolatnoma  deyiladi.  Dalolatnoma  tuzishda  asosiy  maqsad  sodir  bo‘lgan 

voqеa-hodisalarni yoki mavjud holatni qonuniy-huquqiy jihatdan isbotlash yoki 

tasdiqlashdir. 

 

Dalolatnomalr 



tеgishli 

taftish 


o‘tkazilgandan 

kеyin, 


rahbarlik 

almashayotganda,  moddiy  boyliklarni  bir  xususiy  yoki  yuridik  shaxsdan 

ikkinchisiga  o‘tkazishda,  qurib  tugallangan  inshootlarni  qabul  qilishdan  oldin 

va  kеiyn,  mashina  va  uskunalarning  yangi  nusxalarini  sinovdan  o‘tkazish 

chog‘ida, qimmatdor buyumlarni hisobdan o‘tkazish yoki hisobdan chiqarishda, 

tovarlarni  miqdor  va  sifat  bo‘yicha  qabul  qilib  olishda,  baxtsiz  hodisalar  yoki 

tabiiy  ofatlar  oqibatini  tеkshirishda,  sud-tеrgov  ishlari  va  tibbiyot  sohasida, 

xodimlarning  moddiy,  yashash  sharoitlarini  o‘rganishda  va  boshqa  hollarda 

tuziladi. 

Dalolatnoma matnining sarlavhasi «...haqida» shaklida yoki bosh 

kelishikda («...-ish ahvoli») yoziladi. Asosiy matn esa kirish va tasdiq (qayd) 

qismlaridan iborat bo‘lishi lozim. 

Kirish qismida hujjat tuzilishiga asos bo‘lgan holat ko‘rsatiladi, komissiya 

tarkibi  to‘liq  yoziladi.  Tasdiq  qismida  komissiya  tomonidan  amalga  oshirilgan 

ishlar  qayd  etiladi,  aniqlangan  holatlar  yuzasidan  taklif  va  xulosalar  beriladi. 

Matn  so‘ngida  dalolatnomaning  necha  nusxada  (odatda  uch  nusxa) 

tayyorlangani ko‘rsatilishi lozim. 

 

 



 

 


 46 

 

Dalolatnoma shakli 

Vazirlik, yuqori idora, 

 

 



 

 

 



TASDIQLAYMAN 

       muassasa nomi  

 

 

 



 

 

 



 

MATN SARLAVHASI (“... HAQIDA”) 

 

DALOLATNOMA 



sana 

tuzilgan joyi 

Asos: (muassasa rahbarining (sanadagi)___-raqamli buyrug‘i yoki yuqori         

           idoraning ___-raqamli qarori) 



 

Raisi: (shaxs lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi) 

A’zolari: 1. (lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi) 

  

 



2. (lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi) 

  

 



3.  (lavozimi,  ismi  va  ota  ismining  bosh  harflari,  familiyasi)  dan 

iborat  komissiya  tomonidan  (shaxs  yoki  shaxslar  lavozimi,  ismi  va  ota 

ismining bosh harflari, familiyasi) ishtirokida tuzildi. 

 

MATN 



_______________________________________________________________

_______________________________________________________________

_______________________________________________________________

_______________________________________________________ 

Ilovalar: 

 

Komissiya raisi               (imzo) 



 

I. O. Familiyasi 

Komissiya a’zolari         (imzolar) 

 

I. O. Familiyalari 



Ishtirok etganlar    

 

 



          I. O. Familiyalari 

 

 



 

 47 

Topshiriqlar: 

1-topshiriq. Quyidagi matnni o‘qing, uning mazmuniy tuzilishiga  e’tibor 

bering. 


Institute rektorining buyrug‘iga binoan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi 

Z.Davronov, bosh hisobchi O.Komilov, taftish komissiyasi a’zolari R.Rasulov, 

O.Yunusovlardan iborat komissiya tomonidan tuzildi. 

Komissiya institut talabalar turar joyidagi barcha sport anjomlarining ahvoli va 

sifatini o‘rganib chiqdi va quyidagi sport anjomlarini ishlatish uchun yaroqsiz 

deb topdi: 

Voleybol to‘ri, 1 ta, bahosi 5000 so‘m. 

Voleybol to‘pi, 2 ta (1 tasining narxi 4400 so‘m), umumiy bahosi 8800 so‘m. 

Shohmot (taxtasi bilan), 2 ta (1 tasining narxi 2600 so‘m), umumiy bahosi 5200 

so‘m. 


Futbol to‘pi, 1 ta, bahosi 4500 so‘m. 

Komissiya yuqorida ko‘rsatilgan va umumiy bahosi 23500 (o‘n bir ming besh 

yuz) so‘m bo‘lgan sport anjomlarini hisobdan chiqarish zarur deb hisoblaydi. 

2-topshiriq. Laboratoriya xonasidagi jihozlarni hisobdan chiqarish haqida 

dalolatnoma tuzing.  

 

E ‘ L O N 

 

Ko‘pchiikni  yoki  ma’lum  guruhdagi  shaxslarni  yaqin  orada  (kеlgusida) 



bo‘ladigan  biron-bir  tadbir  –  majlis,  uchrashuv,  shuningdеk  ishga,  o‘qishga 

qabul  qilish  va  boshqalar  haqida  xabardor  qilish  uchun  qo‘llanuvchi  yozma 

axborot e’lon deyiladi.  

 

 



 

 48 

E’lon namunasi:   

 

E’LON  

 

 



Shu  yil  12-iyul  kuni  soat  15.00  da  Toshkent  kimyo-texnologiya 

insitutining majlislar zalida institut kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobot-

saylov yig‘iishi bo‘ladi.  

 

Kun tartibi:  

 

1. Kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisoboti.  

 

2. Taftish komissiyasining hisoboti.  

 

3. Kasaba uyushmasi qo‘mitasining yangi tarkibini saylash.  

 

Kasaba uyushmasi qo‘mitasi.  

 

 

Topshiriq: Fakultetda o‘tkaziladigan tadbir haqida e’lon yozing.   

 

H I S O B O T 

 

Muayyan  vaqt  uchun  rеjalashtirilgan  ish  yoki  vazifa,  topshiriqlarning 



bajarilishi,  amaliy  dolzarb  ishlar,  xizmat  va  ilmiy  safarlar  yakuni  haqida 

ma’lumot bеruvchi hujjat hisobot deyiladi.  

 

Hisobotda kеltirilgan ma’lumotlar aniq, ishonarli bo‘lishi kеrak.  



 

Hisobotda  quyidagilarga  e’tibor  bеriladi:  nima  mo‘ljallangan  yoki 

topshirilgan  edi,  u  qanday  bajarildi,  nimalarga  e’tibor  bеrildi,  qanday 

yеtishmovchiiklar  bo‘ldi,  ularni  bartaraf  etish  uchun  nimalar  qilish  kеrak. 

hisobo  oxirida  muayyan  topshiriq  bajarilmagan  bo‘lsa,  uning  sababi 

ko‘rsatiladi,  bu  borada  takliflar  qayd  etiladi.  Rеjalashtirilgan  ish  haqidagi 

hisobotlar amalda kеng qo‘llanadi.       

 

Topshiriq: Fanlar bo‘yicha o‘tkazilgan olimpiada hisobotini yozing.   


 49 

 8-mavzu. 

X I Z M A T   Y O Z I S H M A L A R I 

Muassasalar  o‘rtasida  xizmat  aloqalari  asosan  rasmiy  xatlar  orqali 

amalga  oshiriladi.  Bunday  yozishmalar  orqali  turli  ko‘rsatmalar,  so‘rovlar, 

javoblar,  tushuntirishlar,  xabar,  taklif,  iltimos,  kafolatlar  beriladi  va  qabul 

qilinadi.  Xizmat  xatlari  quyidagi  vazifalarni  bajarishiga  ko‘ra  ikki  turga 

ajraladi: 

1.  Javob  xatni  talab  qiluvchi  xatlar  (davo  xatlar,  so  ‘rov  xatlar,  iltimos  xatlar 

kabi). 


2. Javob talab qilmaydigan xatlar (tasdiq xat, ilova xat, eslatma xat, axborot xat, 

kafolat xat kabi). 

Barcha xizmat xatlari rasmiy yozishma bo‘lgani uchun maxsus bosma ish 

qog‘ozlarìga  yoziladi.  Oddiy  qog‘ozga  yozilgan  taqdirda  chap  tomonining 

yuqori  burchagiga  muassasa  nomi  ko‘rsatilgan  to‘rtburchak  muhr  qo‘yilishi 

lozim. 


Xizmat  xatlari  ikki  nusxada  yoziladi  va  imzolanadi.  Lavozimi  aniq 

ko‘rsatilgan  rahbar  tomonidan  imzolangan  xatning  birinchi  nusxasi  jo‘natilib, 

ikkinchisi muassasada qoladi. 

Xizmat xatlari mantiqan izchil uch qismdan iborat bo‘ladi. Kìrìsh qismida 

tegishli muassasaga murojaat qilishga asos bo‘lgan sabab ko‘rsatiladi. Ikkinchì 

qismda  xatda  ko‘tarilgan  masalani  hai  etish  kerakligi  dalil  asosida  bayon 

qilinadi. Xulosa qismida xat yozishdan ko‘zlangan asosiy maqsad aytiladi. 

Rasmiy xat matnini yozishda quyidagilarga e’tibor berish lozim: 

- xat qisqa bo‘lishi, qoidaga ko‘ra bir betdan oshmasligi kerak; 

- fikrlar aniq va ravshan ifodalanishi shart; 

- matnda ko‘chma ma’noli so‘z va iboralar ishlatilmasligi zarur; 

-  gaplarning  kesimi  hujjat  turi  va  mazmuniga  muvofiq  uchinchi  shaxs  birlik 

yoki birinchi shaxs ko‘plik sonda shakllantirilishi lozim; 


 50 

-  matn  sarlavhasi  bir  jumla  shaklida  ikki  qatordan  oshmasligi,  «to‘g‘risida» 

yoki «haqida» ko‘makchilari orqali tugatilishi kerak («Institut sport maydonini 

ta ‘mirlash to‘g‘risida» kabi); 

-  matnda  xizmat  xatining  turi,  nomi  yozilmaydi,  xatning  qandayligi  matn 

mazmunida aks etishi zarur. 

Rasmiy  xatlarda  bayon  qilingan  fikr  mantiqiy  izchillikda  ifodalanishi, 

yetarli dalillar bilan asoslanishi va xulosalanishi lozim. Zarur holatlarda o‘rinli 

taklif  yoki  e’tiroz  bildirilishi  mumkin.  Ammo  mutasaddi  rahbarga  nisbatan 

hurmat saqlanishi, murojaat odobiga amal qilinishi zarur. Shu maqsadlarda: 

-  rahbarga  murojaat  shakli  «Siz»  so‘zini  bosh  harfda  yozish  orqali  ifodalanadi 

(Sizga, Sizdan kabi); 

-  fikriy  bog‘liqlik  «bu»,  «ushbu»,  «mazkur»,  «shu  sababli»,  «shunga  ko‘ra 

(muvofiq)» kabi so‘zlar yordamida ta’minlanadi; 

- taklif va e’tirozlar «bizningcha», «shartnomaga ko‘ra», «biroq», «shu bilan bir 

qatorda», «deb o‘ylaymiz» kabi so‘z va so‘z birikmalari orqali ifodalanadi. 

Shaxsiy  xatlar  vazifasi  va  mazmuniga  ko‘ra  ikki  turli  bo‘ladi.  Kundalik 

turmushda,  asosan,  oilaviy  yoki  do‘stona  munosabatlarni  ifodalovchi  xat, 

maktub  keng  qo‘llanadi.  Bunday  xatlar  rasmiy  yozishmalardan  hajmining 

cheklanmaganligi, 

shakliy 

mustaqilligi, 

matn 

mazmunining 



ichki 

kechinmalarga,  hazil,  qochiriq,  gina,  afsus,  taklif,  e’tiroz,  minnatdorchilik 

kabilarning  oddiy  so‘zlashuv  yoki  badiiy  uslubga  yaqin  ifoda  shakliga  xosligi 

bilan ajralib turadi. Salomnoma xatlari, sevgi maktublari, do‘stlik va hamkorlik 

munosabati yuzasidan yoziladigan xatlar ana shunday erkin uslubda yoziladi. 

Shaxsiy  xatning  diplomatik  yozishmalarga  mansub  turi  ham  mavjud. 

Bular  yarim  rasmiy  tusda  bo‘lib,  ularda  davlat  boshliqlari,  diplomatik 

xodimlarning  shaxsiy  va  oilaviy  hayotidagi  yangiliklar,  sovg‘a  taqdim  etish, 

minnatdorchilik  bildirish,  rasmiy  uchrashuvlarda  ko‘rsatilgan  masalalarni  hal 

qilishga  qaratilgan  iltimoslar  bildiriladi.  Yuqoridagi  shaxsiy  xatlardan  farqli 

ravishda bunda adabiy til me’yoriga to‘la amai qilinadi. 


 51 

 


Download 273,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish