Izoosmolyarlik (Isoosmatica)
Infuzion eritmalar asosan Davlat farmakopeyasinin X va X1 nashrlarida keltirilgan talablarga javob beradigan qilib tayyorlanadi lekin farmatsevtika sanoati rivojlangan davlatlar Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSH, XIXCHexiya farmakopeyalarida infuzion eritmalarning osmolyarlik xossasiga katta e’tibor berilgan va qonga quyiladigan infuzion eritmalarning osmolyarligi yorliqda ko‘rsatilish shart (talab qilinadi). Evropa farmakopeyasiga in’eksion eritmalar uchun yangi kursatkich –osmolyarlik (osmolyallik) kiritilgan.
Biologik suyuqliklarning osmolyarlik ko‘rsatkichi hayotiy muhim fiziologik ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Oxirgi yillarda shu ko‘rsatkichiga katta e’tibor berilmoqda, chunki odamning biologik suyuqlarining osmolyarligi gomeostazning muhim bir ko‘rsatkichi hisoblanadi. Osmolyarlik ichki muhitning tuz-suv almashinuvini, ion almashinuvini, ularning muvozanatini belgilaydi. Umuman, osmolyarlik bu tananing intra va ekstra sellyular suyuqliklarning muvozanati. Bunda suv va xayotiy muhim bo‘lgan ionlar (Na+, K+, Ca2+, Mg2+ va h.k.)ning orasidagi ichki muvozanatni ifodasi.Osmolyarlik tananing osmoretseptorlari yordamida neyrogumoral mexanizmlar orqali tartibga solinib turiladi. Qonning osmolyar konsentratsiyasi osmometr asbobi yordamida o‘lchanadi va MOSM larda belgilanadi. Odatda sog‘lom odamning biologik suyuqlarning, birinchi navbatda qon zardobining va ko‘z suyuqligining osmolyarligi 285+5mosmol/l ga teng.1
Yuqorida ko‘rsatilgandek, qon zardobining osmolyarligi 285+5 mosm/l teng va reanimatsiya, anesteziologiya, xirurgiya, geriatriya, pediatriya, transplantologiya tibbiyot tarmoqlarida bu ko‘rsatkich muhim hisoblanadi.
Organizmning xolatini bildiruvchi omil – osmolyarlik ko‘rsatgichi bo‘lib, agar u o‘zgarsa, bemorni halokatgacha olib kelishi mumkin bo‘lgan nohush xolati kuzatiladi.
Osmolyarlikning keskin o‘zgarishi qator salbiy ta’sir yoki noxush holatlariga sababchi bo‘lishi mumkin. Masalan, giperosmolyar holatlar vujudga kelsa ya’ni qonning osmolyar konsentratsiyasi oshib ketsa bu hayot uchun havfli holatlarga olib kelish mumkin: miya xujayralarining suvsizlanishiga sabab bo‘ladi va ayrim paytlarda bemorlarning o‘limiga sababchi bo‘ladi (40-70 % gacha).
Qaysi xolatlarda qonning osmolyarligi oshib ketishi mumkin: Giperosmolyar xolat buyrak faoliyatining buzilishi yoki miokard infarkti, kuyish natijasidagi, sepsis xolati natijasida vujudga keladi, natriy gidrokarbonat eritamasi katta dozada qonga qo‘yish oqibatida vujudga keladi.
Masalan, kuyib travma olganda zardobining osmolyarligi 373 dan mosmol/l gacha bir soatning ichida ko‘tarilishi mumkin. Endi shu holda infuzion eritmaning osmolyar konsentratsiyasini hisobga olmasdan qonga quyilsa, qon quyilib qolib, tromblar hosil bo‘ladi, keyin qon ketib, ichki a’zolarning og‘ir shikastlanishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |