Tovar va xizmatlarni taqsimlash jarayoni – bu ma’lum bir bosqichlar ketma-ketligini, harakat va usullar majmuasini, iste’molchini tanlash va ularni jalb qilish, shartnoma shartlariga ko‘ra yetkazib berishning ratsional yo‘llarini tanlash, tovarlarni saqlash va taxlash kabi vazifalarni o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqaruvchidan to iste’molchiga tovar va xizmatlarni yetkazib berish, bu borada barcha qarorlarni qabul qilish bilan bog‘liq.
Tovarlar harakatlanishi (marketining logistikasi) ni tashkil etish.
Savdo (o‘tkazish, sotish) siyosati tovarlarning harakatlanishi bo‘yicha qarorlar qabul qilishni ko‘zda tutadi.
Ishlab chiqarish jarayonida mahsulotning yuk sifatida iste’molchiga yetib kelishigacha - tashish, saqlash va qo‘shimcha (qadoqlash, o‘rash, tamg‘alash kabi) ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayon tovar harakati, deyiladi.
Tovarlar harakatlanishi (marketing–logistikasi) – iste’molchilar ehtiyojlarini qondirish uchun foyda ko‘rish maqsadida materiallarni va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarilgan joylaridan iste’mol joyiga yetkazish faoliyatini rejalashtirish, hayotga tatbiq etish va jismoniy joylashtirilish ustidan nazorat qilish faoliyatidir.
Tovarlar harakatining maqsadi — minimal imkoniyatli xarajat bilan zarur tovarlarni zarur joyga yetkazib berish hisoblanadi.
Tovarlarni harakatlantirishning asosiy chiqimlari tovarlarni transportlarga yuklash – tushirish, omborlarga joylashtirish, tovar – moddiy zaxiralarni saqlash, tovarlarni olish, tushirish, qadoqlash, ma’muriy xarajatlar va buyurtmachilar bilan ishlash bo‘yicha xarajatlardan yig‘iladi.
Tovarlar harakati – bu nafaqat xarajatlar manbasi, shuningdek, talabni yaratishning potensial ko‘rinishi ham. Tovarlar harakati tizimini mukammallashtirish hisobiga qo‘shimcha mijozlarni jalb etish, yaxshi xizmat ko‘rsatish va narxlarni tushirishni taklif qilish mumkin.
Tovarlar harakati tizimlaridan birortasi ham bir vaqtning o‘zida mijozlar uchun maksimal servis bilan bir vaqtda tovarlarni taqsimlash sarfini minimumga tushirishga qodir emas. Mijozlar uchun maksimal servis katta tovar–moddiy zaxiralarining saqlashni, nuqsonsiz transportirovka xizmatini va ko‘plab omborlar bo‘lishini ko‘zda tutadi, bu esa xarajatlar ortishiga olib keladi.
Sotuv tizimi raqobatdoshligini aniqlovchi omillardan biri marketing–logistikasi bo‘lib, marketing kommunikatsiyasi samaradorligi vositasi hisoblanadi.
Logistika fani sohasi bozor sharoitida tovar hamda xizmat oqimini optimallashtirish bo‘yicha uslublar, nazariyalar majmuasi bo‘lib, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va kommunikativ jarayonda tovar oqimini tashkil etish, aylantirish, iste’molni samarali tashkil etish bilan shug‘ullanadi.
1970-yillarda logistika sanoat tarmoqlariga kirib kelib, kompleks ta’minot, ishlab chiqarish omborxonalarida saqlash, iste’molchilarga yetkazib berishni nazarda tutdi.
1980-yillarga kelib logistikaning ahamiyati shunchalik ortdiki, ishlab chiqarish korxonalarida logistika bo‘limi tashkil etildi. AQSh va Yevropa oliygohlari logistika bo‘yicha mutaxasislar tayyorlay boshladi. 1990-yillarda xalqaro iqtisodiy munosabatlarda logistika jarayonlari qo‘llanib, savdo-sotiq, iqtisodiy erkin savdo zonalarida logistika xizmatlari joriy etildi.
Ketma-ket bajariladigan jarayonning samarali bajarilishi logistikaning asosiy maqsadidir.
Logistika obyekti bo‘lib – tovarlar, shaxslar, axborotlar, texnologiyalar, energiya, moliyaviy resurslar hisoblanadi. Tarmoqlar oziq– ovqat sanoati, metall ishlab chiqarish va qayta ishlash, kimyo sanoati, qog‘oz-selluloza sanoati, qog‘oz ishlab chiqarish, elektron sanoat, tekstil sanoati, mashinasozlik bo‘yicha xarajatlar ulushi turlicha.
11.5-rasm. Ishlab chiqarish jarayonida logistika integratsiyasi
1991-yilda Butunittifoq logistika Assotsiatsiyasi tashkil etilgan bo‘lib, u 1993-yil “Logistika ishlanmalar Fondi”ga o‘zgartirildi. Yevropa va AQShda Logistik injenerlar jamiyati va assotsatsiyasi mavjud.
11.3-jadval Logistika tavsifi
Do'stlaringiz bilan baham: |