Toshkent farmatsevtika instituti



Download 5,51 Mb.
bet198/410
Sana22.08.2021
Hajmi5,51 Mb.
#153332
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   410
Bog'liq
Микробиология мажмуа 2020-2021

Oldini olish. Asosan umumiy profilaktika o’tkaziladi, ya'ni kasallik manbaini aniqlab yo’qotiladi, bemorni alohidalab kasallik o’choqlari dezinfektsiya qilinadi.

Chuqur blastomikozlarnish qo’zg’atuvchilari.

Bu kasallik qo’zg’atuvchilari Blastomyces, Hustoplasma, Fhialondorao urug’ining vakillari hisoblanadi.

Kriptokokkoz qo’zg’atuvchisi. O’tkir o’rtacha va surunkali kechadigan ichki a'zolar, ayniqsa o’pka, markaziy nerv sistemasi, teri va shilliq qavatlarni jarohatlaydigan chuqur mikoz. Qo’zg’atuvchisi achitqisimon zamburug’ Cryptococcus neoformans bo’lib, uni 1894 yili Buss va Bushklar topishgan. Zamburug’ hujayrasi dumaloq, tuxumsimon, ichki qavat devori diametri 2-10 mkm bo’lgan hujayradan iborat. Kriptokokkning qalinligi 50 mkm bo’lgan shilliqsimon kapsulasi bor. Kapsula diametri 3-4 nm bo’lgan o‘zun iplardan tashkil topgan.

Kriptokokk aerob, oddiy muhitlarda o’sadi, ayniqsa Saburo muhitida 37°S haroratda yaxshi o’sadi. Ular qattiq muhitlarda oqish, sarg’ish, to’q jigarrang, qoramtir koloniyalar hosil qiladi. Kriptokokklar qandlarni parchalaydi, tiaminga muxtoj, ureaza hosil qiladi. Uglerod manbai sifatida dekstroza, galaktoza, saxaroza va mannozalarni assimilyatsiya qiladi.

C. neoformans kapsula va somatik antigenlarga ega, ular oksil va polisaxaridlardan tashkil topgan. Polisaxariddan iborat kapsula antigeni immun sistema qarshiligini keskin kamaytiradi. C. neoformans kapsula antigenlariga ko’ra A, V, S, D, Ye serovariantlarga ega. Polisaxarid antigenini bemor siydigi, zardobi, qoni va orqa miya suyuqligidan topish mumkin. Kriptokokkoz keng tarqalgan kasallik bo’lib, barcha yoshdagi kishilar, asosan 50-60 yoshdagi erkaklarda ko‘zatiladi. Kriptokokk tuproqda, ayniqsa kabutar najasi tushgan tuproqlarda ko’p miqdorda bo’ladi. Zamburug’ kabutarlar in ko’yadigan joylardan, molxona, xashakxonalardan, bo’g’ot va boshqa joylardan topilgan.

1 g kabutar najasida bir necha ming kriptokokk bo’ladi.

Kriptokokklar kapsulasi bo’lganligi uchun tashqi muhitda fizik va kimyoviy omillar ta'siriga chidamli. Ularning virulentligi polisaxaridli kapsula antigeni bilan bog’liq. Zamburug’, asosan, markaziy nerv sistemani shikastlaydi. Kasallik odamlarga havo- tomchi hamda havodagi chang orqali yuqadi. Og’iz bo’shlig’i, me'da-ichak shilliq qavatlari va jarohatlangan teri orqali ham yuqadi, qo’zg’atuvchi qon orqali tarqalganda ichki a'zolar va markaziy nerv sistemasi zararlanadi.

Kriptokokkozda o’pka, miya, miya pardasi, ichak, teri, teri osti yog’ qavati (kletchatka), limfa tugunlari va suyak sistemasi shikastlanadi. Kasallikda chuqur abstsess va yallig’lanishlar uchog’i paydo bo’lib, ba'zan ular bir-biri bilan qo’shilib ketadi. Chuqur yarali tugunchalar Ko’pincha boldir, dumba vaboshqa sohalarda bo’ladi. Bundan tashqari, kaftda va oyoq tagida giperkeratoz o’choqlari ko’zga tashlanadi. Kasallik surunkali davom etib, ko’pincha o’lim bilan tugaydi. U Yevropada va Amerikada qishloq xo’jalik xodimlari, cho’chqa va mol boqarlarda ko’proq uchraydi. Kasallikni boshdan kechirgandan so’ng kuchli, o‘zoq davom etadigan immunitet hosil bo’lmaydi. Shu sababli qayta kasallanish mumkin. Bemor qon zardobida past titrlarda aglyutinin, pretsipitin, komplementni biriktiruvchi antitelolar topiladi.




Download 5,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   410




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish