Kislotali aminokislotalarga yon zanjirida kislotalik xususiyatini ta’minlaydigan qo`shimcha karboksil guruhi bo`lgan aminokislotalar kiradi: asparagin kislotasi, glutamin kislotasi.
Ishqoriy aminokislotalarga arginin, lizin, gistidin kirib, ulardagi qo`shimcha amino-, guanidin va imidazol guruhlari aminokislotalardagi ishqoriy xususiyatni namoyon qiladi.
Neytral aminokislotalar –barcha qolgan aminokislotalar, ular radikali kislotali va ishqoriy xususiyatlarini namoyon qilmaydi.
Kislotali va ishqoriy aminokislotalar radikalining qutbiga qarab (kislotali yoki ishqoriy) qutbli aminokislotalarga, neytral aminokislotalar esa qutbsiz – gidrofob guruhga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |