Xromatografik tahlil lar uchun yaroqli “guvoh” eritmani tayyorlash.
Nasha tarkibidagi kannabinoidlarni ayrim-ayrim ajratib olish qiyin va ular barqaror emas. SHuning uchun “guvoh” sifatida narkotik aktiv tetragidrokannbinol saqlagan nasha navidan foydalaniladi.
1 gr aktiv giyohvand modda saqlovchi nashadan tortib olib kolbaga solinadi va 10 ml 96% spirt qo‘shib 24 soat davomida uy haroratida bo‘ktiriladi. So‘ng ekstrakt fil’trlab ajratiladi, germetik yopiladigan qo‘ng‘ir rang o‘lchov idishiga solib, 10 ml bo‘lguncha spirt qo‘shiladi va sovitgichda (xolodilnik) saqlanadi. SHu usulda tayyorlangan “guvoh” eritmasida uch oy davomida foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |