Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi dori turlari texnologiyasini rivojlantirish istiqbollari



Download 6,38 Mb.
bet33/208
Sana08.01.2022
Hajmi6,38 Mb.
#333271
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   208
Bog'liq
ДТТРИ МАЖМУА 20-21 25.09

Izoplastiklik  ( izoqovushqoqlik). IEning qovushqoqligi qonga yaqin bo‘lishi lozim (3-10spz). Agar farqi katta bo‘lsa, ya’ni 3 dan kam va 10 spzdan yuqori bo‘lsa yurak faoliyati yomonlashadi. YUMB qo‘shish yo‘li bilan tartibga solinadi. Ayrim infuzion eritmalarning bir kamchilik tarafi - ular tanadan tez chiqib ketadi, chunki ularning qovushqoqligi etarli emas. Qon zardobining o‘ziga hos qovushqoqligi uning tarkibidagi oqsillar bilan ta’minlanadi. Demak, infuzion eritmalarning mo‘‘tadil qovushqoqligiga ahamiyat beriladi.

Infuzion eritmalarni qovushqoqligini ta’minlash uchun YUMBlar qo‘shiladi. Masalan, 10% konservirlangan qon, kazein, dekstran, PVP. Masalan, Poliglyukin IEsi 6% depolimerlangan dekstran va 0,9% NaCl eritmasidan iborat.



Izoosmolyarlik (Isoosmatica)

Infuzion eritmalar asosan Davlat farmakopeyasini X va X1 nashrlarida keltirilgan talablarga javob beradigan qilib tayyorlanadi lekin farmatsevtika sanoati rivojlangan davlatlar Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSH, XIXCHexiya farmakopeyalarida infuzion eritmalarning osmolyarlik xossasiga katta e’tibor berilgan va qonga quyiladigan infuzion eritmalarning osmolyarligi yorliqda ko‘rsatilish shart (talab qilinadi). Evropa farmakopeyasiga in’eksion eritmalar uchun yangi kursatkich –osmolyarlik (osmolyallik) kiritilgan.

Biologik suyuqliklarning osmolyarlik ko‘rsatkichi hayotiy muhim fiziologik ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Oxirgi yillarda shu ko‘rsatkichiga katta e’tibor berilmoqda, chunki odamning biologik suyuqlarining osmolyarligi gomeostazning muhim bir ko‘rsatkichi hisoblanadi. Osmolyarlik ichki muhitning tuz-suv almashinuvini, ion almashinuvini, ularning muvozanatini belgilaydi. Umuman, osmolyarlik bu tananing intra va ekstra sellyular suyuqliklarning muvozanati. Bunda suv va xayotiy muhim bo‘lgan ionlar (Na+, K+, Ca2+, Mg2+ va h.k.)ning orasidagi ichki muvozanatni ifodasi.Osmolyarlik tananing osmoretseptorlari yordamida neyrogumoral mexanizmlar orqali tartibga solinib turiladi. Qonning osmolyar konsentratsiyasi osmometr asbobi yordamida o‘lchanadi va MOSM larda belgilanadi. Odatda sog‘lom odamning biologik suyuqlarning, birinchi navbatda qon zardobining va ko‘z suyuqligining osmolyarligi 285+5mosmol/l ga teng.1

Yuqorida ko‘rsatilgandek, qon zardobining osmolyarligi 285+5 mosm/l teng va reanimatsiya, anesteziologiya, xirurgiya, geriatriya, pediatriya, transplantologiya tibbiyot tarmoqlarida bu ko‘rsatkich muhim hisoblanadi.

Organizmning xolatini bildiruvchi omil – osmolyarlik ko‘rsatgichi bo‘lib, agar u o‘zgarsa, bemorni halokatgacha olib kelishi mumkin bo‘lgan nohush xolati kuzatiladi.

Osmolyarlikning keskin o‘zgarishi qator salbiy ta’sir yoki noxush holatlariga sababchi bo‘lishi mumkin. Masalan, giperosmolyar holatlar vujudga kelsa ya’ni qonning osmolyar konsentratsiyasi oshib ketsa bu hayot uchun havfli holatlarga olib kelish mumkin: miya xujayralarining suvsizlanishiga sabab bo‘ladi va ayrim paytlarda bemorlarning o‘limiga sababchi bo‘ladi (40-70 % gacha).

Qaysi xolatlarda qonning osmolyarligi oshib ketishi mumkin: Giperosmolyar xolat buyrak faoliyatining buzilishi yoki miokard infarkti, kuyish natijasidagi, sepsis xolati natijasida vujudga keladi, natriy gidrokarbonat eritamasi katta dozada qonga qo‘yish oqibatida vujudga keladi.

Masalan, kuyib travma olganda zardobining osmolyarligi 373 dan mosmol/l gacha bir soatning ichida ko‘tarilishi mumkin. Endi shu holda infuzion eritmaning osmolyar konsentratsiyasini hisobga olmasdan qonga quyilsa, qon quyilib qolib, tromblar hosil bo‘ladi, keyin qon ketib, ichki a’zolarning og‘ir shikastlanishiga olib keladi. Demak, infuzion terapiyaning asosiy ichki va tashqi suyuqlik konsentratsiyasini muvozanatini saqlash. Ayniqsa reanimatologiya, anesteziologiya, geritariya, xirurgiya, transplantologiya, neyroxirurgiya, pediatriya tibbiyot tarmoqlarida osmometriyani ahamiyati katta. Yuqorida etilgandan shuni xulosa qilish mumkinki-infuzion eritmalarni qo‘llanilishi albatta ularning osmolyarlik konsentratsiyasini aniqlashdan boshlanish lozim. SHunga asoslanib AQSH – ning DF siga XIX NF – XIV qo‘shimcha ko‘rsatma bo‘yicha xar bir qonga qo‘yiladigan eritmalarning osmolyarlik konsentratsiya belgilanish tavsiya etiladi. Klinik tekshirishlar shuni ko‘rsatadi: 50-55 % holatlarda yaralarning yallig‘lanishini giperosmotik eritmalarini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘ladi, chunki bu holatda xujayralarni shikastlanishi oshadi bu esa mikroorganizmlarni rivojlanishiga qulay sharoit yaratadi. Shuni hisobga olish lozim – izoosmotik konsenratsiya izotonik konsenratsiyasiga teng emas. Masalan NaSl ning izotonik konsentratsiyasi – 0,9 % teng, izoosmotik konsentratsiyasi esa – 0,45 % teng.




Download 6,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish