11.2-rasm. Sotuv xizmatining funksional tashkiliy strukturasi
Savdo firmalari yoki kompaniyalarning savdo bo‘limlari marketing tizimida quyidagi funksiyalarni bajaradi:
ishlab chiqarilgan mahsulotlarni taqsimlash yoki sotish;
ishlab chiqarish jarayoni uchun talab qilinadigan xomashyo va materiallarni sotib olish;
iste’molchilar bilan bevosita aloqalar o‘rnatish, muzokaralar o‘tkazish;
oldi-sotdi shartnomalarini tayyorlash va tuzish, ularning sifatli ijro etilishini nazorat qilish;
tovarni narxi kamaytirib sotilishi, iste’molchiga yetkazishning reklama tadbirlarida, ko‘rgazma ishlarida rag‘batlantirish siyosatini amalga oshirish;
tovar assortimentini rejalashtirishda ishtirok etish va yordamlashish;
tovarni aniq bozor iste’molchilari talablarining ma’lum darajasigacha yetkazish;
texnik qo‘llab-quvvatlash va servis xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish;
savdo vositasini (kanalini) moliyalashtirish.
Sotuvchilar bajaradigan ushbu keng qamrovli funksiyalari savdo operatsiyalarining juda katta samaradorligini ta’minlaydi. Vositachilarning yirik ko‘lami, yuqori kasb mahorati, universal hamda ixtisoslashgan operatsiyalari hisobiga savdo va tijorat sohalarida xarajatlarning qoplanishi va mablag‘larning aylanishi tezlashadi, yakuniy xaridorlar uchun qulaylik yaratadi, mablag‘ va vaqtni kam sonli ishchanlik munosabatlarida tejaydi. Hatto ishlab chiqaruvchi firma xususiy savdo tarmog‘ini yaratish uchun yetarlicha mablag‘ga ega bo‘lsa ham ko‘p hollarda u mustaqil vositachilar xizmatidan foydalanishni ma’qul ko‘radi, o‘z mablag‘ini esa ko‘proq foyda keltiradigan asosiy biznesiga qo‘yadi, deb hisoblanadi. Masalan, agar ishlab chiqarish foyda normasini 20 % ga ta’minlasa, chakana savdo tashkiloti esa, bashoratlarga muvofiq 10% berishi mumkin. Boshqa tomondan, vositachilar orqali ishlay borib, ishlab chiqaruvchi qandaydir ma’noda tovarni kimga va qanday sotayotgani va marketing bo‘yicha mutaxassislar qanday belgilayotgani bo‘yicha nazoratni yo‘qotadi, savdo firmalari tomonidan hamisha ham bozordagi ahvol haqida yetarlicha axborot olmaydi. Bundan tashqari savdo (sotish) yo‘li qancha uzun bo‘lsa, tovarni realizatsiya qilish uchun shunchalik ko‘p xarajat ketadi, tovar qanchalik qimmat bo‘lsa, hamma vaqt ham iste’molchilar uning narxi tufayli sotib olish imkoniga ega bo‘lmaydilar.
Strategik vazifalar sotishning tashkiliy funksiyasi tijorat foydasi bilan bog‘liq bo‘lib, uni tanlanishi va sotuv kanallarini tashkillashtirishga ham bog‘liqdir.
Strategik vazifalarga quyidagilar kiradi:
Istiqbolli potensial sotuv kanallarini topish va rejalashtirish.
Ishlab chiqaruvchidan to iste’molchiga tovarni yetkazishda bevosita va bilvosita bo‘g‘inlar orqali yetkazishni asosli holda bajarish.
Bevosita (to‘gridan to‘g‘ri) yetkazib berish ishlab chiqaruvchi firma, ulgurji va chakana savdo korxonalari orqali amalga oshiriladi.
Sotuv xizmatini funksional tashkil qilishda kichik va o‘rta firmalardan foydalaniladi, chunki ular bir turdagi (nomenklatura) nomdagi tovarlarni ishlab chiqaradi.Tijorat bo‘yicha direktor savdo operatsiyalarini mahalliy va tashqi bozorlarda muvofiqlashtiradi, reklama faoliyatini yo‘lga qo‘yib, sotuvni rag‘batlantiradi. Boshqaruvchi odatda mahalliy bozordagi sotuvni o‘zining uch yordamchi boshqaruvchilari bilan tovarlarni omborxonalarga taxlash, transportirovka qilish, tovarni yetkazib berishini nazorat qiladi. Funksional tashkiliy strukturaning ayrim kamchiligi shundaki, agar tovar nomenklaturasi ko‘paysa, unday tovarlarni saqlash, transportirovka qilish uchun sarf-xarajatlar ortadi.
Sotuvni mintaqaviy tashkil etish ko‘proq bir turdagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi firma va kompaniyalar tomonidan qo‘llaniladi. Ular keng tarqalgan savdo shaxobchalari orqali mahsulotini tez realizatsiya qiladi. Bunday strukturali tashkilotlar savdo operatsiyalarini tarqoq joylarda amalga oshirishi har bir tumanda korxonalar konsetratsiyalashganda, xaridor talabi va xohishida farqlar bo‘lganda samarali hisoblanadi. Strukturadagi oraliq bo‘limlar reklama, marketing tadqiqotlari o‘tkazish, assortimentni rejalashtirish kabi faoliyatlar bilan shug‘ullanadi.
Keng nomenklaturadagi va assortimentdagi tovarlar realizatsiyasini optimal tashkil etish uchun sotuvning tovarga yo‘naltirilgan tashkiliy tizimi tuziladi. Bu vazifalarning strategiyasi uchun alohida tovar guruhlari bo‘yicha javobgarlik ma’lum boshqaruvchi zimmasiga yuklatiladi.
Boshqaruvchi sotuv strategiyasi, narx siyosati, qadoqlar shakli, formasi, reklama, raqobatchilarni o‘rganish kabi faoliyatlarni tashkil etadi va nazorat olib boradi. Bunday tashkiliy struktura ko‘p afzalliklarga ega. Yirik firmalar, katta tovar aylanmasiga ega bo‘lgan, keng assortimentdagi tovarlarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar uchun juda qulay struktura. Tovar nomenklaturasi kengaygan sari xodimlar sonini ham ko‘paytirishga to‘g‘ri keladi, natijada ish haqi xarajatlari ham ko‘payadi.
Sotuvning tashkiliy tarmoqli tizimi kompaniyalarni bir turdagi mahsulotini iste’molchiga yetkazib berish uchun qo‘llaniladi (mashinasozlik, energetika, kimyo, tekstil sanoati mahsulotlari). Bu ishlab chiqarish, texnik jihozlar va xomashyolarni realizatsiya qilishda qo‘llaniladi.
Sotish jarayoni-marketingning ajralmas qismi bo‘lib, iste’molchi uchun kerakli tovarni yetkazib berishdan iborat. Ishlab chiqaruvchining minimal sarf-xarajatlar bilan mahsulotni iste’molchiga yetkazib berishi eng asosiy maqsad hisoblanadi. Sotuv tizimi juda ko‘p tashqi omillarning ta’siri ostida faoliyat ko‘rsatadi. Kutilmagan salbiy ta’sirlarning vujudga kelishi, ob-havo, transportirovka muammolarining vujudga kelishi, elektr energiyani vaqtincha bo‘lmasligi, raqobat kabilar salbiy omillar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |