Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Milliy  istiklol  g‗oyasini  tadqiq  qilish  davr  talabi



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/257
Sana22.10.2020
Hajmi1,61 Mb.
#49875
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   257
Bog'liq
strategiya

Milliy  istiklol  g‗oyasini  tadqiq  qilish  davr  talabi. SHu ma‘noda, «O‗zbekiston jamiyatining 
milliy  istiqlol  mafkurasi,  o‗z  mohiyatiga  ko‗ra,  xalqimizning  asosiy  maqsad-muddaolarini 
ifodalaydigan,  uning  o‗tmishi  va  kelajagini  bir-biri  bilan  bog‗laydigan  asriy  orzu-istaklarni  amalga 
oshirishga xizmat qiladigan g‗oyalar tizimidir». Milliy istiqlol g‗oyasi tushunchasini uning mohiyati va 
mazmunini chuqur o‗rganish muhim masaladir. 
 
                   Milliy g‗oyadan ko‗zlangan maqsadlar va vazifalar.  
 
Har qanday jamiyat o‗ziga xos rivojlanish yo‗lini tanlar ekan, oldiga muayyan maqsad va 
vazifalarni qo‗yadi. Zero, bu vazifalar jamiyat, davlat, xalq va millat taraqqiyoti ijtimoiy-iqtisodiy, 
siyosiy ma‘rifiy, ta‘lim-tarbiya va mafkuraviy jarayonlarning uzviy birligi asosida amalga oshadi. 
 Inson hech qachon tashqi dunyodan, o‗zini qurshab olgan olamdagi o‗zgarishlar, ro‗y berayotgan 
hodisalar,  voqea   jarayonlardan   ajralib  qolgan,  ularni  his  etmagan  xolda  ularning  ta‘sirisiz 
yashay   olmaydi.  Xalqlar,  millatlar,  ijtimoiy  -  siyosiy  kuchlar  faoliyatida  sodir  bo‗lgan  turli 
mazmundagi  hodisa  va  jarayonlar,  ayniqsa  g‗oyaviy  hamda  mafkuraviy  omillar  odamlar  ongi, 
tafakkuri va dunyoqarashiga ta‘sir etadi.  
        Hayotda  maqsadi,  yuksak   g‗oyasi,  ezgu   orzu  –  intilishlari  bo‗lmagan  inson  va 
jamiyat a‘zolari tabiiy ehtiyojlar doirasi bilan chegaralanib, ma‘naviy yuksaklikka erishishi qiyin. 
Ayrim  yovuz  kuchlar  ta‘sir  o‗tkazish  orqali  o‗z  g‗arazli  niyatlariga  etish  maqsadida 
foydalanishlari mumkin. SHu sababli barcha davrlarda inson va jamiyat o‗z maqsad muddoalarini 
ifoda  etadigan  manfaatiga  zid  bo‗lgan  zararli  va  begona  g‗oyalarga  qarshi  turadi.  Har  bir  xalq, 
millat  va jamiyat o‗z manfaatiga xizmat qilib, uning taraqqiyotini ta‘minlashga yordam beradigan 
muayyan g‗oyaga ehtiyoj sezadi.   
        Binobarin,   g‗oya  muayyan  millat  va  xalqning  maqsad-  muddoalari,  manfaatlari 
zamirida shakllanadi hamda takomillasha boradi. Milliy istiqlol g‗oyasi ham millat manfaatlarini, 
xalqning  orzu-istaklarini  o‗zida   mujassamlashtiradi.  U  o‗zining  hayotbaxsh  g‗oyalari,  buyuk 


44 
 
maqsadlari  bilan o‗z kuch  g‗ayrati, aql-zakovati va  hatto   hayotini,  buyuk  g‗oyalar  yo‗lida baxsh 
etishga tayyor komil insonlarni tarbiyalashga xizmat qiladi.    
          Insoniyat  tarixidan  ma‘lumki,  er  yuzida  dastlabki  odamzod  paydo  bo‗lib,  uning 
urug‗,  qabila  jamoa  yoki  xalq  sifatida  shakllanishi  ro‗y  bergan  dastlabki  davrlardayoq  ularni 
birlashtirib  turadigan  umumiy  g‗oya  va  mafkuraga  ehtiyoj  tug‗ilgan.  Prezident  I.A.Karimov 
ta‘kidlaganidek:  «CHunki,  mafkura  -  jamiyatda  yashaydigan  odamlarning  hayot  mazmunini, 
ularning  intilishlarini  o‗zida   mujassamlashtiradi».  Darhaqiqat,  barcha  davrlarda  har  bir  davlat, 
xalq,  inson  va  jamiyatning  o‗ziga  xos  g‗oyasi  va   mafkurasi  bo‗lgan.  CHunki  insonning, 
jamiyatning,  xalqning  o‗z  oldiga  qo‗ygan   aniq  maqsadi  uni  amalga  oshirishda  jamiyat 
ahlini   birlashtiradigan,  safarbarlikka   undaydigan   g‗oyasi  va  mafkurasi  bo‗lmasa  u 
muqarrar  ravishda halokatga mahkum bo‗ladi. 
G‗oya  va  mafkura  inson  va   jamiyatning  o‗z  oldiga  qo‗ygan  aniq  maqsadi  bo‗lib  busiz 
jamiyat o‗z  yo‗lini yo‗qotadi. «Maqsad  degani,-  deb  yozgan  edi Prezident  I.A.Karimov, -  xalqni, 
millatni  birlashtiruvchi,  yo‗lga  boshlovchi  bamisoli  bir  bayroq.  Bu  bayroq  butun  O‗zbekiston 
xalqining ruhini, g‗urur-iftixorini, kerak bo‗lsa qudratini, orzu-intilishlarini mujassamlashtiradigan 
ulug‗  kuchdir.  Davlatimizning,  xalqimizning,  el-yurtimizning  maqsadi  o‗zining  ulug‗vorligi, 
hayotiyligi  va  haqqoniyligi  bilan  hammamizni  jalb  etadigan  bo‗lmog‗i  lozim.  Toki  bu  maqsad 
xalqni-xalq,  millatni-millat  qila  bilsin,  qo‗limizda  engilmas  bir  kuchga  aylansin»[Karimov  I.A. 
Milliy isstiqlol mafkurasi – xalq e‟tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir -T.: «O‗zbekiston», 2000, 
6-bet.]. 
          Mafkuraning  hayotiyligi  odamlarning,  millatning,  jamiyatning  milliy  manfaatini, 
orzu-intilishlarini  qay  darajada  aks  ettirishiga,  ularning  turmush  tarzi,  dunyoqarashi,  tabiatiga 
qanchalik mos bo‗lishi bilan belgilanadi. Hayot sinovlariga  bardosh beradigan, odamlarning ezgu 
maqsad-muddoalarini  ifodalaydigan,  ularga   ma‘naviy-ruhiy  quvvat  beradigan  mafkurani 
ko‗pchilik  qabul  qiladi.  Faqat  shunday  holdagina  u  kuchli  ruhiy  qudratga  ega  bo‗ladi.  SHu 
sababli   ham  mafkura  barcha  davrlarda   jamiyatni  yuksak  va  bunyodkor  maqsadlar 
tomon   birlashtirib,  jamiyat  ahli  o‗rtasida   sog‗lom   munosabatlarni  shakllantirgan.  Hamda  ezgu 
orzular,  maqsad-muddaolariga  erishishda  ma‘naviy-ruhiy  kuch-quvvat  beradigan  omil  vazifasini 
bajarib kelgan.  SHuning uchun ham g‗oya va mafkura  barcha insonlar, xalqlar, jamiyat va davlat 
oldida  turgan  muhim  vazifalarni  amalga  oshirishda  yordam  beradigan,  turli  sohada  faoliyat 
yuritadigan  jamiyat  ahlini  birlashtirib,  ularni   umumiy  maqsad  sari  safarbar  etadigan  buyuk 
kuchdir.   
SHu  sababli  ham  insonlar,  xalqlar,  jamiyat  hayotida  mafkura  muhim  rol  o‗ynaydi. 
Mafkuraning   hayotbaxsh  kuchi,  avvalo   insonning  jamiyatdagi  o‗rni  va  ahamiyatini  qanday 
tushunishi  va  uni  qanday  ijtimoiy  maqomda  tasavvur  etishiga  bog‗liq.  CHunki,  insonni  ijtimoiy 
harakat  va  faoliyatga  undash  va  shu  tariqa  ko‗zlangan  muayyan  maqsad-vazifalarga  erishish 
dunyodagi barcha ezgu mafkuralarning ma‘no-mohiyatini tashkil etadi. 
SHu  sababli  ham  milliy  istiqlol  g‗oyasining  asosiy  tushuncha  va  tamoyillari  tizimida 
insonning jamiyatdagi o‗rni bunyodkor kuch  sifatida  belgilangan. Istiqlolning  bosh  g‗oyasi ham, 
asosiy 
g‗oya 
va 
tushunchalari 
ham 
bunyodkorlik 
falsafasi 
bilan 
yo‗g‗rilgan. 
CHunki   bunyodkorlik  -  xalqimizning  eng  olijanob  fazilati.  Prezidentimiz  ta‘biri  bilan  aytganda, 
o‗zbek  tom  ma‘noda  bunyodkordir,  do‗ppisida  suv  tashib  bo‗lsa  ham  daraxt  ko‗kartiradi. 
Darhaqiqat,  mustaqillik  yillarida  mamlakatimizda  iqtisodiy,  ijtimoiy,  siyosiy-madaniy,  ma‘naviy 
sohalarda  amalga  oshirilayotgan  islohotlar,  erkinlashtirish  jarayonlari  va   bunyodkorlik  ishlari 
bunga yorqin misol  bo‗ladi.  

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish