Tоshkent «iqtisod moliya»



Download 2,06 Mb.
bet159/186
Sana18.04.2022
Hajmi2,06 Mb.
#561911
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   186
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 183

5-o‘rin. Maykl Jordan Nike krossovkasi reklamasidan bu mahsulotni chiqaradigan Malayziyadagi kompaniyaning hamma ishchilariga nisbatan ko‘proq pul topadi.
4-o‘rin. Mahsulotingiz yaxshi sotilishini xohlaysizmi? Jeyms Bond haqidagi filmga tushing! BMW konserni o‘z mahsulotini “Oltin kuz” filmiga joylashtirgandan keyin 300 million dollarlik buyurtma oldi, Omega Seamaster soatining sotilishi esa 90 % ga o‘sdi.
3-o‘rin. Jahondagi eng qimmat savdo markalari bu Marlboro, CocaCola va Budweiserdir. Ya’ni ulardan ikkitasi sog‘lik uchun zararli mahsulot ishlab chiqaradi. Darvoqe, Marlboro kompaniyasining birinchi egasi o‘pka rakidan vafot etgan.
2-o‘rin. Donald Tramp o‘zining birinchi “nomdor” osmono‘par binosini qurayotib, u aynan Tiffany do‘koni qarshisida bo‘lishi kerak, deya qaror qilgan. Chunki Tiffany o‘z do‘konlari uchun hamisha shahardagi eng yaxshi joylarni tanlagan, bundan tashqari bu do‘konlar atrofida hamisha badavlat odamlar yurgan. Darvoqe, Tramp o‘zining ko‘p qavatli ofisi uchun inqiroz paytida ham ijara pulini arzonlashtirmagan yagona odam bo‘ldi. Uning adolatli fikricha, haqiqiy boylar uchun status pulga nisbatan muhimroq.
1-o‘rin. Insoniyat tarixidagi eng be’mani epizodlardan biri ham tijorat bilan bog‘liqdir. Ancha pul to‘lash uchun tovarga nisbatan qanchalik istak bo‘lishi lozim?! 1635– yilda, lola guliga ishtiyoqmandlik avjiga chiqqanda, lolaning bitta piyozi krovat, to‘rtta buqa, 12 ta qo‘y, to‘rtta cho‘chqa, to‘rt tonna bug‘doy, sakkiz tonna javdar, ikki tonna yog‘, kumush, kiyimlar to‘plami, 300 litr vino, 4 tonna pivo va 300 kg pishloqqa almashtirilgan.
Marketing haqida 34 ma’lumot

  1. Har yili jahonda reklama uchun 500 milliard dollardan ortiq pul sarflanadi.

  2. 65 yoshgacha inson o‘rtacha 2 million ta reklama roliklarini ko‘rishga ulguradi.

  3. Standart reklama taxta (shit) birinchi marta 1900–yilda Amerikada yaratilgan. Ana shu davrdan boshlab bilbordlarni ko‘chalar va magistrallar bo‘ylab navbatma-navbat o‘rnatishni o‘ylab topishgan edi.

  4. Oddiy bola yiliga o‘rtacha 40000 ta TV reklama roliklarini ko‘radi. Bu kuniga 100 ta rolikdan ortiq.

  5. Bolalar tovarlari reklamasi “injiqlik omili”ga ko‘ra bog‘liq hisoblanadi. U bolalarni ma’lum tovarni sotib olishga qiziqtiradi, go‘yoki bu narsa bilan u o‘z tengdoshlari orasida zo‘r, taniqli va olifta bo‘lib ko‘rinar emish, qolgani esa ota-onalarning sabr-toqatiga bog‘liq. Tadqiqotlarga qaraganda, amerikalik erkatoylar ota-onalaridan, to ular bolaning injiqliklariga bo‘ysunib, xaridga rozi bo‘lgunga qadar reklama qilingan tovarlarni olib berishlarini 9 marta so‘rar ekan.

  6. Muz bo‘lakchalari reklama syomkasi paytida erib ketmasligi uchun ularni akrildan tayyorlashadi. Ichimliklardagi pufakchalar uchun yuvish vositalaridan foydalaniladi, yorug‘lik yaxshiroq o‘tishi uchun esa, albatta, suv qo‘shiladi.

  7. New York Universitetining olimlari Amerika farmatseftika kompaniyalari reklamaga tadqiqotlarga nisbatan ikki marta ko‘p mablag‘ sarflashlarini aniqladilar.

  8. Kovboy Marlboro haqidagi mashhur (taniqli) reklama 1955-yilda chiqdi. Avvaliga bosh erkak obrazi sifatida boshqa personajlar: sportchi, qurol-yarog‘ ustasi va kapitandan foydalanishdi. Biroq qat’iyatli kovboy eng ko‘p tijorat muvaffaqiyatiga erishdi. Kovboy Marlboro rolida suratga tushgan aktyorlardan uchtasi keyinchalik o‘pka rakidan o‘ldi. Brend esa “Kovboylar qotili” (Cowboy Killer) laqabini oldi.

  9. 2013–yilda Super Boul (AQSh NFA chempioni unvonini olish uchun final o‘yin) translyatsiyasi paytida 30 soniyalik reklama roligining narxi 3 million dollarni tashkil qilgan.

  10. Ko‘pchilik tadqiqotchilar reklama - san’atning yerdagi eng ahamiyatli va ta’sirli shakli, deb ta’kidlaydi.

  11. IKEA brendi – 1994 – yilda ikki erkak do‘konlarni aylanib, mebel tanlayotgani ko‘rsatilgan rolikni birinchi bo‘lib reklamada ko‘rsatgan deyishadi.

  12. Har qanday qo‘l soati reklamasida soat millari soat 10 dan 10 daqiqa o‘tganini ko‘rsatadi. Bu tabassum uyg‘otish usuli bo‘lib, reklamaga qaragan odamda beixtiyor yengil kayfiyat paydo qiladi.

  13. Amerika Psixologlar Assotsiatsiyasi 8 yoshgacha bo‘lgan bolalar reklamani tanqidiy baholashga qodir emas, ular ko‘rsatilgan hamma ma’lumotlarni haqiqiy va obyektiv deb hisoblaydi, deya ta’kidlaydilar.

  14. Shirin gazli ichimliklar ishlab chiqaruvchilar 2006-yilda reklamaga umumiy 492 million dollar sarfladilar. Taqqoslash uchun sut ishlab chiqaruvchi Milk Processor Education Program “Got Milk” kompaniyasi tashabbuskorlari o‘sha yili reklamaga 67 million dollar sarflagan.

  15. Tadqiqot davomida so‘ralgan bolalarning yarmidan ko‘pi reklama qilingan tovarlarni xarid qilish o‘ziga bo‘lgan ishonchni orttirishini ta’kidlashgan.

  16. Birinchi pullik reklama ma’lumoti (xabari) AQShda, 1704–yilda Boston News Letter gazetasiga joylashtirilgan. Bu Long-Aylenddagi hovli (uy-joy) edi.

  17. Tarixdagi eng qimmatli reklama 2008-yilda reklama kompaniyalari tomonidan AQShdagi prezident saylovlarida, 2,6 milliard dollar sarflangan reklama edi. Barak Obama 310 million dollar, Jon Makkeyn esa 136 mln. dollar sarflashgan.

  18. Reklamada “samaradorlik shartlari” texnikasi ko‘p ishlatiladi: reklama qilinayotgan mahsulot, tovar va predmetlar bilan o‘raladi, bu esa iste’molchilarda ijobiy tuyg‘ular uyg‘otadi. Masalan, kir yuvish kukunlarini bolalar, gullar, quyosh yorug‘ligi va boshqalar bilan o‘rab olgan ma’qul. Brendni bunday muhitda bir qancha marta namoyish qilish iste’molchida, shuningdek, albatta, reklama berilgan tovarda ham ijobiy munosabat uyg‘otadi.

  19. Odamlarni tovarni sotib olishga undash uchun qilingan reklama ularning psixologik ehtiyojlariga ta’sir o‘tkazadi. Reklamada eng ko‘p ekspluatatsiya qilinadigan tuyg‘ular – bu qo‘rquv, o‘zini qadrlash tuyg‘usi, o‘zini saqlab qolish tuyg‘usi, taqlid qilish va hokimiyatga intilishdir.

  20. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, arang sezilarli bo‘lgan qo‘zg‘atuvchiga ko‘p marta ta’sir o‘tkazish, obyektni pozitiv idrok etishini kuchaytiruvchi “ko‘zdan kechirish” (“exposure effect”)ni yaratadi. Masalan, ko‘pchilik odamlarni bannerlar qiziqtirmasada, reklama baribir reklama qilinayotgan tovarga nisbatan ijobiy munosabatlarni shakllantiradi. Bundan tashqari hatto bannerning yigirma marta ko‘rsatilganidan keyin ham “jonga tegish” samarasi yuzaga kelmaydi.

  21. Taomning tashqi ko‘rinishi ustida reklamada fud-stilistlar ishlaydi. Qovurilgan jo‘jalar reklamasida, masalan, quyidagi tayyorgarlik ko‘riladi: avvaliga fud-stilistlar jo‘janing terisini tortishadi va ip igna yordamida terisini mustahkamlaydi. Keyin uni ho‘llangan qog‘oz sochiq bilan qayta-qayta uriladi, bundan jo‘janing hajmi ortadi va isitilayotgan paytda “ishtaha ochuvchi” bug‘ chiqadi. Shundan keyin jo‘jani tashqi tomondan terisi pishib, tayyor bo‘lguncha (ichi xomligicha qoladi) qovuriladi. Jarayon yakunida jo‘ja oltinrang – jigarrang tusga kiradi.

  22. Bolalar uchun reklamalarda yosh aktyorlar qoidaga ko‘ra maqsadli potensial auditoriyaga nisbatan biroz kattaroq bo‘ladi. Masalan, 8 yoshli bolalar uchun o‘yinchoqlar reklamasida reklama qilinayotgan tovarni o‘ynayotgan 11-12 yoshli bolalar olinadi. Bu atayin qilinadi. Aktyorlar rol o‘ynayotgan modellar sifatida chiqadilar, ular kichik bolalar uchun taqlid qilishga namuna bo‘ladilar.

  23. Deydilarki, go‘yo Microsoft Rolling Stonesda ularning “Start Me Up” kompozitsiyasidan Windows-95ning reklamasida foydalanish uchun 9 mln. dollar to‘lagan emish. Bundan tashqari istalgan yosh ijrochining noma’lum qo‘shig‘i, undan reklamada foydalanilganidan keyin bir kechada xitga aylanishi mumkin ekan.

  24. Mars kompaniyasi “O‘zga sayyoralik” filmining bosh qahramonini shunchalik badbashara, deb hisoblaganki, filmda bu badburush mavjudotni aldab, “qo‘lga tushirish” uchun M&M’s konfetidan foydalanishga ruxsat bergan. M&M’sning o‘rniga filmni yaratuvchilari Reese’s Pieces konfetidan foydalanishgan va film ekranlarga chiqqach, bu konfetning sotilishi 65 % ga o‘sgan.

  25. 1950–yillar oxirida Doyle Dance Bernbach agentligida Volkswagen reklama kompaniyasining “Think Small” reklamasi olamshumul hisoblanadi, sababi, aynan uning sharofati bilan Gitlerning buyurtmasi bilan yaratilgan nemislarning Volks wagen Juk avtomobili urushdan keyingi Amerikada muvaffaqiyatli sotilish imkoni tug‘ildi.

  26. Eng yangi tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, skeptik odamni biror narsa sotib olishga ko‘ndirish, bu reklamadagi aniq faktni bekor qilish (bosh tortish) va his-tuyg‘u tomoniga urg‘u berishdir. Va aksincha, skeptizmga moyil bo‘lmagan odamlarni reklamadagi faktorlar va axborotlar ko‘proq ishontirar ekan.

  27. 1440–yilda bosma stanok kashf qilinguniga qadar reklama ovozli e’lon tarzida mavjud bo‘lgan.

  28. Reklama beruvchilarning eng katta guruhini oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari tashkil etar ekan.

  29. Tadqiqotlarga ko‘ra ayollar jurnallarida erkaklar jurnallariga nisbatan vaznni kamaytirish uchun vositalarni ilgari suruvchi reklama va maqolalar 10,5 marta ko‘p. Ayollarning silliq, yaltiroq muqovali jurnallarining 75% muqovasida o‘z tanasini parhezlar, mashqlar yoki plastik xirurgiya yordamida qanday o‘zgartirish mumkinligi haqida kamida bitta maqola chiqar ekan.

  30. Ronald Makdonald birinchi marta 1963–yilda reklamada paydo bo‘ldi. 2010–yilda esa Corporate Accountability international tashkilotidagi amerikalik faollar, uni 50 yildan buyon bolalarni zararli ovqatga “mahkum qilib”, ularni semirib ketishiga va nosog‘lom ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklar epidemiyasini tarqatishida ayblashgan.

  31. «Dove»ning «Go‘zallik evolyutsiyasi» («Evolution of Beauty») reklamasi bir kechada virusli reklama bo‘lib qoldi: milliondan ortiq odam You Tubeda ushbu qiziqarli rolikni ko‘rgan edi.

  32. Embient kutilmagan joylarda (zinalar, jamoat hojatxonalari, ustunlar va boshqalar) reklama-qonuniymi, qonunsizmi yoki kutilmagan joylarda (ko‘chalar, savdo markazlari) ularni o‘tkazish shunchalik muvaffaqiyatlimi, deya o‘rganishdi, chunki reklamachilar yangidan yangi reklama tashuvchilarni o‘zlashtira boshlagan edilar. Biroq tadqiqotchilar reklamaning bunday ko‘rinishi iste’molchilarda ishonchsizlik va begonasirash tuyg‘ularini uyg‘otishini, odamlar shubhalanuvchan bo‘lib qolishini va har bir inson o‘zaro munosabatda reklama ta’siri hamda reklamadagidek rejalashtirilgan harakatlarni bajarishayotganini ko‘rishlarini aniqlashdi.

  33. 1938-yilda radioda berilgan reklamalardagi daromad matbuot nashrlaridagi reklamalardan keladigan daromaddan oshib ketdi.

  34. 2000-yilda AQShning internet reklamalarga qilgan xarajati 8,1 milliard dollardan oshdi. 2013-yil uchun bu miqdor 42 mlrd. dollarga chiqdi.


Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish