Osmolyarlik talabi
Osmolyarlik ko‘z suyuqligida tuzlarni konsentratsiyasi bilan belgilanadi. Ko‘z suyuqligining osmolyarligiga asosan noorganik ionlar: natriy, kaliy, kalsiy, xloridlar va bikarbonat ta’sir ko‘rsatadi. Ular kon’yunktiva va ko‘zning muguz parda oralig‘idagi suyuqligining osmotik bosimini nazoratida muxim axamiyatga.. Osmolyarlik sog‘lom odamko‘zida o‘rtacha 302 mmol/kg tashkil etadi kunduz kuni.
“Quruq ko‘z” sindromi ko‘pincha giperosmolyarlik xolati vujudga kelganda paydo bo‘ladi.1
Ko‘z tomchilar xozirda ko‘pincha ko‘p komponentli dorivor moddalarni aralashmasidan tashkil topgan. Zamonaviy oftalmalogiyada ko‘zni davolash uchun taxminan 100 ta dorivor moddalar qo‘llaniladi. Oftalmalogiyada qo‘llaniladigan dori moddalarining asosiy guruxlari:
Antibiotiklar (penitsillin, neomitsin)
Vitaminlar (riboflavin, askorbin kislotasi)
Antiseptik moddalar (sulfatsil natriy, rux sulfat, borat kislotasi)
Alkaloidlarning turli tuzlari (pilokarpin gidroxlorid, atorin sulfat)
Gormonal preparatlar (gidrokortizon, kortizon saqlovchi suspenziyalar)
Ko‘z tomchilari oz miqdorda tayyorlanganligi sababli va moddalarning konsentratsiyasi kichik bo‘lgani uchun, ularning dozasini to‘g‘ri saqlash qiyinchilik tug‘diradi. Shuning uchun ko‘z tomchilarini tayyorlashda konsentratlar ishlatish maqsadga muvofiq. Ular bir komponentli va ko‘p komponentli bo‘lishi mumkin. Bir komponentlik konsentratlardan 20% glyukoza, 10% kaliy yod, 10% kalsiy xlorid, 4% borat kislotasi, 2%, askorbin kislotasi,10% natriy xlorid, 10% natriy yodid, 0,02% riboflavin, 1,2% sink sulfat, 0,02% sitral eritmalari qo‘llaniladi. Undan tashkari 0,02% riboflavin eritmasida tayyorlanadigan konsentratlar xam ishlatiladi: 20% glyukoza,10% kaliy yodid, 10% askorbin kislotasi,4% borat kislotasi,10% natriy xlorid.
Ko‘z tomchilarini tayyorlashda konsentratlar va dorixonada oldindan xozirlangan eritmalarni ishlatish juda katta axamiyatga ega, chunki ularning filtrlash,taxlil qilish va sterilizatsiyalash jarayonlari osonlashadi xamda dorixonalardan bemorga berish vaqti ancha qisqaradi. Xar xil muddatga tayyorlanadigan ko‘z tomchilarini tarkiblari №195 buyrug‘ining ilovasida berilgan.
Ko‘z tomchilarini tayyorlash
Ko‘z tomchilarini texnologiyasiga quyidagi asosiy bosqichlar kiradi:
a/Dorivor va izotonik xolga keltiruvchi moddalarni xisoblash;
b/Eritish va filtrlash;
v/tayyorlangan eritmani mexanik iflosligi bormi yoki yo‘qligini tekshirish;
g/berilgan moddalar xususiyatiga ko‘ra sterilizatsiyalash;
d/tayyor bo‘lgan ko‘z tomchilarni mexanik ifloslikdan xolisligini ikkinchi marta tekshirish;
e/ko‘z tomchilarining joylashganini va sifatini tekshirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |